Maqol va topishmoq janriga xos matnlar ustida ishlash Reja


Javoblar: Tipratikan. 2. Gazeta. 5. Uzum. 2. Qaldirg’och. 4. Tarvuz. 6. Qamish. 3-guruh uchun krossvord


Download 1.43 Mb.
bet7/8
Sana12.11.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1768698
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-mavzu

Javoblar:

  1. Tipratikan. 2. Gazeta. 5. Uzum. 2. Qaldirg’och. 4. Tarvuz. 6. Qamish.

3-guruh uchun krossvord:
Bo’yiga
1. Pishirsang osh bo’lur,
Pishirmasang qush bo’lur.
3. Gulsiz meva qiladi,
Ko’p yesang − til shiladi:
G’ir-g’ildirak oy kulcha,
Bu nima, kim biladi?
4. CHopsa chopilmaydi,
Ko’msa ko’milmaydi.
5. Bodom kabi yaprog’i,
Sollanadi butog’i,
O’zi shirin, tukligina,
Mazasi ham totligina.
Eniga
2. Ikki ajib qulog’i bor:
Biri tinglar, biri so’zlar.
6. O’zi qizil, go’zal biram,
Qirga yozar qizil gilam.
7. Pak-pakana bo’yi bor,
Yetti qavat to’ni bor.
Javoblar:
1. Tuxum. 3. Anjir. 4. Soya. 5. SHaftoli. 2. Telefon trubkasi. 6. Lola.
7. Piyoz.
III. Fikrlash bosqichi.
Maqsad: Darslikdagi savol-topshiriqlarga javob olish orqali egallangan bilimlarni aniqlash, o’yinlar orqali ijodiy izlanish ko’nikmasini shakllantirish.
1. Darslikdagi savol va topshiriqlar ustida ishlash:
− Topishmoqlarni kim yaratgan?
− Topishmoqlar qadimda nima deb nomlangan?
− Topishmoqning qanday foydasi bor?
− O’zingiz qanday topishmoqlar bilasiz?
2. O’quvchilar bir necha qatorlarga ajratilib, o’yin uyushtiriladi: qator boshliqlari o’quvchilarga biror narsa rasmini beradi, o’quvchi rasmga oid topishmoq aytadi. Bir o’quvchi aytolmasa, orqadagi o’quvchiga uzatadi. O’quvchilarning o’zlariga “SHunga doir topishmoqni o’zingiz to’qishingiz ham mumkin” deb aytiladi. Qaysi qator topishmoqni birinchi aytsa, o’sha g’olib sanaladi.
3. Uyga vazifa. Darslikda o’qilmagan yangi topishmoqlar topib, daftarga yozib kelish.
4. O’quvchilarni rag’batlantirish va darsni yakunlash.
Savol va topshiriqlar:

  1. Maqol janriga ta’rif berish va boshqa badiiy janrlarda farqlab turuvchi o‘ziga xos xususiyatlarni ayting.

  2. Maqollarni mavzu jihatidan guruhlarga ajratib tarmoqlang. (mehnat,odob,bilim,vatan…)

  3. “Maqolni davom ettir” o‘yini izohlang va namunaviy topshiriq tuzing.

Masalan:
Vatanning qadrini bilmagan, ___ ____ ____. (O ‘z qadrini bilmas.)
Odobning boshi ______,
Odobli o ‘g ‘il – ko ‘kdagi yulduz, ___ ___ ___ ___. (Odobli qiz – yoqadagi qunduz.)

  1. Maqollar mazmuni, g‘oyasi ustida ishlash metodikasini tushuntirib bering.

  2. Maqolli krossvord tuzing.

  3. Yuqoridagi namunaviy maqol o‘qish darslari berilgan,shu namuna asosida quyida berilgan 2-sinf darsligida berilgan “Do‘stlikni boshlanishi”matni va do‘stlik haqidagi maqollarni o‘rgatish uchun bitta dars ishlanmasini yarating.



  1. Topishmoq janriga ta’rif bering.

  2. Topishmoq ustida qanday ishlar olib boriladi?

  3. Quyida 2-sinf o‘qish savodxonligi darsligida berilgan kasb –hunar bo‘limi yuzasidan kasb-hunarga oid topishmoqlar to‘plang va bir soatlik dars ishlanma tuzing,yuqorida berilgan namuna asosida.



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling