Mаqolа yozish tаrtiblаri: Maqola sarlavhasi
Kurs ishini himoya qilish jarayoni
Download 84.01 Kb.
|
Maqola yozish
Kurs ishini himoya qilish jarayoni
Dekanat tomonidan kafedra bilan kelishilgan holda kurs ishlarini topshirish va himoya qilish reja jadvali ishlab chiqiladi va kurs ishini topshirish va himoya qilish muddatlari kafedra mudiri tomonidan oʼrantilgan tartibda amalga oshiriladi. Talaba tayyor boʼlgan kurs ishini kafedra kotibasiga topshiradi. Kotiba ushbu kurs ishini roʼyxatga olish kitobida roʼyxatdan oʼtkazib, kurs ishi titul varagʼiga roʼyxatdan oʼtkazilgan sana va roʼyxat tartib raqamini yozadi. Soʼng ilmiy rahbarga topshiradi. Ilmiy rahbar kurs ishini roʼyxatdan oʼtgan sanadan boshlab bir hafta ichida, ilmiy rahbar kurs ishi talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan soʼng, ishni oʼz taqrizi (8-ilovaga qarang) bilan birga kafedraga taqdim etadi. Ilmiy raxabar tomonidan taqdim qilingan taqrizda talabaning faolligi, mavuzning dolzarbligi, maqsadi va vazifasi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklari, keltirlgan maьlumotlarni tahlili, chiqarilgan xulosa va takliflarning asosligi va kurs ishining boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Shu bilan birga, xato va kamchiliklari ham koʼrsatiladi. Natijada, taqriz oxirida xulosa qilinadi, yaʼni kurs ishi himoya qoʼyilishi yoki qoʼyilmasligi koʼrsatib oʼtiladi. Kurs ishida qoʼpol boʼlmagan xato kamchiliklar boʼlsa, himoyaga tavsiya etilgan boʼlsa, talaba kurs ishida koʼrsatilgan xato kamchiliklarni asoslash yoki toʼgʼrilash uchun kurs ishi himoyasigacha tayyorlanish kerak. Аgarda kurs ishida xato kamchliklar koʼp boʼlsa, ularni bartaraf etgandan soʼng, himoyaga tavsiya etishishi koʼrsatilgan boʼlsa, u xolda xato kamchliklar bartaraf etilgandan soʼng, ikkinchi marta yana himoyaga tavsiya etish taqriz yoziladi. Аgarda talaba sababsiz ravishda kurs ishini oʼz vaktida topshirmasa, kamchiliklar toʼliq bartaraf etilmasa u holda ilmiy rahbar kurs ishi himoyaga qoʼyilmaydi deb yozib xulosa beradi. Kotiba taqriz yozilgan kurs ishini topshirilgan kun bilan roʼyxatdan oʼtkazib quyish kerak. Kurs ishilarini roʼyxatga olish kitobida har bir guruhlarni alohida betda rasimiylashtirish tavsiya etiladi. Kurs ishini himoya qilish kuni va himoyada qatnashuvchi komissiya tarkibi kafedra majlisida belgilab beriladi. Kurs ishi himoyasida qatnashuvchi komissiya tarkibi 3-5 ta aʼzodan iborat boʼladi. Kurs ishini himoyasida albatta komissiya tarkibidan kamida 3 ta aьzosi boʼlishi talab etiladi. Har bir talaba uchun kurs ishi himoyasi 20-25 minut (10-15 minutgacha talaba maʼruzasi, 5-10 minutgacha savol-javob) davom etadi. Talab maʼruzasida qisqacha mavzu toʼgʼrisida tushuncha berishi, yaʼni mavzuning dolzarbligi, muammosi, xulosa va taklif haqida toʼxtalishi kerak. Shuningdek, taqrizda koʼrsatilgan kamchiliklar haqida toʼxtalish kerak. Himoyadan soʼng, komissiya aʼzolari yopiq majlis oʼtkazib, talabalarning ishini baholash qarorini qabul qiladi. Komissiya aʼzolari quydagicha qarorini qabul qilishi mumkin: -kurs ishini himoya qilganligini bildiruvchi baho qoʼyilishi mumkin; -himoyaga kiritilmagan boʼlishi mumkin; -himoyaga kelmadi boʼlishi mumkin; -himoyada qoniqarsiz baho olgan boʼlishi mumkin; -qayta himoya qilish uchun muddat berishi mumkin; -boshqa mavzuda qayta ishlab himoya qilish tavsiya qilinishi mumkin. Uzrli sabab bilan kurs ishini belgilangan muddatda himoya qilmagan talabalarga dekanning ruxsati bilan, komissiyasining ishi yakunlanishiga qadar, boshqa muddatlarda himoya qilishga ruxsat beriladi. Download 84.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling