Mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа mа`nаviyat аsоslаri
Ekologiya huquqining tizimi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya huquqi predmeti metodi va tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qonunimizning 50, 54, 55 va 100-moddalarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarimizdan oqilona foydalanish bilan bog`liq ekologik huquqiy qoida
- "Jamiyatning ihtisodiy nеgizlari" dеb nomlangan X11 bobda
- Konstitutsiyaning 55-moddasida
Ekologiya huquqining tizimi- ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati va mazmuniga ko`ra asosiy institut, toifa va nazariy huquqiy masalalarning ma’lum tartibda joylashishidir.
Biz murakkab ekologik huquqiy munosabatlar yo`nalishlarini tahlil qilish va o`rganishni еngillashtirish maqsadida ekologiya huquqi tizimini ikki hism,ya'ni umumiy va maxsus hismga bo`lib o`rganamiz.
Ekologiya huquqining umumiy hismi: -Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bohlihlik; -ekologiya huquqining tushunchasi,prеdmеti va tizimi; -tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqi; -ekologiya sohasida davlat boshharuvi; ekologiya nazorati va ekologiya ekspYertizasining huquqiy holati; -ekologtya qonunchiligining buzganligi uchun javobgarlik kabi mavzularni o`z ichiga olib, tabiatni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning ilmiy-nazariy jihatlari,huquqiy asoslari, ekologik—huquqiy mеxanizmi va uning elеmеntlarining umumiy ekologik – huquqiy qoidalarilni bеlgilaydi.
Maxsus hismi esa tabiiy rеsurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bilan bohlih quyidagi: -Yerlarni muhofaza qilishi va ulardan foydalanishning huquqiy holati; -suv rеsurslarini muhofaza qilish va ulardan fydalanishning huquqiy holati; -Yer osti boyliklarining huquqiy holati; -o`simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati; -hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati; -AtmosfYera havosini muhofaza qilishning huquqiy holati; -Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati; -Xalq xo`jaligi sohalari va aholi punktlarida atrof-tabiiy muhitni huquqiy muhofaza qilish; -Atrof tabiiy muhitni xalharo-huquqiy muhofaza qilish kabi o`ar bir tabiat ob'еktining huquqiy holatining hamrab oluvchi maxsus ahamiyatdagi ekologik-huquqiy qoidalarnil o`z ichiga oladi.
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsuiyasi.T, “O’zbekiston ”,2000. 3.Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi qonun.O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi.1993 yil,№6,255-m. 4.”Atmosfera havosini himoya qilish to’g’risida”gi qonun.O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi.1997 yil №2,52-m. 5.”Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi qonun, O’zbekiston Respublikasining Yangi qonunlari,1993 yil №5. 6.”Yer osti boyliklari to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi. 2003 yil №2. 7.”Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi.1998 yil №1.14-m. 8. O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” T.1.T.,1983 y.T.2.T.,1994 y.T.2000y.
9. O’zbekiston Respublikasi “O’rmon to’g’risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi ,1999y,№5.122-m. 10.”O’simlik dunyosini muhofaza qilish va unday foydalanish to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi.1998 y.№1.12-m. 11.”Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi ,1993 y.№5.221-m. 12.”Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi ,1993 y.№1.38-m. 13.O’zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi ,1993 y.№5-6.82-m. 14. O’zbekiston Respublikasi “Havo kodeksi”. O’zbekistonning Yangi qonunlari.9-son.T.,1993 . 15.Markaziy Osiyo mamlakatlarining Olma-Ota Deklaratsiyasi.O’zbekiston ekologik xabarnomasi.1997. 16.Natsionalny doklad «O sostoyanii okrujayushey sred i ispolzovanii prirodnx resursov Respubliki Uzbekistan».T.,1996,1997,1999,2000. 17.Karimov I.A.Islohotlar strategiyasi –mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir.O’zR Vazirlar Mahkamasida 2003 yil 18 fevral soni. 18.Karimov I.A.O’zbekiston milliy istiqlol,iqtisod,siyosat,mafkura.T.1-T.,1996. 19.Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.T.2-T,,1996. 20. .Karimov I.A.Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.T.3,-T.,1996. 21.Karimov I.A.Bunyodkorlik yo’lidan.I.4.-T.,1996. 22. .Karimov I.A.Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi.T.5.-T.,1997. 23. .Karimov I.A.Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yulida.T.6.-T.,1997. 24. .Karimov I.A.Ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz.T.8.- T.,2000. 25. .Karimov I.A.Odamlar tashvishi Bilan yashash –oliy burch.Prezident I.A.Karimovning xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlagan nutqi.”Xalq so’zi” .2001 yil 12 sentyabr. 26. .Karimov I.A.”Adolat “qonun ustivorligida.Prezident Karimov I.A.ning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq 6-sessiyasidagi ma‘ruzasi.”Xalq so’zi”.2001 yil 30 avgust. 27.Xolmshminov J.,Xayitboev E.”Ekologik xavfsizlik:ekologik huquqiy ta‘lim va tarbiya masalalari”.O’zMU bosmaxonasi 2003.
2-MAVZU; EKOLOGIYA HUQUQI MANBALARI. Tuzuvchi : dоs. Mаxmаnоvа X Mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа mа`nаviyat аsоslаri REJA:
1. Ekologiya huquqi manbalarining tushunchasi, hususiyatlari va tizimi. 2. Ekologiya huquqining konstitutsiyaviy asoslari. 3. O`zbekiston Respublikasi qonunlari ekologiya huquqining maxsus manbasi sifatida. 4.Qonun osti hujjatlarining ekologiya huquqidagi tutgan o’rni va ahamiyati.
Har bir fan, huquq sohasi o`z manbalariga ega bo`lib, ushbu manbalar asosida rivojlanadi.
Tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda yordam beradigan, qatnashadigan huquqiy hujjatlar ekologiya huquqining manbasi sifatida qaralishi mumkin. Ekologiya huquqining manbalari sifatida me’yoriy huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har qanday huquqiy hujjat manba bo`lib xizmat qiladi. Ekologiya huquqining manbasi sifatida qaralayotgan huquqiy hujjat quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1. Vaholanki davlat organlari tomonidan qabul qilinganligi. 2. Berilgan doirada majburiy ahamiyat kasb etishi. 3. Ekologik qoida talablarini belgilashi. 4. Rasmiy shakl, tuzilish, amal qilish muddatlari va boshqa atributlarga ega bo`lish.
Ekologiya huquqining manbalari deganda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik havfsizligini ta’minlash bilan bog`liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda xizmat qiladigan qonunchilik hujjatlari tushiniladi.
Ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qoidalar, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining farmon va qarori, maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyat organlarining me’yoriy hujjatlari yig`indisi ekologik qonunchilik hujjatlari tizimini tashkil etadi. Ekologiya huquqining manbalari keng qamrovli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi uchun ham ularni qquyidagicha tasniflash mumkin. 1.Yuridik kuchi bo`yicha manbalarni qjnunlar va qonun osti me`yoriy hujjatlarga bo`linadi; 2.Ekologik munosabatlarni tartibga solinishi yo`nalishlari bo`yicha: -tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi; -tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qonunchiligi;
-aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash qonunchiligi. 3.Munosabatlarni tartibga solish prеdmеti bo`yicha: -umumiy va maxsus ekologik qonunchilig hujjatlari. 4.Huquqiy tartibga solish holati bo`yicha moddiy va protsеssual ahamiyatidagi qonunchilik xujjatlari; 5.Qonunchilik xujjatlarining tizimi qo`llanilish doirasi bo`yicha oddiy kodifikatsiyalangan manbalar; 6.Qonunchilik hujjatlarining qo`llanilish doirasi bo`yicha: -hududiy-mintaqaviy -rеspublika miqyosida -xalqaro miqyosidagi manbalar va hokazolar. Dеmak ekologiya huquqining manbalari ekologik munosabatlarni tartibga solishda tabiiy qonunlar va jamiyat qonunchilik hujjatlarini mujassamlashtirgan holda tartibga soladi.Bu esa o`z navbatda ekologik qonunchilik hujjatlarini hajmining ko`payishiga olib kеladi.
Tabiat-jamiyat tizimida o`zaro munosabatlarni tartibga solishda bir tomondan qonun, farmon, qaror, nizom kabi me’yoriy hujjatlar, ikkinchi tomondan, ushbu qonun hujjatlarini qo`llanishiga yordam berish va davomiyligini ta’minlashga ekologik normativ, standart va yo`riqnomalar kabi minglab me’yoriy-texnik ahamiyatdagi hujjatlar qo`llaniladi.
Ekologiya huquqining manbalari boshqa huquq sohalari manbalariga chambarchas bog`liq Bo`lib, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tamoyillari, usullari, qoidalarini qo`llashda umumiylikka egadir.
Lekin shuning bilan bir qatorda o`ziga xos xususiyatlarga ham ega bo`lib, boshqa huquq sohalari qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatidan farq qiladi.
Ular muhim ahamiyatga ega bo`lib, birichidan, ekologiya sohasida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda tabiiy qonuniyatlarga ustuvorligini e’tirof etadi, ikkinchidan atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda jamiyat- davlatning mavjud barcha vosita va tadbirlaridan foydalanadi.
Ekologik qonunchilik hujjatlari birinchidan, tabiatning ustuvor qonunlarini jamiyat-davlat qonunchilik hujjatlari bilan mujassamlashtiradi, ikkinchidan tabiatni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning qonuniy holatini belgilash va kafolatlashda boshqa huquq sohalari, ya’ni konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, mehnat huquqi, moliya huquqi, qishloq xo`jalik huquqi kabilarning qonunchilik hujjatlarini ekologik masalalarni hal qilishga yunaltiradi. Demak, ekologiya huquqining manbalari atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholining ekologik havfsizligini ta’minlash bilan bog`liq jarayonlarda paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan qonunchilik hujjatlari tizimidan iboratdir.
Ekologik qonunchilik hujjatlari murakkab tizimga ega bo`lib,o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra biz ularni o`rganishni oson bo`lishi uchun uch asosiy qismga bo`lib o`rganamiz: 1.Ekologiya huquqining konstitutsiyaviy asoslari. 2.Ekologiya sohasidagi O`zbyokiston Rеspublikasining qonunlari tizimi. 3.Ekologiya sohasidagi qonun osti mе'yoriy hujjatlar tizimi.
Konstitutsiyasi hisoblanadi.
Konstitutsiyada belgilangan qoidalar orqali jismoniy va yuridik shaxslar ekologik huquqlari, burchlari va erkinliklarini ifoda etadilar. Shuni alohida ta’kidlash joizki, O`zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasida tabiat-jamiyat tizimidagi o`zaro munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus qoida-talablar ham belgilangan bo`lib, ekologiya huquqi manbalarining poydevorini tashkil etadi.
Konstitutsiymizaning 50-moddasida, “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdilar” deb, belgilanib fuqarolarning ekologik majburiyatlarini konstitutsiya darajasida mustahkamlaydi.
hayotining ihtisodiy asoslari, ya'ni mulkchilik masalalari, ho`jalik yuritish va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari bеlgilanib, hozirgi paytda bozor munosabatlarini rivojlantirish amalga oshirilayotgan islohatlarni chuhurlashtirishda ahamiyati bеhiyosdir.
tasarruf etadi.Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart”.
Ushbu moddada birinchidan, mulk huhuining mazmuni e'tirof etilsa,ikkinchidan,mulkdan foydalanish huquqiga ega bo`lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo`jalik va ishlab chiharish jarayonida ekologik muhitga ziyon еtkazmasligi ,ya'ni ularning ekologik majburiyatlari mustahkamlanadi.
dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deb, ifodalangan bo`lib, davlat ekologik siyosatining asosiy tamoyillarini o`z ichiga oladi. Ushbu konstitutsiyaviy hoidaning ahamiyati shundaki, birinchidan, mustahilligimizni moddiy asosini tashkil etuvchi tabiiy boyliklarning xalqimizning boyligi, mulki ekanligi, ikkinchidan, tabiiy resurslardan faqat oqilona foydalanish zarurligi, uchinchidan, respublikamiz tabiati davlat muhofazasiga olinganligi, ya`ni ekologik huquqiy munosabatlarni davlat tomonidan kafolatlanishi kabi tamoyillarni mustaykamlaydi.
Asosiy qonunivizning XXI bobida mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy holati belgilangan. Ushbu bobning 100-moddasida mahalliy davlat hokimiyat organlari vakolatlarining asosiy yunalishi sifatida atrof-muhitni muhofaza qilish kabi mas’uliyati etirof etilgan.
Ushbu konstitusiyaviy tamoyillar asosida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik havfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonun, farmon, qaror, nizomlar kabi me`yoriy – huquqiy hujjatlar qabul qilinadi. 3. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoida-talablari va tamoyillari asosida atrof- tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik havfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilinadi.
Asosiy qonunimizda davlat ekologiya siyosatining asosiy yunalaishlari belgilansa ushbu konstitutsion qoidalarga mos ravishda qabul qilinadigan qonunlarda atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning talablari, mexanizmi mustahkamlandi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so`ng O`zbekiston Respublikasi qo`yidagi qonunlarni qabul qildi. 1. O`zbekiston Respublikasining,” Alohida muhofaza qilish to`g`risida”gi qonuni; 2. O`zbekiston Respublikasining, “Davlat sanitariya nazorati to`g`risida”gi qonuni; 3. O`zbekiston Respublikasining,” Suv va suvdan foydalanish to`g`risida”gi qonuni; 4. O`zbekiston Respublikasining,” Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida”gi qonuni; 5. O`zbekiston Respublikasining, “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonuni; 6. O`zbekiston Respublikasining, “O`simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
to`g`risida”gi qonuni ; 7. O`zbekiston Respublikasining,” Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
to`g`risida”gi qonuni ; 8. O`zbekiston Respublikasining, “Er kodeksi”; 9. O`zbekiston Respublikasining, “Er osti boyliklari to`g`risida”gi qonuni; 10. O`zbekiston Respublikasining,”Davlat er kadastiri to`g`risida”gi qonuni; 11 O`zbekiston Respublikasining, “O`rmon to`g`risida”gi qonuni; 12. O`zbekiston Respublikasining,”Ekologik eksperteza to`g`risida”gi qonuni; 13. O`zbekiston Respublikasining,” Metrologiya to`g`risida”gi qonuni; 14. O`zbekiston Respublikasining, “Standartlashtirish to`g`risida”gi qonuni; 15. O`zbekiston Respublikasining, “Xizmat va mahsulotlarni sertifikatlashtirish to`g`risida”gi qonuni; 16.O`zbekiston Respublikasining, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatlari favqulodda vaziyatlardan tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonuni; 17.O`zbekiston Respublikasining, “Gedrotexnika inshootlarining habfsizligi to`g`risida”gi qonuni; 18. O`zbekiston Respublikasining, “ Radiasiya habfsizligi to`g`risida”gi qonuni;
O`zbekiston Respublikasining qonunlari ekologik munosabatlarni tartibga solish uchun qabul qiligan bo`lib, ekologiya huquqining maxsus manbasi sifatida e’tirof etiladi.
Tabiyat-jamiyat tizimidagi o`zaro ta`sirlar, ya`ni ekologik ijtimoiy munosabatlarning doirasi keng va murakkab bo`lib, ularni tartibga solish jarayonida jamiyat va davlat hayotining barcha vositalaridan foydalanadi, ya`ni nafaqqat ekologiya huquqining maxsus qoida talablaridan muvofiqlashtirgan holda qo`llaniladi.
Ekologik huquqiy mexanizmini ta’minlashda turli huquq sohalarining qo`yidagi me’yoriy hujjatlari ham ekologiya huquqining manbasi sifatida qaraladi: 1. O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi; 2. O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi; 3. O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi; 4. O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va boshqalar.
Ushbu qonun hujjatlari ham ekologik qoida talablarni brlgilagan holda ekologiya huquqining maxsus qoida talablar bilan bog`liq ravishda ekologik qonunchilikni buzganlik uchun intizomiy, ma`muriy, jinoiy, fuqarolik javobgarlikni qo`llash, tabiyatdan foydalanganlik uchun soliq va turli to`lovlarni to`lash bilan bog`liq jarayonlarni tartibga soladi. Ekologiya sohasidagi O`zbekiston Respublikasining qonunlari davlat ekologik huquqiy mexanizmini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo`lib, qonun osti me’yoriy hujjatlar bilan o`zaro bog`liq ravishda ekologik munosabatlarni tartibga soladi.
4.Ekologiya huquqining manbalari tizimida qonun osti me’yoriy hujjatlarning tutgan o`rni beqiyosdir. Hammamizga ma’lumki, konstitutsiyaviy tamoyillar va O`zbekiston Respublikasining qonunlarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ekologik havfsizlikni ta’minlashning umumiy va maxsus qoida-talablari belgilanadi, mavjud ekologik munosabatlar tartibga solinadi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, amaldagi aksariyat qonunlarimiz o`zgaruvchan, turli tabiie hududlarumizning o`ziga xos xususiyatlarini belgilashnu iloji yuq. Mana shunday sharoitda qonunlarda mustahkamlangan qoida talablarni mahalliy tabiiy hududlarda qo`llashda, ekologik muammolarini hal qillishda qonun osti me’yoriy hujjatlaridan foydalanadi.
Qonun osti me’yoriy hujjatlarimizning asosiy maqsadi va vazifasi, konstitutsiyaviy tamoyillar, qonunlarda belgilangan maxsus qoida talablarni amalda qo`llanilishini osonlashtirish, ma’muriy hududlarning tabiiy holati asosida me’yoriy qoida-talablarni belgilash, ularning hayotiyligini ta’minlash vaasosiy qoida-talablarni barcha yuridik va jismoniy shaxslarga etkazishdan iborat.
Ekologiya huquqining qonun osti me’yoriy hujjatlari ham murakkab tizimga ega bo`lib, ekologik meyorlar doirasi, qo`llanilish tartibi, amal qilish muddati hamda markaziy va maxsus davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyat organkari tomonidan qabul qilish ahamiyatiga ko`ra quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo`lishi mumkin. 1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qabul qiligan maxsus qarorlari. 2. Maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlarining me’yoriy hujjatlari (qaror, nizom, yo`riqnoma) 3. Mahalliy davlat hokimiyat organlarining me’yoriy hujjatlari.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari amaldagi qonun hujjatlari asosida qabul qilinib, atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish asosida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik havfsizlikni ta’minlash bilan bog`liq qoida talablarini belgilaydi va belgilangan doirada umummajburiy ahmiyat kasb etadi. Ekologiya sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hisoblangan O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi, O`zbekiston Respublikasi qishloq ba suv xo`jaligi vazirligi, O`zbekiston Respublikasining sog`liqni saqlash vazirligi, O`zbekiston Respublikasining Er resurslari davlat qumitasi kabi organlari o`z vakolatlari doirasida me’yoriy hujjatlarni qabul qilib, ma`lum tabiat ob`ekti sohasidagi ekologik qoida- talablarni belgilaydi. O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi er, er ostida boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi atmosfera habosini muhofaza qilish vf ulardan foydalanish tartibini belgilaydigan ekologik normative, standartlarni tasdiqlaydi, nizomlar va yuriqnomalarni ishlab chiqadi vf tasdiqkaydi, barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo`lgan qarorlar qabul qiladi va hokazo.
Ekologikqonunchilik hujjatlari tizimida mahalliy davlat hokimiyat organlarining me`yoriy hujjatlari har bir viloyat, shahar tuman hududida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilina foydalanish bilan bog`liq qoida talablarni belgilaydi.
Ayniqsa, mahalliy davlat hokimiyat organlarining tabiatni vuhofaza qilish bo`yicha, egalik va foydalanish uchun tr, o`rmon uchastkalarini ajratib berish, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun mahalliy soliq to`lovlarini joriy etish bilan bog`liq qarorlarini qabul qilib, ushbu hududdagi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun umummajburiy ahamiyat kasb etadi.
Demak, qonun osti me’yoriy hujjatlar muhim ahamiyatga ega bo`lib, konstitutsiyaviy tamoyillar va qonun hujjatlari qo`llanilishini va ularning hayotiyligini ta’minlab ekologik huquqi manbalarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Аdаbiyotlаr. 1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsuiyasi.T, “O’zbekiston ”,2000. 2.Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi qonun.O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi.1993 yil,№6,255-m. 3.”Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi ,1993 y.№1.38-m.
4.O’zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi ,1993 y.№5-6.82-m. 16.Natsionalny doklad «O sostoyanii okrujayushey sred i ispolzovanii prirodnx resursov Respubliki Uzbekistan».T.,1996,1997,1999,2000. 5.Karimov I.A.Islohotlar strategiyasi –mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir.O’zR Vazirlar Mahkamasida 2003 yil 18 fevral soni. 6.Xolmshminov J.,Xayitboev E.”Ekologik xavfsizlik:ekologik huquqiy ta‘lim va tarbiya masalalari”.O’zMU bosmaxonasi 2003. 7.Abdullaev O.,Toshmatov Z.O’zbekiston ekologiyasi:bugun va ertaga.T.,1992. 8.Ayubov U.T.Lishenie,ogranichenie i priostanovlenie prav svyazannx s prirodopolzovaniem.Ekologicheskiy vestnik Uzbekistana.1996 g.№3,26-28 str. 9.Bogolyubov C.A.Ekologicheskoe pravo.M.,1999. 9.Yerofeev B.B.Ekologicheskoe pravo.M.,1998.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling