10. Odam tashish qoidasiga rioya etmaslik deganda nimani tushinasiz va qanday hollarda odam tashish taqiqlanadi?
10-javob. Mazkur harakat amaldagi yo‘l harakati qoidalarining 26 bobida nazarda tutilgan bo‘lib, 159 bandiga muvofiq quyidagi hollarda odam tashish taqiqlanadi: avtomobilning kabinasidan tashqarida (bortli yuk yoki furgon-ukxonali avtomobillarda odam tashishdan tashqari); traktorlar va boshqa o‘ziyurar mashinalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari yukxonasida;
mototsikllarning konstruksiyasida ko‘zda tutilgan joylaridan tashqarida; 12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsiklning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek yengil avtomobilga bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan bo‘lsa, uning oldingi o‘rindig‘ida; 12 yoshga to‘lmagan bolalarni hisobga olmaganda, odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq bo‘lganda. Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan vazndan oshmasligi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |