Maqsad: Nozogeografiyasining sotsial jihatdan ahamiyati, geografiya va tibbiyot oralig’ida vujudga kelgan qirraviy fan sifatida vazifalari haqida tushuncha berish. Tayanch so’z va iboralar


Download 0.69 Mb.
bet2/2
Sana06.12.2020
Hajmi0.69 Mb.
#161297
1   2
Bog'liq
19-mavzu. Nozogeografiya 11496


51-rasm. Butun yer yuzi - har xil nozoareallar uyg’unligi sifatida
muman olganda, tibbiyot geografiyasi aholi va uning salomatlik holati bilan bog’liq bo’lgan barcha geografik jarayon va qonuniyatlarni o’rganar ekan, bunda u, eng avvalo, geografik muhitning aholi salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi kompleks tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillariga asosiy e’tiborni qaratadi.
Chunki yer yuzining har bir qismida u yoki bu turdagi kasallik mavjud (51-rasm). Ular orasida, ayniqsa, iqlim va atrof-muhitning aholi salomatligiga ta’siri, kasalliklarning tarqalishi, aholining joylashuvi, mehnat va turmush sharoitlari, urbanizatsiya jarayonlari, regionning xo’jalik ixtisoslashuvi xususiyatlari, sog’liqni saqlash sohasini rivojlanganlik darajasi va boshqalar juda muhimdir. Xususan, hozirgi davrda ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga mansub omillarning ahamiyati ortib bormoqda. Ular orasida, avvalo, sog’liqni saqlash geografiyasi yoki salomatlik geografiyasidan turib, sog’liqni saqlash tazimining shakllanishi, rivojlanishi, aholini salomatlik holatiga ta’siri kabi masalalar o’rganilgan izlanishlar muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Binobarin, tibbiy-geografik tadqiqotlarning muhim ilmiy - amaliy natijasi hisoblangan tibbiy-geografik atlaslar qishloq joylarda sog’liqni saqlashni holati va rivojlaniga masalalari bo’yicha AP.Ayriyan tomonidan Armanistonda, F.G.Grigoryev tomonidan esa Chuvashiyada (1976 y) chop etilgan.

Nozogeografiyaning mohiyati va vazifalarini tu shuntirishda kasallikning o’zini mazmuni, kelib chiqish sabablari xaqida aniq ma’lumotlarga ega bo’lish lozim. Bu borada ko’pgina tadqiqotlarni amalga oshirgan olimlarning (I.Sechenov, S.Botkin, A.Anichkov, APetrov, I.Pavlov) fikricha, insonning kasallanishi, avvalo o’ziga xos biologik jarayon bo’lib, insonni atrof -muhit bilan o’zaro ta’sirida uning hayot faoliyatini buzilishi yoki butunlay to’xtashi bilan bog’liqdir.

Inson kasalliklari turli -tuman bo’lishi bilan birga, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar ham turlichadir. shu jihatdan ularni o’rganish va bu boradagi bilimlarga ega bo’lish kasalliklarning tarqalishini bartaraf etishda katta amaliy ahamiyat kasb etadi.

Avvalambor, inson kasalliklarining kelib chiqish sabablarini o’rganish juda muhim masalalardan biridir. Ammo, shu bilan birga kasalliklarning hududiy tarqalishi qonuniyatlarini ochib berish kelajakda paydo bo’lishi (tarqalishi) mumkin bo’lgan kasalliklar areallarini aniqlash ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Inson kasalliklarining kelib chiqishi obyektiv omillar bilan chambarchas bokliq. Bunda, eng avvalo insonni o’rab olgan atrof - muhitning bosh rolini alohida ta’kidlash kerak. Binobarin, Y.N.Pavlovskiyning parazitar (yuqumli) kasalliklarning tabiiy o’choqlari haqidagi g’oyasi (bilimlari) bir qator inson va hayvon kasalliklarining geografik tarqalishi va evolutsiyasi haqida ilmiy asoslangan xulosalar olish imkonini berdi.

Nozogeografik tadqiqotlarda nafaqat kasalliklarning kelib chiqishi yoki ularning tarqalishi qonuniyatlari, balki nozokomplekslar, nozoareallarni aniqlash, tadkiq etish muhim masalalardan biridir. Ammo, amalda bunday nozoareallar, ayniqsa nozokomplekslarni aniqlash murakkab va tadqiqotchidan chuqur epidemiologik bilimlarni bilimlarni ham talab qiladi.

Nozokompleks bu, bir qator bo’g’inlarni (komponentlarni) o’z ichiga olgan bir butun tizim sifatida tu shunilishi mumkin. Ushbu bo’tinlarning xdr biri o’zaro bevosita aloqadorlikka ega. Ulardan birortasining o’zgarishi dorhol boshqasiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Inson kasalliklaridan birortasiga mansub bo’lgan nozokompleks bir tomondan, kasallikni vujudga keltiruvchi (chaqiruvchi) shart — sharoitlarni va ikkinchi tomondan, aynang shu kasallikni qabul qilishga moyil organizmni o’z ichiga qamrab oladi. Jumladan, endemik buqoqqa xos bo’lgan nozokompleks, eng avvalo ushbu kasallikka moyil bo’lgan inson organizmi hamda suv va oziq — ovqat mahsulotlarida yod moddasini yetishmasligini o’z ichiga oladi. Nozokomplekslarni, ayniqsa yuqumli kasalliklar bo’yicha ko’plab ajratish mumkin.

Nozokomplekslarning komponentlari va ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik sodda (inson —suv yoki oziq —ovqatda yodning yetishmasligi) yoki murakkab (atrof muhitning ikki, uch va undan ortiq komponentlari va inson organizmi) ko’rinish (tur)larga ega. Murakkab nozokomplekslarga, ko’pincha inson parazitar kasalliklari bilan bog’liq bo’lgan (bezgak, leyshmanioz, kana entsefaliti va b.) larni kiritish mumkin.Muayyanhudud doirasidagi turlicha nozokomplekslar, bevosita inson kasalliklari bilan aloqador bo’lgan nozogeografik vaziyatning u yoki bu holatini belgilashda muhim rol o’ynaydi.

Nozogeografik vaziyatning bosh mezonlari va ko’rsatkichlariga aholining o’rtacha umr ko’rishi, umumiy va bolalar o’limi darajasi, aholining kasallanishi, turli mamlakat va rayonlardagi ekologik, sanitariya -gigiena va epidemiologik holatlar kiradi.

Zamonaviy nozogeografik tadqiqotlarni kasaliklarning nozoareallarini (tarqalish hududlarini) o’rganmasdan tasavvur qilib bo’lmaydi. Demak, nozoareal -bu aholi orasida muayyan bir kasallik turi xisobga olinayotgan yoki paydo bo’lishi mumkin bo’lgan hududni o’z ichiga oladi. Ularning vujudga kelishi, maydoni, chegaralari tabiiy — geografik, ijtimoiy - iqtisodiy omillar ta’sirida turlicha shakllanadi.



A


52-rasm. Kasalliklar hududiy xususiyatlarining tahlili – tibbiy-geografik tadqiqotlar natijasidir
lohida olingan
inson kasalliklari nozoareallarining tadrijiy o’zgarishlarini tadqiq etish natijasida ularning vujudga kelishi sabablari o’rganilib, tarqalishi mumkin bo’lgan hududlar aniqlanadi. Bu esa, kasalliklarning avvaldan qachon va qayerda paydo bo’lishini bilishda va ularga qarshi tibbiy chora — tadbirlarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

Turlicha inson kasalliklarining nozoareallarini o’zaro hamda atrof -muhit omillari va shart-sharoitlari bilan taqqoslash, o’z navbatida ularning vujudga kelishi, hozirgi holati va kelgusidagi o’zgarishlari qonuniyatlari haqida xulosalar olish imkonini beradi (52-rasm).

Nozogeografiyaning ichida ayrim kasalliklarni kelib chiqishini tarixiy davrlar mobaynida o’rganuvchi tarixiy nozogeografiya yo’nalishi ham mavjud. Hozirda, tibbiyot geografiyasi tarkibida mintaqaviy (регионалная) tibbiyot geografiyasi shakllanib bormoqda. Bu yo’nalish bo’yicha ko’plab nozogeografik tadqiqotlar sobiq Ittifoqda amalga oshirilgan. O’zbekistonda esa bunday tadqiqotlar jumlasiga, N.Komilova tomonidan bajarilgan dissertatsiyani kiritish mumkin. Binobarin, Buxoro viloyati nozogeografik vaziyati masalalari yoritilgan ushbu ish O’zbekistonda nozogeografiya bo’yicha amalga oshirilgan ilk tibbiy — geografik tadqiqotdir.

Inson kasalliklarining kelib chiqishi va tarqalishida yoki nozokomplekslar va nozoareallarni vujudga kelishida kasalliklarning rivojlanishi bilan atrof-muhit omillari orasida uzviy aloqadorlik mavjud. Bunda atrof-muhitning tabiiy va ijtimoiy — iqtisodiy omillarini yetakchi rolini alohida ta’kidlash lozim.

Inson kasalliklari va uning turlicha nozokomplekslari va nozoareallarini vujudga kelishi va tadrijiy o’zgarishlariga ta’sir ko’rsatuvchi omillarga quyidagilar kiradi:

Tabiiy —geografik omillar (iqlim, Yer yuzasi tuzilishi, suv manbalari va tuproq, hayvoiot va o’simliklar, regionning ekologik ahvoli) inson kasalliklarini vujudga kelishiga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatadi. Ular kasalliklarni hududiy tarqalishini belgilab, nozoareallarni vujudga kelishida katta rol o’ynaydi.

Ijtimoiy — iqtisodiy omillar (sog’liqni saqlash tizimini axvoli, aholining joyla shuvi, zichligi, jins —yosh va ijtimoiy tarkibi, ma’lutmotlilik darajasi, ko’chib yurishi, yashash va mehnat sharoitlari, shahar va qishloqlar to’ri va tizimi, transportning rivojlanganlik darajasi, urbanizatsiya jarayonlari, region (hudud) ning xo’jalik ixtisosla shuvi, ishlab chiqarish kuchlarining joyla shuvi va rivojlanish darajasi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasining holati va boshqalar) ning inson kasalliklarini kelib chiqipti va nozoareallarini vujudga kelishidagi ta’siri kuchayib bormoqda.

Nozoareallar miqyosida aholinnig kasallanishi darajasi va kasalliklarning tarqalishida tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy omillarning rolini aniqlash zamonaviy tibbiy-geografik tadqiqotlarning dolzarb muammolaridan biridir.



Global pandemiyalar geografiyasi. Аtrof-muhitning yomonlashib borishi, insonning tabiat ustidan cheksiz hukmronligi inson ekologiyasi, qolaversa, u bilan bog‘liq kasalliklarning yer yuzida tarqalishi sabab va qonuniyatlarini tadqiq etuvchi tibbiyot geografiyasi oldiga yangidan-yangi muammolarni qo‘ymoqda. Fan va texnikaning jadal taraqqiyoti, insonning tabiatga bo‘lgan ta’sirining to‘xtovsiz ortib borishi va shu tufayli tabiiy muhitda yuz berayotgan qator salbiy o‘zgarishlar inson salomatligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shaharlashuv (urbanizatsiya) jarayonining jadallashuvi o‘z navbatida havo, suv va tuproqning ifloslanishi kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Insoniyat XXI asrga qadam qo'yar ekan, u o'z qarshisida ilgarigi davrlarga xos bo'lgan va bo'lmagan nozoekologik vaziyatlarga, yangidan-yangi dori-darmon va davo tadbirlariga duch kelmoqda. Bu esa, ko'pincha jahon iqtisodiyotining tobora globallashuvi va aholi sonining muttasil ortib borishi, insonlar orasida ruhiy bosim, shoshma-shosharlik, kamharakatlilik singari holatlarning tobora kuchayib borishi bilan izohlanadi[1]. Shu bois BMT ning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish bo'yicha dasturi da “2030 yilgacha bo'lgan davrda OITS, sil, bezgak1 singari kasalliklar epidemiyalarini tugatish, shuningdek, gepatit va boshqa suv orqali tarqaladigan yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ta'minlash masalalari”ga alohida e'tibor qaratildi. O'tgan asr o'rtalarida batamom qirilib ketganligi qayd etilgan ayrim o'ta yuqumli kasalliklarning dunyoning ayrim hududlari aholisi orasida tez-tez ko'zga tashlanayotganligi, shuningdek COVID-19 koronovirus infektsiyasining geografik tarqalish xususiyatlarini o'rganish, bu masalaning nihoyatda dolzarblinini anglatadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish nafaqat tibbiyot xodimlari va keng jamoatchilik, balki, hududlarda mavjud kasalliklar, ya'ni nozogeografik vaziyatga tashhis qo'yuvchi tibbiyot geografiyasi mutaxassislari oldiga ham muhim vazifalarni qo'yadi.

Ma'lumki, pandemiya (yunoncha πανδημία, “butun xalq") - bu kasallik nafaqat ma'lum bir mamlakatda va ba'zi mintaqalarda, balki bir necha mamlakatlarning chegaradosh hududlarida ham tarqalishi mumkin bo'lgan keng epidemiyalar bilan tavsiflanadi (1-jadval). Ispan qripi, vabo, oʻlat (taun) chochqa qripi,  COVID-19 koronavirus pandemiyası va boshqalar shular jumlasidandir. Xususan, tarixda "qora o'lim" nomi bilan ma'lum bo'lgan uchta o'lat pandemiyasi ma'lum[3].

1-jadval


Epidemiyalar va pandemiyalar

Epidemiyalar


Pandemiyalar


  • Afina vabo epidemiyası (er.a.429-27/426)

  • Rossiyada taun epidemiyası (1654-1655)

  • Boyuk London vabosi (1665-1666)

  • Boyuk taun epidemiyası (1679)

  • Marsel taunu (1720-1722)

  • Taun epidemiyası (1878-1879)

  • Ebola2 virusi (2014)

  • Antonin vabosi (165–180)

  • Yustinian o'lati (tauni) (541—750)

  • Qaro olim (1346-1353)

  •  Birinch vabo pandemiyası (1816–1826)

  •  Ikkinchi vabo pandemiyası (1829–1837)

  • Uchinchi vabo pandemiyası (1846–1860)

  • Uchinchi pandemiya (1855—1959)

  • Tortinchi pandemiya (1863–1879)

  •  Beshinchi vabo pandemiyası (1881–1896)

  •  Oltinchi vabo pandemiyası (1899–1923)

  • Ispan qripi (1918–1920)

  • Chochqa qripi pandemiyası (2009-2010)

  •  COVID-19 koronavirus pandemiyası (2019 boshlangan)

Manba:https://az.wikipedia.org/wiki/%C5%9Eablon:Epidemiyalar_v%C9%99_pandemiyalar

Birinchi pandemiya, Yustinian o'lati Misrdan boshlab deyarli barcha O'rta yer dengizi mamlakatlarida keng tarqalgan va deyarli 60 yil davom etgan. Hisob-kitoblarga ko'ra, 542 yilda Konstantinopolda (Istambul) har kuni 1000 dan ortiq odamlar ushbu kasallikdan vafot etgan[1].

O'latning ikkinchi pandemiyasi 1346 yilning yozida Yevropada paydo bo'ldi va u choyni yetkazib berish jarayonida sharqdan, xususan, Xitoy va Hindistondan kelgan savdogarlar orqali paydo bo'ldi va kasallik minglab murdalarni ko'mir singari holatga keltirdi. Makedoniya, Gretsiya, Italiya, O'rta yer dengizi orollarida, so'ngra Ispaniya va Frantsiyada, shuningdek Misr, Liviya va Suriyada qirg'inlar bo'lib o'tdi. Hatto Ispaniya qirolichasi, Aragon, Kastiliya qiroli va Angliya qirolichasi ham ushbu kasallikning qurboni bo'lishdi.

Uchinchi pandemiya 1855 yilda Yunnan shahrida keng tarqalgan. Faqatgina Xitoy va Hindistondan 12 million aholi ushbu kasallik natijasida vafot etdi.

Oʻlat (toun) - odam va hayvonlarning oʻtkir yuqumli karantin kasalligi boʻlib, odamda umumiy ahvolning ogʻirlashishi, intoksikatsiya, gavda haroratining koʻtarilishi, limfa bezlari, oʻpka va boshqalar aʼzolarda yalligʻlanish, sepsis rivojlanishi bilan kechadi. Kasallik tez tarqalishi va koʻplab bemorlar nobud boʻlishi tufayli oʻlat oʻta xavfli kasalliklar qatoriga kiritiladi. Oʻlat qadimdan maʼlum, uning epidemiyalari tez-tez uchrab turgan va koʻplab kishilarning oʻlimiga sabab boʻlgan. Oʻlat epidemiyalari tufayli ayrim hududlar butunlay boʻshab qolgan. Undan qutulish maqsadida boshqa joyga qochib ketgan odamlar yangi maskanda oʻlat epidemiyasi tarqalishiga sabab boʻlganlar[4].

Ma’lumotlariga ko‘ra, o‘lat so‘nggi ikki ming yil ichida insoniyat tarixidagi eng xavfli kasallikhisolanad. "Qora o‘lat" natijasida, tarixiy manbalarga ko‘ra, o‘sha davrdagi dunyo aholisining 42 foizi yoki 200 million kishi vafot etgan. 541-542 yillardagi Vizantiya imperatori Yustinian I davrida tarqalgan vaboda esa yer aholisining 28,51 foizi, yoki 60 million kishi vafot etgan[5].

Vabo - ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning ogʻirlashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan oʻta xavfli ichak kasalliklaridan hisoblanadi. Vabo dastlab (1816) Hindistonda - Gang daryosi vodiysida paydo boʻlgan; u yerda turmush sharoiti ogʻir boʻlganligi uchun aholining bir qismi boshqa davlatlarga keta boshlaydi. Natijada vabo Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga, chunonchi Birma (1819), Yava va Borneo orollar, Xitoy (1820), Eron (1821), Yaponiya hamda Rossiyaga (1822) tarqaladi. 1823-1925 yillarda Rossiyada vabo epidemiyasi 55 marta qayd qilingan. Turkiston oʻlkasiga vabo asosan, Afgʻoniston va Erondan oʻtgan. Vaboning klassik Vabo va El-Tor vabosi degan 2 turi bor. Shunga koʻra, vabo mikrobi (vibrion deb ataladi) klassik vabo vibrioni va Eltor vibrioni deb ataladigan ikki xilga ajratiladi. Klassik vabo vibrionini 1883 yilda R Kox, El-Tor vabo vibrionini esa 1906 yil Sinay yarim orolida Gotshlix topgan. Tabiiy sharoit (yozning juda issiq kelishi) va aholi migratsiyasi (dengiz boʻyidagi shaharlarga yezda koʻplab aholining dam olishga kelishi) sanitariya ahvoliga putur yetkazib, vaboning tarqalishiga imkon beradi[2,3].

Hozirgi kunda koronavirusning yangi turi (COVID-19) keltirib chiqaradigan kasallik tobora koʻproq global tus oloqda. Juda qisqa vaqt ichida infeksiya kasallikning epitsentridan - Uxan (Xitoy) shahridan butun dunyoga tarqaldi.



2-jadval

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq ayrim ma‘lumotlar

(2020 yil 7 oktabr holatiga ko‘ra )


Hududlar

Qayd etilishi

Sogayganlar

Foizda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

590

541

92

Viloyatlar










Andijon

1631

1535

94

Buxoro

1204

1143

95

Jizzax

411

373

91

Qashqadaryo

1220

1149

91

Navoiy

570

547

96

Namangan

2027

1855

92

Samarqand

2160

2017

93

Sirdaryo

848

776

92

Surxondaryo

755

710

94

Farg‘ona

436

412

94

Xorazm

597

557

93

Toshkent

11387

10527

95

Toshkent shahri 

35952

34126

95

Jami

59788

56568

94

So‘g‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

https://coronavirus.uz/ru


Kasallik qoʻzgʻatuvchisi yoʻtalganda va aksirganda tupruk zarrachalari orqali tashqariga chiqadi hamda 1,5-2 metr radiusdagi odamlarga yuqishi mumkin. Bundan tashqari atrofdagi u yoki bu predmetlar orqali yuqish ehtimoldan xoli emas.

2020 yil 25 oktabr malumotlariga kora, jahonda3 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 43 mln., vafot etganlar 1,2 mln. nafarga yaqinlashdi. O‘zbekistonda, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 mingdan ortdi. O‘lim holati esa 550 nafarni tashkil qildi [6].


COVID-19 pandemiyasini oxirgi ming yillikning 25 ta pandemiyasi bilan taqqoslasak, u hatto eng halokatli yigirmatalikka ham kirmaydi. Shunday ekan, zamonaviy tibbiyot uhbu xastalikning davolash blan bog‘liq ijobiy natijalarga erishadi, deb umid qilamiz.

Nazorat savollari va topshiriqlar:

  1. Tibbiyot geografiyasining o’rganish obyekti va predmeti nima?

  2. Tibbiyot geografiyasining geografiya fanlari tizimida tutgan o’rnini tushuntiring.

  3. Nozogeografik vaziyat nima?

  4. Aholining salomatlik holatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni sanab bering.

  5. Relyef xususiyatlari bilan bog’liq holda kelib chiqadigan kasalliklarni tushuntiring.

  6. Nozoareallarning hududlar bo’yicha radiusi qanday omillarga bog’liq?

  7. Kasalliklarni tibbiy-geografik jihatdan o’rganishning ahamiyati va afzallik yomonlari qanday?



1 Bezgak bu grippga o'xshash alomatlar bilan namoyon bo'ladigan chivinlardan kelib chiqadigan kasallik. Bezgak dunyodagi eng jiddiy qotillardan biri bo'lib qolmoqda, 2016 yilda 200 milliondan ortiq odam yuqtirgan va har yili qariyb 500 000 kishi halok bo'ladi. Bezgakdan Aleksandr Makedonskiy vafot etganligi haqida ham ma'lumotlar mavjud.


2 Ebola 1976 yilda ilk bor ikki yerda, avval Sudan, Kongo Demokratik Republikasida, sal o‘tib Ebola daryosi atrofidagi yerlarda paydo bo‘lgan. Shu sabab, bu o‘tkir virus ebola deb nom oldi. Aslida ebola Afrikaning G‘arbidagi mamlakatlar - Gvineya, Liberiya, Nigeriya va Syerra-Leoneda avj oldi. Hozirda Liberiyada bemorlar soni boshqa Afrika davlatlaridagiga qaraganda ko‘proq.

3Bugungi kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soniga kora, jahonda AQSh, Hindiston, Braziliya, Rossiya, Ispaniya singari davlatlar yetakchilik qilmoqda.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling