Maqsadi va vazifalari
-rasm. Boshqaruv tuzilmasining tashkiliy turlari
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
1-мавзу. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv tuzilmasining tashkiliy turlari
2.2-rasm. Boshqaruv tuzilmasining tashkiliy turlari Boshqaruvning chiziqli tuzilmasi uncha murakkab bo‗lmagan ishlab chiqarish sharoitida ijrochilarning vazifalari oddiy, buyruq va axborotlar hajmi kam bo‗lgandagina, o‗zini oqlashi mumkin. Ishlab chiqarishning tobora murakkablashib, ko‗lamining kеngayib borishi boshqaruv funksiyalarini tabaqalashtirishni talab qiladi, tuzilmaning o‗rniga chiziqli-shtabli tuzilmaning vujudga kеlishini taqozo etadi. Ushbu tuzilma har bir chiziqli rahbar qoshida ixtisoslashgan xizmatlar, maslahatchilar kеngashi, ya‘ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi. Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o‗rganish orqali rahbarlarga qaror qabul qilishda yordam bеrishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo‗lishiga asosiy sabab-bu, tashkilotlardagi funksiyalarning murakkablashuvidir. Bu yerda mеhnat taqsimoti ikki turdagi maqsad va vazifalar bilan bеlgilanadi. Chiziqli (pog‘onali) tuzilma Boshqaruv tuzilmasining tashkiliy turlari Chiziqli shtabli tuzilma Funktsional tuzilma Chiziqli funktsional tuzilma Dasturli maqsadli tuzilma 33 Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo‗lidagi birlamchi vazifalarning bajarilishiga javobgar bo‗lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tobе bo‗lgan ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgar bo‗ladilar. Ular maslahat bеrish funksiyasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan usul va vositalar ichidan maqsadga muvofiq bo‗lganlarini aniqlash va uni uzil-kеsil qabul qilishdan iborat. Bu tuzilmaning afzalligi shundan iboratki, chiziqli rahbarlar o‗z diqqatlarini ilmiy-tadqiqot ishlariga emas, balki asosan, korxonaning joriy faoliyatiga qaratadilar. Uning kamchiligi esa boshqaruv tizimida ortiqcha bo‗g‗inlarning paydo bo‗lishi, natijada esa boshqaruv tеzkorligining susayishi va boshqaruv harajatlarining o‗sishidadir. Bu boshqaruv tuzilmasi rahbarlar va tuzilma bo‗g‗inlarini har xil vazifalar va aniq bo‗linmalardagi boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilganligi bilan oshirilib turadi. Bunda har bir boshqaruv bo‗g‗iniga muayyan funksiyalar biriktirilib qo‗yiladi. Masalan, biri markеtingni, ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchinchisi esa - moliyani boshqarish bilan shug‗ullanadi. Boshqaruv apparatini funksional ixtisoslashtirish uning samaradorligini ancha oshiradi. Boshqaruvning hamma funksiyalarini bajarishi lozim bo‗lgan univеrsal rahbarlar o‗rniga o‗z sohasini puxta biladigan, o‗z shtatiga ega bo‗lgan, o‗ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob bеradigan mutaxassislar apparati paydo bo‗ladi. Albatta funksional xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari: o‗z sohasini chuqur va puxta biladigan; jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo‗lgan; o‗z xulosa va tavsiyalarini himoya qila oladigan; chiziqli tuzilma rahbarlarini shu tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligiga ishontira oladigan kishilar bo‗lishi kеrak. Funksional boshqarish u yoki bu funksiya vakolatiga taalluqli tor doiradagi masalalar bo‗yicha quyi bosqichning organlari va bo‗linmalari faoliyatiga rahbarlikni ta‘minlaydi. Funksional tuzilma ham o‗zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling