Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.
#9851
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41

 
4.6.Sovliqlarni sog‘ish
Qo„zilarni  sovliqlar  bilan  birga  saqlashga  qarab  sog„ish  muddati  turlicha 
bo„ladi. Qorako„lchilikda qo„zilar 1-3 kunligida so„yilishi natijasida sovliqlar 3,5-
4,5  oygacha  sog„iladi,  dastlabki  ikki  oyda  2  martadan,  keyinchalik  kuniga  1 
martadan.  Qolgan  zotga  mansub  sovliqlar  sog„ilganda  qo„zilardan  erta  (2-3 
oylikda) ajratilgandan keyin sog„iladi (sigay zoti). 

 
202 
Sovliqlarni  sog„ish  qochirish  mavsumiga  1,5-2  oy  qolganda  to„xtatiladi. 
Sog„im  sovliqlarga  eng  yaxshi,  serut  yaylovlar  ajratilishi  shart,  aks  xolda 
sovliqlarning  sut  maxsuldorligi  keskin  kamayib  ketadi.  Yaylov  o„tlari  yetishmasa 
kuniga 200-300 g qo„shimcha yem berib boriladi. 
Sovliqlar  maxsus  maydonchalarda  sog„iladi,  ular  katta  yo„llardan  300  m, 
qo„yxonalardan 100 m uzoqlikda bo„lishi kerak. Sog„ish maydonchasi oldida qura 
bo„lib, unda har sovliq uchun 0,5 m² maydon ajratiladi. Qura sog„ish maydonchasi 
tomon torayib borib oxiri sog„ish xonasiga tutashadi, undan keyin sog„ib bo„lingan 
sovliqlar qo„rasi joylashadi.  
Sog„ish  stanogi  qo„yni  tinch  turishini  ta‟minlaydi,  u  turli  shakl-shamoilda 
bo„lishi  mumkin.  Stanok  usti  himoya  ayvoni  bilan  qoplanadi.  Stanok  tagi  pol 
bo„lib, sog„uvchi tomonga qiya qilib o„rnatilgan. 
Sog„uvchi  sog„ish  paytida  joylashishiga  qarab  turli  sog„ish  usullari  mavjud. 
Ya‟ni  moldovan  usulida    sog„uvchi  sovliqning  orqa  qismida  o„tirib,  yelinni  chap 
qo„li bilan ushlab o„ng qo„li bilan sog„adi. Yondan sog„ish usuli qulay va gigiyenik 
jihatdan  yaxshi  bo„lib,  mehnat  unumdorligi  pastroq  bo„ladi.  Stanokda  soguvchi  1 
sovliq  uchun  2  minut    sarflaydi,  ochiqda  sog„sa  bir  necha  barobar  ko„p  vaqt 
sarflaydi. Otarda sog„ish 2-2 ´ soat davom etishi kerak, unda har sog„uvchiga 80-
100 bosh sovliq to„g„ri keladi. 
 
4.7.Qo‘ylar qirqimini tashkil etish. 
Qirqim muddatlari. Dag„al junli qo„ylar 2 marta, bahorda va kuzda qirqiladi. 
Qo„zilardan 1 yoshgacha juni qirqilib ulardan qo„zi juni (poyarkovaya) olinadi. Bu 
jun gilam to„qishga mos bo„lib, voyaga yetgan qo„y juniga  nisbatan yaxshi bo„ladi. 
O‟zbekiston sharoitida bahorgi qirqim junning ko„tarilishiga qarab o„tkaziladi. 
Bahorgi  qirqim  iliq  kunlar  kelgandan  keyin  o„tkazilishi  kerak,  chunki  yangi 
qirqilgan  qo„ylar  sovuqqa  juda  chidamsiz  bo„ladi.  Qirqimni  kechiktirish  ham 
mumkin emas, chunki issiq havo qirqilmagan qo„ylarga, ayniqsa emizikli qo„ylarga 
yomon  ta‟sir  etadi.  Bunday  qo„ylar  yomon  o„tlaydi,  ozib,  sut  maxsuldorligi 
kamayib  ketadi.  Bundan  tashqari  ertapishar  yaylov  o„tlari  urug„i  tushib  junni 
ifloslantiradi.  Undan  tashqari  issiqqa  qolish  jun  chiqimini  kamaytiradi,  ya‟ni 
qo„ylar to„llashi natijasida bir qism jun to„kilib ketadi. Kuzgi qirqim avgust-sentabr 
oyida o„tkaziladi, chunki kech qirqilgan qo„ylar qishlovga yaxshi tayyor bo„lmaydi. 
Bahorgi  qirqimdan  oldin  qo„ylarni  cho„miltirish  ijobiy  natijalar  beradi,  ya‟ni  jun 
sifati yaxshilanib chiqimi ortadi. 
Qirqish  usullari.  Qo„ylar  mashina  va  qo„lda  qirqiladi.  Qirqim  rejasi  tuzilib, 
qirqim  tartibi  tuziladi.  Mashinada  qirqish  uchun  maxsus  punktlar  quriladi,  ular 
ixtisoslashgan qo„y-bosh soni ko„p xo„jaliklarda o„zini oqlaydi. KTO-24-48, ESO-
12,24  majmua  qirqim  stanogi  bilan  mavsum  davomida  (15-16  kun) 20  ming  bosh 
qo„yni  qirqsa  bo„ladi.  Oldin  qisir  sovliqlar,  kam  maxsul  qo„ylar,  oxirida  kasal 
qo„ylar qirqiladi. 

 
203 
Qo„l  bilan  kuniga  1  qirqimchi  25-30  bosh  qo„yni  qirqadi,  natijada  mehnat 
unumdorligi  juda  past  bo„ladi.  Faqat  tajribali  qirqimchilar  30-40  bosh  qo„yni 
qirqishlari  mumkin,  bu  ish  juda  og„ir  mehnat  bo„lib  1  bosh  qo„yni  qirqish  uchun 
1000 marta qaychini bosish kerak. Qirqim mashinasida 1 qirqimchi bir kunda  50-
60, ilg„orlari 120-140 bosh qo„yni qirqishlari mumkin. 
Qirqim binosi. U qirqish xonasi; junni klasslash, presslash va saqlash xonasi; 
qirqilmagan  va  qirqilgan  qo„ylar  ayvoni;  jun  chiqimini  aniqlovchi  labaratoriyadan 
iborat bo„ladi. 
Xo„jalikda 10000 boshdan ko„p qo„y bo„lganda maxsus bino tashkil qilinadi, 
10000 boshdan kam bo„lganda bitta qo„yxona ichida qirqim xonasi jihozlanadi. 
Qirqim tartibi. Otarlar qirqimga to„liq keladi. Sovliqlar qo„zilari bilan keladi, 
qirqiladi.  Qirqim  paytida  sovliqlar  qo„zilaridan  ajratib  olinadi.  Qo„ylar  qirqimdan 
oldin  12-14  soat  och  qoldiriladi,  ko„pincha  bir  kecha-kunduz  och,  12  soat  suvsiz 
qoldiriladi;  oshqozon-ichak  tizimi  oziqaga  to„la  qo„ylar  o„zini  yomon  xis  etadi. 
Xo„l  qo„ylarni  qirqish  tavsiya  etilmaydi.  Qirqim  sifati  past  qo„ylardan  boshlanib 
qirqimchilar tajribasi ortishi bilan sifatli qo„ylar navbati boshlanadi. 
Qirqib  olingan  runo  -  yalpoqi  jun  qirqimchi  shaxsiy  varaqasi  bilan  taroziga 
yuboriladi.  Junni  tortish  natijalarini  hisobchi  yozib  boradi.  Shundan  keyin 
tayyorlov standarti bo„yicha runo taxlanadi. 
Jun 
klassi
O‟rnatilgan  standart  asosida  yuvilmagan  junni  sifat 
ko„rsatkichlariga qarab klasslarga bo„lish klasslash deyiladi. 
Klasslash  yorug„  xonalarda  amalga  oshirilib,  u  yerda  klasslash  stoli, 
klasslangan  jun  uchun  burchak,  qadoqlash  uchun  press,  jun  toylari  uchun  joy 
ajratiladi. 
Klasslash  qirqim  davomida  o„tadi.  Bahorgi  qirqim  paytida  runoni  butun 
olishga harakat qilish kerak. Runo stol ustiga kokillari tepaga qilib yoyiladi va bir 
necha  siltab  undan  tuproq,  iflosliklar  va  mayda  junlar  tushishiga  erishiladi,  iflos 
junlar  ajratib  olinadi  va  uning  sifat  ko„rsatkichlari  aniqlanadi:  uzunligi, 
ingichkaligi,  birxilligi  va  tengligi,  mustahkamligi,  iflosligi,  rangini  aniqlash 
runodan katta bo„lmagan jun kokillari namunalari olinadi. 
Junning uzunligi jazbar yordamida, ingichkaligi esa tashqi ko„rinishiga qarab 
aniqlanadi. Junning uzunligi va ingichkaligiga qarab klasslarga bo„linadi. 
Junning  iflosligi  yoyib  turib  ko„z  bilan  aniqlanadi.  Shundan  keyin  runolar 
andoza  asosida  o„raladi,  maxsus  presslarda  toylanadi  va  unga  jun  ko„rsatkichlari 
yozib qo„yiladi. 
Qirqilgan qo‘ylarni asrash. Barcha qo„ylar ko„zdan o„tkaziladi, kerak bo„lsa 
tuyoqlari kesilib, qirqilgan, ko„kargan teri nuqtalari kreolin eritmasining 3 %li yoki 
boshqa  dezinfeksiyalovchi  moddalar  bilan  ishlanadi.  Kasal  hayvonlar  ajratilib, 
sog„lom  qo„ylar  qo„raga  qo„yib  yuboriladi.  2-3  kun  hosildorligi  kam  yaylovlarda 
o„tlatiladi,  chunki  qirqimdan  keyin  qo„ylar  birdan  ko„p  oziqa  iste‟mol  qilib  kasal 
bo„lishi mumkin. Qirqilgan qo„ylar shamollashga moyil bo„ladi, shuning uchun 5-6 
kun  qo„yxonalar  atrofida  boqish  kerak,  yomg„ir  yog„sa  yoki  sovuq  bo„lsa 

 
204 
qo„yxonalarga  tez haydab  kirish  mumkin.  Issiq kunlari esa  ularni  quyosh nuridan 
kuyishdan saqlash kerak, shu bois 10-15 kun quyosh tepaga kelganda ularni soya-
salqin joylarga o„tkazish kerak. 
 
IV bob uchun nazorat savollari 
1.
 
Qo‟ychilikni  holati va rivojlanishini istiqbollari 
2.
 
Qo‟ylarning biologik hususiyatlari  
3.
 
Qo‟ylarning jun mahsuldorligi  
4.
 
Qarako‟l teri mahsuldorligi  
5.
 
Qo‟ylarning po‟stinbop teri mahsuldorligi  
6.
 
Qo‟ylarning go‟sht mahsuldorligi  
7.
 
Qo‟ylarning sut mfhsuldorligi  
8.
 
Qo‟y zotlari klassifikasiyasi  
9.
 
Mayin junli qo‟y zotlari  
10.
 
Yrim  mayin junli qo‟y zotlari  
11.
 
Yarim dag‟al junli zotlari  
12.
 
Dag‟al junli qo‟y zotlari  
13.
 
Qo‟ylarni urchitish  
14.
 
Qo‟ylarni qochirish  
15.
 
Qo‟ylarni qo‟zilatish  
16.
 
Qo‟zilarni o‟stirish 
17.
 
Jun ishlab chiqarish jarayoni  
18.
 
Qorako‟l terisi  
19.
 
Sovliqlarni sog‟ish  
20.
 
Qo‟larni bordoqilash  
 
IV bob uchun test savollari 
1.
 
O‟zbekistonda qaysi qo‟y zotlari rejali hisoblanadi?  
a)
 
Dag‟al junli Go‟sht-yog‟  
b)
 
Yarim dag‟al , yarim mayin  
c)
 
Mayin dag‟al junli  
d)
 
Mayin dag‟al junli  
e)
 
Mayin? Yarim mayin yarim dag‟al junli  
 
2.
 
Qo‟lar ho‟jalikda necha yil foydalaniladi?  
a)
 
10-11 
b)
 
7-8 
c)
 
5-6 
d)
 
11-12 
e)
 
12-13 
3.
 
Qo‟ylar juning gistologik tuzilishi qanday?  
a)
 
Qobiq, o‟zak  

 
205 
b)
 
Qobiq, mag‟z  
c)
 
Qobiq, mag‟iz, o‟zak  
d)
 
Faqat o‟zak qavati  
e)
 
O‟zak mag‟iz  
 
4.
 
Qoylarning qanday biologic hususiyatlari mavjud  
a)
 
Kasalliklarga chalinmaganligi, oyoq meskullarining yahshi  rivojlanishi, 
tuyoqlarining  mustahramligi, tez etilishi  
b)
 
Kam mahsuldorligi, mavsumga moslashishi, kech etilishi  
c)
 
Kech etilishi, chidamsizligi, kasalliklarga tez chalinishi   
d)
 
Sharoitga tez moslashadi, chidamli, ozuqaga kam talabchan, turli hil 
mahsulotlar berish  
e)
 
Kech etiluvchan, ozuqalarga talabchan, kam mahsul  
 
5.
 
Qo‟ylar juni qaysi tolalardan tashkil topgan  
a)
 
Tivit, oraliq, qiltiq, o‟lik, qoplovchi  
b)
 
Oraliq, o‟lik, quruq tola  
c)
 
Qiltiq, quruq, qoplovchi tola  
d)
 
Tivit, oraliq, quruq  
e)
 
Qoplovchi,o‟lik, quruq  
 
6. Qo‟ychilik rivojlangan mamlakat deb, qaysi bir davlatni taniysiz  
A) Hitoy  
b) Avstraliya  
c) O‟zbekiston  
d) Argentina  
e) Qirgiziston  
 
7. Qayysi qo‟y zotlari O‟zbekistonda urchitiladi?  
a) Askaniya, qirg‟iz, mayin junli , gempshir sakkol  
b)Sigay, Romonov, Yinkoln, Suffolk  
c)Jaydari, Hisor, qorako‟l, saradja, Oloy  
d) Mayin, yarim mayin, yarim dag‟al, dag‟al jun beruvchi  
e) Mayin dag‟al qorako‟l, Oksfordshir, Oksfordaun  
 
8. Qo‟ylarni qanday konstitusional tiplarga ajratiladi?  
a) Qo‟pol va bo‟sh  
b) Bo‟sh nozik va pishiq  
c)Pishloq, mustahkam qo‟pol  
d) Hozik, mustahkam pishiq  
e) Nozik qattiq bo‟sh  
 

 
206 
9. Qo‟ychiliklarda qanday yonalishlar mavjud?  
a)
 
Yarim mayin, mayin, yarim dag‟al, dag‟al jun  
b)
 
Mayin jun, yarim mayin jun  
c)
 
Dag‟al va yarim dag‟al jun  
d)
 
Mayin, dag‟al, yarim mayin, mayin jun  
e)
 
Yarim dag‟al, sutdor, go‟sht-yog‟  
 
10. Qo‟y juni tarkibida qaysi tola eng yuqori baholanadi?  
a)
 
Qiltiq va oraliq tolalari  
b)
 
Qjplovchi jun tolasi  
c)
 
Oraliq tolasi  
d)
 
O‟lik va oraliq tolalari  
e)
 
Tivit tolasi  
 
11. Qo‟y junining fizik tehnologik hossalariga o‟z munosabatingizni bildiring,  
a) Jun tolalarining uzunligi va bir tekisligi, issiq-sovuqqa  chidamliligi 
b) Jun tolalarining uzunligi va chidamligi, qayishqoqligi, jingalakligi  
c)Uzunligi 
nigichkaligi, 
jingalakligi, 
rangi 
yaltiroqligi, 
qayishqoqligi  
mustahkamligi  cho‟ziluvchanligi  egiluvchanligi,  tolalarning  uzunligi  bo‟yicha  
tengligi  
d)  Jundan  chiroyli  buymlar  ishlab  chiqilishi  va  ularning  noyobligini  hfmda 
chidamligi 
e) Yaltiroqligi, chiroyliligi, qattiqligi, mustahkamligi  
 
12. Yopog‟i jun deb qaysi junni aytasiz  
a) Nasldor qo‟chqorlar  juni  
b)Nasldor sovluqlar juni  
c)Kuzgi jun  
d) Bir qo‟ydan yahlit qirqib olingan jun  
e) Bo‟ltak bo‟ltak jun.  
 
13. Terilari qanday guruhlarga ajratiladi?  
a) Po‟stinbop, charmbop, mo‟ynabop va barra teri  
b)Po‟stinbop, barra teri va charmbop  
s, Po‟stinbop, charmbop 
d) . Po‟stinbop, barra teri charmbop 
e) Po‟stinbop, kastyumbop  
 
14. Qo‟ychilikda barra teri deb qaysi teriga aytiladi ? 
a) Uch oylik qo‟zidan olingan teri  
b)Yangi tug‟ilgan va uch kun ichida qorako‟l qo‟zilarini so‟yish natijasida 
olingan teriga  

 
207 
c)Mayin junli qo‟zilardan olingan teriga  
d) Dag‟al junli katta yosh qo‟y terilariga  
e) 10 Kunlik qorako‟l  qo‟zisidan olingan teri  
 
15. Qaysi qorako‟l terilari po‟stinbop teriga kiradi?  
a) Junning uzunligi 1 sm bo‟lgan terilar  
b)Juni to‟kilgan terilar  
c)Junning uzunligi 1,5 sm dan kam bo‟lmagan terilar  
d) Yosh qo‟zilar terilari  
e) Qari qo‟ylar terilari  
 
16. Junlardagi nuqsonlarni kelib chiqichining  asosiy sabablari?  
a) Faqat hayotiy  
b)Tehnologik sharoit  
c)Jun qirqish  
d) Hayotiy va tehnologik  
e) Hotog‟ri navlash  
 
17. Dag‟al jun beruvchi qo‟ylar ilk bor necha oyligida qirqiladi  
a) 4-5 oyligida 
b)6-8 oyligida  
c)7-9 oyligida  
d) 8-9 oyligida  
e) 6 oyligida  
 
18. Mayin va yarim mayin jun berudchi qo‟ylar ilk bor necha yoshda qirqiladi?  
a) 1 yoshda  
b)2-2.5 yoshda  
c)8-10 oyligida  
d) 6-8 oyligida 
e) 8-10 oyligida 
 
19. Qaysi yo‟nalishdagi qo‟ylardan yapog‟I (runo) jun olinadi ?  
a) Mayin va yarim mayin  
b.Mayin va yarim mayin, yarim dag‟al va dag‟al junli qo‟ylarning bahorgi juni  
c)Yarim dag‟al, dag‟al mayin  
d) Yarim dag‟al, dag‟al  
e) Yarim dag‟al, dag‟al mayin 
 
20. O‟zbkustonda 20. go‟sht –yog‟  beruvchi qo‟y zotlarini belgilang  
a) Mayin jun beruvchi qo‟ylar  
b)Qo‟rako‟l, yarim dag‟al jun beruvchi  qo‟ylar  
c)Dag‟al, mayin jun beruvchi qo‟ylar  
d) Qo‟rako‟l qo‟ylari  
e) Hisor, jaydari  

 
208 
IV bob bo`yicha topshiriqlar. 
1.
 
Qo`ylar 

kameralik 
oshqozonga 
ega, 
ular 
____________, 
__________,___________,____________. 
 
2.
 
Qo`ylarning oshqozon-ichak tizimi _____ litr xajmga, ______ metr ingichka 
va _______ metr yo`g`on ichaklari bo`ladi. 
 
3.
 
Qo`ylar  yaylov  xayvoni  bo`lib  ularning  oyoqlari  ________,  tuyoqlari 
_________, lablari yupqa _________ bo`lgani uchun mayda yaylov o`tlarini 
xam  yeyishi,  yoki  ular  yaylovdagi  ______  xil  o`tlarni  yeydi,  o`rtacha  1 
sutkada ______ km masofani bosib o`tadi. 
 
4.
 
Qorako`l  qo`ylarida  _______,  _________,  _________  konstitiutsiya  tiplari 
mavjud. 
 
5.
 
O`zbekistonning quyidagi rejali zotlarini toping: 
1) 
2) 
3) 
 
6. Bir yilda qorako`l qo`ylaridan ______ kg, jaydari qo`ylardan ____ kg va xisor 
qo`ylaridan ______ kg jun qirqib olinadi. 
 
7.  Shirkat  xo`jaligida  25000  bosh  qo`y  bor,  shundan  75%  mayin  junli,  25% 
dag`al  junli,  mayin  junli  qo`ylardan  5.5  kgdan,  dag`al  junlilardan  2  kgdan  jun 
qirqib  olingan.  Maxsus  jixozlarda  jun  yuvib  quritilgandan  keyin  200  gramlik  jun 
namunalaridan mayin junda 72,7g, dag`al junda 130,2g toza jun qolgan. Mayin va 
dag`al juning xisob miqdorini aniqlang. 
 
8. Shirkat 5900kg chiqimi 35% lik mayin jun topshirishi kerak edi. Xaqiqatda 
4850kg  chiqimi  37%  li  jun  topshirdi.  Shirkat  jun  sotish  shartnomasini 
bajaraoladimi va farq qanday bo`ladi. 

 
209 
9. Qorako`l terilari quyidagi ko`rsatkichlari bo`yicha baxolanadi: 
a) 
b) 
v) 
g) 
d) 
e) 
j) 
z) 
i) 
 
10.  Tuzlangan  qorako`l  teri  700sm

,  tuzlanmay  quritilgan  bo`lsa  900sm


oshlangan bo`lsa 800sm
2
 ni tashkil etsa qanaqa qorako`l teriga kiradi. 
 
11.  Quruq  tuzlanganda  350-700sm
2
,  tuzsiz  quritilgan  bo`lsa  350-900sm
2

oshlangan bo`lsa 400-800sm
2
 bo`lganda qanaqa qorako`l teriga kiradi. 
 
12.  Quruq  tuzlanganda  va  tuzsiz  quritilganda-350sm
2
  dan  kam,  oshlangan 
bo`lsa 400sm
2
 dan kam bo`lgan taqdirda qanaqa qorako`l teri xisoblanadi. 
 
13. Qo‟ylarda 4 hil semizlik kategiriyalari mavjud:  
a)  
b)  
c) 
 d) 
15. Quyidagi go‟shga topshirilgan  qo‟ylarning tirik vaznini aniqlang  
№  Qo‟ylar guruhi  
Semizligi  
Go‟sht, kg   Tirik vazni, kg  

Qo‟chqor  (puchlangan) 
Oliy  
67.0 
 

Sovliq (puchlangan) 
O‟rta  
59.0 
 

Sovliq (puchlangan) 
O‟rtadan past   57.0 
 

Qo‟zi  
O‟rta  
27.0 
 
 

 
210 
Qo‟ylarda go‟sht chiqimi va tirik vazniga o‟tkazish koefisentlari:  
 
Go‟sht, chiqimi % 
Koefisent  
Oily semizlik  
40.0 
2.48 
O‟rta semizlik  
38.8 
2.57 
O‟rtadan past semizlik  
37.0 
2.07 
Oriq semizlik  
35.5 
2.82 
 
15.  Puchaklangan  bo‟rdoqilangan  qo‟chqor  75  kg  vaznga  ega  bo‟lib,  uni 
so‟ygandan    45  kg  nimta  va  ichki  yog‟  olingan,puchaklanib  bo‟rdoqilangan  62 
kglik sovliq, so‟yilganda 40 kg nimta va ichki yog‟ olingan, qo‟chqor va sovliqning 
so‟yim chiqimini toping  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
211 
V BOB 
 
YILQICHILIK. 
 
Otlar  qadim  zamonlardan    buyon    insonning  yuldoshi    bo„lib  doim  og„irini 
yengil qilib kelgan. Ular minish, yuk tashish va qishloq xo„jalik ishlarini bajarishda 
bebaho  xizmat  qilgan.  Hozirgi  davrga  kelib  mexanizatsiyaning  rivojlangan 
sharoitida otlar o„z qadrini  yo„qotgani yo„q. Ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida 
kichik,  fermer,  dehqon  va  shaxsiy  yordamchi  xo„jaliklarda  barcha  yumushlarni 
bajarib,  bu  ishlar  mexanizatsiya  yordamida  bajarilganiga    nisbatan  bir  necha  bor 
arzon  tushadi.  Otlarni  ko„plab  qurilish,  yog„och  tayyorlash  ishlarida  ishlatish 
mumkin. Ular tog, cho„l va sahrolarda tengi yo„q ulov vazifasini o„taydi. 
Otlarning mamlakat himoyasi va ichki ishlar bo„linmalaridagi xizmatini ham 
unitmaslik kerak. 
Shuningdek otlarning sport va milliy ot o„yinlari orqali xalqimizning jismoniy 
va ma‟naviy takomillashuvidagi   xizmat beqiyos. 
Bundan tashqari otlar eng arzon go„sht va sut yetkazib beradigan chorvachilik 
sohasi bo„lib xizmat qiladi. 
Hozirgi  kunga  kelib  mamlakatimizda  150  ming  boshga  yaqin  ot  mavjud 
bo„lib,  ularning  ko„paytirish    barcha  mulk  shaklidagi  xo„jaliklarning  burchi 
hisoblanadi.  Mustaqillik  davrida  Respublikamizda  otlar  asossiz      kamayib  ketdi, 
chopqir, ko„pkari otlari go„sht uchun   so„yib yuborildi. 
Mustaqillik    yillarida  esa  yilqichilikni  rivojlanishi  uchun  barcha  yo„nalishlar 
ochib  berildi.  Hukumatimiz  tomonidan    maxsus  qaror  qabul  qilinishi  esa  sohani  
rivojlanishiga    zo„r  turtki  bo„ldi.  Endi  turli  mulk shaklidagi xo„jaliklar  yilqichilik 
bilan shugullanish imkoniyatlariga ega bo„ldilar. 
Otlar  sonining  fermer,  dehqon  va  shaxsiy  yordamchi  xo„jaliklarida  tez 
ko„payib borayotganligi  sevinchli holdir, bu jarayon davom etib boraveradi, chunki 
xalqimizning barcha udumlari sohaning rivojlanishiga mos tushadi. 
Mamlakatimizda    sohani  rivojlanishi  uchun  zarur  barcha  tabiiy,  iqtisodiy  va 
ijtimoyi  imkoniyatlar  mavjud.  Chunki  mamlakatimiz  hududida  yetarli  tabiiy 
yaylovlar  mavjud bo„lib yilqichilikni jadal rivojlantirish mumkin. Bundan tashqari 
ot  zavodlarining  faoliyat  ko„rsatishi,  otchoparlar  va  xususiy  ot  klublari  sohasini 
rivojlanishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. 
 
Otlarning qator biologik xususiyatlari. 
Boshqa    qishloq  xo„jalik  hayvonlaridan  ajralib  turadi.  Ularda  barcha  tana 
a‟zolari  shunchalik  mo„tanosib  rivojlanganki,  natijada  ular  tez  yugurish  va  og„ir 
yuk tortish imkoniyatlariga ega. Bundan tashqari otlarda markaziy nerv  sistemasi  
juda yaxshi rivojlangan bo„lib, inson uchun foydali shartli reflekslar ularda tez hosil 
bo„ladi. Ularda chutlash, eshitish va sezish a‟zolari mukammal rivojlangan. 
Otlarning asosiy biologik xususiyatlaridan ularning yil davomida yaylovlardan 
foydalanishdir,  ular    qish  paytida  ham  qalin  qor  tagidan  o„t  topib  yeya 

 
212 
oladilar,shuning  uchun  ham  ularga  qish  uchun  ko„plab  yem  xashak  zahiralarini 
jamgarishi  shart.  Qolaversa  ularga  juda    qimmat  turadigan  xashamatli  otxonalar 
ham  qurish  shart  emas.  Otlar  juda  kambag„al  yirik  va  mayda  shoxli  hayvonlar 
foydalana  olmaydigan  yaylovlarda  ham  o„zlari  uchun  yetarli  oziqalarni  topib 
yeydilar. 
Otlarning    eng  asosiy  xususiyatlaridan  ular  yaylovlardan  foydalanib  mo„l, 
arzon  va  mazali  go„sht,  sut  berish  qobiliyatiga  ega.  Hozirda  ot  go„shti  va  undan 
tayyorlanadigan qaziga kundan-kunga talab ortib bormoqda, chunki uning to„yimli 
va  parxez  ekanligi  shifokorlar  tomonidan  tasdiqlandi.  Biya  sutidan  tayyorlangan 
qimiz esa shifobaxsh, tez hazm bo„ladigan taom sifatida xalqimiz tomonidan suyib 
iste‟mol qilinadi. 
Otlarning yana bir  xususiyati biyalar bo„g„ozligini ma‟lum davrida ularning 
qonida  jinsiy  gormonlar  nisbati  keskin  ortadi,  shuning  uchun  qon  zardobidan 
biologik  stimulyator  sifatida  boshqa  urg„ochi  qishloq  xo„jalik  hayvonlarining 
serpushtligini oshirishda foydalanish mumkin. 
Otlar  sil  kasalligi  bilan  kasallanmaydi.  Otlar  tanasida  kasalliklarga  qarshi 
em(immunitet)  tez  va  muhim  hosil  bo„ladi,  shu  boisdan  u  yoki  bu  kasallikka 
emlangan  otlar  qon  zardobidan  boshqa  kasal  hayvonlarni  davolashda  dori  sifatida 
foydalanidi. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling