ILM HAQIDA HIKMATLAR
Agar inson ilm nuri bilan o’z yo’lini yoritmasa, zulmat va nodonlik ko’chasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va ma’rifat bilan baquvvat bo’ladi. Insoniyatning qadri ilm bilan hosil bo’ladi. Ilmdan hali hech kim zarar ko’rgan emas. Ilmni egallab olish esa bir san’atdir. Dunyoda qanday yovuzlik sodir bo’lgan bo’lsa, ularning hammasi nodonlik orqali kelib chiqqan. Eng zo’r halokat nodonlik, insoniylikni bitiruvchi ham nodonlikdur. Yaxshi tahsil ko’rgan va ilm nuri bilan hulqini yaxshilagan ayol har erda izzat topadi. Ilm — ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib etadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatolarga yo’l qo’yadi.
Ilm o’rganish har bir musulmon uchun farzdir.
Hadis
Beshikdan qabrgacha bilim ista.
Hadis
Bir soatgina ilm o’rganish bir kechalik ibodatdan yaxshidir.
Hadis
Qaysi bir olimning ilmidan so’ralganda qizg’onib gapirib bermasa, qiyomatda og’ziga o’tdan tizgin solib qo’yiladi.
Hadis
Avvalo olim bo’l! Loaqal ta’lim oluvchi yoki tinglovchi, ilmu ulamolarni sevuvchi bo’lgin.
Hadis
Sadaqaning afzali musulmon kishining ilm o’rganib, so’ng boshqa musulmon birodarlariga ham o’rgatishidir.
Hadis
Ilm ibodatdan afzal.
Hadis
Ilm o’qub qilmagan amal maqbul,
Dona sochib kO’tarmadi mahsul.
Alisher Navoiy
Er yuzi bir dashtu sahro bo’lsa, gulzori ilm,
Sahnai olamni bo’lmoqda namudori ilm.
Ilmu fan birla qurollanmoqda sardori ilm,
Ilm o’qi, hech bir jonga etkurmaydi ozor ilm.
Oraziy
Emish har elg’a qadri ilm balo,
O’la ilm maqomi baski bolo.
Kishikim ilmu fandin boxabardur,
Haloyiqqa mo’’tabardur.
Tiriklikda kishikim qilsa har kor,
Aning osonlig’ina ilm darkor.
Abdulla Avloniy
Jahon ravshan ziyoyi ilmdandur,
Ko’ngil sofi safoyi ilmdandur.
Anbar Otin
Kimda bo’lsa donishu, aqlu, tamiz,
Ilm ila hilm ahlini tutgan aziz.
Sen xatolardan o’zingni tut uzoq,
Ey o’g’il! Oqil esang solgil quloq!
Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |