Maqollar «Alifbe» bezagi
Rasmlarning pedagogik qimmati
Download 0.93 Mb.
|
Kirish
Rasmlarning pedagogik qimmati
Ta’lim sohasidagi dapsturulamal hujjatlar «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», 2004-2009 yillarga mo’ljallangan maktab ta’limini rivojlantirish haqidagi davlat umummilliy dasturi talablariga asosan yosh avlodni har tomonlama yetuk yoshlar etib tarbiyalash hisoblanadi. «Alifbe» darsligidagi rasmlar ham o’quvchilarni yuqoridagi talablar asosida tarbiyalash uchun katta xizmat qiladi. O’quvchilarni rasmlar orqali Vatan haqidagi tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish, Vatanga bo’lgan muhabbat va sadoqatlarini oshirish, Vatanimizning go’zal tabiati, tabiiy boyliklari, shirindan shakar nozu-ne’matlarini qadrlash, komil inson bo’lish maqsadlarini amalga oshirish uchun rostgo’ylik, mehribonlik, do’stlik, ahillik, bilimdonlik kabi fazilatlarga ega bo’lish kabi maqsadlarni amalga oshirish mumkin. Quyida ba’zi rasmlarning pedagogik qimmati haqida fikr yuritamiz. Darslikning dastlabki sahifasida Mustaqillik bayrami tasvirlangan lavha, ikkinchi sahifasidagi Bilimlar kuni bayrami haqidagi rasm, 36-sahifadagi Vatanimiz gerbining rasmi, 42-sahifadagi Xumo qushining rasmi, 58-sahifadagi «Vatanim» she’riga ishlangan rasm, 72-sahifadagi «Gerbdagi qushning aytganlari» matniga ishlangan rasmlar o’quvchilarga Vatanimizning bugungi kundagi jamoli, ravnaqi haqida Vatanimizning ramziy belgilari va ularning tarbiyaviy ahamiyati. Vatanni sevish va ardoqlash haqidagi bilimlarini singdirishda beqiyos xizmat qiladi. Yana darslikning 6-sahifasidagi «Kuzgi ishlar» deb nomlash mumkin bo’lgan qiziqarli rasm uning ostidagi karam, sabzi, oshqovoq, bodring, tarvuz, baqlajon rasmlari, 7-sahifadagi bolalarning bog’da mevalarni terayotganligi haqidagi rasm va nok, uzum, behi, olxo’ri, shaftoli rasmlari, 9-sahifadagi go’zal tabiat manzarasi, 11-sahifadagi ari, ayiq, anor, anjir, non rasmlari o’quvchilarga Vatanimizning jannatmakon o’lka ekanligini, uning boy va go’zal tabiati, unda pishadigan darmondorilarga boy bo’lgan har xil mevalar haqidagi tushunchalarni beradi, Vatanimizga bo’lgan muhabbatlarini yanada oshiradi. Darslikning 10-sahifasidagi non yopish haqidagi, 19-sahifadagi shifokor, chevarning, kitob o’qiyotgan qizning, 20-sahifadagi bolaning keksa odamga salom berib turgani haqidagi rasm, 21-sahifadagi buvining nabirasiga nasihat qilayotgani to’g’risidagi, 22-sahifadagi opa va singilning dars tayyorlayotganligi, 24-sahifadagi bolalarning sport bilan shug’ullanayotgani, 39-sahifadagi bekatda bir bolaning keksa odamga joy berayotgani, 43-sahifadagi bolaning keksa odamning ko’tarishib ketayotgani haqidagi rasmlar orqali o’quvchilarni kasbga yo’naltirish, kelajakda Vatan ravnaqi uchun zarur bo’lgan mutaxassis bo’lishini, ularni odobli, kitobni sevadigan, o’zidan kattalarni hurmat qiladigan, ularning og’irini yengil qiladigan, ma’naviy barkamol bo’lib yetishishlarida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa ertaklarga ishlangan rasmlar bolalarni vatanparvarlikka, to’g’riso’zlikka rostgo’ylikka va mehribonlikka undaydi. Xullas, «Alifbe» darsligidagi rasmlar orqali o’quvchilarni vatanparvar, yurtni sevadigan, Vatan ravnaqi uchun qayg’uradigan, ma’naviy jihatdan barkamol bo’lgan komil insonlar etib tarbiyalashda muhim pedagogik qimmatga ega. Bu fazilatlarni o’quvchilarga rasmlar orqali singdira olish o’qituvchining pedagogik mahoratiga bog’liqdir.
Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling