Maqsad: Ta’limiy
Ustoz aytardi: — Ota-onangiz tirik ekan, ulardan uzoq ketmang. Agar borish zarur bo’lib qolsa, qayerga borishingizni ularga malum qilib keting
Download 82.71 Kb.
|
Tejamkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ustoz aytardi: — Ehtiyotkor odamlar kamdan-kam xato qiladilar. * * *
* * *
Ustoz aytardi: — Ota-onangiz tirik ekan, ulardan uzoq ketmang. Agar borish zarur bo’lib qolsa, qayerga borishingizni ularga malum qilib keting. * * * Ustoz aytardi: — Qadimlarda kam so’ylashardi, o’z so’zlarining ortidan yetolmay qolishdan qo’rqishardi. * * * Ustoz aytardi: — Ehtiyotkor odamlar kamdan-kam xato qiladilar. * * * Ustoz aytardi: — Munosib xulqli kishi so’zlarni shoshilmasdan so’ylagani ma’qul va ishlarni jadal ado etmog’i afzal. * * * Yan Yuan haqiqiy odamiylik nima, deb so’radi. — Odam o’zini tuta bilishi va adab taomillariga rioya etishi kerak, — deb javob berdi Ustoz, — mana shu chinakam odamiylik bo’ladi. Bir safar o’zingni tutishga o’rgansang va adabga rioya qilgan holda harakat qilsang, shunda butun Osmon seni odamiy ekan, deb ataydi. Odamiy bo’lish yoki bo’lmaslik faqat kishining o’zigagina bog’liq, — axir bu narsa boshqalarga bog’liq bo’lishi sira aqlga to’g’ri keladimi? — Marhamat qilib ayting-chi, bunga qanday erishsa boiadi? Ustoz aytdi: LAO ZI HIKMATLARI Dastlab yer va falakdan iborat bo’lgan so’ngsiz mavjudot bor. U qanchalik sovuqqon bo’lsa,shunchalik xotirjam! U yolg’izdir va o’zgarmasdir. U borliqni harakatga keltiradi,o’zi esa sokinligicha qoladi. Uni hamma narsaning Onasi desak ham bo’ladi. Men uning asl nomini bilmayman. Men uni Dao deb atayman. * * * Daoning na siyrati, na ovozi, na shakli bor. Unga qaraysan, ammo ko’rmaysan. Quloq tutasan-u,eshitmaysan. Quvlaysan-u, tutolmaysan. * * * Osmon ostidagi hamma narsa omonatdir. * * * Kim xalqini sevsa va uni boshqarsa,bunday odam tashabbussiz bo’lishi kerak. (Lao Zi bu hikmati bilan «Har qanday hukmdor hadeb xalq ishiga aralashavermasligi kerak» demoqchi. * * * Mustahkam va kuchli narsalar o’lim xizmatkorlaridir. * * * Oh, baxtsizlik! U baxtning tayanchidir. Oh, baxtiyor-lik! Unda baxtsizlik yashirin. * * * Buyuk ishlar, albatta, mayda ishlardan boshlanadi. * * * Mo’rt va ojiz narsalar mustahkam va kuchli narsalar ustidan g’alaba qozonadi. Yer yuzida suvdan yumshoqroq va zaifroq hech narsa yo’q. Ammo u mustahkam va kuchli narsalarga hujum qiladi. Hech qanday kuch uni yengolmaydi. * * * Bilguvchi so’zlamaydi, so’zlaguvchi bilmaydi. * * * Nafratga yaxshilik bilan javob qaytarmoq kerak. * * * G’animni to’g’ri baholay bilmaslikdan ko’ra og’irroq kulfat yo’q. * * * Meni qancha kam bilsalar, shuncha qadrliman. Shy tufayli donolikda komil odamlar qalin, dag’al liboslarga burkanib, qo’ynida yashma toshni yashirgan odamga o’xshaydilar. * * * O’z xohish-istaklarining chegarasini bilmaslikdan ortiq baxtsizlik bo’lmaydi. * * * Fikrlaringizga ehtiyot bo’ling — ular qilmishlaringiz ibtidosidir. * * * Buyuk to’g’rilik egrilikka, buyuk zakovat ahmoqlikka o’xshaydi. * * * Odamlar go’zallikni anglagan ondan boshlab xunuklik paydo bo’ladi. Bani bashar ezgulik neligini anglagan lahzalarda esa yovuzlik ham mavjudligini tushundi. Demak, borlik yo’qlikni, mushkulot yengillikni yuzaga keltiradi. Yuksaklik va tubanlik bir-biriga qayishadi,uzunlik va qisqalik birini-biri to’ldiradi. Tovushlar o’zaro qo’shilib uyg’unlikni hosil qiladi. O’tmish va kelajak o’zaro o’rin almashadi. Shu bois dono odam faoliyatsizlikni afzal ko’rib, sukutda mutolaa bilan mashg’ul bo’ladi. * * * Inson ilk bor dunyo yuzini ko’rganda — nozik va zaif, o’limi oldidan esa sabotli va kuchlidir. Barcha tirik mavjudotlar va o’simliklar mavjudlikning ilk pallasida nozik va zaif, o’lim lahzalarida esa quruq va chirkindir. Demak, bardoshlilik va kuchlilik o’lim nishonasi, noziklik va nimjonlik esa hayot belgisidir. Shu bois qudratli qo’shin zafar qucholmaydi va baquvvat daraxt nobud bo’ladi. Demak, noziklik va zaiflik doim kuch-quvvatdan ustundir * * * Buyuk donishmandlar hukmronlik qilgan yurtda fuqarolar ularning borligini sezishmaydi. Qaerdaki buyuk bo’lmagan donishmandlar hokim bo’lsa, omma ularga qattiq bog’langan bo’ladi va ularnisharaflaydi. Qaerdaki pastroq donishmandlar hukumronlik qilishsa, xalq ulardan qo’rqadi. Yanada zaifroq donishlar hokim bo’lgan joyda esa xalq ulardan hazar qiladi. * * * Sonsiz tog’ daryolari dengizlarga qarab oqadi. Inchunin, dengizlar tog’lardan pastda joylashgan. Dengizlar shuning uchun ham daryolarni o’ziga bo’ysundirishdan ojiz.Odamlarni o’zingga bo’ysindirishni istasang,ulardan pastda bo’l; Odamlar ortingdan ergashishini istasang, ularning ortidan yur. Download 82.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling