Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi
Download 0.54 Mb.
|
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari
41
Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi a’zolari uning dastlabki tashkil topgan kunlaridan boshlab qadimgi yodgorliklarga qiziqish bildira boshlagan. 1896-yil 22-yanvardagi majlisidayoq qadimgi qo’rg’on va shaharlarning qayerda qanday vujudga kelganligi to’g’risida ma’lumotlar to’plashga harakat qilishgan. Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi a’zosi A.D.Kalmikov 1910-yilda tepalarning vujudga kelishi to’g’risida gapirib o’tgan. U Buxoro va Samarqand qo’rg’onlaridan butunlay farq qilishini aytib o’tadi. V.P.Nalivkin Oqtepaning vujudga kelishi to’g’risida gapirib, Toshkentdan Chimkentga qarab ketadigan 4 kmda joylashganligini va uning asosiy xususiyatlarini ko’rsatib o’tadi. 1907-yilda qo’pol cho’yan idish, chiroq va boshqa topilmalarni Xonaboddan topilgan topilmalarni sotuvda ko’radi. Bu Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi a’zosi I.T.Poslavskiyning Xonabodtepani tekshirib ko’rishga chorladi. 1893-yil iyunida N.T.Astroumov Chimkent uyezdi Mamayevka qishlog’iga borishga va u yerdagi Qoravultepadan sopol idishdagi 1850 ta kumush va 4000 dan ziyod mis tanga va bir qancha qimmat baho toshlar ikkita kumush bilak uzuk va boshqalarni topishadi. 1896-yil togarak a’ zosi N. F. Sitnyakovskiy birinchi marta Dobusiya qal’asi xarobalari to’g’risida xabar beradi. Keyinchalik bu haqda I.A.Kastane qisqacha ma’lumotlar beradi va bir muncha batafsil ma’lumotlarni L.A.Zimin ko’rsatib o’tadi. Dobusiya qal’asi to’g’risida arab yozuvchilarini IX-X asrlardagi ma’lumotlari saqlanib qolgan edi. Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi katta e’tiborni qadimiy Poykand xarobalariga Qadimiy Buxoro shaharlaridan biri, ko’p martalab yozma manbalarda tilga olingan. Buxorodan 35 km Janubiy-G’arbda joylashgan Poykand xarobasi haqida N.Xannikov qayt etib o’tadi. 1887-yil I.T.Poslavskiy o’zining navbatdagi tashriflaridan birida Yakkatut va Qoravul stansiyalari orolig’idagi Temir yo’l stansiyasidagi Ko’hna Poykand nomidagi yodgorlikka o’z e’ tiborini qaratadi.40 1896-yil 11-dekabrda N.F.Sitnyakovskiy o’zining qisqa xabarida Poykand xarobalari haqida chiqish qiladi. 1903-yilda R.Pompelli boshchiligidagi Amerika ekspedisiyasi qadimiy shahar to’g’risidagi fikrlarini e’lon qiladi. Faqat 1912-yilda bu yodgorlik xarobalarini o’rganishga amaliy jihatdan yondashila boshladi. 1912- yil noyabrda Poykand xarobalarini o’rganish uchun to’garak a’zosi L.A.Ziminni jo’natadi. L.A.Zimin o’zining hisabotida Poykandning qisqacha tarixiy ocherkini ko’rsatib manbalar va turli amalga oshirgan ishlar ( Markvart, Tomashek, Bartold va boshqalarning) ishlari haqida gapirib o’tadiM. Ye. Masson Nasaf shahrining yonidagi yodgorlik Shulliktepani nomini kelib chiqishini XVIII asr bilan bog’ladi. Unda Eron shohi Nodirshohning Rizoqulimirzo boshchilik qilgan qo’shinlarini 1737-yilda Qarshi shahrining atrofida qilgan harakatlarini yozgan tarixchilarning ishida bu yerdagi qadimgi qal’ani «Shulduk» deb atalgani to’g’risidagi xabarni beradi. Shuningdek M. Ye. Masson Shulliktepa to’g’risidagi ilk xabarlar O’rta Osiyoni Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin bir qator tarixchi olimlar, sharqshunoslar, harbiylar Qarshi atrofidagi tarixiy obidalar qatori Shulliktepa yodgorligi to’g’ risida ma’lumotlar berishgani to’g’ risidagi xabarlar bor. 40Лыкошин Н. С. Очерк археологических изысканий в Туркестанском крае до учраждения Туркестанского Кружка любителей археологии. Ташкент, 1896, Стр. 48. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling