Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi
Download 0.54 Mb.
|
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari
56
Xorazmiy, Ogahiy kabi allomalar tomonidan yuksak darajaga ko’tarilgan tarix yozib qoldirishdek savob va ezgu ishni Muhammad Yusuf Bayoniy davom ettirdi (1840-1923). Butun Turkiston, jumladan Xorazm hududida milliy davlatchilik o’rnida mustamlakachilik tartiblariga so’zsiz itoat qiluvchi, vassallik shartlariga bo’ysundirilgan, siyosiy kishanlangan davlat fuqarosi sifatida tarix yozishdek og’ir vazifani Muhammad Yusuf o’z zimmasiga oldi. Bayoniy qanchalik azobli va mashaqqatli bo’lmasin kelgusi avlodlar yurt bo’yniga mustamlakachilik sirtmog’ining dahshatli tarzda kiydirilishini tarix haqiqati asosida yozmoq uchun Xorazm vohasidan Eron sarhadlarigacha, turkman hududlarini yayov kezib chiqdi.56 Muxammad Yusuf Bayoniy tarix fani-moziy ilmiga ma’rifat va haqiqat chirog’i deb qaradi. Shu e’tiqodiga og’ishmay qat’iy amal qildi. Bayoniy tarixiy xodisalar g’oyat to’g’ri va ishonchli yozilishini tarbiyaviy-ma’rifiy ahamiyati haqida shunday yozadi: «Tarix kitobi yozishning bir sharti bor. Tarixiy voqyealarni yozuvchi muarrix tarafdorlik etmasdan, bo’lgan hodisalarni rostlik bilan bayon etishi kerak. Agar rostlik bilan bayon etmasa, uning so’zlari hyech bir odamga ma’qul bo’lmaydi». Bayoniy ana shu e’tiqodida sobit turib yirik ikki tarixiy asar yaratdi. «Xorazm tarixi» va «Shajarayi Xorazmshohiy» deb nomlangan asarlardir. Haqiqatan ham, Bayoniy o’z davrining haqiqatgo’y muarrixi bo’lib, Xiva xonligining chor Rossiyasi tomonidan shafqatsizona mayllarda bosib olinishi va talon-toroj etilishini atroflicha sodda xalq tilida yozib bera olgan yirik tarixchi darajasiga ko’tarila oldi. Bayoniyning asarlari kelgusi avlodlarga qo’lga kiritilgan mustaqillikni ko’z qorachigidek asrab-avaylashga chaqiriq, bosqinchilarga va bosqinchilik urushlariga qarshi nafrat bo’lib yangraydi. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning birinchi choragida o’tgan tarixchilardan Mirza Salimbekning ilmiy-tarixiy, o’lkashunoslik faoliyati ham diqqatga sazovordir. U 1850-yilda Buxoroda tug’ildi. Madrasada yaxshi ma’lumot oldi. Mirza Salimbek 1880-1883-yillarda amir huzurida xizmat qildi. 1884-1885- yillarda Buxoro amirligining Turkiston general-gubernatori huzuridagi vakili bo’lib turdi. U xizmatda bo’lishiga qaramay, tarix sohasida muhim va qiziqarli risolalar yaratdi. Uning «Kashkuli Salimiy» («Salimiyning kashkuli»), «Jome ul- gulzon> («Gulzorlar majmui»), «Ka’b al-axbor hikoyalari», «Hikoyat Abdulla ibn al Muborak», «Tarixi Salimiy» («Salimiyning tarixi») kabi risolalari muhim ahamiyatga egadir. XIX asrda yirik o’lkashunos tarixchi Abu Tohirxoja (1874-yili vafot etgan) tarixnavislik rivojiga katta hissa qo’shgan olimlardandir. Uning mashxur asarlaridan biri «Samariya» bo’lib, unda Samarqand shahrining bunyodga kelishi va nomlanishi, geografik holati, shuningdek, ob-havosi, madaniyati, iktisodiy 57 xayotiga doir qimmatli ma’lumotlar keltiriladi. 56Набиев А. Тарихий Улкашунослик. Т.: «Укщувчи», 1996. 44-бет. 57 Лыкошин Н. С. Очерк археологических изысканий в Туркестанском крае до учраждения Туркестанского Кружка любителей археологии. Ташкент, 1896. Стр. 56 Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling