Mantiqiy qonunlar


Download 115.6 Kb.
bet24/25
Sana03.02.2023
Hajmi115.6 Kb.
#1151329
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Javoblar

korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat. 4-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
5-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.
6-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin.
Davlat dasturlari va boshqa dasturlar ushbu Qonunning qoidalari samarali ijro etilishini ta’minlash, korrupsiyaning holati hamda tendensiyalaridan kelib chiqqan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks va tizimli chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2752-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
2-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar
7-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
8-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalar
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi (bundan buyon matnda Idoralararo komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar (bundan buyon matnda hududiy idoralararo komissiyalar deb yuritiladi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish;korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlariO‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘z vakolatlari doirasida:korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshiradi;korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil qilishni amalga oshiradi;jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘radi;korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida, shu jumladan qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishda ishtirok etadi;aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatda ishtirok etadi;korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati o‘z vakolatlari doirasida:korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiradi;korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘adi hamda tahlil qiladi, milliy xavfsizlik uchun tahdidlarni baholashni amalga oshiradi, tegishli davlat organlariga zarur axborotni taqdim etadi;jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘radi;korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiradi;korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘adi hamda tahlil qiladi, tegishli davlat organlariga zarur axborotni taqdim etadi;jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘radi;aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatda ishtirok etadi;korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarining hisobi yuritilishini va tahlil qilinishini ta’minlaydi;korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi;aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatni amalga oshiradi hamda muvofiqlashtiradi;ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim va tarbiyaga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;normativ-huquqiy hujjatlardagi hamda ularning loyihalaridagi korrupsiya uchun shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash maqsadida ushbu hujjatlar va loyihalarning tahlilini amalga oshiradi;korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi;korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlariO‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti o‘z vakolatlari doirasida:korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar va korrupsiya bilan bog‘liq boshqa jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni amalga oshiradi;jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning ehtimol tutilgan yo‘llari va mexanizmlarini aniqlash uchun pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarning monitoringini tashkil etadi hamda o‘tkazadi;jinoiy ta’qib etishni tashkil qilish va huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini ko‘rish uchun tegishli davlat organlarini korrupsiyaga oid aniqlangan huquqbuzarliklar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qiladi;korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
41. Kalom falsafasi:Imom Motrudiy ta’limoti
«Kalom» so‘zi arabcha bo‘lib, lug‘atda gap, suhbat, til, so‘zlashuv, nutq, bayon ma’nolarini anglatadi. Istilohiy ma’nonda esa, musulmonning e’tiqodi, aqidasi, dunyoqarashini ko‘rsatib beruvchi ta’limotga aytiladi. Boshqacha aytganda balog‘atga etgan musulmon kishining e’tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog‘lab olib undan ajralishi mumkin bo‘lmagan shar’iy e’tiqodiy hukmlardir. Tarix jarayonida olimlar ushub nomlarga oid kitoblar yozib qoldirganlar. Masalan, imom Abu Hanifa «al-Fiqh al-akbar», Abul Hasan Ash’ariy «al-Ibona an usul ad-diyona», Abul Muin Nasafiy «Tabsirat al-adilla fi usul ad-din», Moturidiy «Kitob at-Tavhid», Abu Hafs Nasafiy «Aqoid» nomli va boshqa olimlarning asarlarini keltirish mumkin. Islom ta’limotiga ko‘ra insonning ikki dunyodagi saodati aynan aqidasiga bog‘liq. Agar musulmonning aqidasisi pok bo‘lsa, yo‘li to‘g‘ri bo‘ladi, qilgan barcha amallari qabul bo‘ladi va bandalik bilan sodir etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Biroq kishi aqidasi sof bo‘lmasa, buzuq bo‘lsa, yo‘li noto‘g‘ri bo‘ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam ahlidan bo‘ladi deb hisoblanadi. Aqida masalasi o‘ta muhim bo‘lganidan eng birinchi payg‘ambardan boshlab, oxirgi Muhammad payg‘ambar (a.s.)gacha bu masalani Allohning o‘zi ko‘rsatib bergan. Shuning uchun aqidaviy qarashlarning asosi Qur’onda berilgan va hadislardagi ko‘rsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Sahobalar tiriklik paytidayoq aqidaviy qarama-qarshilik paydo bo‘lgan. Islomda aqidaviy ixtiloflar to‘rtinchi xalifa sahoba Alining qo‘shinidagi askarlari ichidan ajrab chiqqan, aqiyda masalasida bir necha shubhali savollar chiqargan xorijiylar toifasi bilan Ali va u kishining Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuga o‘xshash yaqin safdoshlari orasida bo‘lib o‘tdi. Sahobalar davri tugab tobeinlar vaqtida vaziyat yanada o‘zgardi. Chunki bu davrga kelib din ilmlarini, ayniqsa aqidani biluvchi kishilar kamaydi va ular alohida shaxs sifatida ajralib chiqdilar. Bu davrda sof aqidaviy qarashlarga qarshi turli g‘oyalarni ilgari surgan firqa va toifalarning tarqalishi kengayb ketgan edi. Ular o‘zlarining buzuq, islomga oid bo‘lmagan fikr va qarashlarini, e’tiqodlarini tarqatib, islomning aqidasini buzishga harakat qilganlar. Shuningdek, fath etilgan erlardagi xalqlarning eski qarashlari, falsafalari, dinlari haqidagi o‘z tushuncha va tafakkurlari mavjud bo‘lgan. Shuning sababidan ular islom ta’limotini tushunib olishlari qiyin kechgan. Qur’on oyatlari va hadislarni o‘zlarining eski qarashlari asosida tushunishlari ham bo‘lgan. Bunga bir necha sabablar bor: fath ishlari sababli islom erlari kengaydi. Islom dushmanlari esa, islom nomidan turli g‘oyalarni tarqatishga uringanlar; fath etilgan erlardagi joylik aholi o‘zining eski dinlari aqidasiga mos tarzda oyat va hadislarni tushunishi natijasida turli g‘oyalar yuzaga keldi va boshqa sabablar orqali musulmonlar orasida noto‘g‘ri, islomga mos bo‘lmagan qarashlar paydo bo‘ldi. Islom ta’limotini buzib talqin qilish natijasida ularga raddiya sifatida olimlar kalom, ya’ni aqida ilmiga asos qo‘ydilar. Bu musulmonlar uchun zarur sohaga aylandi. Har bir musulmon kishi buni bilishi shart bo‘lgan majburiy ilmga aylandi. Chunonchi Sa’duddin Taftazoniy «Maqosid at-tolibin» asarida: «Kalom ilmi diniy aqoid usullarini ishonchli dalillar asosida anglashni o‘rgatadigan ilmdir. U bilan shar’iy, nazariy, aqidaviy masalalar hal qilinadi. Uning natijasi imonga komil ishonch bilan ziynat berish, foydasi esa bu dunyoda intizomli hayot kechirish va oxiratda azob-uqubatdan xalos bo‘lishdir. SHunday ekan kalom ilmi eng sharafli ilmdir». Abu Homid Hazzoliy o‘zining «Ihyo ulum ad-din» nomli asarida: «...Chuqur bilimga ega bo‘lmagan oddiy musulmonlarning diniy e’tiqodlarini turli bid’at va noto‘g‘ri g‘oyalardan qo‘riqlash uchun kalom ilmini o‘rganish vojibdir», degan. Samarqandda Abu Mansur Moturidiy asos solgan kalom ta’limoti yillar o‘tib butun islom olamiga tarqalib, sunniylikdagi ikki yirik maktabning biriga aylanadi. Moturidiya ta’limoti XI asrdan boshlab islom olamida shuhrat qozonadi va shu davrdan allomaning shaxsiga qiziqish kuchayadi. Ushbu ta’limotning mazmun-mohiyatini, tarixini o‘rganishdan avval Moturidiyning hayoti va jamiyatda tutgan mavqeini chuqur tadqiq qilish kerak.Manbalarda yozilishicha, Abu Mansur Moturidiy asli Samarqandning Moturid qishlog‘ida tug‘ilgan, to‘liq ismi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. U Abu Bakr Juzjoniydan hanafiy fiqhini, an’anaviy islom mezonlari va uni atroflicha qamrab olish, izchil tahlil qilish, aqlan fikr yuritib, ilohiyot borasida munozaralar olib borishni esa Abu Nasr Iyodiydan o‘rganadi.Abu Mansur Moturidiyning hayoti Samarqandda ilohiyot ilmi rivojining keyingi davriga to‘g‘ri keladi. Bu paytda shaharda bir necha e’tiborli mutakallimlar guruhi faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular orasida donishmandlar (hukamo) guruhiga mansub Abulqosim Hakim Samarqandiy ijodiga qiziqish katta edi. 

42. Harakat, makon va vaqt tushunchalari.


Borliqning atributlari. Muayyan jismning aynan shu jism ekanligini belgilovchi xususiyatlari uning atributlari bo’ladi. Borliqning ham bir qancha atributlari mavjuddir. «lar: harakat, fazo, vaqt, in’ikos, ong va boshqalar. Borliq o’zining xossalari, xususiyatlari orqali namoyon bo’ladi. Endi borliqning atributlari, ya’ni ajralmas tub xususiyatlari haqida to’xtab o’taylik.
Harakat. Borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda etuvchi xususiyati harakat hisoblanadi. Chunki borliq harakatsiz o’zining strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi.Buni moddiy borliq misolida qarab chiqaylik. Faraz qiling, qarshimizda biror jism turibdi. Agar harakat bo’lmaganida edi, yorug’lik nurlari shu jismga urilib bizga qaytmagan bular edi, ya’ni biz uni ko’rmagan bular edik. Shuningdek, bu jismning yaxlitligini saqlab turgan molekulalar, atomlar, elementar zarrachalar o’rtasidagi o’zaro ta’sirlar ham bo’lmasdi. Natijada bu jismning strukturaviy birligiga putur yetgan bular edi. Tevarak-atrofimizdagi predmetlar va hodisalar harakat tufayli o’zining muayyan tartibini va birligini saqlab turadi, shu tufayli, o’sish, ulgayish, ravnaq topish, rivojlanish mavjuddir. Harakat, bir tomondan, moddiy jismlar o’rtasidagi va ularni tashkil etuvchi elementlar o’rtasidagi aloqadorliklarning natijasi, boshqa tomondan esa, ulardagi o’zgarishlar sifatida sodir bo’ladi. Shu nuqtai nazardan ham falsafaning harakat bu umuman har qanday o’zgarishdir, deyilgan ta’rifi juda o’rinlidir. harakatning manbai haqida gap ketganda, ana shu o’zgarishlarning asosida yotuvchi o’zaro ta’sirlar va ular orasidagi munosabatlar nazarda tutiladi. Demak, har qanday harakatning manbai shu sistemadagi ichki o’zaro ta’sirlar ekani, har qanday jismning mavjudligini, eng avvalo, uning ichki aloqadorliklari ta’minlaydi. Borliqning asosiy yashash shakllariga fazo va vaqt kiradi. Fazo narsalarning ko’lamini, xajmini, o’zaro joylashish tartibini, uzlukli yoki uzluksizligini ifodalasa, vaqt hodisalarning ketma-ketligi, jarayonlarning davomiyligini ifodalaydi.Ma’lumki, har qanday moddiy jism joyga, ko’lamga, xajmga ega. Fazo — vaqtning muayyan lahzasida olamni tashkil etgan nuqtalarning o’zaro joylashish tartibini aks ettirsa, vaqt esa fazoning muayyan nuqtasida ruy beruvchi hodisalar ketma-ketligi tartibini ifodalaydi.Fazo va vaqt tushunchalari, ko’p hollarda, forsiy til ta’sirida yozilgan adabiyotlarda makon va zamon deb ham ataladi. Bu tushunchalar fazo va vaqtning tashqi, nisbiy hususiyatlarinigina aks ettiradi, xolos. Fazo narsalar joylashadigan joy ma’nosida, vaqt esa hodisalar bo’lib o’tadigan muddat ma’nosida ishlatiladi.Fazo va vaqtni tushunish bo’yicha substansial va relyasion yondashishlar mavjud. Substansial konsepsiya tarafdorlari fazoni narsalar joylashadigan idish, bo’shliq deb bilishadi. Ularning fikricha, hamma narsa fazo ichiga joylashtirilgan. Fazo o’ziga narsalarni sigdiruvchi substansiya. hech narsasi yo’q, ya’ni narsalar solinmagan fazo ham bo’lishi mumkin, deyiladi. Relyasion konsepsiya tarafdorlari esa, narsalar fazoviy o’lchamga ega, deyishadi.
43. Islomda mazhablarning paydo bo’lishi.
Mazhab (arab. — yoʻnalish, oqim, yoʻl, taʼlimot), shariat mazhablari — islomda diniy huquq tizimlari va yoʻnalishlari. VIII—IX asrlarga kelib shariatning shakllanishi jarayonida xuquqshunoslik — fiqh. sohasida juda koʻp mazhablar yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda sunniy toʻrtta mazhab — hanafiy, molikiy, shofiʼiy, hanbaliy (Mazhablar nomi ularning asoschilari: Abu hanifa (Imomi Aʼzam), Molik ibn Anas, Shofiʼiy, Ibn Hanbal nomidan olingan), shialikda bir Mazhab — jafariylik (asoschisi — Jafar as-Sodiq) saqlanib qolgan. Shariat Mazhablari diniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi toʻrttala Mazhab ham teng hisoblanadi. Yirik musulmon universitetlarida toʻrtala mazhab boʻyicha alohida dars beriladi. Mazhablar umuman anʼanaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani xolda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida xanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqa mamlakatlar), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofiʼiylik (Misr, Indoneziya va boshqa mamlakatlar), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) Mazhablari, shuningdek, shialik tarqalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va boshqa mamlakatlar)ning huquqiy hayotida jaʼfariylik Mazhabi oʻz mavqeini maʼlum darajada saqlab kelmoqda. Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xanafiylik Mazhabi keng yoyilgan[1].
Mazhab-(arabcha: مذهب maḏhab)
Shariat doirasidagi huquq maktablari, yaʼni islom qonunlari sistemalari (aynan: „yoʻl“ yoki „harakat tarzi“, termin maʼnosida — „diniy-huquqiy taʼlimot“, „tarikat“ yoki „maktab“) mazhablar deb ataladi.Mazhablar shariat qonunlarini ishlab chiqish jarayonida huquq maktablari yoki tariqatlar sifatida yuzaga kelgan, ularga mashhur huquqshunoslar, ularning shogirdlari va izdoshlari asos solganlar. Musulmon kishi mazhabda to’rtta mazhabda birida va aqidada Moturudiy yoki Ashariy bo’lishi Ahli sunna val jamoa ekanligini belgisidir. Bu eng to’g’ri yo’ldir.
Fiqhiy 
Download 115.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling