Maqsadli bozorni tanlash Reja: Maqsadli bozorni tanlash
Maqsadli bozorlarni tanlab olish bir qancha turga bo`linadi
Download 80 Kb.
|
Maqsadli bozor tanlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat krediti
Maqsadli bozorlarni tanlab olish bir qancha turga bo`linadi.
Talab hajmini o`lchash va bozorni segmentlarga ajratish,maqsadli segmentlarni tanlash va tovarning bozordagi mavqesi.Bozor segmentlarining aniq bir turi yo`q ,bozorning holatiga yaxshi moslashish uchun bozor segmentlariga ajratishni bir necha usullarini birdaniga qo`llash mumkin.Bozorni quyidagi xususiyatlarga ko`ra segmentlarga ajratish mumkin:jo`g`rofiy,demografik,psixografik va axloqiy xususiyatiga ko`ra. Jo`g`rofiy xususiyati bo`yicha segmentlash.Bozorni jo`g`rofiy xususiyati bo`yicha segmentlarga ajratish bozorni jo`g`rofiy birliklarga davlat,hududlar,shaharlar ajratishni talab etadi.Bunda firma bir necha hududlarda faoliyat olib borishi mumkin. Demografik xususiyati bo`yicha segmentlash.Demografik xususiyati bo`yicha segmentlash bozorni demografik o`zgaruvchilar asosida quyidagi birliklarga bo`ladi,ya`ni jinsi,yoshi,ma`lumoti,dini va millati.Bu omil iste`molchilarning guruhini farqlashga yordam beradi. Psixografik xususiyati bo`yicha segmentlash.Psixografik xususiyati bo`yicha segmentlashda xaridorlarning jamoat sinfiga tegishlilik belgisiga qarab guruhlarga ajratishadi ya`ni yashash tarsi va shaxsiy xususiyatlariga qarab. Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo`l,foydalanuvchi maqomi,iste`mol jadalligi,bog`lanib qolish darajasi,tovar haqida ma`lumot berish,tovarga bo`lgan munosabati hisobga olinadi. Odatda, segmentlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.Makrosegmentlash deb nomlanadigan birinchi bosqichda “tovar bozori” aniqlanadi.Mikrosegmentlash deb nomlangan ikkinchi bosqichda esa ilgari aniqlangan bozor ichida iste`molchilar segmentlari aniqlanadi. Jamiyatning turli-tuman ehtiyojlarini uzluksiz moliyalashtirish maqsadida xo‘jalik tuzilmalari va aholining bo‘sh pul mablag‘larini davlat o‘z xarajatlarini qoplash uchun jalb qilishi mumkin. Davlat zayomlari davlat xarajatlarini moliyalashtirishdagi ahamiyati bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Zayomlar budjet kamomadini qoplashning eng qulay shakli hisoblanib, ayniqsa, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan. Davlat zayomlari davlat krediti tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Davlat krediti – bu bir tomondan davlat va ikkinchi tomondan jismoniy va huquqiy shaxslar o‘rtasidagi vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ularni davlat xarajatlarini moliyalashtirishga sarflash hamda korxonalar va tashkilotlarga muddatlilik, to‘lovlilik va qaytaruvchanlik asosida moliyaviy yordamlar berish bo‘yicha pul munosabatlari yig‘indisi. Qarz oluvchi va kreditor o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni bozor qonuniyatlari asosida tartibga solish sharoitida davlat tomonidan mablag‘larni jalb qilish jarayoni aholi va tadbirkorlarga qo‘yilgan mablag‘larga yuqori foydali stavkalarni taklif etish asosida quriladi. Bundan tashqari, davlatning qimmatli qog‘ozlaridan olinadigan daromadlarni imtiyozli soliqqa tortish yoki butunlay soliqdan ozod qilish qo‘llaniladi. Davlat krediti quyidagi funksiyalarni bajaradi: Taqsimlash. Tartibga solish. Nazorat. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling