Maqsad va vazifalari


Ushbu fanni o‘qitishdan maqsad


Download 434.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi434.16 Kb.
#1490373
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-M. TIXT FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Ushbu fanni o‘qitishdan maqsad:
Oliy ta’lim muassasalari talabalarini
o‘quv jarayonini tashkil etish va uning sifatini ta’minlash borasidagi ilg‘or xorijiy 
tajribalar, zamonaviy yondashuvlar, zamonaviy ta’lim va innovasion texnologiyalar 
sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalar; 
modulli_kredit tizimi, differensial, integrativ, masofali o‘qitish, mahorat darslari, 
vebinar, evristik metodlarni o‘zlashtirish, joriy etish, ta’lim amaliyotida qo‘llash va 
yaratish;



pedagogning innovatsion faoliyatini rivojlantirish haqidagi bilimlarini 
takomillashtirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirishdagi muammolarni aniqlash, tahlil 
etish, shuningdek, ularda innovatsion ta’lim texnologiyalari, o‘qitishning innovatsion 
shakl, metod va vositalari, pedagogik kompetentlik sifatlari hamda ta’lim jarayonini 
tashkil etishga kreativ yondashishga doir bilimlarini takomillashtirish asosida ular 
tomonidan innovatsion yondashuv, pedagogik kompetentlik sifatlari va kreativ 
qobiliyatning samarali o‘zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitni yaratish to‘g‘risida 
ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishdan iborat. 
Fanning vazifasi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun fan:
- o‘quv jarayonini tashkil etish va uning sifatini ta’minlash borasidagi ilg‘or 
xorijiy tajribalarni, ularning o‘ziga xosliklari va qo‘llanilish sohalarini aniqlashtirish;
- talabalarda modulli-kredit tizimi, xorij tajribalaridan samarali foydalanish 
ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;
- talabalarda zamonaviy ta’lim va innovasion texnologiyalar sohasidagi ilg‘or 
xorijiy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish layoqatlarini rivojlantirish; 
- talabalarda innovatsion xarakterga ega pedagogik faoliyatni tashkil etish;
- ularda pedagogik jarayonni samarali tashkil etishda kreativ fikrlashga 
yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari: keys stadi, loyihaviy ta’lim, vitagen, skamper, 
dizayn fikrlash, sinergetik ta’lim va portfolio texnologiyalaridan o‘rinli, maqsadli 
foydalanish ko‘nikma-malakalarini rivojlantirish;
- talabalarning o‘quv loyihalarini ishlab chiqish, portfoliolarni shakllantirish va 
amaliyotga tatbiq etish malakalarini takomillashtirish;
- talabalarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish;
- o‘quv mashg‘ulotlari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etishga kreativ 
yondashish ko‘nikma-malakalarini takomillashtirish.

Download 434.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling