Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi


Download 0.54 Mb.
bet46/64
Sana28.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1236690
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64
Bog'liq
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

HARAKATLARI.

  1. 1. Turkistonda dastlabki arxeologik tadqiqotlarning olib borilishi.

Turkistonda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarda N.S.Likoshin,

  1. V.Vereshagin, P.I.Lerx, A.Xoroshxin, M.Rostislov, V.V.Krestovckiy, N.I.Veselovskiylarning faoliyatlari ta’kidlab o’tiladi. I.N.Verezin, V.V.Velyaminov-Zernova, V.V.Grigerev, B.A.Dorn, P.I.Lerx, V.G.Lixachova,

O.I.Senkovskiy, G.S.Kablukova, V.G.Tizengauzen, N.V.Xannikov, X.D.Fren va boshqalar maxsus tadqiqot ishlarini olib borishgan. «Somoniylar tangalari to’g’risida» nomli tadqiqot V.G.Tizengauzenga tegishlidir. Ular tomonidan O’rta Osiyoda ko’proq numizmatik izlanishlar olib borilgan. P.I.Lerxning «Buxor- xudotlar tangalari» nomli ishi esa tugallanmay qolgan. XIX asr 60-7-yillarida O’rta Osiyoda yirik numizmatik manbalar to’planib bordi.
Har uch-besh-yilda O’rta Osiyoni arxeologik o’rganish xolatlari muhokama qilib borilgan. V.V.Grigorevning tavsiyasiga asosan, A.L.Kun O’rta Osiyoga kelib, materiallarni yig’a boshladi. 1868-yil Turkistonga qolgan bo’lsa, 1880-yilga qadar o’z missiyasi bilan qator muvaffaqiyatlarga erishdi. Qadimgi mahalliy yodgorliklar haqida ko’plab informasiyalarni to’plagan. 1871-yil A.L.Kun Peterburgga o’n beshta yashikda arxeologik topilmalarni olib borgan. Bulardan biri Toshkentdan topilgan edi. A.L.Kun Shahrisabzda izlanish olib borib, Kesh shahrining tarixi xususida xulosalarga kelgan. A.L.Kunning 1868-yil Turkistonda olib borgan ishlari «Turkestanskiye vedomosti»ning birinchi nomerida yoritib borilgan. O’rta Osiyoda musulmon ta’limoti, «Usmon Qur’oni» mahalliy aholining turmush tarzi haqidagi ko’plab ma’lumotlarni yig’a olgan. A.L.Kun «Turkiston al’bomi»ni tuzib o’lkadagi qadimiy yodgorliklarning ko’p sonli fotografiyalari, Samarqanddagi me’moriy yodgorliklarining tasvir rejalarini ishlab chiqa oldi. Al’bom juda qimmitli manba hisoblanadi. 1870-1872-yillardagi Turkiston fotografik al’bomining tuzilishi o’lka tadqiqot ishida muhim ahamiyatga ega. Turkistonda arxeologik, etnografik munosabatlarni o’rganishda asos bo’lib xizmat qiladi. «Turkiston to’plami» ham O’rta Osiyoning qadimiy yodgorliklarini o’rganishda favqulodda yordam beruvchi vosita bo’lib xizmat qiladi.49 Ushbu to’plamning tuzilishi yirik rus bibliografi V.V.Mejov (1831-1894) xizmati bilan bog’liqdir. To’plamni tuzish ishlarini aynan u boshlab bergan. 1867-1887-yillar 1-416- jildlarni tayyorlagan. Turkiston o’lkasida rus sharqshunoslari olib borgan izlanishlarda P.I.Lerxning xizmati katta. A.Yu.Yakubovskiyning so’zlariga ko’ra, Sirdaryoning quyi oqimidagi vodiylarni o’rganishda P.I.Lerxning xizmati katta XIX asr sharqshunoslari ichida eng qobiliyatlisi deb P.I.Lerxni ko’rsatib o’tgan. 1860-yil P.I.Lerx Rus Arxeologik Jamiyatining a’zosi bo’ldi. 1873-yil esa uning kotibligiga saylangan. 1867-yil boshchilik qildi. Sirdaryo vodiylarida izlanishlar olib borishi mo’ljallangan edi. Ushbu tadqiqotlarning natijalari 1870-yil nashrdan

49 Лунин Б.В. Из истории русского востоковедения и археологии в Туркестане. Туркестанский кружок

любителей археологии (1895-1917гг.). Т.,1958. Стр. 23-24.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling