Mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа mа`nаviyat аsоslаri


- Mavzu:Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana18.05.2020
Hajmi0.64 Mb.
#107465
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ekologiya huquqi predmeti metodi va tizimi


3- Mavzu:Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi. 

Tuzuvchi : dоs. Mаxmаnоvа X 

Mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа 

mа`nаviyat аsоslаri 

 

REJA: 

1.Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqi tushunchasi va o`ziga xos xususiyatlari. 

2.Tabiiy rеsurslarga nisbatan  mulk huquqining mazmuni. 

3.Tabiiy rеsurslarga nisbatan davlat mulk huquqi. 

 

1.O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyaning  55-moddasida,  er,  er  osti  boyliklari,  suv, 

o`simlik  va  hayvonot  dunyosi  hamda  boshqa  tabiiy  zahiralar  umummilliy  boylikdir  leb  qayd 

etilgan. O`zbekistonning asosiy qonuni tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqi masalasini ularni 

umummilliy  boylik  deb  tan  olish  yuli  bilan  hal  etgan.Tabiiy  rеsurslar  boshqa  mol-mulk  kabi  

O`zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini rivojlantirishning moddiy asosidir. 

 

O`zbekiston  Respublikasi  hududidagi  ,  er,  er  osti  boyliklari,  suv,  o`simlik  va  hayvonot 



dunyosi,  havo  habzasiga  nisbatan  mulk  huquqi  O`zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik 

kodeksida,  “O`zbekiston  Respublikasida    mulkchilik  to`g`risida”gi  Er  kodeksida  va  tabiiy 

resurslar to`g`risidagi boshqa qonunlarda belgilangan. 

 

Mulk  huquqi  tabiiy  resurslarni  kimga  tetishliligini  vf  mulkdorlarning  tabiiy  nisbatan 



vakolatlarini  anglatadi.  Tabiiy  rеsurslarga  nisbatan    mulk  huquqi  Tabiiy  rеsurslarga  nisbatan  

mulky    huquq    ob`ektkariga  egalik  qilish,  foydalanish  hamda  tasarruf  etish  jarayonlarida 

namayon bo`ladi. 

 

Tabiiy  rеsurslarga  er,  er  osti  boyliklari,  suv,  o`simlik  va  hayvonot  dunyosi  kiradi. 



Ekologiya  huquqi  ob`ekti  bo`lib,  faqat  tabiiy  ob`ektlar  hisoblanganligi  sababli  ekologik  qonun 

hujjatlari bilan faqat tabiiy holatdagi ob`ektlarga mulkchilik  munosabatlari tartibga solinadi. 

 

 O`zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tabiiy rеsurslar asosan davlat mulki 



hisoblanadi.  O`zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  214-moddasiga  muvofiq    er,  er 

osti  boyliklari,  suv,  o`simlik  va  hayvonot  dunyosi,  havo  havzasi  bo`shlig`I    respublika  mulki 

hisoblanadi. 

Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulrchilik masalasi Er kodeksining 16- va 18-moddalarida, er 

osti  boyliklari  to`g`risidagi,  Suv  va  suvdan  foydalanish  to`g`risidagi,  “O`simlik  dunyosini 

muhofaza qilish va ulardan foydalanish  

to`g`risida”gi,  Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish 

va ulardan foydalanish  

to`g`risida”gi 

qonunlarning 

3- 

moddasida, 



“O`zbekiston 

Respublikasida  mulkchilik to`g`risida”gi qonunning 19- moddasida mustahkamlangan. 

O`zbekistonda faqat ayrim hollarda, ya`ni Er kodeksining 18- voddasida ko`zda tutilgan 

er uchastkalari jismoniy vf yuridik shaxslarning mulki bo`lishi mumkin. 

Tabiiy  ob`ektlar  bilan  mulkning  bizni  o`rab  turgan  tabiiy  muhitdan  ajralmaslik 


xususiyatiga mos ravishda tabiiy va ijtimoiy  o`rtasidagi farq belgilanadi. 

Tabiiy ob`ekt bir vaqtning o`zida ham tabiiy ob`ekt, ham mulk bo`lib qolaveradi vfa uni  

atrof  muhitdan  ajratib  bo`lmaydi.Ekologik  bog`liqlikning  bunday  yuqotilishi  tabiiy  zahiralarga 

nisbatan  mulkchilikning  to`xtatilishiga  va  qonuniy  asoslar  bo`lganda  moddiy  va  ashyoviy 

boyliklarga nisbatan mulrchilik  huquqining vujudga kelishiga sabab bo`ladi. Ammo bunda faqat 

qonuniy ravishda foydalanish jarayonida tabiiy resurs atrof  tabiiy  muhitdan chiqarilib olinsa, u 

foydalanuvchining mulki hisoblanadi. Masalan, “hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan 

foydalanish  to`g`risida”gi  qonunning  16-  moddasida  foydalanuvchilar  tutib  olingan  hayvonot 

dunyosi  ob`ektlariga  nisbatan  mulk  huquqiga    egadirlar.  Bunda,  usbu  qonunning  3-moddasiga 

asosan davlat mulki bo`lgan ob`ekt foydalanish jarayonida xususiy mulkka aylanadi. 

O`zbekiston  Respublikasining  Er  kodeksining  28-moddalarida  shunday  deyiladi: 

“O`zbekiston  Respublikasida  erdan    foydalanganlik  uchun  haq  to`lanadi.  O`z  egaligida  vf 

foydalanishida hamda mulkida er uchastkalari bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar er uchun haq 

to`laydilar.  Er  uchun  haq  har  yili  to`lanadigan  er  solig`I  shaklida  olinadi,  uning  miqdori  er 

uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta`minlanish darajasiga qarab bekgilanadi. 

Er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, hamda boshqa tabiiy boyliklar-

tabiatning  asosiy ob`ektlari-asosan davlat mulkini tashkil etadi. 

 Er, er osti boyliklari, suv va havo kengliklariga, nabobat va hayvonot dunyjsiga nisbatan 

yagona  mulkchilik  huquqi  tabiiy  ob`ektlarni  davlatdan  ajratib  bo`lmasligi  shart  qilib  qo`yiladi. 

Bu    ob`ektlarning  belgilangan  narxi,  bahosi  yuq,  shu  sababli  mahsulot  yoki  pul  shaklidagi 

ekvivalenti mavjud emas.Qonunlarda ularni sotib olish yoki sotib yuborish mumkin emas. 

O`zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  214  moddasi  tabiiy  resurslarni  davlat 

ommaviy mulki deb tan olgan. Shu bilan birga mazkur moddada ular respublika mulki ob`ektlari 

sifatida  ko`zda  tutilgan.  Shuning  uchun  ham  tabiiy  resurslarga  mulk  huquqining  sub`ekti 

davlatdir. 

Er  uchastkalariga  bo`lgan  mulk  huquqining  sub`ektlari  bo`lib,  er  va  boshqa  ko`chmas 

mulkdan maxsus yunalishda foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslar bo`lishi mumkin. 

Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining ob`ektlari tabiiy resurslar hisoblanadi. 



2. Mulk huquqi keng ma`nodagi ashyoviy huquq bo`lib, huquq egasi, ya`ni mulkdorlarga 

“o`ziga tetishli  mulklardan foydalanish mazmuni va yunalishini faqat o`zi belgilashi hamda ular 

ustidan to`liq “xo`jalik hokimiyatini” amalgam oshirish” huquqini beradi. 

Mulrdorning  qonuniy  huquqlarini  uchlik sifatida,  ya`ni  egalik qilish  foydalanish hamda 

idora  qilishga  ajratish  an`anaviy  hisoblanadi.  O`zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining 

164- moddasiga asosan tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining mazmunini mulkdorlarning 

egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari tashkil etadi. 

Tabiiy  resurslar  davlat    mulki  bo`lganligi  uchun    mulkdorning  huquqlarini  amalga 

ohsirish ma`lum bir xususiyatlarga ega. 

1.Tabiiy  resurslarga  mulk  huquqini  mazmuni  ham,  fuqarolik  huquqiy  normalar  ham 

ekologiyak huquqiy normalar  bilan belgilanadi. 

2.Barcha  tabiiy  resurslar,  xucuciy  mulk  qilib  ajratilgan  er  uchastkalarini  istisno  qilgan 

holda,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar    foydalanishida    bo`lishidan  qat`iy  nazar  davlat  mulki 

fisoblanadi,ya`ni davlatning egaligi saqlanib qoladi. 

3.  Davlat  tabiiy  resurslardan  bevosita  foydalanishni  amalga  oshirmaydi,  ulardan 

foydalanish huquqini tartibi va shartlarini beigilaydi. Tabiiy resurslardan foydalanish huquqi har 

xil  shaklda  (egalik,  foydalanish,  ijara)  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  beriladi.Shunday 

foydalanish uchun davlat o`rnatilgan soliqlar vf to`lovlarning davlat foydasiga undiradi. 

4.Aksriyat  hollarda      tabiiy  resurslarni  tasarruf  etish  natijasida  davlat  egalik  huquqini 

you`qotmayda  va  tasarruf  etish,  tabiiy  resurslardan  foydalanish  va  muhofaza  etishni  tashkil 

qilishga qaratilgan. 

5.  Davlat  tasarruf  etish  huquqini  davlat  organlari  faoliyati  orqali  amalgam  oshiradi. 

Tabiiy  resurslarni  muhofaza  etish  va  foydalanishning  davlat    boshqaruvi  avvalambor  tabiiy 

resurslarning  tasarruf  etishga  you`naltirilgan.  Shu  jumladan,  vakolatli  davlat  organlari  tabiiy 



resurslarni  foydalanishga  ajratadilar  va  foydalanuvchilardan  qaytarib  oladilar,  foydalanish 

maqsadlarini  belgilaydilar.Masalan  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  mahkamasi,  mahalliy 

davlat horimiyat organlari Er kodeksining 4-,7-moddalariga muvofiq erlarni yuridik va jismoniy 

shaxslarga  ajratib berish va qaytarib olish vakolatlariga egalar.   

 

Аdаbiyotlаr. 



1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsuiyasi.T, “O’zbekiston ”,2000. 

2.Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  to’g’risida”gi  qonun.O’zbekiston    Respublikasi 

Oliy Kengashining  Axborotnomasi.1993 yil,№6,255-m. 

 

3.”Tabiatni  muhofaza  qilish    to’g’risida”gi  qonuni.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisining 



Axborotnomasi ,1993 y.№1.38-m. 

4.O’zbekiston  Respublikasining  “Yer  kodeksi”.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisining 

Axborotnomasi ,1993 y.№5-6.82-m. 

16.Natsionalny  doklad  «O  sostoyanii  okrujayushey  sred  i  ispolzovanii  prirodnx  resursov 

Respubliki Uzbekistan».T.,1996,1997,1999,2000. 

5.Karimov  I.A.Islohotlar  strategiyasi  –mamlakatimiz  iqtisodiy  salohiyatini  yuksaltirishdir.O’zR 

Vazirlar Mahkamasida 2003 yil 18 fevral soni. 

6.Xolmshminov  J.,Xayitboev  E.”Ekologik  xavfsizlik:ekologik  huquqiy  ta‘lim  va  tarbiya 

masalalari”.O’zMU bosmaxonasi 2003. 

7.Abdullaev O.,Toshmatov Z.O’zbekiston ekologiyasi:bugun va ertaga.T.,1992. 

8.Ayubov 

U.T.Lishenie,ogranichenie 

priostanovlenie 



prav 

svyazannx 

prirodopolzovaniem.Ekologicheskiy vestnik Uzbekistana.1996 g.№3,26-28 str. 



9.Bogolyubov C.A.Ekologicheskoe pravo.M.,1999. 

9.Yerofeev B.B.Ekologicheskoe pravo.M.,1998. 



 

 

 

 

 

4-Mavzu: Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi. 

Tuzuvchi : dоs. Mаxmаnоvа X 

Mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа 

mа`nаviyat аsоslаri 

 

 

                             Reja; 

1.Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tushunchasi, xususiyatlari va tizimi. 

2.Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlari tizimi. 

3.Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining vakolati. 

 

1.Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvi  davlat  organlari  tomonidan  atrof  muhitni 

muhofaza  qilish  va  tabiatdan  foydalanishni  tashkil  qilishda  namoyon  bo`ladi  va  jamiyatda 

ijtimoiy boshharuvning tarkibiy hismi bo`ladi.. 

 

Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvini  shakllantirish  orqali  davlat  o`zining  ekologik 



vakolatini va ekologik siyosatini amalga oshiradi. Ushbu boshqarishni tasgkil etish asosida inson 

atrof  muhitni  yaxshilash,  tabiatni  muhofaza  qilish  va  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanishni 

ta’minlash maqsadlari turadi. 

 

Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi orqali davlat tabiiy resurslarining miqdori sifatida 



tabiiy  resurslardan  foydalanishni  tashkil  etish  maqsadida  ularni  tassaruf  etish  huquqini  amalga 

oshirishadi. 



 

Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvi  deb  vakolatli  davlat  organlarining  tabiiy 

resurslardan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza etish bo`yicha ijro etrish va farmoyish 

berish faoliyati tushuniladi. 

 

Davlat  boshqaruvi  organlarining  ijroiya  faoliyati  ushbu  ijroiya  hokimiyatiga 



taalluqliligidan  kelib  chiqib,  qonun  va  vakillik  organlarining  qarorlarini  amalgam  oshirishga 

qaratilgan. 

 

  Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining farmoyish berishi ularning ijtimoiy 



munosabatlarni  tartibga  solishda  vakolat  doirasidagi  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  majburiy 

ko`rsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi. 

 

Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvi  organlarining  ijro  etish  va  farmoyish  beriish 



faoliyati  atrof  tabiiy  resurslar  to`g`risidagi  qonun  hujjatlarining  bajarilishini  ta’minlashga 

qaratilgan. 

 

Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi qo`yidagi tamoyillarga asoslangan: 



-Boshqarishning qonuniylikka asoslanishi; 

-Tarmoq va hududiy boshqarishni  muvofiqlashtirishga,  ya’ni, ekologik  munosabatlarni tartibga 

solishda  davlat  organlarining  faoliyati  ham  hududning  rivojlanishini,  ham  har  bir  tabiiy 

resurslardan foydalanishning oqilonaligi va ularni muhofaza etishning ta’minlanishiga qaratiladi. 

-Ekologiya  sohalarini  hal  qilishda  har  tomonlama  yondoshishga,  ya’ni  tabiiy  resurslardan 

foydalanishni  tashkil  etishda  ushbu  foydalanishning  oqilonaligi  va  ularni  muhofaza  etishda 

respublika  xalq  xo`jaligi  va  aholini  tabiiy  resurslarga  bo`lgan  ehtiyojlarini  hondirishni 

ta'minlash. 

-Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvini  tashkil  etishda  tabiiy  resurslardan  foydalanish  va 

nazorat  qilishni  ajratish,  ya’ni  ekologiya  sohasida  tabiiy  resurslardan  foydalanuvchilar  nazorat 

qilish  vakolatiga  ega  bo`lmasligida,  ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvi  organlarini 

shallantirish  hamda  ularni  faoliyatlarini  tashkil  qilishda  foydalanish  va  nazorat  qilish 

vakolatlarini  tartibga  solishda  ifodalanadi.Masalan  ,  oh  va  suv  xo`jaligi  vazirligi  huzurida 

O`rmon  xo`jaligi  bosh boshharmasi  o`rmondan  foydalanishni tashkil hiluvchi  davlat organidir 

va  uning  korxona  ,tashkilotlari,  o`rmon  xo`jaliklari  o`rmondan  asosiy    foydalanuvchilar  bo`lib 

hisoblanadi.Shuning  uchun  ushbu    organ  o`rmondan  foydalanish  ustidan  davlat  nazoratini  olib 

borish vakolatiga ega emas. 

  

Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvi  ma’lum  bir  shakllarda  va  usullarda  amalga 



oshiriladi. Ushbu boshqaruvning shakllari bo`lib, huquq ijod qilish, ijroiya va huquqni muhofaza 

qilish faoliyati hisoblanadi.Ijroiya organlari huquq ijod qilish yo`li bilan qabul hilingan mе'yoriy 

hujjatlarida  qonunlarda  bеlgilangan  qoidalarnil  yanada  rivojlantirib,  ijtimoiy  munosabatlarni 

batafsil  tartibga  soluvchi  mе'yorlarni  bеlgilaydi.  Masalan,  Yer  to`g`risidagi  kodеksning  va 

“Davlat  Yer  kadastiri  to`g`risida”gi  qonunning  qoidalaril  O`zbyokiston  Rеspublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining 1998 y.31 dеkabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat Yer kadastrini 

yuritish  to`g`risida”gi  Nizom  va  O`zbyokiston  Rеspublikasi  Yer  rеsurslari  davlat  qo`mitasi  va 

Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Gеodеziya,  kartografiya  va  davlat  kadastri  bosh  boshharmasi 

tomonidan  tasdiqlangan,  Adliya  vazirligi  tomonidan  1999  y.27  mayda  736-son  bilan  davlat 

ro`yxatiga  olingan  “Yer  uchastkalariga  bo`lgan  huquqlarni  davlat  ro`yxatiga  olish  tartibi 

to`g`risida”gi Yo`riqnoma bilan tartibga solinadi. 

 

Davlat  boshqaruvi  organlarining  ijroiya  faoliyati  qonun  hujjatlarini  amalga  oshirish 



bo`yicha amaliy faoliyati hisoblanadi. 

 

Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari huquqni muhofaza qilish faoliyati orqali 



tabiiy  resurslardan  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish  qoidalari  buzilgan  taqdirda  aybdor 

shaxslarni jinoiy, ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortish masalasi huquqni muhofaza qilish 

organlari  yoki  u  ishlaydigan  tashkilotning  ma’muriyati  oldiga  qo`yiladi,  agar  ekologik  nazorat 

organlari  ma’muriy javobgarlikka tortish huquqiga ega bo `lsalar,  ushbu  masalani  hal  qiladilar, 

sud  organlarida  atrof  tabiiy  muhitga  etkazilgan  zararni  undirish  bo`yicha  da’vo  arizalarni 

qo`zg`atadilar,  tabiiy  resurslardan  foydalanuvchilarning  buzilgan  huquqlarini  tiklashga 

qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradilar. 


 

Ekologik  munosabatlarni  tartibga  solishda  davlat  boshqaruvi  organlari  boshqarish 

uslublarini,  ya’ni  ijtimoiy  munosabatlar  sub’ektlariga  davlat  ta’sir  ko`rsatish  usullarini 

qo`llaydilar. Ular tarkibiga ruxsat berish, majburiy ko`rsatmalar berish kiradi. 

 

 Davlat  boshqaruvining  ruxsat  berish  uslubi  asosan  tabiiy  resurslardan  foydalanishni 



tashkil  etishda  qo`llaniladi.Tabiiy  resurslardan  maxsus  foydalanish  faqat  vakolatli  davlat 

organlarining ruxsati asosida vujudga keladi. 

 

Rozilik berish (sanksiyalash) uslubi deb davlat organlarining foydalanuvchilar tomonidan 



tayyorlangan  me’yorlarni  hamda  foydalanishga  oid  boshqa  qoida  va  tartiblarni  tasdiqlashi  va 

rozilik berishi tushuniladi. 

Masalan, atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash bo`yicha yo`l qo`yiladigan doiradagi 

normativlarni  tabiatni  muhofaza  qilish  organlari  tomonidan  tasdiqlangandan  so`ng,  mazkur 

zararli moddalarni atmosferaga chiqarib tashlash mumkin. (, Atmosfera havosini muhofaza qilish 

to`g`risida”gi qonunning 8-moddasi), yoki qishloq xo`jalik korxonalari tuman hokimi tomonidan 

tasdiqlangan  ichki  yer  tuzilish  sxemalariga  muvofiq  yerdan  foydalanishni  amalgam  oshiradilar 

(Yer kodeksining 13-moddasi). 

 

Ekologiya sohasida boshqaruvni taqiqlash uslubi atrof-muhitni muhofaza qilishni tashkil 



etishda  keng  qo`llaniladi  va  tabiiy  resursdan  foydalanish  yoki  tabiiy  hududlarda  ma’lum  bir 

faoliyatni  amalga  oshirishni  taqiqlash  orqali  man  etishda  ifodalanadi.Masalan,suvdan  umumiy  

foydalanishning  turi  bo`lgan  cho`milish  aholini  xavfsizligini  ta'minlash  maqsadida  ma'lum  suv 

ob'еktlarida  man  etilishi  mumkin  yoki  suv  muhofaza    zonalarida  daraxt  va  butazorlarni 

kеsish,yoqilhi  va  moy  quyish  shaxobchalarini  joylashtirish  va  ishlatish,zaharli  ximikatlarni 

ho`llash,chorvachilik fYermalarini joylashtirish va boshhalar tahihlanadi. 

 

Ekologiya  sohasida  davlat  boshharuv  organlarining  vakolat  doirasida  qabul  hilingan 



qarorlari ekologik munosabatlar sub'еktlariga nisbatan  majburiy hisoblanadi. 

  

Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruv  organlari  qonun  hujjatlariga  muvofiq,  ma’lum 



vakolatlarni amalga oshiradilar. Ushbu vakolatlar qo`yidagilardan iborat: 

 

Tabiiy  resurslarni  muhofaza  qilish  va  ulardan  oqilona  foydalanish  bo`yicha  me’yoriy 



hujjatlarni  qabul  qilish;  atrof  tabiiy  muhitni  muhofazasini  ta’minlovchi  me’yorlarni  belgilash, 

ekologik  standartlash,  ekologik  sertifikatsiyalash;  tabiiy  resurslarning  davlat  hisobini  va  davlat 

kadastrlarini  yuritish;  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilishni 

rejalashtirish;  tabiiy  resurslarni  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash;  tabiiy  resurslarni  hududiy 

joylashtirish; ekologik nazoratni amalgam oshirish; nizolarni hal qilish. 

 

2.  Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvini  amalga  oshiradigan  organlarning  doirasi 



kengdir.O`zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlariga  muvofiq,  ekologiya  sohasida  davlat 

boshqaruvini  amalgam  oshiradigan  organlar  umumiy  va  maxsus  vakolatga  ega  bo`lgan  davlat 

organlariga bo`linadi. 

    


Maxsus vakolatga ega bo`lgan organlar o`z navbatida, tarmoqlararo va bir tarmoqqa oid 

turlarga bo`linadi. 

 

Umumiy  vakolatga  ega  bo`lgan  organlarga  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 



Mahkamasi,  Qoraqalpog`iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi  va  mahalliy  davlat  hokimiyat 

organlari kiradi. 

Ekologiya  sohasida  davlat  boshharuvida  Vazirlar  Mahkamasining  vakolatlari  O`zbyokiston 

Rеspublikasi  Konstitutsiyasida  (98mod),O`zbyokiston  Rеspublikasining  1993  yil  6  may 

“Vazirlar Mahkamasi to`g`risida”gi qonunini 9,10,11,12,20-moddalarida hamda  tabiiy rеsurslar 

to`g`risidagi qonunlarning tngishli moddalarida bеlgilanan.  

 

O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi:  Tabiiy  resurslarni    muhofaza  qilish  va 



ulardan  foydalanish  masalalari  bo`yicha  normativ  hujjatlar  (qaror,  nizom,  qoida  va  tartiblar) 

qabul  qiladi:  Tabiatni  muhofaza  qilish  va  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish  sohasida 

yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; Tabiiy resurslarni  muhofaza qilish va ulardan oqilona 

foydalanish bo`yicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshirishni tashkil etadi; tabiiy 

resurslardan  foydalanish  uchun  soliq  va  to`lovlar  miqdorini  belgilaydi;atrof  tabiiy  muhit 

monitoringgi, tabiiy resurslar davlat kadastrlarini yuritilishini tashkil etadi; maxsus vakolatga ega 



bo`lgan  davlat  organlarining  faoliyatlarini  muvofiqlashtiradi.Davlat  ekologik  nazoratini  tashkil 

etadi;  yer  uchastkalariga  egalik  qilishga  ,  foydalanishga,  shu  jumladan  ijaraga  beradi,  yer 

uchastkalariga bo`lgan huquqini bekor qiladi;yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beradi 

va  uni  bekor  qiladi,  yer  osti  boyliklardan  foydalanishni  litsenziyalash  tizimini  tashkil  etadi; 

umum tarqalgan foydali qazilmalar ro`yxatini belgilaydi; ekologik jihatdan tang vaziyatlar, tabiiy 

ofatlar  va  falokatlarning  oldini  olish  yuzasidan  chora-tadbirlar  ishlab  chiqadi;  tabiiy  ofatlar  va 

yerik  avariyalar  oqibatlarini  tugatish  chora-tadbirlarni  amalgam  oshiradi;  ekologiya  sohasida 

xalqaro aloqalarni o`rnatadi va rivojlantiradi. 

 

Ekologiya  sohasida  davlat  boshharuvida  mahalliy  davlat  hokimiyat  organlarining 



vakkolatlari  Konstitutsiyada  (100),o`zbyokiston  Rеspublikasining  1993  y.3  sеntyabr  “Mahalliy 

davlat  hokimiyat  organlari  to`g`risida  ”gi  qonunda  (10,24,25-  moddalari),  “Tabiatni  muhofaza 

qilish to`g`risida”gi qonunda (10- modda) va tabiiy  rеsurslar to`g`risidagi qonunlarning tеgishli 

moddalarida bеlgilangan. 

 

Mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  o`z  hududlarida  ekologiya  sohasida  davlat 



boshharuvining  quyidagi  vakolatlarini    amalga  oshiradilar:mintaqada    tabiatni    muhofaza 

qilishning  asosiy  yunalishlarini  bеlgilaydilar,tabiiy  rеsurslardan  oqilona  foydalanish  va  ularni 

muhofaza  qilishning    hududiy  dasturlarini  bеlgilaydilar;atrof  tabiiy  hududlarga  zarar 

еtkazayotgan  ob'еktlar  faoliyatini    vaqtincha  yoki  butunlay  to`xtatish  va  qayta  ixtisoslashtirish 

to`g`risida  qarorlar  qabul  qiladilar;  foydalanishni  tashkil  qilish  maqsadida  tabiiy  rеsurslarni 

taqsimilaydilar  va  shunday  foydalanish  huquqlarini  bеkor  qiladilar;atrof-tabiiy  muhit 

monitoringi  tabiiy  rеsurslar  davlat  kadastrlari  yuritilishini  tashkil  etadilar;tabiiy  rеsurslardan 

oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar. 

 

Maxsus  vakolatli  davlat  organlariga  ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvini  amalga 



oshiruvchi vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralari kiradi.  Ularning faoliyati asosan ekologik 

munosabatlarni  tartibga  solish  bilan  bog`liq  bo`lganligi  sababli,  maxsus  vakolatli  organlar  deb 

nomlanadilar. 

 

 Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvining  maxsus  vakolatli  organlari  ichida  markaziy 



o`rinni  O`zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo`mitasi  egallaydi. 

O`zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo`mitasi  O`zbekiston  Respublikasi 

Oliy  Majlisiga  bo`ysunadi  va  unga  hisobdordir.Tabiatni  muhofaza  qilish    davlat  ho`mitasi 

Majlisining 1996 y.26 aprеldagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofih tabiatni muhofaza 

qilish,  tabiiy  rеsurslardan  foydalanish  va  qayta  taqsimlash  sohasida  davlat  nazoratini  hamda 

tarmohlararo 

boshharuvni 

amalga 


oshiruvchi,idoralardan 

ustun 


turuvchi 

hamda 


muvofihlashtiruvchi maxsus vakolatli organlardir. 

O`zbekiston Respublikasi Er resurslari davlat qo`mitasi 1998 yil 24 iyuldagi O`zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  Farmoni  bilan  tashkil  etilgan.  Ushbu  organ  er  monitoringi,  davlat  er 

kadastrini  yuritadi;  er  uchastkalariga  bo`lgan  huquqlarni  davlat  ro`exatiga  oladi,  er  resurslarini 

davlat  hisobini  olib  boradi,erdan  oqilona  foydalanish  vf  uni  muhofaza  etilishi  ustidan  davlat 

nazoratini olib boradi; er tuzish ishlarini tashkil etadi va boshqa vakolatlarni amalgam oshiradi. 

Geodeziya,kartografiya  va  davlat  kadastri  Bosh  boshqarmasi  shaharlar  va  boshqa  aholi 

punktlarida yuridik va jismoniy shaxslarning erga bo`lgan huquqlarini davlat ro`yxatga oladi va 

davlat er kadastrini yuritadi. 

O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  arxitektura  va  qurilish  qumitasi  shaxslarda    erlarni 

foydalanishga ajratib berishda va erlardan foydalanishni rejalashtirishda qatnashadi. 

O`zbekiston  Respublikasi  Geologiya  va  meniral  resurslar  davlat  qo`mitasi  Vazirlar 

Mahkamasining 1996 yil 9 dekabrdagi 435-sonli qarori bilan tasdiqlangan. 

O`zbekiston  Respublikasi  Sanoatda  va  konchilikda  ishlarning  bexatar  olib  borilishini 

nazorat qilish agentligi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 7 fefraldagi Farmoniga  

muvofiq,  foydali  qazilmalarni  qazib  olish  uchun,  shuningdek    foydali  qazilmalarni  qazib  olish  

bilan  bog`liq  bo`lmagan  er  inshoatlarining  qurilishi  va  ulardan  foydalanish  uchun  kon  ajratish 

hujjatlarini beradi; er osti boyliklaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi. 



O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligu va uning organlari davlat suv 

hisobini  va  davlat  suv  kadastrini  er  osti  suvlarining  iste`mol  qilish  qismida  yuritadi,  suvdan 

foydalanishni  rejalashtirishda  qatnashadi,  suvdan  limitli  foydalanish  bo`yicha  shartnomalar 

tuzadi;sun`ie suv havzalaridan va kanallardan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi. 

O`zbekiston  Respublikasi  Sog`liqni  saqlash  vazirligi    ichimlik  suvlarning  ifloslanishi 

ustidan sanitary nazoratini, atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta`sir ko`rsatilishi ustidan davlat 

nazoratini olib boradi. 

O`zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi    Davlat  avtomobil  nazorati 

avtotransportlar  tomonidan  atmosfera  havosining  ifloslanishi  ustidan  davlat  nazoratini  olib 

boradi. 


O`zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo`jaligi  vazirligu  huzurida  O`rmon  xo`jaligi 

bosh  boshqarmasi  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2000  yil  7  fefraldagi  Farmoniga  

muvofiq, o`rmon xo`jaligini yuritishning davlat boshqaruvini amalgam oshiradi. 

  

3. Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlarining vakolatlari deganda, ularning shu 



sohadagi faoliyatlarining alohida turlari tushunilishi lozim. 

Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari qo`yidagi vakolatlarni amalga oshiradilar. 

 

Tabiiy resurslarni  



muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo`yicha me’yoriy 

hujjatlarni  qabul  qilish  yo`li  bilan  davlat  organlari  qonun  va  hukumat  qarorlaridagi  qoidalarni 

ya’nada rivojlantiruvchi va detallashtirilgan idoraviy normativ hujjatlar qabul qiladilar.Masalan, 

O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida yer solig`iga oid me’yorlar kiritilgan va uning 99-

moddasiga  muvofiq,  yer  solig`i  stavkalari  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

tomonidan belgilanadi.Bundan tashqari, yer solig`ni hisoblash va undirish bo`yicha munosabatlar 

O`zbekiston  Respublikasi  Moliya  Vazirligi  davlat  qo`mitasi  tamonidan  1997  yil  28  noyabrda 

tasdiqlangan  va  Adliya  vazirligiga  4-noyabr  1998  yil  401-1  raqami  bilan  davlat  ro`yxatiga 

olingan.,,Yer  solig`ini  hisoblash  va  to`lash  tartibi  to`g`risida”gi  yo`riqnoma  bilan  tartibga 

solinadi. Idoraviy me’yoriy hujjatlar asosida me’yoriy hujjatlarda texnik va tabiiy fanlar talabini 

kiritish  lozim  bo`lganda  qabul  qilinadi.  Bunday  yo`riqnomalar  geologiya  va  konlardan 

foydalanish sohasida ko`p qabul qilingan. 

 

Davlat  organlari  atrof  tabiiy  muhitining  muhofazasini  ta’minlovchi  normativlarni  qabul 



qiladilar.  Bularga:  suvda  ifloslantiruvchi  moddalarning  yo`l  quyiladigan  darajada  to`planishi 

atmosfera  havosida  ifloslantiruvchi  moddalar  va  biologic  organizmlarning  yo`l  qo`iladigan 

darajada to`planishi, fizikaviy omillar atmosfera havosiga akustik, elektromagnit, ionlashtiruvshi 

va boshqa zararli ta’sirlar ko`rsatishning yo`l qo`yiladigan darajalar kiradi. 

 

Ekologik  standartlash  orqali  asosan  ishlab  chiqarish  mahsulotlarining  ekologik  talablar 



javob  berishi  belgilanadi.  O`zbekiston  Respublikasining,  Standartlash  to`g`risida”gi  qonunning 

8-moddasida tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va Sog`liqni saqlash vazirligi standartlash 

organlari sifatida belgilangan va ular ekologik standartlashni amalgam oshiradilar.  

O`zbekiston  Respublikasining,  “Sertifikatsiylash  to`g`risida”gi  va,  “Tabiatni  muhofaza 

qilish to`g`risida”gi qonunlariga muvofiq, ekologik sertifikatsiylash 

ser- 


tifikatsiya 

qilinadigan  mahsulotni  belgilangan  ekologik  talablarga  muvofiqligini  aniqlash  bo`yicha 

faoliyatdir. Ushbu qonunning 5-moddasiga muvofiq, ekologiya sohasidagi davlat organlarini va 

boshqa  yuridik  shaxslar  ekologik  sertifikatsiya  qilish  uchun  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi  huzuridagi  O`zbekiston  Respublikasining  standartlash  metroligiya  va  sertifikatsiya 

markazi organlarida akkreditatsiyadan o`tadilar, ya’ni ushbu faoliyatni amalga oshirish bo`yicha 

ruxsat beriladi. 

 

Tabiiy ob’eklar to`g`risida ma’lumot  yig`ish maqsadida davlat organlari  ularning davlat 



hisobini  amalga  oshiradilar.  Ushbu  vakolatlar  orqali  tabiiy  ob’eklarning  son  va  sifat 

ko`rsatgichlari,  ya’ni  ularning  miqdori,  tarqalganligi,  joylashgan  joyi  va  boshqa  tavsiflar 

aniqlanadi. 

 

Tabiiy resurslar davlat kadastrlarini yuritishdan maqsad tabiiy ob’eklar haqida to`g`ri va 



to`liq ma’lumotlarni olish, ularning holatini aniqlashdan iborat. Tabiiy ob’eklarning miqdori va 

sifati,  ularning  huquqiy,  tabiiy,  xo`jalik  holati,  foydalanish  darajasi  to`g`risidagi  ma’lumotlar 

tizimi tabiiy ob’ektlar kadastrlar deb nomlanadi. 

 

Tabiiy  ob'еktning  kadastri  shu  tabiiy  rеsursni  idora  etuvchi  maxsus  davlat  organoari 



tomonidan yuritiladi va davlat byudjеti mablag`laridan moliyalashtiriladi. 

Davlat  kadastrlarini  yuritishda  tabiiy  rеsurslardan  foydalanuvchilardan  olinadigan 

ma'lumotlarga  asoslanadi,masalan  Yer  egalari  va  Yerdlan  foydalanuvchilar  Yerdan 

foydalanishdagi o`zgarishlar to`g`risida davlat organlariga ma'lumot berishlari lozim. 

 

Tabiiy  rеsurslarni  oqilona  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish  ishlari  rеspublika  xalh 



xo`jaligi,viloyatlar,tumanlar,shaharlar va boshha aholi punktlarinining rivojlantirish istihbollarini 

bеlgilash chohida  umumiy vakolatga ega bo`lgan  organlar tomonidan rеjalashtiriladi. 

 

 

 Tabiiy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash bu valokatli organlarning davlat 



mulki  bo`lgan  tabiiy  resurslarni  davlat  nomidan  tasarruf  etib,  ulardan  foydalanishni  tashkil 

etishdan  iborat.  Yer  uchastkalarini  egalikka  foydalanishga  va  ijaraga  berish  to`g`risidagi 

qarorlarni  O`zbekiston  Respublikasi  Yer  kodeksining  4-7,  23-moddalariga    muvofiq,  Vazirlar 

Mahkamasi,  mahalliy  hokimiyat  organlari  qabul  qiladilar.  Suvlardan  maxsus  foydalanish 

bo`yicha ruxsatnomalar tabiatni muhofaza qilish  davlat qo`mitasi organlari tomonidan beriladi. 

O`rmonlardan foydalanish huquqi ega o`rmon xojaligi davlat organlari yoki ular kafolat bergan 

o`rmon  xo`jaligi  korxona,  muassasa  va  tashkilotlari  tomonidan  beriladigan  ruxsatnomalar 

asosida vujudga keladi. 

 

Ekologik  nazorat  vakolati  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish  va  ularni  muhofaza 



etilishi ustidan ko`zatuv va tekshiruvlar orqali amalgam oshiriladi. Ekologik nazoratni umumiy 

va  maxsus  vakolatga  ega  bo`lgan  davlat  organlari  olib  boradilar.  Bugungi  kunda  ekologik 

nazorat  to`g`risida  me’yoriy  hujjat  bo`lmasa  ham,  uni  amalga  oshiradigan  organlarning 

vakolatlari  ,,Tabiatni  muhofaza  qilish  to`g`risida”gi  qonunda,  Yer  kodeksida  tabiiy  resurslar 

to`g`risidagi boshqa qonunlarda hamda tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, yer resurslari 

davlat  qo`mitasi,  Sog`liqni  saqlash  Vazirligi,  Sanoatda  va  konchilikda  ishlarning  bexatar  olib 

borilishini nazorat  qilish agentligi,  Qishloq va suv xo`jaligi  vazirligi  to`g`risidagi  nomzodlarda 

o`z aksini topgan. 

 

Tabiiy  resurslardan  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish  chog`ida  foydalanuvchilar 



davlat  organlari  va  boshha  shaxslar  o`rtasida  kelib  chiqadigan  nizolarni  hal  qilishda  davlat 

organlari qatnashadilar. 

 

Аdаbiyotlаr. 



1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsuiyasi.T, “O’zbekiston ”,2000. 

2.Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  to’g’risida”gi  qonun.O’zbekiston    Respublikasi 

Oliy Kengashining  Axborotnomasi.1993 yil,№6,255-m. 

 

3.”Tabiatni  muhofaza  qilish    to’g’risida”gi  qonuni.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisining 



Axborotnomasi ,1993 y.№1.38-m. 

4.O’zbekiston  Respublikasining  “Yer  kodeksi”.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisining 

Axborotnomasi ,1993 y.№5-6.82-m. 

16.Natsionalny  doklad  «O  sostoyanii  okrujayushey  sred  i  ispolzovanii  prirodnx  resursov 

Respubliki Uzbekistan».T.,1996,1997,1999,2000. 

5.Karimov  I.A.Islohotlar  strategiyasi  –mamlakatimiz  iqtisodiy  salohiyatini  yuksaltirishdir.O’zR 

Vazirlar Mahkamasida 2003 yil 18 fevral soni. 

6.Xolmshminov  J.,Xayitboev  E.”Ekologik  xavfsizlik:ekologik  huquqiy  ta‘lim  va  tarbiya 

masalalari”.O’zMU bosmaxonasi 2003. 

7.Abdullaev O.,Toshmatov Z.O’zbekiston ekologiyasi:bugun va ertaga.T.,1992. 

8.Ayubov 

U.T.Lishenie,ogranichenie 

priostanovlenie 



prav 

svyazannx 

prirodopolzovaniem.Ekologicheskiy vestnik Uzbekistana.1996 g.№3,26-28 str. 



9.Bogolyubov C.A.Ekologicheskoe pravo.M.,1999. 

9.Yerofeev B.B.Ekologicheskoe pravo.M.,1998. 



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling