Maqsad va vazifalari
Dunyo xalq ta’limi reytingida to‘rtta eng zo‘r davlat bilan O‘zbekiston
Download 434.16 Kb. Pdf ko'rish
|
1-M. TIXT FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Dunyo xalq ta’limi reytingida to‘rtta eng zo‘r davlat bilan O‘zbekiston
qiyosi (oxirgi-yillarda eng ustuvor omillar ko‘rsatkichida) PISA 2018- 2019 reytingi Sinf o‘quvchi lari soni (2019) Jami maktablar soni Jami o‘quvchil ar soni Maktabd a ingliz tilining darajasi Ingliz tilida dunyo reytingi 2020 YaIMning ta’limdagi ulushi Finlandiya 19 3 700 (2019) 550 000 B2, C1 3-o‘rin, juda yuqori 5,1 % (2019) 13,5 mlrd $ Xitoy 30-35 514 000 (2014) 260 mln. B2, C1 38-o‘rin, o‘rta 520 mlrd $ Singapur 20-25 400 (2016) 340 000 B2, C1 10-o‘rin, juda yuqori 2,9 % (2019) 9 mlrd $ Janubiy Koreya 22-24 20 000 (2020) … B2, C1 32-o‘rin, o‘rta 4,3 % (2016) 53 mlrd $ O‘zbekiston 30-35 9 942 (2019) 6 119 940 B1 88-o‘rin, past 5,6 % (2017) 3,78 mlrd $ Yuqoridagi davlatlarning (16-yildan 29-yilgacha) davom etgan va nisbatan qiyin kechgan ingliz tilidagi flagman ta’lim islohotlari tajribasini tahlil qilgan holda, O‘zbekiston mentaliteti, strategiyasi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, rivojlangan davlatlar qatorida munosib o‘rin egallashimiz uchun hamda yaqinda boshlangan ta’lim islohotlari asosida quyidagi jihatlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: Birinchidan, mustaqillikdan keyin, tarqoq holatdagi bog‘chalarning Maktabgacha ta’lim vazirligiga biriktirilishi hamda maktabgacha ta’lim majburiy qilinishi boshlangan ta’lim islohotlarining fundamental bosqichi hisoblanadi. MTTlarda bolajonlarga o‘z ona tillarida belgilangan savodxonlik (o‘qish va yozish)ni o‘rgatish bilan birga, xorijiy tilda oddiy muloqot – tematik so‘zlashuv usulida gapirish va tinglash mashg‘ulotlari audio va videoqo‘llanmalar asosida o‘rgatilishi maqsadga muvofiq bo‘lfi. Chunki 3-6 yoshli bolalarda eshitish va gapirish orqali Ma’lumotni o‘zlashtirish qobiliyati juda kuchli bo‘ladi. 8 Ikkinchidan, o‘rta maktab ta’limining ilk-yillaridan, mustaqil fikrlash uchun asos bo‘ladigan o‘qish kompetensiyasi (o‘qish va tushunish tezligi mutanosibligi) mukammal amalga oshirilishi masalasi e’tiborga molikdir. Avval boshlang‘ich maktabda o‘quvchilarning faqat o‘qish tezligi baholanardi. Bu bolalarda tushunmasa ham tez o‘qish tendensiyasini mustahkam shakllantirgan va mustaqil fikrlash qobiliyati uchun katta zarba bo‘lgan. Mantiqan olib qaraganda, o‘quvchi xohlagan matnni qanchalik tez o‘qimasin, ammo uning mazmunini tushunmasa, bu uning o‘qib uqmasligini ta’minlaydi, xolos. Shu bilan birga, matematika ham tabiiy usulda motivatsion yo‘l bilan fanlar o‘rgatilayotganligi ham diqqatga sazovordir. Chunki bu usul orqali bola o‘zining yoshiga mos istalgan fan kitobini o‘qib, tushunib, u haqda mustaqil fikr ifodalay olishi mumkin. Qiyin matnlar uchun matematik mantiqiy-analitik yondashuv yaxshiroq tushunishni ta’minlaydi. Bu har bir fan uchun eng muhim talab hisoblanadi. 8-sinfgacha o‘quv dasturidagi hamma fanlar «o‘qib tushunish asosida mustaqil fikrlashga urg‘u berib» o‘rganilganidan keyin, 8-sinf o‘quv-yili boshida 1 yoki 2 oy ingliz tili «0(Alifbe)dan B2(5.5-6.5) kompetent ingliz tili 30 kunda» darslik kitobi asosida o‘rgatilgach, matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi aniq fanlar ingliz tilida olib borilsa, o‘quvchilar rivojlangan davlatlardagi maktab ta’limiga mos jahon standartlari bo‘yicha bilim oladi. Ya'ni hozirgi Prezident maktablarida o‘rgatiladigan darsliklar va o‘quv dasturini, shu 8-sinf o‘quvchilari mos ravishda inglizchada o‘qib, o‘zlashtirishlari mumkin bo‘ladi. Bunga qo‘shimcha tarzda, 9-10- va 11-sinflarda, kasb mahoratlarini ko‘proq kitoblarda yoki video va boshqa turli ilovalar ko‘rinishida ingliz tilida amaliy 9 o‘zlashtirib, kelajak uchun zarur kasb-hunarlarni ham egallashlari mumkin. Chunki ingliz tilida barcha kasblar bo‘yicha innovatsion va motivatsion malaka ko‘nikmalari mavjud. Uchinchidan, yurtimiz oliy ta’limida boshlangan islohot – kredit-modul tizimi asosida oliy ta’limni tashkil qilishda o‘quv-yili boshlanishidan avval «0(Alifbe) dan B2 (5.5-6.5) kompetent ingliz tili 30 kunda» darsligini talabalarga va professor- o‘qituvchilarga o‘rgatib, so‘ng oliy ta’limda original kredit-modul tizimini yo‘lga qo‘yish mumkin. Zotan, oliy ta’limdagi asl kredit-modul tizimi talabaning bir semestrda davlatimiz universitetida olgan bilimlarini keyingi semestrda xuddi shunday boshqa rivojlangan davlat universitetida teng darajada o‘qiy olishini ta’minlashga xizmat qilishi kerak. Bu Xalqaro oliy ta’lim bo‘yicha Boloniya tizimining asosiy talabi. Agar talabalarimiz va professor-o‘qituvchilarimiz yuqoridagi darslik va «B2dan C2 (8.5-9) eng yuqori darajadagi ingliz tili uch oyda» kitobini o‘zlashtirishsa, hayotiy muhim sohalar (meditsina, qishloq xo‘jaligi, aniq fanlar, iqtisodiyot, high-tech va sanoat kabi yo‘nalishlar) bo‘yicha dunyo reytingida birinchi o‘ntalikka kiruvchi universitetlar filiallari yoki analoglarini O‘zbekistonda flagman-universitetlar sifatida ochib, mamlakatimiz oliygohlari ilmiy salohiyatini ularning salohiyati bilan muvofiqlashtirish va shu nufuzli flagman-universitetlar orqali O‘zbekistonni dunyoning oliy ta’lim markazlaridan biriga aylantirish imkoniyati ham paydo bo‘ladi. Bu o‘z o‘rnida, yurtimiz uchun hayotiy muhim yetuk kadrlarni tayyorlashga va xorijiy talabalar bu oliygohlarda tahsil olishlari evaziga ko‘p foyda va daromad olib kelishiga xizmat qiladi. Download 434.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling