Mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа mа`nаviyat аsоslаri


-Mavzu; Ekologik nazorat va ekologik ekspertizaning huquqiy holati


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana18.05.2020
Hajmi0.64 Mb.
#107465
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ekologiya huquqi predmeti metodi va tizimi


 

5-Mavzu; Ekologik nazorat va ekologik ekspertizaning huquqiy holati. 

Tuzuvchi : dоs. Mаxmаnоvа X 

Mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа 

mа`nаviyat аsоslаri 

 

REJA: 


1.Ekologik nazoratning tushunchasi, maqsad va vazifasi. 

2.Ekologik ekspertizaning tushunchasi, maqsadi, tamoyillari va usullari. 

3.Ekologik ekspertiza tizimi. 

 

Ekologiya  nazorati-atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  oqilona 



foydalanish  va  ekologik  havfsizlikni  ta’minlash  qoida  talablarini  barcha  vazirlik,  davlat 

qo`mitalari  va  idoralari,  korxonalar,  tashkilotlar,  muassasa,  mansabdor  va  jismoniy  shaxslar 

tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit  holatini o`rganish va kuzatish, chora-tadbirlarni 

qo`llash  bilan  bog`liq  siyosiy  huquqiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  ma’naviy-ma’rifiy  chora-tadbirlar 

yig`indisini o`z ichiga oladi. 

Ekologik  nazoratning  asosiy maqsadi  atrof tabiiy muhit  barqarorligini saqlashdan iborat 

bo`lib, davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirgan holda olib borilishini 

taqozo etdi. 

 

Ekologik nazoratning vazifalari; 



-atrof  tabiiy  muhit  holatini  hamda  xo`jalik  yuritish  va  boshqa  faoliyat  ta’siri  ostida  unga 

bo`ladigan o`zgarishlarni kuzatib boorish 

-atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish,  atrof  tabiiy 

muhitni  sog`lomlashtirish,  tabiatni  muhofaza  qilishga  doir  qonunlar  talablari  va  atrof  tabiiy 

muhit  sifatining  normativlariga  rioya  etish  borasidagi  dasturlar  hamda  ayrim  tadbirlar 

bajarilishini tekshirish. 

Ekologik nazorati murakkab jarayonni o`z ichiga oladi va turli xil  chora tadbirlar tizimini 

amalgam oshiriladi: 

-atrof tabiiy muhitda bo`ladigan o`zgarishlarni kuzatish,axborot jamlanmasini shakllantirish; 

-atrof tabiiy muhit holatiga antropogen ta`sirlarni o`rganish; 

- ishlab chiqarish va xo`jalik yuritish jarayoning barcha jabhalarida ekologik qonunchilik  qoida-

talablariga rioya etilishini tekshirish; 

- ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatini amalgam oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning 

tabiatni  muhofaza  qilishga  qaratilgan  profilaktik    chora-  tadbirlarning    belgilangan  amalgam 

oshirilishini tekshirish; 

-tabiiy resurslardan foydalanish bo`yicha ruxsatnomalar berish; 

-‘kologik  qoida  talablarni  buzgan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  aniqlash,  ogohlantirish, 

javobgarlikka tortish; 

-aholi orasida ekologik qonunchilik  qoida-talablarni targ`ib va tashviqot qilish va boshqalar. 

Ekologiya  nazorati  bilan  bog`liq  murakkab  faoliyatini  olib  borshda  ekologiya  nazorati 

sub’ektlari tomonidan quyidagi asosiy tashkiliy-huquqiy usullar qo`llaniladi. 

1. Kuzatish- atrof tabiiy muhitda bo`ladigan o`zgarishlarni o`rganish va ma’lumotlarni to`plash. 

2.  Umumlashtirish-  atrof  tabiiy  muhit  holatiga  zararli  va  havfli  ta’sirlarni  aniqlash,  tahlil  qilish 

asosida ma’lumotlarni tasniflash. 

3. Baholash-antropogen faoliyat ishlarining zararli, havfli va noqonuniyligini aniqlash. 

4. Ruxsatnoma berish-yuridik va jismoniy shaxslarga yer, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, yer 

osti boyliklari va atmosfera havosidan foydalanish uchun litsenziya berish. 

5.  Ogohlantirish,  cheklash  va  to`xtatish-ekologik  havfli  va  zararli  xo`jalik  va  boshqa  faoliyatni 

cheklash, vaqtincha to`xtatib qo`yish va bekor qilish. 

6.  Javobgarlikka  tortish-ekologik  qoida  talablarini  buzgan,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga 

nisbatan ma’muriy-huquqiy javobgarlik choralarini qo`llash. 


 

 Ekologiya nazorati ekologik-huquqiy mexanizmning muhim tarkibiy qismi sifatida atrof 

tabiiy muhit barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. 

2.  Ekologiya  nazorati  tizimi  O`zbekiston  Respublikasi  ,,Tabiatni  muhofaza    qilish 

to`g`risida”gi qonunning 29-moddasiga asosan quyidagi tarribiy qismlardan iborat: 

1)Atrof tabiiy muhit holatini kuzatib boorish davlat xizmati; 

2)Davlat ekologiya nazorati

3)Idoraviy ekologiya nazorati; 

4)Ishlab chiqarish ekologiya nazorati; 

5)Jamoatchilik ekologiya nazorati; 

Atrof  tabiiy  muhit  holatini  kuzatib  boorish  davlat  xizmati  muhim  ahamiyatga  ega 

bo`lib,  tabiatda  bo`ladigan  fizikaviy,  kimyoviy-biologik,gidrologik,  seymologik  va  boshqa 

o`zgarishlarni  kuzatish,ma`lumot  to`plash,  er,  suv,o`simlik  va    hayvonot  dunyosi,  er  osti 

boyliklari va atmosfera havosi hamda aholi hayoti va sog`lig`iga xavfli va zararli ta`sir etuvchi 

omikkarni o`rganish,atrof tabiiy muhitda bo`ladigan o`zgarishlarni davlat organlari va keng aholi 

qatlamlariga etkazish kabi faoliyatini o`z ichiga oladi. 



Davlat  ekologiya  nazorati  -  atrof  tabiiy  muhitni  ,  tabiiy  resurslardan  oqilona 

foydalanish, aholining ekologik havfsizligini ta’minlash qoida-talablarini  barcha vazirlik, davlat 

qumitalari,  idoralar,  yuridik  shaxslar,  mansabdor  shaxslar  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan 

bajarilishi yuzasidan maxsus vakolatli organlarning  tekshirish va choralarni ko`rish bilan bog`liq 

faoliyatini o`z ichiga oladi. 

“Tabiatni  muhofaza qilish sohasida”gi davlat nazorati, davlat hokimiyati  va boshqaruv 

idoralari, maxsus vakolatli davlat idoralari tomonidan amalgam oshiriladi. 

Qiyidagilar: 

- O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi ; 

- O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi; 

- O`zbekiston Respublikasi Er resurslari davlat qo`mitasi; 

- O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

- O`zbekiston Respublikasining sanoat va konchilik  nazorati agentligi maxsus vakolatli 

davlat organlari hisoblanadi. 

Ekologiya sohasida Idoraviy  nazorat-barcha vazirlik, davlat qo`mita va idoralarda ushbu 

faoliyat  bilan    maxsus  shug`ullanuvchi  ekologiya  xizmati  tuzilmalari  mavjud  bo`lib,  tetishli 

bazirlik  ichki  tizimi  doirasida    tabiatni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  foydalanish 

jarayonining  ekologik  qoida-talablariga  mosligini  kuzatish,  tekshirish,  chora-tadbirlarni 

belgilashdan iboratdir. 

Ekologiya  sohasida    Ishlab  chiqarish  nazorati-  Idoraviy    nazorat  bilan  chambarchac 

bog`liq  bo`lib,  Ishlab  chiqarish  va  xo`jalik  faoliyatini  okib  borayotgan  korxona,  muassasa, 

tashkilotlarda olib boriladi. 

Ekologiya sohasida  jamoat nazorati –jamoat  birlashmalari, mehnat jamoalari, siyosiy 

partiyalar, turli uyushms va jamiyatlar, fuqarolar tomonidan amalgam oshiriladi. 

 

3.  Ekologik  ekspertiza-  ekologik  huquqiy  mexanizmning  tarkibiy  qismi  sifatida  atrof 

tabiiy  muhitning  barqarorligini  saqlash,  tabiiy  boyliklardan  unumli  va  samarali  foydalanish  va 

aholining ekologik havfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. 

 

 Ekologik  ekspertizaning  huquqiy  holati  konstitutsiyaviy  qoidalarda,  O`zbekiston 



Respublikasi  ,,Tabiatni  muhofaza  qilish  to`g`risida”gi,  ,,  Ekologik  ekspertiza  to`g`risidagi 

qonunlarda,  O`zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo`mitasi,  O`zbekiston 

Respublikasi  Sog`liqni  saqlash vazirligining  ekologik  ekspertizani  o`tkazish  tartibi  to`g`risidagi 

me’yoriy hujjatlarida belgilangan. 

 

 O`zbekiston  Respublikasi,  Ekologik  ekspertiza  to`g`risida”gi  qonunning  3-moddasiga 



asosan ekologik ekspertiza qo`yidagi maqsadlarda o`tkaziladi; 

-mo`ljallanayotgan  xo`jalik  va  boshqa  xil  faoliyatni  amalgam  oshirish  to`g`risida  qaror  qabul 

qilinishidan  oldingi  bosqichlarda  bunday  faoliyatning  ekologik  talablarga  muvofiqligini 

aniqlash; 



-atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha nazarda 

tutilayotgan tadbirlarning etarliligi va asosliligini aniqlash; 

-rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo`jalik va boshqa hil faoliyat atrof tabiiy muhit 

holatiga  va  fuqarolar  sog`ligiga  salbiy  ta’sir  ko`rsatishi  mumkin  bo`lsa,  bunday  faoliyatning 

ekologik havfsizlik darajasini aniqlash. 

 

Ekologik  ekspertizaning  eng  asosiy  vazifasi  atrof  tabiiy  muhit  va  aholining  hayoti  va 



sog`lig`iga  havfli  va  zararli  ishlab  chiqarish  va  xo`jalik  ob’ektlarining  ta’sirlarini  oldini  olish, 

bartaraf etish bilan bog`liq preventiv chora-tadbirlarni  amalga oshirishdan iboratdir. 

 

Ekspertiza  ob’ekti  sifatida  qaraliyotgan  loyihalarga  baho  berishda  atrof  tabiiy  muhit 



barqarorligi,  aholining  hayoti  va  sog`lig`iga  ta’sir  ko`rsatuvchi  omillarga  e’tibor  berish 

ustunligini ko`zda tutadi. 

 

Navbatdagi  tamoyil  ham  ekologik  ekspertizasining  o`ziga  xos  tamoyillardan  biri  bo`lib, 



har  bir  xo`jalik  va  ishlab  chiqarish  ob’ekti  belgilangan  tartibda  o`tkazilgan  ekspertiza  xulosasi 

asosidagini ekologik jihatidan havflilik darajasi aniqlanadi. 

 

Ekspertiza  natijalari  to`g`ri,  oqilona  bo`lishi  uchun  biologiy  kimyoviy,  fizikaviy, 



texnologik,  demografik,  agro-ekologlik,  iqtisodiy  va  boshqa  jabhalardagi  bilimlarni  jamlagan 

holda keng qamrovli ijodiy mehnat mahsuli bo`lishi va tekshirilayotgan ob’ektga nisbatan real, 

ob’ektiv xulosa berish mumkin. 

            Ekologik  ekspertiza  jarayonida  turli  shakldagi  qo`yidagi  usullardan  foydalangan  holda 

ko`zda tutgan maqsadga erisqiladi. 

-ma’lumotlar  to`plash-  ekspertizadan  o`tayotgan  muayan  ob’ektga  tetishli  bol`gan  barcha 

axborot ma’lumotlarni yig`ish va to`plash; 

-umumlashtirish-ob’ekt  haqidagi  to`plangan  iqtisodiy,  texnologik,  ekologlik,  gidrologik, 

kimyoviy va boshqa ma’lumotlarni o`z yo`nalishlari bo`yicha ma’lum tizimga keltirish; 

-tahlil qilish- umumlashgan ma’lumotlar bankini o`z yo`nalishi va hususiyatlari bo`yicha alohida 

o`rganish, tasniflash; 

-baholash- ekspertiza o`tkazilayotgandan ob’ekt yo`nalishlari, bo`limlari, tashkil etuvchi qismlari 

bo`yicha havfli va zararlik darajasini aniqlash; 

-xulosa berish- ekspertiza o`tkazilayotgandan ob’ektning ekologik jihatidan zararli yoki zararsiz, 

havfli yoki havfsiz, ekologik qioda talablariga mosligi yoki ushbu ushbu qoidalarga zid ekanligi 

haqida yakuniy, adolatli, ob’ektiv xulosaga kelish. 

 

4.  Tabiat-jamiyat  tizimida  ekologik  ekspertizaning  bir  necha  turlari,  yani  ijtimoiy-

iqtisodiy  ekspertiza,  siyosiy-huquqiy  ekspertiza,  ilmiy-texnikaviy  ekspertiza,  sanitariya-

ekologiya ekspertiza, jamoatchilik ekologiya ekspertizalari qo`llanishi mumkin. 

 

Amaldagi qonunchilik hujjatlarida ekologik ekspertizaning ixcham tizimi e’tirof etiladi. 



   

O`zbekiston  Respublikasi,  Ekologik  ekspertiza  to`g`risida”gi  qonunning  4-moddasida 

ekologik  ekspertiza  qo`yidagi  tizimi  belgilangan:  ,,Ekologik  ekspertiza    davlat  va  jamoat 

ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit tarzida amalgam oshiriladi”.  

,, Ekologik ekspertiza to`g`risida”gi qonun 2000 yil 7-iyun qabul qilingan.. 

 

Shuni alohida ta’kidlab o`tish kerakki, ekologik ekspertiza tizimining poydevorini davlat 



ekologik ekspertizasi tashkil etadi.   

Davlat ekologik ekspertizasini O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat 

qo`mitasi olib boradi va asosiy vakolatlarga ega hisoblanadi. 

-davlat ekologik ekspertizasini tayinlaydi va o`tkazadi; 

-ekologik  ekspertizasiga  tetishli  bo`lgan  me’yoriy  –texnik,  huquqiy-uslubiy  hujjatlarni  ishlab 

chiqaradi va tasdiqlaydi; 

-ekologik ekspertizasi komissiyasi, uning a’zolari va ekspertlar guruhini tuzadi; 

-davlat ekologik ekspertizasi xulosalari talablarni bajarilishini nazorat qiladi va xokozo. 

Ekologik  qonunchilik  hujjatlarida  ekspertiza  o`tkazilishi  shart  bo`lgan  ob’ektlar 

belgilangan bo`lib, ular jumlasiga; 

-davlat dasturlarining, konsepsiyalarining ichlab chiqarish kuchlarini, ijtimoiy va iqtisodiy soha 

tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarini ajratish materiallari; 



-loyiha oldi va loyiha hujjatlari

-tabiiy resurslardan foydalanish  bilan bog`liq xo`jalik  va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi 

me’yoriy-texnik va yo`riqnoma-uslubiy hujjatlarning loyihalari; 

-texnik, texnalogiya, materiallar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar. 

-atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar hayoti vasohg`lig`iga zararli va havfli ta’sir ko`rsatuvchi 

ishlab chiqarish jarayonini amalgam oshirayotgan barcha turdagi korxonalar. 

-shahar soliq hujjatlarining barcha turlari; 

-maxsus huquqiy rejali ob’ektlar va boshqa ob’ektlar. 

 

Ushbu  ob’ektlarga  nisbatan  davlat  ekologik  ekspertizasini  o`tkazish  majburiy 



hisoblanadi,  va  mulkchilik  shakli  hamda  ma’muriy  bo`ysunishidan  qat’iy  nazar  hech  bir 

ob’ektga bu borada imtiyoz berilmaydi. 

 

 Davlat  ekologik  ekspertizasining  sub’ektlari  bo`lib  odatda  buyurtmachi,  pudratchi, 



iste’molchi hisoblanadi. Buyurtmachi ekspertizasini tayinlash, tashkil etish huquqiga ega bo`lgan 

maxsus vakolatli organdir. 

 

Pudratchi-  muayan  ob’ektni  ekspertiza  qiladigan  tashkilot,  bular  qatorda  ilmiy-tadqiqot 



institutlari,  korxona  yoki  maxsus  komissiya,  ekspertlar  guruhi  bo`lishi  mumkin.  Iste’molchi 

bo`lib, ekologik ekspertizasi hisoblangan korxona, tashkilot, muassasa hisoblanadi. 

 Davlat  ekologik  ekspertizasi  jarayoni  har  bir  ob’ektning  hajmi  va  o`ziga  xos 

xususiyatlariga k`ora bir necha bosqichlarni o`z ichiga oladi. 

1)tayinlash-  ob’ektga  nisbatan  ekologik  ekspertiza  tayinlash  va  maxsus  komissiya,  ekspertlar 

guruhitizimi; 

2)ob’ekt haqida ma’lumotlarni to`plash, umumlashtirish va baho berish bosqichi; 

3)ob’ektning ekologik  qoida-talablariga mos  yoki  zid  ekanligi  haqida xulosa tayyorlash va uni 

tasdiqlash; 

4)ob’ekt haqidagi xulosani bank muassasalariga yuborish; 

 5)davlat ekologik ekspertizasi xulosasi yuzasidan nizolarni hal etish.  

  Davlat  ekologik  ekspertizasining  xulosasi  muhim  ahamiyatga  ega  bo`lib  ob’ekt  haqida  salbiy 

xulosa berilgan taqdirda, bank muassasalari ushbu ob’ektni moliyalashtirmaydi va faoliyat bekor 

bo`lishi mumkin. 

Jamoatchilik  ekologik  ekspertizasi-nodavlat  notijorat  tashkilotlar,  fuqarolar  tomonidan 

amalgam  oshirilib,  rejalashtirilayotgan,  amal  qilinayotgan  turli  ob’ektlar  yuzasidan  o`tkazilishi 

mumkin. 

Jamoatchilik  ekologik  ekspertizasi  davlat  ekologik  ekspertizasi  o`tkazganligidan  qat’iy  nazar 

amalga oshiriladi. 

Ekologik  audit-ekologik  auditorlar  tomonidan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  va 

shartlarda  o`tkaziladigan,  atrof  tabiiy  muhit  holatiga  salbiy  ta’sir  ko`rsatayotgan,  ishlab  turgan 

korxonalar va boshqa ob’ektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilishdir. 

 

Ekologik audit davlat ekologik ekspertizasidan farqli ravishda xo`jalik va ishlab chiqarish 



ob’ekti mulkdorining qaroriga binoan o`tkaziladi. 

 

Ekologik  ekspertiza  muhim  va  murakkab  jarayon  bo`lib,  atrof  tabiiy  muhitni 



barqarorligini  saqlash,  tabiatdan  samarali  foydalanish  va  aholining  ekologik  havfsizligini 

ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlardan iboratdir.       



 

АDАBIYOTLАR 

 

1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsuiyasi.T, “O’zbekiston ”,2000. 



2.Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  to’g’risida”gi  qonun.O’zbekiston    Respublikasi 

Oliy Kengashining  Axborotnomasi.1993 yil,№6,255-m. 

3.”Tabiatni  muhofaza  qilish    to’g’risida”gi  qonuni.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisining 

Axborotnomasi ,1993 y.№1.38-m. 

4.O’zbekiston  Respublikasining  “Yer  kodeksi”.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisining 

Axborotnomasi ,1993 y.№5-6.82-m. 



16.Natsionalny  doklad  «O  sostoyanii  okrujayushey  sred  i  ispolzovanii  prirodnx  resursov 

Respubliki Uzbekistan».T.,1996,1997,1999,2000. 

5.Karimov  I.A.Islohotlar  strategiyasi  –mamlakatimiz  iqtisodiy  salohiyatini  yuksaltirishdir.O’zR 

Vazirlar Mahkamasida 2003 yil 18 fevral soni. 

6.Xolmshminov  J.,Xayitboev  E.”Ekologik  xavfsizlik:ekologik  huquqiy  ta‘lim  va  tarbiya 

masalalari”.O’zMU bosmaxonasi 2003. 

7.Abdullaev O.,Toshmatov Z.O’zbekiston ekologiyasi:bugun va ertaga.T.,1992. 

8.Ayubov 

U.T.Lishenie,ogranichenie 

priostanovlenie 



prav 

svyazannx 

prirodopolzovaniem.Ekologicheskiy vestnik Uzbekistana.1996 g.№3,26-28 str. 



9.Bogolyubov C.A.Ekologicheskoe pravo.M.,1999. 

 

 

 

 

 

 

6-Mаvzu:Ekologik huquqiy javobgarlik. 

Tuzuvchi : dоs. Mаxmаnоvа X 

Mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа 

mа`nаviyat аsоslаri 

 

REJA: 


1.Ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik tushunchasi, mohiyati va turlari. 

2.Ekologik  qonun  hujjatlarini  buzganlik  uchun  intizomiy  va  moddiy  javobgarlik.Ekologik 

huquqbuzarliklar uchun ma‘muriy va jinoyatlar uchun javobgarlik. 

3.Atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararni undirishning huquqiy asoslari. 

4.Tabiiiy resurslarga bo’lgan huquqlarni cheklash., to’xtatib turishi va undan mahrum etish.  

1.Аtrоf  tаbiiy  muhitni  muhоfаzа  qilish  vа  tаbiаtdаn  оqilоnа  fоydаlаnishishni  tа`minlаsh 

chоrаlаri tizimidа qоnun hujjаtlаrigа riоya qilmаgаnlik, ekologik tаlаblаrni buzgаnlik uchun 

yuridik jаvоbgаrlik chоrаlаri muhim o’rinni egаllаydi. 

Yuridik jаvоbgаrlik dеgаndа, huquq nоrmаlаrini buzgаnlik uchun jаzо chоrаlаrini qo’llаsh 

оqibаtidа  huquqbuzаrgа  sаlbiy  оqibаtlаr  tug’dirish  vа  dаvlаt  tоmоnidаn  huquq  tаlаblаrini 

bаjаrishgа mаjbur etish tushunilаdi. Yuridik jаvоbgаrlik ijtimоiy jаvоbgаrlikning bir turi bo’lib, 

huquqiy  nоrmаlаrdа  bеlgilаnаdi  vа  dаvlаtning  mаjburlаsh  kuchini  qo‘llаsh  imkоniyatlаri  bilаn 

hаmishа bоg‘liq bo‘lаdi. 

Yuridik  jаvоbgаrlik  huquqbuzаrlik  sоdir  etilgаndа  vа  uning  sаlbiy  оqibаti  kеlib  chiqаndа 

vujudgа  kеlаdi.  Yuridik  jаvоbgаrlik  dаvlаtning  mаjburlоv  xаrаktyeridаgi  chоrаlаrini  huquqqа 

xilоf  hаrаkаt  (yoki  hаrаkаtsizlik)  sоdir  etgаn  shаxsgа  nisbаtаn  qullаnishi  bilаn  bоg’liq  vа  u 

huquqbuzаrlikkа qаrshi kurаshning muhim huquqiy vоsitаsidir. 

Ekоlоgiyagа  dоir  qоnunchilikni  buzgаnlik  uchun  yuridik  jаvоbgаrlik  o’zining  аsоsiy 

mаqsаdi  vа  tаmоyillаri  bilаn  bоshqа  qоnunchilikni  buzgаnlik  uchun  jаvоbgаrlikdаn  fаrq 

qilmаydi,  аmmо  mа`lum  bir  o’zigа  xоs  xususiyatlаrgа    egа.  Ushbu  xususiyatlаr  o’simlik  vа 

hаyvоnоt  dunyosigа  еtkаzilgаn  zаrаrni  tаksа  uslubi  аsоsidа  undirish  vа  ekоlоgik  qоnun 

hujjаtlаrini  buzgаnlik  uchun  mаxsus  jаzо  chоrаlаri,  ya`ni  tаbiiy  resurslardan  fоydаlаnish 

huquqini chеklаsh, to’xtatib turish vа undаn mаhrum qilish chоrаlаrini  qo’llаshdаn ibоrаtdir. 

Ekologik  qоnunchilikni  buzgаnlik  uchun  jаvоbgаrlik  quyidаgi  mаqsаdlаrgа  egа:  tаbiiy 

оb`еktlаrdаn fоydаlаnish vа ulаrni muhоfаzа qilish qоidаlаrini buzgаn shаxslаrgа nisbаtаn jаzо 

chоrаlаrini  qo’llаsh;  аtrоf  tаbiiy  muhitgа  vа  insоn  sаlоmаtligigа  еtkаzilgаn  zаrаrni  qоplаsh; 

yangi ekоlоgik huquqbuzаrlikni sоdir etishni оgоhlаntirish. 

Hоzirgi  dаvrdа  ko’pchilik  оlimlаr  tоmоnidаn  «ekоlоgik  huquqiy  jаvоbgаrlik»  termini 

qo’llаnilаdi.  Ushbu  terminni  qo’llаnilish  huquqning  kоmplеks  tаrmоg’i  bo’lmish  ekоlоgik 



huquq  kоnsеpsiyasi,  o’zigа  mustаqil  vа  yaqin  tаrmоklаr,  ya`ni  yer,  tоg’,  suv,  o’rmоn  huquqi 

hаmdа tаbiаtni huquqiy muhоfаzа qilish bilаn chаmbаrchаs bоg’liq. 

Ekоlоgik  jаvоbgаrlik  bo’yichа  ijtimoiy  munоsаbаtlаr  ekоlоgik  quqbuzаrlik  sоdir 

etilgаndа vujudgа kеlаdi. Ekоlоgik huquqbuzаrlik dеgаndа tаbiiy resurslardan fоydаlаnish 



vа  ulаrni  muhоfаzа  qilish  to’g’risidаgi  qоnun  hujjаtlаrini  buzuvchi  aybli,  nоqоnuniy 

hаrаkаt  yoki  hаrаkаtsizlik  tushunilаdi.  Ekоlоgik    huquqbuzаrlik  sоdir  etilgаndа  аtrоf  tаbiiy 

muhitgа hаmdа u оrqаli insоn sаlоmаtligigа zаrаr еtkаzilаdi yoki zаrаr еtkаzish xаvfi tug’ilаdi. 

Аmmо  mа`lum  bir  hоlаtlаrdа  zаrаr  ekologik  huquqbuzаrlikni  bеlgilаshdа  hisоbgа  оlinmаsligi 

mumkin,  chunki  tаbiiy  rеsurslаrdаn  fоydаlаnish  huquqini  buzish  оqibаtidа  ekоlоgik 

munоsаbаtlаrning  bоshqа  bir  sub`еktlаrini  huquq  vа  mаnfааtlаri  buzilishi  mumkin.  Mаsаlаn, 

hеch kim tоmоnidаn fоydаlаnilmаyotgаn  yer mаvdоnini o’zbоshimchalik bilаn egаllаb olishda 

dаvlаtning erga bo’lgаn mulk huquqi buzilаdi. 

Ekоlоgik huquq buzаrliklаr оb`еkti tаbiiy rеsurslаr, аtrоf tаbiiy muhit, tаbiiy rеsurslаrdаn 

fоydаlаnish  vа  ulаrni  muhоfаzа  etish  bo’yichа  bеlgilаngаn  tаrtibi  hisоblаnаdi.  Ekоlоgik 

huquqbuzаrliklаrning sub`еkti esа uni sоdir etuvchi yuridik vа jismоniy shаxslаr xisоblаnаdilаr. 

Ekologik  huquqbuzаrlikning  оb`еktiv  tоmоni  xаtti-harаkаtning  nоqоnuniyligi,  ekоlоgik 

zаrаrni  еtkаzsh  yoki  еtkаzish  xаvfi  tug’ilishi  hаmdа  ekologik  munоsаbаtlаrning  bоshqа 

sub`еktlаrini  huquq  vа  manfaatlari  buzilishi,  ushbu  xаtti-hаrаkаt  bilаn  vujudgа  kеlgаn  yoki 

vujudga kеlishi mumkin bo’lgаn оqibаt o’rtаsidаgа sаbаbiy bоg’lаnish bilаn ifоdаlаnаdi. 

Ekоlоgik huquqbuzаrlikning sub`еktiv tоmоni dеgаndа huquqbuzаrning аybi tushunilishi 

lоzim.  Huquqbuzаrning  аybi  qаsddаn  yoki  extiyotsizlik  shаklidа  vujudgа  kеlishi  mumkin. 

Ekologik  huquqbuzаrlik  qasddan  sоdir  etilayotganida  huquqbuzаr  tа-qiqlаngаn  qоidаni  yoki 

bаjаrishi  lоzim  bo’lgаn  mаjburiyatni  аtаyin  buzаdi  yoxud  bаjаrmаydi  vа  bundа  u  o’z  xаttа-

hаrаkаtlаri  nаtijаsidа  zаrаrli  оqibаtlаrni  kеlib  chiqishini  bilаdi  hаmdа  оngli  ravishda  ungа  yo’l 

quyadi.  Mаsаlаn,  yerlаrni  o’zbоshimchаlik  bilаn  egаllаb  оlish,  ruxsаtsiz  оv  qilish  yoki 

daraxtlarni  kеsish  vа  bоshqаlаr.  Ehtiyotsizlik  оqibаtidа  huquqbuzаrlik  sоdir  etilganda, 

huquqbuzаr  o’z  xаttа-hаrаkаti  nаtijаsidа  sаlbiy  оqibаtlаrni  kеlib  chiqishini  bilа  turib,  ulаr 

vujudgа  kеlmаydi  dеb  xisоblаydi  yoki  zаrаrli  оqibаtlаr  kеlib  chiqilsh  mumkinligini  оldindаn 

ko`rishi  lоzim  vа  mumkin  bo’lgаni  hоldа,  uni  оldindаn  ko’rа  bilmаydi.  Mаsаlаn,  chiqindilаrni 

tоzаlоvchi  nоsоz  uskunаlаrni  ishlаtish,  kimyoviy  moddalarni  mе`yordаn  оrtiq  ishlаtish  vа 

bоshqаlаr. 

Ekоlоgik  huquqbuzаrlik  o’zining  xаvflilik  dаrаjаsigа  qаrаb  jinоiy,  mа`muriy,  fuqаrоlik 

(mulkiy)  huquqbuzаrlik  hаmdа  intizоmiy  xаtti-hаrаkаt  tаrzidа  bo’lishi  mumkin.  Ekоlоgik 

huquqbuzаrliklаr  uchun  tetishlicha  intizоmiy,  mоddiy,  mа`muriy,  jinоiy,  fuqаrоlik  huquqiy 

(mulkiy)  jаvоbgаrlik  qo’llаnilаdi.  Bundаn  tаshqаri  ekоlоgik  huquqbuzаrlikni  sоdir  etgаn 

shаxslаrning  tаbiiy  resurslardan  fоydаlаnish  huquqi  chеklаnishi,  to’xtаtib  turilishi  vа  undаn 

mаhrum etilishi mumkin. 



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling