Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi


Download 0.54 Mb.
bet36/64
Sana28.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1236690
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64
Bog'liq
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

39




ma’lumot bo’lib xizmat qildi. O’tmish yodgorliklari haqida tafsilotlar yuritish, arxeologik va yozma manbalarni solishtirib o’rganishga imkon berdi. Ayni vaqtda, hali to’garak a’zolarining xulosalari munozarali va zamon sinoviga bardosh bera- olmagan bo’lsada, har holda butun davr uchun, shubhasiz katta ahamiyatga ega edi. Ularning bu boshlagan ishlari fikrlarining rivojlanishiga turtki bo’ldi, unga ilmiy jamoat diqqatini tortdi. Mashxur rus sharqshunosi V.V.Bartold to’garak ishlariga katta yordam ko’rsatdi. Hammasi bo’lib o’lkada 15 ga yaqin ilmiy jamiyat ish olib borgan bo’lib, shulardan tarix va arxeologiya jamiyati ham bor edi. Ammo, shuni aytish zarurki mustamlaka Turkiston sharoitida ilmiy jamiyatlarning faoliyati mahalliy aholi o’rtasida yoyilmadi. Ilmiy tibbiyot jamiyatlari bundan bir qadar mustasnodir. To’g’ ri, ilmiy jamiyatlar huzurida faol o’lkashunoslar, mahalliy muxbirlar paydo bo’ldi. Bu borada rus tadqiqotchilari, kolleksionerlari va ilmiy jamiyatlarning ta’siri ostida osori-atiqa havaskorlari qadimgi yodgorliklarni to’playdigan havaskorlar etishib chiqdi. Bular orasida samarqandlik Mirzo Buxoriy, Mirzo Abdulloning nomlari alohida ajralib turadi. Mirzo Buxoriy boy arxeologik-numizmatik kolleksiyalar to’plashga erishgan va bularning bir qismi Ermitaj kolleksiyalariga kirgan. Ajoyib san’atkor - xattot Mirzo Barot Mullo Qosimov Samarqand va uning atroflaridagi ko’pdan-ko’p qadimgi zamon yodgorliklari suratini chizgan va to’plagan. U, Ulug’bek madrasasining ham g’ oyat aniq eskizini tayyorlagan edi. Mirzo Abdullo Abduraxmon, A.L.Kunning Iskandarko’l ilmiy safarida qatnashib, qadimgi toshlarga yozilgan xatlar qayd qilingan ma’lumotlarni to’plagan va uning yuritgan kundaligi muhim arxeologik manba sanaladi. Turkiston o’lkasida tug’ilib o’sgan kishilardan bir qanchasi foydali qazilmalar topish va ularni tavsiflash, qadimgi zamon yodgorliklarini qidirib topish kabi ishlarda ishtirok etganlar.
XX asr boshlarida ham Turkistondagi ilmiy jamiyatlar, shu jumladan tarix arxeologiya havaskorlari ham aytarli ishlarni bajarishdilar.
XIX asr 80-yillarida Rossiyadagi siyosiy reaksiya O’rta Osiyoda ilmiy- qidiruv ishlari rivojiga yo’l qo’ymas edi. Hukumat yangi ilmiy jamiyatlar tashkil topishiga shubha bilan qarar edilar. Ilmiy-o’lkashunoslik to’garaklari, kutubxonalar ham shular jumlasidandir.Bu faqatgina ziyolilar tarkibining kengayishi bilan amalga oshishi mumkin edi. Farg’ onadagi taniqli tadqiqotchi Akademik A.Middendorfga qarshi, Farg’ona harbiy uyezd polisiya boshlig’i shubha bilan qarab, doimo qandaydir izlanishda ekanligini ko’rsatib o’tgan. V.V.Bartold 1893-

  1. yillar O’rta Osiyoga kelgan vaqtidagi xolatni quydagicha yozib qoldirgan; «Tadqiqot olib borish juda qiyin kechadi. Haqiqiy holatni anglash uchun qandaydir ilmiy maqsadni ko’zlash lozim bo’ladi. Ma’muriyatning loyihasi ham noqulaylik

38
keltirib chiqaradi».
Turkiston o’lkasining Chor Rossiyasi bilan bog’liqlik tomoni kuchayib, umum rus iqtisodiyoti uchun ahamiyati oshib borardi. Bunday sharoitda Turkiston iqtisodiyoti va madaniyatiga qiziqish ortib bordi. Markaziy ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining mutaxassis olimlari Turkistonga kelib, o’z

38 Лунин Б.В. Из истории русского востоковедения и археологии в Туркестане. Туркестанский кружок

любителей археологии (1895-1917гг.). Т.,1958. Стр.14.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling