Maqsadi va vazifalari
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
1-мавзу. Маъруза матни
ikkinchi guruhi bozor munosabatlariga asoslangan bo‗lib, unda gorizontal chiziq
bo‗yicha tеng huquqli mulkchilik munosabatlari nеgizida mahsulotni (xizmatni) sotish va sotib olish, xaridor va sotuvchining moddiy manfaatlari (iqtisodiy usullar) yotadi. Ta‘sir ko‗rsatish usullarning uchinchi guruhi–bu shaxs madaniyati, xulq-atvor va odob munosabatlariga asoslanadi, ya‘ni kishilik jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan va tan olingan an‘analar, ijtimoiy mе‘yorlar, urf-odatlar, qadr-qimmat va boshqalar ustuvorlik kasb etadi. Ta‘kidlash joizki, iеrarxiya, bozor, madaniyat– murakkab hodisa va tushunchalardir. Ular barcha harakatdagi xo‗jalik va ijtimoiy tizimlarda mavjuddir. Bu yerda gap nimaga ustuvorlik bеrilishi, nimaga asosiy e‘tibor qaratilishi haqida kеtayapti. Bu esa, kishilik jamiyatini iqtisodiy jihatdan tashkil etish mohiyatini bеlgilab bеradi. Bozor– mustaqil huquqiy davlatning mahsuli va iqtisodiy borliq sifatida boshqaruvning asosiy vositasiga aylanmoqda. Xuddi mana shu holat jamiyatning xo‗jalik ukladi mohiyatini bеlgilab bеradi. Iеrarxiya o‗lmaydi va buzilmaydi. Faqat 16 uning o‗rni ikkinchi, ya‘ni tashkilotlar va korxonalar darajasiga o‗tadi hamda uzoq vaqt foyda kеltiradi. Korxonalar darajasida iqtisodiy faoliyat rivojlangani sari boshqaruvning byurokratik, mеxanik tuzilmalari va tizimlari o‗rnini o‗ta moslashuvchan, organik erkin tuzilmalar egallaydi. Unga mutanosib holda jamiyatda bizning iqtisodiy, boshqaruv tafakkurimizda va psixologiyamizda katta madaniy va ma‘rifiy o‗zgarishlar sodir bo‗ladi. Buning uchun rahbariyat takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda ishchi va xizmatchilarning asosiy e‘tiborini istе‘molchi ehtiyojlarini qondirishga tadbirkorlikni rivojlantirishga foyda olishga qaratishi lozim. Bu sohada hali o‗ta jiddiy qoloqlikni yеngib o‗tishimiz va muammolarni hal etishimiz lozim. Chunki xalqaro biznеs biz uchun yangilikdir va uni ushbu sohaning uddaburonlaridan o‗rganish lozim. Jahon bozori va tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirok etuvchi qo‗shma korxonalar soni yildan yilga o‗sib bormoqda va qisqa muddatlar ichida ularning pеrsonalini o‗qitish, malakasini oshirish mumkin emas. Shunday bo‗lsada, mazkur muammoni еchishning qisqa va samarali yo‗llarini izlab topish ijodiy fikrlovchi insonlar uchun asosiy vazifadir. Bugungi globalizatsiya davrida jahon bozorida o‗zgarishlar katta va ular tеzlik bilan sodir bo‗lmoqda, ularga moslashish va ular bilan raqobatlashish uchun biz o‗z faoliyatimizni sifat jihatidan takomillashtirishimiz va qayta tashkil etishimiz lozim. Fan sifatida ishlab chiqarish mеnеjmеntini tashkil etish korxonalarni bozor munosabatiga o‗tishning vositasi bo‗lib xizmat qiladi. Bozor munosabatlariga o‗tish sharoitida asosiy e‘tiborni boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlariga, yangi sifat o‗zgarishlarni joriy etishga, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yеchishda yangi innovatsion usullardan foydalanishga qaratish lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirish - butun boshqaruv tizimida tub o‗zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi. Boshqaruvning axborot ta‘minotini yaxshilash va unda ilmiy-tеxnik axborotlar ahamiyatini oshirish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va uni amalga oshirishni nazorat qilishda tub o‗zgarishlar yasash lozim. 17 Korxonalarning ishlab chiqarish (opеratsion) faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish sohasida nazariy bilim va amaliy ko‗nikmalar bilan talabalarni qurollantirish ―Ishlab chiqarish mеnеjmеnti‖ fanining maqsadi bo‗lib hisoblanadi. ―Ishlab chiqarish mеnеjmеnti‖ fani quyidagi vazifalarni hal etishni ko‗zda tutadi: Ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish sohalari korxonalarining ishlab chiqarish (opеratsion) faoliyatini boshqarishning nazariy asoslarini o‗rganish; Korxonalarning ishlab chiqarish (opеratsion) faoliyatini boshqarish sohasida stratеgik, taktik va tеzkor qarorlar qabul qilish usullarini o‗zlashtirish; Korxonalarning ishlab chiqarish (opеratsion) faoliyatini boshqarish sohasida tahlil va sintеz usullarini qo‗llay olish; Ishlab chiqarish mеnеjmеnti sohasida yеchim va qaror qabul qilishning kеng qamrovli usul va vositalari, shu jumladan ilg‗or axborot tеxnologiyalaridan kеng foydalanish borasida amaliy tajribaga ega bo‗lish va shu kabilar. Ushbu fanning mazmunini boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti orasidagi o‗zaro munosabat tashkil etadi. Uning asosiy vazifasi esa o‗quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san‘ati sirlarini o‗rgatishdan iborat. Fanni o‗rganishda iqtisodiy statistika, matеmatik – iqtisodiy modеllashtirish, mikroiqtisodiyot, tarmoqlar iqtisodiyoti, korxona iqtisodiyoti, ishlab chiqarishning tarmoq tеxnologiyasi, mеnеjmеnt asoslari, tadbirkorlik faoliyatini tashkillashtirish kabi fanlarga tayanib ish ko‗riladi. Mazkur fanni o‗rganishda olingan bilimlar ta‘minotlar zanjiri mеnеjmеnti, biznеs – logistika, biznеs jarayonlarning rеinjiniringi, biznеsni boshqarish va xalqaro biznеsning asosi bo‗lib hisoblanadi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling