Mavzu: XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda arxeologiya fani yutuqlari
Download 0.85 Mb.
|
Samandarov Ulug'bek.Turkistonda arxeologiya fani yutuqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Tarix fakulteti 1-kurs magistranti Samandarov Ulug’bekning “XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda arxeologiya fani yutuqlari” mavzusida KURS ISHIMavzu: XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda arxeologiya fani yutuqlariReja:
Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi - Turkiston oʻlkashunoslari tomonidan tuzilgan ilmiyjamoatchilik tashkiloti. 1895 y. Toshkent shahrida tashkil etilgan. Asosiy vazifasi oʻlkadagi qad. yodgorliyutar, sharq qoʻlyozmalari, numizmatika va etn.ga oid materiallarni qayd qilish va hisobga olishdan iborat boʻlgan. Toʻgarak aʼzolari, shuningdek, qad. shahar xarobalarini tekshirib, dastlabki arxeologik qazish ishlarini olib borganlar. Turkiston oʻlkasining tarixi va maʼmuriy tuzumi boʻyicha oʻrta asr sharq qoʻlyozma manbalari, xalq afsonalari, maqollari, matallari, urfodat, folklorga oid materiallarni toʻplagan. Shu bilan birga toʻgarak aʼzolari xalqimizning nodir qoʻlyozma va madaniyat boyliklarini Rossiyaga joʻnatishga ham koʻmaklashganlar. V. V. Bartold toʻgarak asoschilaridan boʻlib, uning faollaridan hisoblangan. Toʻgarak aʼzolari qatorida, shuningdek, M.S.Andreyev, A.A.Divayev, N.S.Likoshin, N.G.Mallitskiy, N.P.Ostroumov, A.A. Semyonov va boshqa bor. Toʻgarak 1917 y. tarqalib ketgan.Bu davrda Turkiston arxeologiyasi havaskorlik darajasida bo‘lib turli xil (ko‘proq numizmatikaga doir) topilmalarni to‘plashdan ibo-rat bo‘lgan. Afrosiyob, Ulug‘bek rasadxonasi va Poykand harobalarida dastlabki qazishmalar olib borilgan. O‘zbekistonda Arxeologiya fani 20–30-yillarda shakllandi. V. L. Vyatkin Afrosiyob harobasini (1925; 1929–30), B. P. Denike qadimgi Termizni (1926–27), M. Ye. Masson Ohangaron vodiysini (1925– 28), Ayritom harobalarini (1932–33) qazib o‘rgandilar. 30-yillarda keng ko‘lamda qazish ishlarini A. Yu. Yakubovskiy Zarafshon vodiysida (1934, 1939), M. Ye. Masson qadimgi Termizda (1936 – 38), V. A. Shishkin Tali Barzuda (1936 – 39), Varaxshaaya (1937 – 39), S P. Tolstov, Ya. F. G‘ulomov qadimgi Xorazm vohasida (1937 – 50), A. P. OkladnikovTeshiktosh va Machay g‘orlarida (1938 – 39), V. V. Grigorev Qovunchitepa harobalarida (1934–37) olib bordilar. To‘plangan arxeologik materiallar O‘zbekiston tarixini davrlashtirishda muhim manba bo‘ldi, yangi arxeologik madaniyatlar (Kaltaminor, Tozabog‘yop, Qovunchi madaniyatlari va boshqalar) o‘rganilib, fanga kiritildi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling