Maqsad va vazifalari


Download 434.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi434.16 Kb.
#1490373
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-M. TIXT FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI




1-MAVZU: «TA’LIMDA ILGOR XORIJIY TAJRIBALAR» FANINING 
MAQSAD VA VAZIFALARI 
REJA: 
1. Fan haqida umumiy Ma’lumot: Raqobatbardosh sifatli ta’limga qanday 
erishish mumkin?
2. Fanning maqsadi 
3. Fanning vazifalari 
 
Tayanch so‘z va iboralar: ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar, maqsad, vazifa, 
zamonaviy 
yondashuvlar, 
zamonaviy 
ta’lim va innovatsion texnologiyalar, 
modulli_kredit tizimi, differensial, integrativ, masofali o‘qitish, mahorat darslari, 
vebinar, evristik metodlar, pedagogning innovatsion faoliyatini rivojlantirish. 
 
Fan haqida umumiy ma’lumot. 
«Ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar» fani oliy o‘quv yurtlari talabalarini 
pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga tayyorlaydi. Rivojlangan xorijiy davlatlar 
ta’lim tizimi va ularda yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan metodlarni O‘zbekiston ta’lim 
tizimiga tatbiq etish orqali ta’lim jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etishni 
ta’minlaydi. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilarga ularning 
kreativligini rivojlantirish, og‘zaki va yozma nutqida o‘qituvchi nutq madaniyatiga xos 
jihatlarni shakallantirish, xalqaro baholash dasturlari asosida o‘quvchilar bilimini 
baholash va nazorat qilishning amaliy va nazariy tomonlarini o‘rganadi. 
Mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, barcha sohalarda rivojlangan davlatlar 
bilan raqobatlasha olishi o‘z navbatida mehnat bozoridagi kadrlarga bog‘liq. Mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlantiradigan kadrlar esa ta’lim muassasalarida o‘qib-ulg‘ayadi. 



Demak, sifatli ta’lim tizimi sifatli kadrlarni, sifatli kadrlar esa rivojlangan, boy jamiyatni 
quradi.
Shu nuqtai nazardan mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam 
qo‘ygan bugungi kunda inson kapitaliga sarmoya kiritish, ta’limni isloh qilish ustuvor 
vazifalardan biriga aylandi. Jumladan, so‘nggi ikki-yil ichida jamiyatda o‘qituvchilar 
nufuzini oshirishga qaratilgan qator choralar ko‘rildi, mamlakatimizning barcha 
hududlarida Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil 
etilib, mazkur ta’lim muassasalariga eng malakali mutaxassislar jalb etildi. Shuningdek, 
mavjud maktablarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda, barcha hududlarda 
zamonaviy maktablar barpo etilmoqda.
Barcha sohadagi islohotlarni amalga oshirishdan avval, albatta, xalqaro 
tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish va natijalarni kuzatib borish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Mamlakatlarda olib borilayotgan ta’lim siyosatining qay darajada samara 
berayotganligi xalqaro reytinglarda o‘z aksini topadi. 
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilish, ustuvor 
yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, 
mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi 
bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga 
asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bugungi kunning 
dolzarb masalalaridan biridir.

Download 434.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling