Mantiqiy qonunlar


Download 115.6 Kb.
bet16/25
Sana03.02.2023
Hajmi115.6 Kb.
#1151329
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
Javoblar

Harakat. Borliqning atributlari ichida uning asosiy mayjudlik usulini ifoda etuvchi xususiyati haraicat hisoblanadi. Chunki borliq haranatsiz o'zining strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi. Buni moddiy borliq misolida qarab chiqaylik. Faraz qiling, qarshimizda biror jism turibdi.Agar harakat bo'lmaganida edi, yorug'lik nurlari shu jismga urilib bizga qaytmagan bo'lar edi, ya'ni biz uni ko'rmagan bo'lar edik. Shuningdek, bu jismning yaxlitligini saqlab turgan moletculalar, atomlar, elementar zarrachalar o'rtasidagi o'zaro ta'sirlar ham bo'lmasdi.Natijada bu jismning strakturaviy birligiga putur etgan bo'lar edi. Tevarak-atrofimizdagi predmetlar va hodisalar harakat tufayli o'zining muayyan tartibini va birligini saqlab turadi, shu tufayli, o'sish, ulg'ayish, ravnaq topish, rivojlanish mayjuddir. Haraxat, bir tomondan, moddiy jismlar o'rtasidagi va ulami tashxil etuvchi elementlar o'rtasidagi aloqadorliklarning natijasi, boshqa tomondan esa, ulardagi o'zgarishlar sifatida sodir bo'ladi. Shu nuqtai nazardan ham falsafaning harakat bu umuman har qanday o'zgarishdir, deyilgan ta'rifi juda o'rinlidir.Harakatning manbai haqida gap ketganda, ana shu o'zgarishlarning asosida yotuvchi o'zaro ta'sirlar va ular orasidagi munosabatlar nazarda tutiladi.
26.Materiya, harakat, fazo, vaqt birligi tushunchalarga ta’rif bering?
Materiya moddiy ob'ektlarni birlashtiruvchi tushuncha. Xususan olinganda materiyaning o‘zi yo‘q, balki dunyoda materiyaning ay­rim predmet yoki biror konkret buyum shaklidagi ko‘rinishlari uchraydi. Materiya esa materiyaning hamma kon­kret ko‘rinishlariga xos bo‘lgan barcha universal xu­susiyatla­rini aks ettiruvchi umumiy tushunchadir. Bu dunyoda «umuman odam» bo‘lmasdan, ayrim odamlar uchrashiga o‘xshash fikrdir. Umuman odam - bu ayrim odamlarga xos umumiy belgi­larni aks ettiruvchi abstraksiyadir. Shunga o‘xshash materiya tushun­chasi ham abstraksiyadir. U mavjud bo‘lgan butun ob'ektiv re­allikni qamrab oluvchi falsafiy kategoriyadir. Materiya on­g­dan mustaqil ravishda va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘ladi. Materiyaning falsafiy tushunchasi barcha narsalar voqyeligi, moddiy voqyelikni o‘ziga qamrab oluvchi, yalpi umu­miylik (universallik) belgilariga egalik qiluvchi, butun ob'­ektiv reallikni ifodalovchi kategoriyadir.
Materiya to‘g‘risidagi falsafiy ta'limotning asosiy to­monlari quyidagilardan iboratdir:
- materiya kategoriyasining universalligini, yalpi umu­miyligini tan olish;
- materiya kategoriyasining falsafiy abstraksiya ekan­li­gini tan olish;
- materiya va moddiy sistemalarning ob'ektivligini tan olish;
- materiyaning rivojlanishini va moddiy sistemalar­ning evolyusiyasini tan olish;
- materiya va moddiy sistemalarning nihoyasizligini, bitmas-tuganmasligini, cheksizligini tan olish.Vaqt harakati - bir masala qadimda belgilab berilgan sifatlari. , Hamma narsa o'zgarishi bir shaklda oqadi - Hatto, keyin, odamlar tashqi dunyo bilan hech narsa doimiy borligini sezdim. Bu hodisani tushunish, uning mazmun-mohiyati ikki asl tushunchalar paydo bo'lishiga olib keldi. tor ma'noda bir nuqtadan boshqasiga ob'ektlar bir fazoviy harakatini harakati, bu holatda ob'ekt hech o'zgarish yo'q. Shu ma'noda, harakat - tinchlik antitezi. Keng aytganda, harakat - har qanday ob'ekt o'zgarishlar, uning shakl va xususiyatlari dinamikasi hisoblanadi. Va bu borada tabiiy davlat hisoblanadi. materiyaning sifatlari barcha kabi, harakat genetik, dastlab unga xos emas. Bu har qanday moddiy shaklda xarakteristikasi hisoblanadi. Va u hech sof harakati bor, materiya bo'lmaydi. Unda o'z aniqlovchi belgilar yotadi. Materiya harakati rivojlantirish, xos bo'lgan, u doimo yuqori pastki dan harakat, murakkabligi uchun jihod qilur. Bu, shuningdek, bir maqsadga harakati, unda bir o'zgarish bir amaliyotni qilish mumkin, deb ta'kidlash lozim. Fazo va vaqt - borliqning umumiy yashash shakllari bo‘lib, fazo dunyoni tashkil etuvchi ob'ektlar va ularning tarkibiy ... Vaqt esa borliqqa, fazo va harakatga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi; vaqt munosabatlari absolyutdir, ya'ni vaqt hamma hisob sistemalarida bir xilda o‘tadi. ... Bunday konsepsiyalarda olamning tuzilishi jihatdan xilma-xilligi va birligi, ko‘p qirraliligi va ... Materiya ongdan mustaqil ravishda va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘ladi
27.Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasini izohlahg.
Falsafa tarixida Qadimgi yunon dialektikasini alohida aytib o‘tmoq joiz. Geraklitning fikricha, hamma narsa mavjud va ayni vaqtda mavjud emas: hamma narsa o‘tkinchi, doimo paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lish jarayonida bo‘ladi. Masalan, uning fragmentlaridan birida bunday deyiladi: «Bizdagi ayni bir narsa – jonli va jonsiz, uyg‘oq va uxloq, yosh va qari. Axir, bu o‘zgargan o‘shadir va aksincha, o‘sha o‘zgargan budir»1. Dialektik qarashlar Arastuda uning modda bilan shakl o‘rtasidagi nisbatni ularning bir-biriga o‘tish imkoniyati va sharoiti sifatida qilgan tahlilida mavjuddir. Har bir narsa boshqa narsaga: marmar haykalga, daraxt stolga aylanishi mumkin va hakozo. Dialektik g‘oyalar o‘rta asrlar falsafasi doirasida ham rivojlanib bordi, ayniqsa, falsafa teologiya xizmatkoriga aylantirilgan G‘arbiy Yevropaga qaraganda Yaqin va O‘rta Sharqda ko‘proq rivojlandi. Yangi zamonda umuman XVII-XVIII asrlar falsafasida tafakkur usulini metafizik usul deb tavsiflash mumkin bo‘lsada, Dekart, Spinoza, Leybnis va boshqalarda dialektik g‘oyalarni uchratish mumkin. Dialektika nemis klassik falsafasi doirasida va eng avvalo Xegel falsafasida kuchli rivojlandi. Agar antik dialektika aqliy farazlarga (masalan, dunyoning o‘zgaruvchanligi, ziddiyatliligi to‘g‘risidagi g‘oyalarga) asoslangan bo‘lsa, Xegel dialektikasi asosan o‘z zamonasining ilmiy yutuqlariga tayandi va nazariy g‘oyalarning mukammal tizimi sifatida gavdalandi. Xegel eng avval dialektikaning asosiy tushunchalarini – uning kategorial apparatini ta’riflab berdi, bu apparat bugungi kunda ham muvaffaqiyatli amal qilib turibdi. Xegel dialektikasining asosiy tushunchalari va qonunlari tizimi aloqalar, o‘tishlar, o‘zgarishlarning turli-tumanligini va umuman rivojlanishni jarayon sifatida aks ettira olar edi. Xegel birinchi bo‘lib taraqqiyotning asosiy qonunlarini: sifat va miqdor o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonunini, qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi qonunini, inkorni-inkor qonunini ta’riflab berdi. Xegel dialektikaning asosiy prinsiplarini: hodisalarning universal aloqasi prinsipini, qarama-qarshiliklar birligi prinsipini, dialektik inkor orqali rivojlanish prinsipini dialektik tafakkur normasi sifatida ta’riflab berdi. K.Marks va F.Engels dialektika bilan materializmni birga qo‘shib, dialektik materializm nazariyasini yaratdilar va uni bilish jarayonlariga, tabiat va ijtimoiy hayot hodisalariga tatbiq etdilar.
Hozirgi zamon falsafasida dialektika falsafiy bilimning muhim elementi sifatida mavjuddir. Falsafada dialektika g‘oyalarini ishlab chiqishda ekzistensional dialektika va messianlik dialektikasi kabi bir qator yo‘nalish-larni ko‘rsatish mumkin. Eksistensial dialektika inson «Men»ining rivojlanish qonuniyatini tushunishga urinadi. Messianlik dialektikasi o‘z ta’limotiga praktika tushunchasini asos qilib oladi va butun dunyoga sotsiologiya kategoriyalari nuqtai-nazaridan qaraydi. XX asr dialektik falsafasining ma’lum yo‘nalishlaridan biri mashhur Frankfurt maktabining namoyondalaridan biri T.Adornoning negativ dialektikasidir. Bu maktabning asosiy g‘oyasiga ko‘ra, rivojlanish buzishdir, hammani va hamma narsani inkor etishdir. T.Adornoning «negativ dialektikasi»ga ko‘ra, qarama-qarshiliklar kurashi, miqdorning sifatga o‘tishi, turli tizimlarning o‘sishi va murakkablashuviga emas, balki aksincha, uning parchalanishiga, o‘lishiga yo‘nalgan. Adorno ijtimoiy tizimlarning rivojlanishiga diqqatni jalb qiladi va rivojlanishning asosi regressiv ijtimoiy o‘zgarishlardir (refleksiyaning o‘lishi, uning stereotip reaksiyalar, fikrlash shablonlari bilan almashinishi va hakozolardir), deb biladi. Jamiyatda bu ommaviy madaniyatning rivojlanishi va yoyilishi, insoniy munosabatlarning standartlashuvi, o‘ziga xosliklarning yo‘qotilishi orqali ifodalanadi. «Negativ dialektika»da inkor har qanday tushunchalar tizimidan voz kechish, qandaydir pozitiv model bo‘lmagan utopiyaning konkret imkoniyatlarini deb har qanday dialektiklikni inkor etish sifatida ko‘rinadi.
28.Vijdon erkinligi tushunchasi. Missionerlik va prozelitizm.

Download 115.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling