Maqollar «Alifbe» bezagi


O’quvchilarni komil inson g’oyasi asosida tarbiyalash


Download 0.93 Mb.
bet7/11
Sana03.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1076300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kirish

O’quvchilarni komil inson g’oyasi asosida tarbiyalash

(«Alifbe» darsligi asosida)

Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri komil inson g’oyasidir. Demak, o’quvchilarni ilk maktabga kelganidanoq komil inson bo’lishlari uchun harakat qilishimiz lozim.

Xo’sh, bu vazifa savod o’rgatish davrida qanday amalga oshiriladi?

O’quvchilarni savod o’rgatish davrining asosiy davrida komil inson etib tarbiyalashda bir nechta vositalardan foydalanish mumkin. Birinchisi, darslikdagi matnlar orqali, ikkinchisi, darslikdagi ibratli hikoyatlar, ertaklar orqali, uchinchisi, maqollar va tez aytishlar orqali, to’rtinchisi, darslikdagi rasmlar orqalidir.

Biz quyida ertak-rasmlar orqali o’quvchilarni komil inson etib tarbiyalashni bayon etmoqchimiz.

Darslikning 35-sahifasida «Temur bobom» she’riga ishlangan Amir Temurning rasmi berilgan. Rasm asosida bobomizning ibratli fazilatlarini o’quvchilarga o’rgatamiz. Bobomiz o’gitlaridan namunalar aytib bu o’gitlarga amal qilishni tushuntiramiz.

O’zidan kattalarni hurmat qilish, ularga izzat-ikrom ko’rsatish, ularning nasihatlariga amal qilish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan hisoblanadi. Darslikning 39-sahifasida bekatda bir bolaning keksa kishiga joy berayotgani tasvirlangan. Bu rasm orqali o’quvchilarga doimo o’zidan kattalarni hurmat qilish, ularga yordam berish, og’irini yengil qilish kabi savobli ishlar o’rgatiladi. 43-sahifadagi bir o’quvchini keksa odamning yuklarini ko’tarib yordam berayotgani ham yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqlaydi.

Darslikning 45-sahifasida esa bir bolaning shifoxonadagi bemor do’stini ko’rgani borgani tasvirlangan va «Do’stlar» matni berilgan. Bu rasm va matnlar orqali o’quvchilarni bir-birlari bilan do’st bo’lishlarini, do’sti ko’pning tashvishi bo’lmasligi, do’stlar bir-biriga har bir ishda yordam berishi kerakligi o’rgatiladi. Do’stlik haqidagi maqollardan ham misollar aytiladi va mazmuni o’rgatiladi.

Darslikning 49-sahifasida esa Qodir degan bolaning onasiga ipak qurti boqishga qarashayotgani tasvirlangan. Bunda o’qituvchi o’quvchilarga mehnat qilishning inson hayotidagi o’rni, mehnat qilgan insonning hech qachon kam bo’lmasligini, mehnat qilgan kishi farovon umr kechirishini o’rgatadi, mehnatsevarlik eng yaxshi fazilatlardan ekanligini tasdiqlaydi.

Xullas, savod o’rgatish davrida o’quvchilarni komil inson bo’lishlarida poydevor qo’yiladi. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarni bilimga qiziqtirish, tarbiyasiga e’tibor berish juda muhimdir.

Savod o’rgatish davrida «Alifbe» darsligidagi rasmlar orqali;

- bobolarimiz hayoti va ijodini o’rganishga, ulardan ibrat olishlariga;

- kattalarni hurmat qilish, ularga yordam berishlariga, mehnatsevar bo’lishlariga;

- bir-birlari bilan do’st-inoq bo’lishlariga;

- milliy qadriyatlarimizni ulug’laydigan komil insonlar bo’lishlariga erishamiz. Bu esa milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasi «ozod va obod Vatan, erkin va varovon barpo etadigan» yoshlarni tarbiyalashdagi muhim qadamdir.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling