Mаqolа yozish tаrtiblаri: Maqola sarlavhasi


Download 84.01 Kb.
bet4/6
Sana19.04.2023
Hajmi84.01 Kb.
#1366002
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maqola yozish

Аsosiy qismda ishning hamma savollari ochib beriladi. Аvvalo, tanlangan mavzuning iqtisodiy-ijtimoiy mohiyati, ahamiyati, sugʼurta bozori haqida tushncha, sugʼurta bozorini tartibga solishning huquqiy asoslari, sugʼurta bozoridagi asosiy koʼrsatkichlar tahliliy oʼrganiladi. Shu bilan bir qatorda mavzu boʼyicha mavjud muammolar aniqlanadi va ularni bartarf etish yoʼllari tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Kurs ishining har bir boʼlimi muvofiq asoslar, qarorlar va xulosalar bilan yoritiladi. Kurs ishida, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy maʼruzalar va maqolalari, hisob-grafika ishlari, va loyihalari, albatta, nomlari koʼrsatilgan holda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish mumkin.
Birinchi savolda mavzuning nazariy jihatlari yoritiladi. Mavzuning mazmuni, mohiyati, ahamiyatini yoritiladi. Yaʼni turli iqtisodiy maktablar vakillari boʼlgan iqtisodchi olimlar asarlarining qiyosiy tahlili amalga oshirilishi, davriy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalardan foydalanilishi, mavzuga oid asosiy darsliklar va oʼquv qoʼllanmalarida keltirilgan nazariy fikrlarning qiyosiy tahlili amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, sugʼurta bozori haqida tushunchlar yoritiladi. Bunda mavzuning huquqiy asoslarini ham ochib berilish mumkin. Sugʼurta bozorini tartibga solishning huquqiy asoslari oʼrganilib, bunada Oʼzbekiston Respublikasi qonun tizimida sugʼurta munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Xalqaro amaliyotda qoʼllanuvchi umumiy meʼyorlar, Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining bandlari oʼrganiladi. Ushbu savolini koʼpi bilan 8-10 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Ikkinchi savolda mavzuga oid amaliyot holati tahlilini amalga oshirish va tahlil natijalariga asoslangan holda tegishli xulosalar shakllantirishdan iboratdir. Bunda jadvallar, diagrammalar, rasmlar shaklida amaliyot maʼlumotlaridan keng foydalanish, ularni batafsil tahlil etish talab etiladi. Tahlil jarayonida davriy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalarga, xukumat idoralarining rasmiy internet saytlarida keltirilgan maʼlumotlarga, malakaviy amaliyot davomida toʼplangan amaliyot maʼlumotlariga asoslanish tavsiya etiladi. Har bir jadval, diagramma va rasmlarning manbalari aniq koʼrsatilishi talab etiladi. Ushbu savolini koʼpi bilan 10-12 varaq xajmda yozish tavsiya etiladi.

Download 84.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling