Maqsad: Sanoq va tartibni bildirgan so‘zlarni aniqlash va ulardan nutqda ongli


Download 45 Kb.
bet1/3
Sana10.03.2023
Hajmi45 Kb.
#1257210
  1   2   3
Bog'liq
Sanoq va tartibni bildirgan so‘zlarni aniqlash va ulardan nutqda ongli


Maqsad: Sanoq va tartibni bildirgan so‘zlarni aniqlash va ulardan nutqda ongli 
foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish. 
Darsning borishi:
1. Uy vazifasini tekshirish. 
2. Sanoqni va tartibni bildirgan mazmuniga mos so‘zlarni qo‘yib matnni yozish. 
261-mashq 
3. Maqolalar ustida ishlash. Sanoqni bildirgan so‘zlarni aniqlash 262-263-mashlar.
4. O‘yin “Qancha qoldi?”

To‘qqiz vagon bor poyezd


Chiqdi janub tomonga.
To‘qqiz tadan televizor
Yuklangan har vagonga.

Qirqda televizorni

Jizzax, Samarqand oldi. 

Xo‘sh qancha televizor 

Termiz shahriga qoldi. 

B.Omonov. 


O‘quvchilar she’rni o‘qiydilar.Sanoqni bildirgan so‘zlarni aniqlab,o‘zi 
bog‘langan so‘z bilan birga yozadilar.(Qancha?) To‘qqiz vagon, (Qancha?) Qirqta 
televizor.Javob. (Qancha?) Qirq bitta televizor qoldi. 
264-mashqdagi “Pul” matni orqali iqtisodiy bilim beriladi. Matn o‘qilib, 
savollarga javob beriladi. So‘ng grammatik topshiriq bajartiriladi. 
V.Darsni yakunlash. 
VI.Uyga vazifa. 265-mashq.Sheyriy topishmoqni ko‘chiring.Sanoqni bildirgan 
so ‘zlarni savollar berib aniqlang. 
3-sinfda “Son-so‘z turkumi” tushunchasi kiritiladi. O‘quvchilarga son 
predmetning miqdorini bildirishini otga bog‘lanib kelishi yordamida aniqlash 
ko‘nikmasi o‘stiriladi. Bularni o‘rganishda sonning leksik xususiyatlariga asoslanishi 
talabalarga aytib o‘tiladi. 
Dars ishlanmasi 
Mavzu: Son- so‘z turkumi. 

Darsning maqsadi: Shaxs narsalarning sanog‘ini bildirgan so‘zlarni gap 


tarkibidan ajratish, ularga so‘roq berishga o‘rgatish, sonlarni o‘zi bog‘lanib kelgan 
so‘zlar bilan yozish malakasini rivojlantirish, o‘quvchilarda do’stlik -o‘rtoqlik, 
mehnat, mehnatsevarlik hissini tarbiyalash. 
Darsning turi: bilimlarni hisobga oluvchi, yangi bilim beruvchi. 
Darsning jihozi: turli narsalarni tasvirlovchi rasmlar. 
Darsning borishi. 
1. Darsga qadar doskaga yozib qo‘yilgan quydagi matn o‘qitiladi. 
Sinfimizda o‘ttizta o‘quvchi bor. Ular o‘n besh qiz, o‘g‘il boladan iborat. Men 
uchinchi partada, Husan to‘rtinchi partada o‘tiramiz.Sinfimizdagi yigirma o‘quvhi 
besh bahoga, o‘n o‘quvchi to‘rt bahoga o‘qiydi.Ularning hammasi bir- birini hurmat 
qiladi. 
-Sizning sinfingizda nechta o‘quvchi bor? 
-Siz bir-biringiz bilan qanday munosabatdasiz? 
-O‘qishda, ishda o‘rtog‘ingizda qanday yordam berasiz? 
Yuqoridagi gaplarni o‘qib savollar yordamida sonlar aniqlanadi va 
xulosalanadi.
Darslik bilan ishlash 261-mashqni bajarish orqali son haqidagi bilimlar 
mustahkamlanadi. Mashqda berilgan gaplar o‘qitilib, har qaysi gapdagi shaxs va 
narsaning sanog‘ini bildirgan so‘zlar aniqlanadi. Ular bilan bog‘langan so‘zlar 
birgalikda aytiladi. 
3.Mustaqil ish. 
Mustaqil ish uchun topshiriq. Matn doskaga yoziladi O‘quvchilar narsalarning 
sonini bildirgan so‘larninig tagiga to‘lqinli chiziq -chiziq chiziladi.
4.Husnixat mashqlari. 
O‘quvchilar matnni doskadan husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko‘chirib 
yozadilar. Savollar yordamida matn mazmuni ochiladi. 
5.Darsni yakunlash. 
6.Uyga vazifa 262-mashq. 
7.Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va reyting ballari e’lon 
qilinadi. 

4-sinfda sanoq va tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari bilan yozilishi qo‘sh 


undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning (ikkov, o‘ntacha, beshtadan) 
imlosi sonlarning gramm, kloggramm, metr, letr, so‘m, tiyin so‘zlari bilan qo‘llanishi 
va shu so‘z bilan bitta so‘roqqa javob bo‘lishi o‘rganiladi. O‘quvchilarning 
sonlarning otga bog‘lanishi, so‘roqlar yordamida sonni o‘zi bog‘langan so‘z bilan
ko‘chirish ko‘nikmalari o‘stiriladi.

O‘qituvchi yordamida talabalar bilan dars ishlanmalari tuziladi. 4-sinf ona tili 


darsligidagi mashqlar ustida ishlanadi. 


Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling