Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi


Download 0.54 Mb.
bet10/64
Sana28.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1236690
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64
Bog'liq
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

10




Turkistonni mustamlaka qilishning dastlabki-yillaridayoq shakllanib ulgurgan, tub aholini iqtisodiy, ijtimoiy ezish bo’yicha, xususan o’lka dehqonchiligida Rossiya imperiyasiga ma’qul o’zgartirishlarni amalga oshirishga qishloq tumanlarida rus qishloqlarini imkoni boricha ko’proq barpo etishga yo’naltirilgan buyuk davlatchilik-shovinistik siyosati tub qishloq aholisini soliqqa tortishni kuchaytirishni oldindan belgilab bergandi. To’g’ri mustamlakachilikning boshida Turkiston ma’muryati xalq ommasi qarshiligining oldini olish, hatto ularni o’z tomoniga og’dirish maqsadida asosiy soliqlarni jiddiy kamaytirgan, ruhoniylar yoki qishloq ovul oqsoqollari tomonidan joriy etilgan o’lpon va yig’imlarni bekor qilgandi. Masalan: ilgari daromat yoki hosilning uchdan biri miqdorida undirib kelingan yer solig’i 1868-yilga keliboq beshdan bir qismgacha kamaytirilgandi va bu miqdor 1871-yilgacha saqlangandi. Keyinchalik ruslar ommaviy ravishda ko’plab keltirila boshlangach, tub aholini soliqqa tortish keskin ortdi. Turkistonni mustamlakaga aylantirish, bu yerda Rossiya imperiyasining hukmronligini o’rnatishda, tub aholining yerini ko’chirib keltirilgan rus dehqonlari va kazaklar uchun bosib olish, tortib olishdan, shuningdek ,ularga tub millatlar qishloq, shahar aholisining ham yer va suvdan foydalanishdagi an’anaviy tizimini jiddiy buzib yuborgan soliq-o’lpon hamda boshqa sohalarda jiddiy imtiyozlar berishdan (bu ham asosan tub aholi hisobidan edi ) tashqari boshqa xususiyatlar ham xos edi. Bu borada xususan, suvdan foydalanish masalalarida mustamlakachilarga yondashuv faqatgina Turkistonning tub aholisiga nisbatan emas, balki Buxoro amirligiga nisbatan ham qollanilgan. XIX asr o’rtalariga kelib sanoat ishlab chiqarishda ancha yuqori darajaga erishgan, o’z mustamlakalarida sanoat karxonalari tashkil qilib, bu bilan ularning tabiiy va odam resurslarini ekspluatasiya qilish imkoniyatiga ega bo’lgan Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va qator boshqa davlatlardan farqli ravishda Rossiya ko’proq agrar ishlab chiqarish munosabatlariga ega bo’lgan, nisbatan qaloq, lekin eng avvalo sanoat kapitalizmi shakillanib kelayotgani aniq ko’rinib turgan mamlakat edi. Biroq o’sha davrda Rossiyani sanoat maxsulotlarga G’arbiy Yevropada talab yo’q edi. Buning sababi, birinchidan siyosiy munosabatlarning keskinligi; ikkinchidan, bu maxsulotlar yetarlicha raqobatbardosh emasligida edi. Boz ustiga Rossiya-Qrim urushida Turkiyadan (1853-1856-yillar) engilganidan so’ ng hamda Amerika paxtasini keltirish qiyinlashgani bois, Rossiya imperiyasining sanoati, umuman iqtisodiy ahvoli jiddiy yomonlashdi8.
Qo’shin ortidan bu yerga kelgan rossiyalik savdogarlar, tadbirkorlar Turkistonda paxtaga mablag’ sarflash foydaliligini darhol tushinib qolishdi. Masalan shunday savdogarlardan biri D.Filatov bo’lib, 1865-yildayoq, Toshkent bosib olinishi bilanoq bu yerda spirtli ichimliklar savdosini boshlab yuborgandi. O’sha-yillarda Sirdaryo viloyatining Toshkent, Chimkent, Aliyoota, Pishpak uyezdlarda

  1. Pervushin, A.Xrennikov, B.Kuznesov, N.Ivanov (uni endigina bosib olingan o’lkadagi «rus savdosi va sanoatining birinchi kashshofi» deb atashgandi ) va boshqa ko’plab ilgari mayda, o’rta savdogar bo’lganlar mustamlakachilik

8 Жуковский С.В. Сномения России с Бухарой и Хивой за последнее трехсотлетие. Изд. Прегресс. М., 1915.

Cтр.37.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling