Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi
Download 0.54 Mb.
|
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkiston o’lkasida harbiy generallar tomonidan oshirilgan tadbirlar.
16
sanoatchilari Turkistonda sanoat mahsulotlari sotishdan ham, Turkistondan xom- ashyo sotib olishdan ham katta daromad olardilar. Turkiston o’lkasida harbiy generallar tomonidan oshirilgan tadbirlar. Harbiy gubernatorlar, qoida tariqasida, O’rta Osiyo bo’ylab harbiy yurishlarda o’zini ko’rsatgan, Turkistonning tinch shahar va qishloqlarini ishg’ ol qilishda «alohida mahorat» namoyish etgan ofiserlardan tayinlanar edi. Ana shundan 5-6-yillik hizmat davomida poruchik va shtabs-kapitanlar general-mayyor yoki general-leytenantga aylanishardi. Ularning maoshi bir-yilda 12 mingdan 15 ming rublgachani tashkil etar, bu esa Markaziy Rosiyadagi gubernatorlarnikidan 2 baravar ko’p edi. O’zbekiston va Rossiya arxiv materiallari mustamlakachilikning 50-yil mobaynida harbiy gubernatorlar hizmati davomiyligini ko’zdan kechirishga imkon beradi. U qo’yidagicha bo’lgan: Sirdaryo viloyatida har biri o’rtacha 7-yildan hizmat qilib, 7 kishi almashgan, bular - I.N.Golovachyov, V.N.Troskiy, N.I.Grodekov, N.I.Korol’kov, I.I.Fedotov, M.Ya.Romanov, A.S.Galkin; Farg’ ona viloyatida 1876-yildan boshlab o’rtacha 4-yildan hizmat qilgan 10 kishi almashgan, bular - M.D.Skobelev, A.K.Abramov, N.A.Ivanov, N.I.Korol’kov, Povalo-Shviykovskiy, Chaykovskiy, G.A.Arendarenko, Susanin, V.I.Pokotilo, A.I.Gippius; Samarqand viloyatida ham 1887-yildan boshlab o’rtacha 3-yildan ko’p xizmat qilgan 8 ta harbiy qilgan Kaufman «isyon» bilan kurashib, o’lka demokratik ziyolilarining xalq orasida vatanparvarlik va erksevarlik g’ oyalarini yoyishga barcha urinishlarini chippakka chiqardi. Biroq tez orada Rossiya jandarmeriyasi boshlig’i graf P.A. Shuvalov bilan o’rtalarida mojaro ro’y berdi. O’sha davr esdaliknavisligining guvohlik berishicha, Kaufman 1863-yilgi Polsha qo’zg’ oloni ishtirokchisi I.Ogrizkoni sudga tortadi. I.Ogrizkoga Shuvalovning millati polyak bo’lmish rafiqasi homiylik qilardi. Oqibatda 1866-yil 9 oktyabrda farmoni oliy chiqarilib, unga ko’ra Kaufman «egallab turgan lavozimidan general- adyutant unvonini qoldirgan holda bo’shatish» asnosida 11 oylik ta’tilga chiqarildi. 1867-yilda esa Turkistonga yuborildi. Turkistondagi xizmati davomida Kaufman o’zini shafqatsiz istilochi, ayni mahalda iste’dodli va serg’ayrat ma’mur sifatida namoyon etdi. U o’ziga noma’lum o’lkaning murakkab sharoitiga moslasha bildi va Turkiston general- gubernatori lavozimida ishlash bobida o’ziga xos rekordni zabt etdi. Kaufman ancha oqil va savodli ma’mur edi, ammo Rossiya generalitetining tipik vakili sifatida liberalizmga moyil emasdi va bosib olingan o’lkada samoderjaviya siyosatini qattiq qo’llik bilan yurgizdi. 15-yil mobaynida Kaufman o’lka va chor armiyasi boshida turdi, chorizmning yangi mustamlakadagi manfaatlarini o’ziniki o’rnida ko’rib «podshoh va vatanga» sadoqat va e’tiqod bilan xizmat qildi. Kaufman chorizmning bu davrdagi barcha bosqinchilik yurishlariga rahbarlik qildi. Rus qo’shinlarining Samarqandni bosib olishini tasvirlagan, L.Kostenko shunday yozadi: «Qattiq qarshilik ko’rastishdan g’azab otiga mingan fon Kaufman asir olmaslik to’g’risida buyruq berdi. Buyruq aniq-raso bajarildi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling