Maqsad va vazifalari
Ushbu fanni o‘qitishdan maqsad
Download 434.16 Kb. Pdf ko'rish
|
1-M. TIXT FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning vazifasi.
Ushbu fanni o‘qitishdan maqsad:
Oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘quv jarayonini tashkil etish va uning sifatini ta’minlash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalar, zamonaviy yondashuvlar, zamonaviy ta’lim va innovasion texnologiyalar sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalar; modulli_kredit tizimi, differensial, integrativ, masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar, evristik metodlarni o‘zlashtirish, joriy etish, ta’lim amaliyotida qo‘llash va yaratish; 3 pedagogning innovatsion faoliyatini rivojlantirish haqidagi bilimlarini takomillashtirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirishdagi muammolarni aniqlash, tahlil etish, shuningdek, ularda innovatsion ta’lim texnologiyalari, o‘qitishning innovatsion shakl, metod va vositalari, pedagogik kompetentlik sifatlari hamda ta’lim jarayonini tashkil etishga kreativ yondashishga doir bilimlarini takomillashtirish asosida ular tomonidan innovatsion yondashuv, pedagogik kompetentlik sifatlari va kreativ qobiliyatning samarali o‘zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitni yaratish to‘g‘risida ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishdan iborat. Fanning vazifasi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun fan: - o‘quv jarayonini tashkil etish va uning sifatini ta’minlash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni, ularning o‘ziga xosliklari va qo‘llanilish sohalarini aniqlashtirish; - talabalarda modulli-kredit tizimi, xorij tajribalaridan samarali foydalanish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish; - talabalarda zamonaviy ta’lim va innovasion texnologiyalar sohasidagi ilg‘or xorijiy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish layoqatlarini rivojlantirish; - talabalarda innovatsion xarakterga ega pedagogik faoliyatni tashkil etish; - ularda pedagogik jarayonni samarali tashkil etishda kreativ fikrlashga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari: keys stadi, loyihaviy ta’lim, vitagen, skamper, dizayn fikrlash, sinergetik ta’lim va portfolio texnologiyalaridan o‘rinli, maqsadli foydalanish ko‘nikma-malakalarini rivojlantirish; - talabalarning o‘quv loyihalarini ishlab chiqish, portfoliolarni shakllantirish va amaliyotga tatbiq etish malakalarini takomillashtirish; - talabalarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish; - o‘quv mashg‘ulotlari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etishga kreativ yondashish ko‘nikma-malakalarini takomillashtirish. Download 434.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling