Maqol va topishmoq janriga xos matnlar ustida ishlash Reja


Download 1.43 Mb.
bet6/8
Sana12.11.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1768698
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-mavzu

II. Anglash bosqichi. Maqsad: darslikda berilgan topishmoqlar bilan tanishtirish, muctaqil o’qishga, topishmoqlar yuzasidan o’zaro muhokama qilishga o’rgatish.
Metod: muctaqil ish, krossvord yechish, suhbat metodi.
1. Topishmoqni ifodali o’qish va javobini topish.
2. Savol-javob o’tkazish:
− Birinchi topishmoqning javobi nimaga o’xshatilgan? (G’o’zaga)
− Tungi osmon nimaga o’xshatilgan? (ko’k ko’ylakka)
− 2-topishmoqda oy nima deb taoriflangan? (patir)
− 3-topishmoqda karamni qaysi belgilariga ko’ra topdingiz? (Karamning qavat-qavat bargi qat-qat to’nga o’xshatilgan)
3. Krossvord yechish.
O’qituvchi krossvordni vatmanga oldindan quyidagicha tayyorlashi mumkin: krossvord savollari topishmoqlar ko’rinishida bo’ladi. Sinfni 3 guruhga bo’lib, har bir guruhga 1 tadan krossvord yechish uchun beriladi. Bu usul bolalarning topishmoqni tez topishga ishtiyoqini oshiradi.
1-guruh uchun krossvord:
Bo’yiga
1. Keragida suvga o’tasan
Qimirlashin poylab yotasan.
3. Kasbi doim taqir-tuqur,
Qayda ilon ko’rsa cho’qir.
6. Birlashtirib kiyimni
Issiq tutadi sizni.
Eniga
2. Qo’lsiz, oyoqsiz eshik ochar.
4. Katta oppoq dasturxon
Yer yuzini qoplagan.
5. Og’zi yo’g’-u, tishi bor,
Duradgorda ishi bor.
Javoblari:
1. Qarmoq. 3. Laylak. 6. Tugma. 2. SHamol. 4. Qor. 5. Arra.
2-guruh uchun krossvord:
Bo’yiga
1. Tikuvchimas,
Bichuvchimas,
Ignasi ancha ekan.
3. Kundalik tarix o’zi
Har yerda uning so’zi.
5. Bir onadan yuz bola,
Yuzovi ham bo’z bola.
Eniga
2. Uyning shiftida ini,
Kuylab berar har kuni.
Bahorda kutib olib
Kuzatamiz kuz uni.
4. Xo’ppa semiz, bir tuki yo’q.
6. Uzun terak, ichi kovak.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling