Mantiqiy qonunlar
Falsafaning integrativ funksiyasi
Download 115.6 Kb.
|
Javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafaning tarkibiy qismlari
- Gnoseologiya
Falsafaning integrativ funksiyasi real borliqning yangi ob’ektlari va hodisalari insonning nazariy tadqiqotlari sohasidan o‘rin olishi, shuningdek ilgari ma’lum darajada anglab etilgan narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ilmiy bilim o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq tabaqalanishiga turtki beradi. Buning natijasida ayrim fanlar paydo bo‘lib, ular nafaqat o‘z tadqiqot ob’ekti va predmetini ajratdi, balki o‘zining faqat mazkur fanga xos bo‘lgan tili, kagegoriyalar apparati va hokazolarni yaratdi. Ammo bu yo‘lda jiddiy xavf ham mavjud bo‘lib, u shundan iboratki, fanlarning ajralishi natijasida ular o‘rtasidagi aloqalar susayadi, ular murakkab kompleks vazifalarni echishda faol o‘zaro aloqa qilish qobiliyatini yo‘qotadi. Qarama-qarshi jarayon – ilmiy bilimlarning integratsiyalashuvi va u yoki bu muammolarni echish uchun kuch-g‘ayratni birlashtirish jarayoni bu xavfning oldini olish imkonini beradi.
18.Falsafaning qanday sohalari mavjud? Falsafaning tarkibiy qismlariga bilish nazariyasi,(gnoseologiya), metafizika(ontologiya, kosmologiya, falsafiy antropologiya, teologiya),mantiq, etika, estitika, huquq falsafasi, naturfalsafa, din falsafasi, psixologiya va boshqa kiradi. Bulardan tashqari, hozirgi zamon falsafasida tibbiyot, tilshunoslik, musiqa, kibernitika va boshqa aniq fanlarning umummetodologik jihatlarini o`rganuvchi falsafa yo`nalishlari vujudga kelmoqda. Ontologiya -olam,inson va jamiyatning obektiv- universal mohiyati to`g`risidagi falsafiy ta`limot. Boshqacha qilib aytganda, u borliq to`g`risidagi, insonning olamga bo`lgan munosabati haqidagi falsafiy bilim sohasidir. Gnoseologiya – bilish falsafasi bo`lib, olamni anglash, bilish nazariyas, bilimning shakli, usullari va imkoniyatlari to`g`risidagi ta`limot. Aksiologiya- qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to`grisidagi falsafiy ta`limot. Praksiologiya – insonning predmetli-o`zgartiruvchan, amaliy faoliyati to`g`risidagi falsafiy ta`limot. Download 115.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling