Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi


Download 0.54 Mb.
bet39/64
Sana28.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1236690
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64
Bog'liq
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

42


Ular orasida yozuvchi V.V.Krestovskiy (1883 y), ofiser-rassom



  1. N.Litvinov (1895-1910 yy), harbiy D.N.Lagofet Qarshi vohasida bo’lishdi va qisman Shulliktepa yodgorligi to’g’risida ham xabar berishdi. 1916-yilda sharqshunos olim L.A.Zimin ham Qarshi va uning atroflarida bo’lib, birinchi marta o’zining Nasaf to’g’ risidagi ilmiy xulosasini berdi. Ammo yuqoridagi sayohatchilar ichida birortasi ham Shulliktepa yodgorligi va uning o’rnida qaysi shahar bo’lganligi to’g’risida yoki yodgorlik hududida arxeologik ishlarni olib borib, uni o’rganish bilan shug’ ullanishmadi.

Navtak-Yerqo’rg’ on Qashqa vohasidagi eng qadimiy kishilik manzillaridan biri sifatida qadimshunos olimlar diqqatini faqatgina urushdan keyin 40-yillar so’ ngida jalb eta boshladi. Chor Rossiyani qadimshunoslik ilmi bu vohada o’tmish obidalari nihoyatda ko’p bo’lishiga qaramay uzoq-yillarda vohada uni e’tibordan soqit qilib keldi.
O’lka bosib olinganidan qarib yarim asr keyin, 1916-yilda Qarshi vohasiga Turkiston havaskor arxeologlar to’garagining a’zolari L.A.Zimin va I.Kastane qadam qo’ydi. Qadimshunoslik havasmandlaridan I.Kastanening Zahoki Maron qal’asi va yirik qadimiy shahar xarobasi xususidagi axborati hali juda yuzaki kuzatuvlar natijasi edi. Biroq L.A.Zimin mulohazalarida yozma manbalarga murojat qilish Yerqo’rg’onga tutash bo’lgan Naxshab tarixini yoritishda ularga tayanish ko’zga tashlanib turadi. 1916-yilgi tashrif fan olamiga Navtak- Yerqo’rg’ on haqida birinchi axborot berishi bilan ahamiyat kasb etadi.4
Samarqandda 1896-yil 21-iyunda ochilgan shahar muzeyi muhum voqyea bo’ldi. Ana shu muzeyini ochish to’g’risidagi masala mahalliy o’lkashunoslar tomonidan bir necha marta ko’tarilgan edi. 1893-yili Turkiston general-gubirnatori mahkamasining amaldori D.I.Yevarniskiy «Ukraina» degan gazeta sahifasida ana shu mavzuda bag’ishlangan maqola bilan chiqdi. 1894-yil 24-mayda esa u Moskva Arxeologiya jamiyatining majlisida axborot berdi. Bu axborotda «17-Turkiston batalonnining kapitani L.S.Barshchevskiyning qadimiy mahalliy yodgorliklarning eng yaxshi namunalarini to’plaganligi, bunda ko’pgina qadimiy narsalar va tangalar borligini aytib, so’ngra esa, Samarqandda tarixiy obidalar markazi sifatida muzey tashkil etish uchun zarurligi to’g’risidagi fikrni rivojlantirdi». Yevarniskiy jamiyatga Turkiston ma’murlari oldiga muzey tashkil etish uchun mablag’ topish va ana shu muzeyga asos qilib Barshchevskiy to’plagan kolleksiyalarni asos qilib olish to’g’risida taklif kiritdi.
Shu narsani qayt qilib o’tish kerakki, Samarqand tarixini o’rganishga rus olimlari katta hissa qo’shdi. Rossiyaning territoriya jihatidan O’rta Osiyoga yaqinligi, ayniqsa, o’tgan asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyoning, shu jumladan, Samarqandning Rossiyaga qo’shib olinishi bu ishga ko’p jihatdan yordam berdi. XIX asrning oxirgi choragida hozirgi Samarqandning shimoliy qismida joylashgan, qadimiy va o’rta asr Samarqandning territoriyasidan iborat bo’lgan Afrosiyob xarobasida ilmiy maqsadda arxeologik qazishma ishlari boshlab yuborildi.

41 Лунин Б.В. Из истории русского востоковедения и археологии в Туркестане. Туркестанский кружок

любителей археологии (1895-1917гг.). Т.,1958. Стр.109.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling