Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi


Download 0.54 Mb.
bet15/64
Sana28.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1236690
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64
Bog'liq
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

15




Moskva savdogarlar banki, Rossiyada valyuta banki pul qarz berib turdi. Natijada bir qator zavodlar, savdo shohobchalari, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar qurildi. Paxta va uni xarid qilish bilan shug’ullanuvchi 30 ta savdo shohobchasi vujudga keldi. 1913-yilda tuzilgan «Besh bosh» degan paxta-yog’ shirkati Turkistonda 29 ta paxta zavodi qurdi, o’lkada etishtirilgan paxtaning 30 foizini xarid qilardi, 80 ming tonna paxta tolasini tashib ketar, 160 ming tonna chigit tayyorlardi. Katta sarmoyador Vodyayevlar Turkistonda «Vodyayevlar savdo uyi»ni tashkil etib, 30 ta paxta zavodi qurdi. Farg’ona vodiysidagi keng paxta dalalari, temir yo’llar, paxta tozalash zavodlari va Ivanovo to’qimachilik korxonalari Vodyavlar nazoratidagi katta kombinat tarkibiga kiritilgan edi. Ular- yiliga Farg’ona vodiysida etishtirilgan 7-8 million pud paxtani Ivanovoga tashib ketardi. Mustamlakachilar qanchalik boyib borsa, arzon ishchi kuchi bo’lgan mahalliy aholi shunchalik qashshoqlashib bordi. Dehqonlar og’ir shartlar asosida qarz olardi, qarzini to’layolmay o’ziga tegishli yerini sotib, yersiz qolardi, mardikorlik qilishga majbur bo’lardi. Ular yoki yer egalari qo’lida yollanib batraklik qilishga yoki yangi ochilayotgan korxonalarga arzimagan ish haqi evaziga ishlashga majbur bo’lardi. Yerni Rossiya banklari yoki puldor mahalliy boylar sotib olardi. Shu tariqa o’lkada 90-100 gektarcha sug’oriladigan yeri bo’lgan boy xo’jaliklari vujudga keldi. XX asr boshlaridagi ma’lumotlarga ko’ra o’lka aholisining 70 foizi kambag’al va qashshoqlar, 17 foizi o’rta hol, 13 foizi o’ziga to’q, boy oilalar hisoblanardi. Rossiyalik sarmoyadorlar o’lkada paxta tozalash, yo g’ va spirt ishlab chiqarish, pivo, tamaki, un, qand, sovun, g’isht, ko’n, mis eritish, jun yuvish, ohak qizdirish zavodlari va oziq-ovqat korxonalari qurib, ulardan mo’may daromad olishni yo’lga qo’ydilar. 1908-yilda o’lkada 378 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritgan bo’lsa, 1917-yilda ularning soni Buxoro amirligi va Xiva xonligida qurilgan korxonalarni ham qo’shib hisoblaganda 1200 taga etgan. O’lkada sanoat tarmoqlarining rivojlanishi aholining tabaqalanishiga ta’ sir etib, milliy burjuaziya va ishchilar sinfi shakllana boshladi. 1914-yilgi ma’lumotlarga ko’ra o’lkada 49,5 ming ishchi bo’lib, ulardan 25,5 mingi sanoatda, 24 mingi temir yo’l va unga xizmat qiluvchi ustaxonalarda ishlagan. Turkistonda paxta tozalash zavodlari, do’konlari, tegirmonlar, katta-katta bog’ uzumzorlarga ega bo’lgan mahalliy burjuaziya tabaqasi ham faoliyat yuritdi. Mahalliy aholiga mansub ishchilarga rossiyalik ishchilarga nisbatan 2,5-3,5 baravar kam ish xaqi to’langan. Dehqonmi, mardikormi, ishchimi mahalliy aholi Rossiya mujiklari va ishchilari oldida kamsitilardi. Turkiston Rossiyaning jahon bozorlarida o’tmaydigan tovarlari sotiladigan bozorga aylantirildi. 1895-yilda Turkistonda Rossiya korxonalarida tayyorlangan 6 million so’mdan ortiqroq summada temir, mis, chinni buyumlar, gazlama, yog’och, choy, oziq-ovqat va boshqa buyumlar sotilgan bo’lsa, 1914-yilda sotilgan buyumlar salmog’i 243 million so’ mdan oshib ketdi. Sotilgan maxsulotlarning 40 foizi o’lkadan tashib ketilgan paxtadan Rossiya to’qimachilik korxonalarida to’qilgan gazlamalar tashkil etardi.1 Rossiya savdo-

14Жуковский С.В. Сномения России с Бухарой и Хивой за последнее трехсотлетие. Изд. Прегресс. М., 1915.

Стр. 45.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling