Manzu: Laminar va turbulent oqimlarning tibbiyotdagi ahamiyati Laminar oqim

Download 210.32 Kb.
bet3/13
Sana10.01.2023
Hajmi210.32 Kb.
#1086319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Laminar va turbulent oqimlarining tibbiyotdagi ahamiyati 1

Turbulentlik kuzatiladigan suyuqlik oqimiga turbulent oqim deyiladi. Bunday oqimda suyuqlik va gazning zarralari tartiblanmagan, turg‘unlashmagan harakatlar qiladi. Hamda bu hol ularning intensiv jadal aralashuviga olib keladi.

Bu jihatdan turbulent oqimlar tartibli xarakterga ega bo‘lgan va faqat ta'sir qiluvchi kuchlarning o‘zgarishidangina vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan laminar oqimlardan farq qiladi. Laminar oqimda suyuqlik yoki gaz zarralari bir-biri bilan aralashmaydigan qatlamlar tarzida qat'iy bitta yo‘nalishda ko‘chadi.

Jadal tartibsiz aralashuv tufayli turbulent oqimlar yuqori issiqlik uzatish, kimyoviy reaksiyalarni (masalan yonishni) tez tarqatish, tovush va elektromagnit to‘lqinlarni sochish, shuningdek impulsni uzatish va shu sababli qattiq jismlarni aylanib oqayotganda ularga yuqori kuch bilan ta'siri ko‘rsatish xususiyatlariga egadir. Bunda turbulent oqimlarda harakatlanuvchi jismlar anchagina katta qarshilikka uchrashi sababli, kattagina energiya yo‘qotadi.

Turbulentlik muayyan sharoitlarda laminar oqimlarning gidrodinamik beqarorligi qibatida yuzaga keladi. Inertsiya kuchlarining yopishqoqlik kuchlariga nisbati - ingliz fizigi O.Reynolds (1842-1912) sharafiga Reynolds soni (Re) deb ataladigan kattalik muayyan aniq sharoitlar uchun taaluqli bo‘lgan biror chegaraviy qiymatdan ortiq bo‘lsa, laminar oqim turg‘unligini yo‘qotadi va u turbulent oqim bo‘lib qoladi.

Quvurlar, kanallar, chegara qatlamlardagi suyuqlik va gaz qamrab oqayotgan qattiq jismlar yaqinidagi turbulent oqimlar hamda erkin turbulent oqimlar - suyuqlik va gazga nisbatan harakat qilayotgan qattiq jism izlari va tezliklari har xil bo‘lgan, biror qattiq devor bilan bo‘linmagan oqimlar oraidagi aralashuv hududlari va boshqalar, shuningdek, atmosferaning turbulentligi hodisasi batafsilroq o‘rganilgan.

Download 210.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling