Maqollar «Alifbe» bezagi
Savod o`rgatishda pedagogik asoslarning roli
Download 0.93 Mb.
|
Kirish
Savod o`rgatishda pedagogik asoslarning roli
Respublikamizda ta’lim sohasida mustaqillik yillarida muhim islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar hozirgi kunda o`zining samarali natijalarini ko`rsatmoqda. Yoshlarimiz orasida dunyo miqyosidagi tanlovlar, olimpiada va musobaqalarda faxrli o`rinlarni egallayotgan iqtidorli yoshlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Bu g`alabalarning barchasiga albatta, inson kamolotining poydevorini yaratuvchilar sababchidirlar. Oilada birgina farzand tarbiyasi bilan shug`ullanayotgan ota-onalar ba’zida o`z farzandining qiliqlaridan bezor bo`ladi. Ular farzandini «bog`chaga berib, ancha qulog`im tinchib qoldi» deydilar. Maktabga borgandan keyin esa ular endi «farzandim maktabga borib, ancha bosilib qoldi» deydilar. Buning boisi nimada? Bolaning maktabga borib ancha bosilib qolishi sinf o`qituvchisining savod o`rgatishining pedagogik asosini yaxshi bilishi va unga suyanishidir. Maktabga kelgan bolada savod o`rgatishning tayyorgarlik davrida maktabga kelib-ketish odobi maktabning ichki tartib qoidalari kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish qoidalari o`rgatiladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilarni bir-biriga taqqoslashi yoki eng intizomli, odobli, tartibli o`quvchini namuna, ibrat qilib ko`rsatishi eng yaxshi usullardan. Chunki har qanday yosh bola yaxshi so`zning, ayniqsa maqtovning rag`batning yoki arzimagan bo`lsa ham biror narsaning gadosi bo`ladi. Savod o`rgatishning asosiy (Alifbo) davrida o`qituvchi «Alifbo» darsligidagi har bir so`zning ma’nolarini tushuntiradi, har bir rasmning nima ekanligi, uning ijobiy xususiyatlari va o`quvchilarning unga nisbatan munosabatlari qanday bo`lishini o`quvchilarga ijodkorlik ruhida singdiriladi. Demak, bunda o`quvchi savod chiqarish bilan birgalikda o`zining ma’noviy jihatidan ham saviyasini oshirib boradi. Kuzatuvlarimiz shuni isbot etadiki, qaysi o`qituvchi o`quvchilarga ta’lim berish jarayonida ularning tarbiyasiga ham alohida e’tibor bergan bo`lsa, o`sha sinf o`quvchilari boshqa sinf o`quvchilaridan tarbiyaviy tomondan ajralib turadi. Demak, o`qituvchining savod o`rgatish jarayonida pedagogik asosga suyanishi:
o`quvchining yaxshi talim olishi; hayotdagi voqea hodisalarga teran ko`z bilan qarab, ijobiy munosabatda bo`la olishlari; hayotda o`z o`rnini topib, o`z oilasi, xalqi Vatani uchun jon fido qila oladigan, fidoiy inson bo`lib yetishishlarida eng samarali asos bo`ladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling