Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi
Download 0.54 Mb.
|
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustamlakachilarning iqtisodiy, ma’naviy-madaniy siyosati va amaliyoti
13
o’zgarishlarni amalga oshirdi. Bu Turkistondagi iqtisodiy-ijtimoiy ahvol ularga bevosita bog’liq bo’lib qolganligidan darak beradi.11 Umuman, XIX asr o’rtalariga kelib, Rossiya imperiyasining hukmron doiralari O’rta Osiyoni bo’ysindirish, mustamlakaga aylantirish bo’yicha harbiy - ma’muriy choralarni faol hamda tajovuzkarona amalga oshira boshlagan pallada rus hukumati Kaspiy va Qora dengizlardan Tinch va Muz okeanlarigacha bo’lgan ulkan hududda hukmronlik qilib turgan edi. Imperiyaga tobe bo’lgan Polsha va Finlyandiya ham Rossiya imperatorining hukmi ostida edi. Sobiq sovet davridagi siyosiy-ijtimoiy nashrlarning ko’pchiligida, hatto ilgarigi davrlarning rasmiy nashrlarida ham XIX asr o’rtalarida Rossiya hukumatining mustamlakachilik intilishlarining ko’payishi asosan rivojlanayotgan kapitalizmning yangi xom ashyo va savdo bozorlariga bo’lgan ehtiyojlari bilan izohlanardi. Shuni ta’kidlash o’rinliki, yangi boy, lekin harbiy jihatdan zaif bo’lgan tutash hududlarni bosib olishga intilishga, harakat qilishga asrlar davomida Rossiya tashqi siyosatida muhim o’rin egallab kelgan. Rus qo’shinlari endigina Samarqandni egallagan XIX asrning 60-yillari ikkinchi yarmiga oid tadqiqotlarning materiallari Turkistonning istilo etilishi Rossiya imperiyasi uchun uzoqni ko’zlagan strategik maqsadlarning bir qismigina bo’lganidan dalolat beradi. Turkiston viloyati tuzilguniga (1865-yil 2-mart) qadar Orenburg va G’arbiy Sibir general-gubernatorliklarining chegaralaridan tortib to Toshkent vohasigacha bo’lgan shaharlarga, harbiy istehkomlar atrofiga Rossiyadan aholi ko’chib kela boshlagan edi. Chor Rossiyasi mahalliy aholi manfaatlarini ifoda etuvchi ichki islohatlarni amalga oshirishni umuman xohlamas edi. Shu bilan birgalikda, iqtisodiy tuzim rus ma’murlari tomonidan bevosita boshqarildi. Mahalliy vakillar tomonidan bildirilgan talablar bajarilmasdan qoldi. Harbiy bosqinchilik-yillarida iqtisodiy tizim butunlay izdan chiqdi. Yirik markazlar ushbu holatlar natijasida ilgarigi ko’rinishlarini yo’qotdi. Madrasalar nazorat ostiga olindi. Tadqiqotchilar aholining iqtisodiy ta’minlanganlik darajasini statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilib chiqishgan.12 Mustamlakachilarning iqtisodiy, ma’naviy-madaniy siyosati va amaliyoti Rossiya hukumati Turkistonni iqtisodiy jihatdan batamom bo’ysundirish, uning boyliklarini tashib ketish, rus sanoatini xom-ashyo bilan ta’minlovchi o’lkaga va tayyor mahsulotlar sotiladigan bozorga aylantirish siyosatini yuritdi. Bu siyosatni podsho Rossiyasi dvoryan-pomeshiklari va burjuaziyasi qo’llab- quvvatladi, ular o’lkani zuluk kabi so’rishga kirishib ketdilar. Rossiya to’qimachilik sanoati uchun keltirilayotgan Amerika paxtasi uchun-yiligi 30-40 million so’m boj to’lab kelardi. Shu boisdan Turkistonni paxta xomashyosi etishtiradigan bazaga aylantirish Rossiya agrar siyosatining bosh maqsadi, deb belgilandi. Xonliklar davrida davlat mulki hisoblangan katta-katta yer maydonlari Rossiya davlati xazinasiga tegishli, deb e’lon qilindi. Vaqf mulklari ham asta-sekin davlat ixtiyoriga olindi. Xususiy mulk hisoblangan yerlar ham davlat mulkiga aylantirildi, ularni ilgarigi egalariga merosiy ravishda foydalanishga berildi va soliq solindi. Ijaraga yer olib, undan amalda foydalanib kelayotgan xonadonlarga 11 Халфин Н.А. Россия и ханства Средней Азии . М., 1974. Стр. 24-25. 12 Лювомиров П.Г. Очерки по истории русской промышленности. М.,1947. Стр. 431-436. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling