Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH CHORVACHILIKNING HOLATI VA RIVOJLANISHI.
- I . BOB QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI URCHITISH. I.1 Uy hayvonlarining kelib chiqishi va evolutsiyasi.
O’zbekiston Respublikasi oily va o’rta mahsus ta’lim vazirligi MAQSUDOV ILHOMJON, JORAEV JOMUROD YANGIBOEVICH, AMIROV SHAVKAT QO”ZIBOEVICH CHORVACHILIK ASOSLARI O‟quv qo‟llanma bakalavuraturaning 562100- meva- sabzavotchilik; 562100-agrokimyo va tuproqshunoslik; 562400- seleksiya va urug‟chilik; 5340100-qishloq ho‟jalik iqtisodi va uni tashkil qilish; buhgalteriya hisobi va audit yo‟nalishlari uchun mo‟ljallangan TOSHKENT 2012 2 Mualliflar: Maqsudov I. Jo‟raev J. Ya.,Amirov Sh.Q Taqrizchilar: 1. Ashirov M.I. O‟zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, q.h.f.doktori, professor 2. Hamraqulov R. Toshkent Davlat Agrar Universiteti Zootehniya kafedrasining dosenti, q.h.f.nomzodi 3 Аннотация Ushbu oquv qo‟llanma Oliy-oquv yurtlari meva-sabzavotchilik seleksiya va urug‟chilik, qishloq ho‟jalik iqtisodi va uni boshqarish, buhgalteriya hisobi va audit bakalavuriat yo‟nalishlari “Chorvachilik asoslari” fan dasturi asosida yozilgan bo‟lib, u kirish, qishloq ho‟jalik hayvonlarini urchitish va oziqlantirish, qoramolchilik, qo‟ychilik, yilqichilik, cho‟chqachilik, parrandachilik va chorva mahsulotlarini qayta ishlash tehnologiyasi boblaridan iborat. O‟quv qo‟llanma lotin alifbosida tushunarli tilda yozilgan bo‟lib, o‟z ichiga nazorat savollari, test topshiriqlari hamda bobni o‟zlashtirish uchun topshiriqlar bilan bo‟yitilgan. O‟quv qo‟llanmadan mutahassislar, rahbarlar, fermer va dehqon ho‟jaliklari sohiblari ham foydalanishlari mumkin. Аннотация Учебное пособия подготовлен для бакалавриатуры высших учебных заведений по направлениям 5621100 плодоовощеводства, 5620100 агрохимия и агропочведение, 5620400 селекция и семеноводство, 5340100 агроэкономика, 5340900 бухгалтерский учет и аудит. Учебное пособие составлен в соответствие с типовой программой, состоит из следующих разделов, разведения и кормления сельскохозяйственных животных, скотоводство, овцеводство, коневодство, свиноводство, птицеводство и переработка продуктов животноводства. Учебное пособие написан на латинском шрифте, понятном языке и включает в себе контрольные вопросы, тестовые задания, задачи для самостоятельной работы и усвоению материалов. Учебным пособием могут пользоваться в фермерских, дехканских и личных подсобных хозяйствах. Annotation The manual has been prepared for undergraduate higher education institutions in areas of gardening 5621100 , agrochemical and soil science 5620100 , plant breeding and seed-growing 5620400 , agroeconomics 5340100 , accounting and auditing 5340900 . Textbook can be used in farming a nd subsidiary farming. The manual assembled in compliance with the standard program and consists of the following sections , breeding and feeding of farm animals, cattle , sheep, horse, pig , poultry farming and processing of livestock products. Sections include the breeding of farm animals , feed and feeding of farm animals , technology, animal production and processing . The manual is written in the Latin font, plain language and includes quizzes , tests, assignment for self-study and assimilation of material. 4 KIRISH CHORVACHILIKNING HOLATI VA RIVOJLANISHI. Chorvachilik qishloq xo„jaligining ajralmas bir qismi bo„lib, xalq xo„jaligida alohida ahamiyat kasb etadi. Chorvachilikdan insonlar uchun zarur oziq-ovqat bo„lgan sut, go„sht va tuxum mahsulotlari olinadi. Bu ko„rsatkich orqali mamlakat aholisining farovonligi haqida fikr yuritish mumkin. Bundan tashqari chorvachilik sanoat uchun xomashyo manbai hisoblanadi. Ularga jun, teri, barra teri, shox, tuyoq va boshqa mahsulotlar kiradi. Chorva hayvonlari va parrandalari chiqindilari mahalliy ug„it sifatida yer unumdorligini oshirishda beqiyos o„rin tutadi. Masalan: bir sigirdan bir yilda olingan gung bilan 1ga yerni mahalliy ug„itga bo„lgan talabini qondirish mumkin. Shu boisdan chorvachilikning asosiy vazifasi chorvachilik mahsulotlarini ko„paytirish evaziga xalqning oziq-ovqat, sanoatni esa xomashyo bilan ta‟minlashdan iboratdir. Buning uchun tabiiy oziq-ovqat zonasining barcha xalqalarini mustahkam bog„lanishiga erishish kerak. Bu zanjir tuproq – o„simlik – o‟git -hayvon – odamdan iborat bo„lib, doimo fan va texnika yangiliklariga muhtoj. Qishlok xo„jalik – dehqonchilik va chorvachilik sohalari bir-biri bilan uzviy bog„lik bo„lib, bir-birini tuldiradi, ular bir-birisiz ijobiy natijalarga hech qachon erishaolmaydilar. Tabiiy manbaalar va ekilgan yerlardan olingan mahsulotlarning 75 % inson to„gridan-to„gri iste‟mol qila olmaydi, Shuning uchun ularni albatta qishloq xo„jaligi hayvonlari va parrandalarining tanasi orqali o„tkazilib sut, go„sht, tuxum kabi noyob mahsulotlar olinadi. O„z navbatida hayvonlar va parrandalar iste‟mol qilgan oziqalari tarkibidagi 40 % organik va 70 % mineral moddalarni tanasiga singdira olmay tashqi muhitga chiqarib yuboradilar, Bu chiqindilar gung sifatida tuproqdagi mikroorganizmlar uchun oziqa bo„lib, uning unumdorligini oshirishda asosiy omil bo„lib qoladi. Mustaqil O„zbekiston xalq xo„jaligining ajralmas qismi, qishloq xo„jaligining rivojlanishi, xalqimiz farovonligini ta‟minlashda alohida o„rin tutadi. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov qishloq xo„jaligida tub islohotlarni o„tkazishda sobitqadamlik bilan olib borayotgan siyosati, qishloq xo„jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko„paytirishda bosh omil bo„lmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimovning bu boradagi farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bu sohadagi islohotlarni bosqichma-bosqich olib borishning imkoniyatlarini ochib berdi. O„zbekiston Oliy Majlisining 1 chaqirik X sessiyasida mamlakat Prezidenti I.A.Karimovning «Qishloq xo„jaligida islohotlarni chuqurlashtirish serobchilik 5 manbai» mavzusida qilgan ma‟ruzasida qishloq xo„jaligining yosh mustaqil davlat iqtisodi va siyosatidagi ahamiyatiga bafurja to„xtab o„tdilar. O„zbekistonda umumiy aholining 49 % qishloq xo„jaligi bilan bog„liqligi bu sohaning dolzarbligidan dalolat beradi. Bundan tashqari Prezidentimiz qishloq xo„jaligida yerga, hayvonlarga, asosiy ishlab chiqarish vositalariga egalikni ta‟minlash kerakligi to„g„risida gapirdilar. O„zbekiston Oliy Majlisining 1 chaqirik XI sessiyasida yangi qonunlar – «Yer to„grisidagi qonun», «Qishloq shirkat xo„jaliklari to„g„risidagi qonun», «Fermer xo„jaligi to„grisidagi qonun», «Dehqon xo„jaligi to„grisidagi qonun»lar qabul qilinishi qishloq xo„jaligini, shu jumladan chorvachilikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini ochib berdi. O„zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimiz Oliy Majlisining 1 chaqirik XIV sessiyasida «O„zbekiston XXI asrga intilmoqda» mavzusida qilgan ma‟ruzasida respublikamiz mustaqilligining 8 yilida qilingan ishlar sarhisob qilinib, XXI asrda qilinishi zarur ishlar o„z aksini topgan. Ayniqsa mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy o„zgarishlar chuqur tahlil qilib borilgan. Prezident farmonlari bilan bir katorda Vazirlar Maxkamasining qarorlari qishloq xo„jaligida islohotlarni o„tkazishda asosiy omillardan biri bo„lib hisoblanadi. 1991 yil 30 dekabrda 315-sonli qaror «Respublikada dehkon (fermer) xo„jaliklarini yanada rivojlantirish va mustaxkamlash choralari haqida». 1993 yil 15 martdagi «Respublikada chorvachilikdagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari haqida». Mamlakatda yetishtirilayotgan go„shtning 94 %, sutning 96 % xususiy sektor xissasiga to„gri kelmoqda. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi «Shaxsiy yordamchi, dehkon va fermer xo„jaliklarida chorva mollarini ko„paytirishni rag „batlantirish chora-tadbirlari to„grisida» gi PK-308 qarori ikkinchi bandiga asosan ma‟qullangan «2006-2010 yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehkon va fermer xo„jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko„paytirishni rag„batlantirish dasturi»da esa shu maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilangan: - 2010 yilda qoramollar sonini 2005 yildagiga nisbatan shaxsiy yordamchi va dehkon xo„jaliklarida 40,2 % yoki 2422,5 ming boshga ko„paytirib, 8450 ming boshga, fermer xo„jaliklarida 98 % ko„paytirib, 655 ming boshga yetkazish; - shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo„jaliklariga zooveterinariya va boshqa servis xizmatlari ko„rsatuvchi infratuzilmalar tarmog„ini rivojlantirish maqsadida, besh yil davomida qo„shimcha 575 ta zooveterinariya shahobchalari,330 ta sun‟iy urug„lantirish punktlari tashkil qilib, zooveterinariya shahobchalari sonini 2343 taga, sun‟iy urug„lantirish punktlari sonini 884 taga yetkazish; 6 - naslchilik xo„jalik maqomi berilgan fermer xo„jaliklarida hamda zoti yaxshilangan qoramollarni ko„paytirish bilan shug„ullanayotgan fermer xo„jaliklarida besh yil davomida 100,8 mingta naslli va zoti yaxshilangan mol yetishtirib, ularni auksionlar orqali shaxsiy yordamchi, dehkon va fermer xo„jaliklariga sotish belgilangan. 1994 yil 21 yanvar 74-sonli «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora- tadbirlari to„grisida» gi qarorni kursatish mumkin. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining «Shaxsiy yordamchi, dehkon va fermer xo„jaliklarida chorva mollarini ko„paytirishni rag„batlantirish chora- tadbirlari haqida» gi qarori chorva rivojiga katta ta‟sir o„tkazmoqda. O„zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan «Veterinariya to„grisida»gi, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «Naslchilik to„grisida»gi qonunlari chorvachilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo„ldi. Respublika Vazirlar Maxkamasining 1993 yil 15 martdagi «Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to„grisida»gi, 1999 yil 23 fevraldagi «Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehkon, fermer xo„jaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari to„grisida»gi, 2006 yil 23 martdagi «Shaxsiy yordamchi, dehkon va fermer xo„jaliklarida chorva mollarini ko„paytirishni rag„batlantirish chora-tadbirlari to„grisida»gi qarorlari esa sohani taraqqiy ettirish jarayonida asosiy dastur bo„lib xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachiliknining rivojlanishi o„ziga xos xislatlarga ega. Ular mulkni davlat tasarrufidan chiqarilib xususiylashtirilishi, turli mulk shaklidagi chorvachilik xo„jaliklarining faoliyat ko„rsatishi, chorva mahsulotlariga davlat xarid narxlarini va rejalarini bekor qilinishi, barcha chorvachilik xo„jaliklari o„rtasida odil, erkin raqobatni tashkil qilishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachilik fermalari davlat rejasi asosida emas, mahsulot ishlab chiqarishni bozor talabidan kelib chiqib tashkil qiladi. Bu esa bozorda chorvachilik mahsulotlarni talab va taklif nisbatida olib borishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida O„zbekistonda shaxsiy yordamchi,dehkon va fermer xo„jaliklari faoliyat ko„rsatishlari mumkin, Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulot nisbatida xususiy mulkning ulushi ortib boraveradi. Bu esa bozorda sifatli va arzon chorva mahsulotlari turlarini ta‟minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha turdagi mulk shaklidagi xo„jaliklarning erkin raqobat qilishlari uchun xuquqiy va iqtisodiy asoslar yaratib beriladi. Barcha mulk shaklidagi xo„jaliklarda ishlab chiqarishni to„gri tashkil qilish natijasida chorvachilik mahsulotlarining tannarxini kamaytirish, bozor imkoniyatlaridan kelib chiqib sotishni tashkil qilish, hamda asosiy chorva mahsulotlarini xo„jalikning o„zida qayta ishlab tayyor mahsulot xolida sotishni 7 taqozo etadi. Bu borada yangi mahsulotlar turlarini tayyorlash, ularning sifatini jahon andozalari talablariga javob beradigan holatga keltirishni talab etadi. O„zbekistonda chorvachilikni rivojlanishi uchun mustaqillik yillarida barcha shart-sharoitlar yaratib berildi, Uning xuquqiy va iqtisodiy asoslarini xukumat tomonidan yaratilishi chorvadorlarni erkin faoliyat ko„rsatishlari uchun imkoniyatlar yaratib berdi. Mamlakat chorvachiligida sifat o„zgarishlar ro„y bermoqda yoki mulk davlat tasarrufidan chiqarib xususiylashtirilmoqda, bu esa o„zining ijobiy natijalarini bermoqda. Ko„plab fermalar xissadorlik, xususiy mulkka aylandi, yangidan minglab fermer va dehqon xo„jaliklari barpo etilmoqda. Mamlakatimizda chorvachilikning taqdirini, albatta xususiy mulkka asoslangan chorvachilik xo„jaliklari tashkil qilishi aniq. Hozirgi kunda mamlakatimizda 214 000 dan ortiq fermer, shundan 13000 tasi chorvachilik va 3 mln.dan ko„proq dehqon xo„jaliklari mavjud bo„lib, ular chorvachilik bilan shug„ullanmoqdalar, Shuning uchun yildan-yilga chorva bosh sonlari ko„payib, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko„payib bormoqda, bu asosan xususiy mulkka asoslangan chorvachilik xo„jaliklari evaziga ro„y bermoqda. O‘zbekistonda chorva bosh sonlarining oshishi. (yil boshida, ming bosh) Hayvonlar turi Yillar 1917 1941 1961 1991 2012 Jami qoramollar 1342 1672,3 2231,7 4508,8 9642.0 Shu jumladan sigirlar 487 621,6 873,9 1856,4 3878,2 Qo„y va echkilar 3821 5792,0 8901,0 9229,6 16187,1 Otlar 517 456,8 200,8 105,2 184,6 Parrandalar x 5458,3 7810,3 36025,6 42731,2 Qoramollar bosh sonining mustaqillik yillarida jadal o„sganligiga guvoh bo„lamiz, yoki u 113,8 % ni tashkil etgan. Shu jumladan sigirlar sonini tez suratlar bilan o„sib borishi ijobiy ko„rsatkich hisoblanadi, yoki 20 yilda ular soni 108,9 % ko„payib, poda tarkibining 40,3 % ni tashkil qilib, to„liq zootexnikaviy talablar darajasida deyish mumkin. Qoramollarning barchasi fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo„jaliklar evaziga to„g„ri keladi. Qo„y va echkilar mustaqillik yillari 75,4 % ga ko„payib, ularning asosiy qismi xususiy mulkka asoslangan xo„jaliklarda, bir qismi xukumat qarori bilan qoldirilgan korako„lchilik shirkat xo„jaliklari evaziga to„gri keladi. Mustaqillik yillarida mamlakatda go„sht yetishtirish 98,3 % ga, sut yetishtirish 123 % ga ortishi quvonarli hol hisoblanadi. Tuxum yetishtirishning biroz kamayishi sanoat parrandachiligida mulk shaklining o„zgarishi yoki barcha parrandachilik korxonalarining to„lik quvvatlar bilan ishlamasligi hisoblanadi. Hozirgi kunda bu sohani jadal rivojlanishi uchun 8 barcha sharoitlar yaratib berilgan. Yirik parrandachilik korxonalari bilan birga kichik parrandachilik va fermer xo„jaliklari tez rivojlanib bormoqda. Mahsulotlar Yillar 1960 1990 2012 Go„sht (tirik vaznda, ming tonna) 359,6 789,1 1564,2 Sut, ming tonna 847,6 3034,2 6766,2 Tuxum, mln.dona 457,8 2452,9 3441,7 Jun, ming tonna 12,9 24,4 26,5 Qorakul, ming dona 1892,0 1483,0 934,9 Pilla, ming tonna 14,6 33,0 25,0 Keyingi yillarda chorvachilikni rivojlantirish uch ildizga suyangan holda olib borilishi shart. Birinchi navbatda mamlakatimizda mustahkam yem-xashak bazasini yaratishdan iborat bo„lib, bu masalani amalga oshirish uchun almashlab ekish, oraliq va takroriy ekinlar ekishni joriy etish. Xashaki ekinlar hosildorligini oshirish evaziga har gektar xashaki ekin maydonidan 100-150 s. oziqa birligi olishni ta‟minlash kerak. Fermalarni nasldor mollar bilan ta‟minlash uchun barcha mulk shaklidagi chorvachilik xo„jaliklariga naslchilik ishlarini andozalar asosida yo„lga qo„yish Turli mulk shaklidagi xo„jaliklarda yangi jadal texnologiyalarni joriy qilish asosida jahon andozalari darajasida ishlab chiqarishni tashkil qilish. Ayniqsa fermer xo„jaliklarida yangi jahon tajribasida sinovdan o„tgan texnologiyalarni joriy qilish bu sohani faqat obro„yini oshiradi. Mamlakatda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni ko„paytirish uchun hayvonlarning mahsuldorligini keskin oshirishni taqozo etadi. Buning uchun mamlakatda har bir sigirdan sog„ib olinayotgan sutni dastlab hech bo„lmaganda 3000 kg.ga yetkazish, 2 barobar sut yetishtirishni ko„paytirish imkonini beradi va xalqimizning sut mahsulotlariga bo„lgan talabini to„liq qondirishni ta‟minlaydi. Go„sht uchun topshiriladigan chorva hayvonlarining o„rtacha vaznini oshirish bu borada bosh omil bo„lmog„i kerak yoki qoramollar vaznini 400-450 kg, qo„ylarni 50 kg, chuchqalarni 120-130 kg.ga yetkazib go„shtga topshirish, kamida 2 barobar go„sht yetishtirishni ko„paytirib xalqimiz talabini qondiradi. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi «Shaxsiy yordamchi, fermer va dehqon xo„jaliklarida chorva mollarini ko„paytirishni rag„barlantirish chora-tadbirlari to„g„risidagi», 21 aprel 2008 yildagi “Shahsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‟jaliklarida chorva mollar ko‟paytirishni ragbatlantirishni kuchaytirush hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‟shimcha chora –tadirlar to‟g‟risida”gi qarorlari mamlakatimizda chorvachilikni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berdi. Ushbu qaror barcha toifadagi xo„jaliklarda chorva mahsulotlari yetishtirishni ko„paytirish va ijtimoiy masalalarni hal etish imkoniyatlarini ochib berdi. 9 I . BOB QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI URCHITISH. I.1 Uy hayvonlarining kelib chiqishi va evolutsiyasi. Qishloq xo„jalik hayvonlarining kelib chiqishini o„rganish nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Hayvonlarning kelib chiqishini o„rganish bilan ulardagi evolutsion jarayonda ro„y bergan o„zgarishni ilg„ash bilan birga amaliy ahamiyat kasb etadi, ya‟ni yovvoyi ajdodlardan foydalanib yangi zotlar yaratish, mavjudlarini takomillashtirish imkoniyatlarini beradi. Qishloq xo„jalik hayvonlarini qo„lga o„rgatish va xonakilashtirish bundan 10- 12 ming burun ibtidoiy odamlarning yovvoyi hayvonlarni ovlashidan boshlangan. Ovdan bo„shashgan va yarador hayvonlarning olib kelinishi, yosh yovvoyi hayvonlarni turli usullar bilan ushlab ularni qo„ra yoki g„orlarda saqlash qo„lga o„rgatishning boshlanishidan dalolat, odamlar ushbu hayvonlarni asosan zaxira go„sht va hayrat uchun saqlaganlar. Qo„lga o„rgatilgan hayvonlarni odamlar himoya qilgan, oziqlantirilgan, asragan, lekin ko„pchilik hollarda ular tutqunlikda avlod bermaganlar, ayrimlaridan shunday sharoitda ham avlod olingan. Yosh hayvonlar osonroq qo„lga o„rgangan. Uy hayvonlarining kelib chiqish mintaqalari ularning yovvoyi ajdodlarini tarqalishiga qarab ro„y bergan. Asosiy xonakilashtirish mintaqalari bo„lib Yefrat va Tigr daryolari vodiysi, Hindiston, Hindixitoy, Xitoy, Shimoliy-Sharqiy Afrika-Nil daryosining quyi oqimi, Kavkaz orti, Dnepr daryosining quyi oqimi, Eron va O‟rta Osiyo hisoblanadi. Ko„pchilik hayvonlar Osiyoda qo„lga o„rgatilib, xonakilashtirilgan(it, qoramol, ot, qutos, echki, qo„y, cho„chqa, bug„u, ikki o„rkachli tuya, tovuqlar, tovuslar, kaptarlar, g„ozlar, o„rdaklar, asalari va ipak qurti, Yevropada- it, qoramol, ot, qo„y, quyon, cho„chqa, g„oz, o„rdak va asalarilar hisoblanadi. Amerikada lamalar, kurkalar va muskus o„rdaklari, Avstraliyada esa faqat nandu tuyaqushlari xonakilashtirilgan). Yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirilishi qator fanlar va usullar yordamida ikkilamchi ko„rsatgichlar asosida o„rganiladi: arxeologik, anatomik, fiziologik, etnografik. Arxeolglar qo„rg„onlar, ibtidoiy kulbalar joylarini qazish natijasida topilmalar chiqqan qatlamlar asosida xonakilashtirilish yoshini aniqlaydilar. Anatomlar esa qazilmalarda topilgan suyaklarni hayvonlarning suyaklari bilan solishtirib o„xshashligini va evolutsiya davomidagi o„zgarishlarni bilib oladilar. Fiziologik usul yordamida xonaki hayvonlar bilan yovvoyi ajdodlarining oqsil tarkibi, qoni bilan solishtirib ularning kelib chiqishini aniqlash mumkin. Etnografik usul esa ajdodlarimizning hayvonlarning tasviri tog„, qoya toshlariga va turli madaniy turmush ashyolarga tushirishiga qarab aniqlanadi, ya‟ni qoya tasvirlar hozirgi hayvonlar tana tuzilishi bilan solishtirib turiladi. Hayvonlar quyidagi guruhlarga bo„linadi: 10 A) Yovvoyi hayvonlar-tabiat mahsuloti bo„lib, himoya tusi, ko„zgaluvchan nerv tipi, kam mahsuloti va kech yetilishi bilan ta‟riflanadi. B) Qo„lga o„rgatilgan hayvonlar-tutqunlikda ko„payishi va avlod qoldirish imkoniyatlaridan mahrum(fillar, ov burgutlari). V) Uy hayvonlari – xonakilashtirilgan va inson mehnati singgan hayvonlar. G) Qishloq xo„jalik hayvonlari – xonaki hayvonlar bo„lib, insonlarning chorva mahsulotlariga bo„lgan talablarini qondirish maqsadida ishlab chiqarishda foydalanadilar. Ibtidoiy odamlar dastlab osonlikcha qo„lga o„rgatish mumkin bo„lgan mayda hayvonlarni xonakilashtirishgan. Itlardan keyin 7-8 ming burun qo„y va echkilar qo„lga urgatilgan. Qo„ylarning yovvoyi ajdodlari bo„lib muflon, arhar va argali hisoblanadi. Echkilar qilichsimon va parsimon shoxli, hamda ibeks yovvoyi echkilaridan kelib chiqqan. Bundan 5-6 yil ilgari Osiyo va Yevropa tung„izlari xonakilashtirilgan. Qoramollar eramizdan 5 ming yil oldin xonakilashtirilgan, uning ajdodi – tur hisoblanadi, faqatgina 4-5 ming yil burun otlar xonakilashtirilgan. Otlarning ajdodi bo„lib Prjevalskiy oti va tarpan hisoblanadi. Eshshaklar yovvoyi Afrika eshshaklaridan kelib chiqqan. Eramizdan 3-2 ming yil oldin ikki o„rkachli(bakterian), bir o„rkachli(dramedar) tuyalar xonakilashtirilgan. Shimol bug„ulari esa otlardan oldin yovvoyi shimol bug„usidan kelib chiqqan. Quyonlar eramizdan oldingi I asrda yovvoyi quyonlardan, xonaki o„rdaklar eramizdan oldingi I asrda yovvoyi- baqirok o„rdaklarni xonakilashtirish natijasida, g„ozlar yovvoyi kulrang g„ozdan, kaptarlar yovvoyi kaptarlar, asalarilar yovvoyi asalaridan, karp baliqlar esa zog„ora baliqdan kelib chiqqan. Xonakilashtirishdan keyin evvolutsion jarayonda hayvonlar keskin o„zgarib o„zlarining yovvoyi ajdodlaridan ancha farqlanadilar. Hayvonlar tirik vazni, mahsuldorligi, tana tuzilishi va tana qismlarining nisbati bilan har xillikga erishganlar. Ularning yovvoyi ajdodlari tabiiy tanlash oqibatida bir xillikda bo„ladi. Xonaki hayvonlar vazni ba‟zilarida yovvoyi xillariga nisbatan oshgan bo„lsa, ba‟zilarida kamayganligiga guvoh bo„lamiz. Romanov va qorako„l qo„ylari tirik vazni hisor qo„ylariga nisbatan 2 barobar kam. Simmental zotli qoramollar jersey zotli qoramollarga nisbatan qariyib ikki barobar ko„p tosh bosadi. Skelet o„zgarib, u yengil, suyaklari bo„shashib, nimjonlashgan. Xonaki hayvonlar o„z qismi qisqargan (qoramol, cho„chqa, it). Shox yovvoyi hayvonlarda yirik bo„lib himoya vazifasini o„tagan(turda uning uzunligi 1,5 m, vazni 15 kg bo„lgan), hozirgi hayvonlarda u kichrayib, ba‟zilarida yuqolib ketgan(aberdin-anguss zoti). Mushaklari bo„shashgan, noziklashgan, ba‟zi hayvonlarda yog„ bilan qoplangan(marmar go„sht). Teri yupqalashgani bilan teri osti kletchatkasi kuchli rivojlangan, ayniqsa bu hol go„sht yo„nalishidagi hayvonlarga taalluqli(cho„chqa, qo„y, qoramol). Terida burmachalar paydo bo„lgan. 11 Ichki a‟zolar qator o„zgarishlarga uchragan. Hayvonlarning mo„l-ko„l oziqlantirish, ayniqsa yemdan ko„p foydalanish cho„chqalarga ichak kaltalashib, qoramol va quyonlarda o„zaygan. Yurak hajmi kichiraygan(arhar yuragi xonaki qo„y yuragidan 2 barobar hajmi), o„pka, buyrak faoliyati ancha susaygan. Yovvoyi hayvon asosan bir xil himoya tusiga ega bo„lgan bo„lsa, xonaki hayvonlarda rang-baranglik uchraydi, oqdan tortib olagacha. Yovvoyi hayvonlar juni dag„al bo„lgan, xonaki qo„ylar juni uzun va mayinlashgan, ba‟zi hayvonlarda jun butunlay yo„qotilgan(junsiz cho„chqalar). Mayin junli qo„ylarda bir xil faqat tivitdan iborat jun qirqib olinadi. Evolutsion jarayonda hayvonlar mahsuldorligi keskin oshgan, unga jussaning kattalashishi, ayrim tana qismlarining keskin rivojlanishi(orqa, bel, biqin) hayvonlardan ko„p sifatli, nozik, shirador go„sht olish imkonini yaratib bergan. Yovvoyi hayvonlar faqat o„z bolalarini boqishga yetarli sut ishlab chiqarganlar, xonaki hayvonlarda sut(sigirlar) 8-12 marta, tovuqlar tuxumdorligi 10-15 barobar, qo„ylarning jun mahsuldorligi bir necha barobar ortgan. Xonakilashgan hayvonlarda jinsiy va jismoniy balog„at yoshi ikki barobar kamaygan, yoki ular tez yetiluvchan bo„lganlar. Jinsiy faoliyatining mavsumiyligi yo„qotilib, yil davomida bola olish mumkin bo„lib, hayvonlarning pushtdorligi oshgan. To„ng„izlar bir yilda bir marta tug„ib 4-6 cho„chqa bolasi bergan bo„lsa, xonaki cho„chqalar bir yilda 2-2,5 marta tugib 20-25 cho„chqa bolasi beradi. Xonakilashtirish jarayonida hayvonlar asab faoliyati ham o„zgarishga uchradi. Ular kam harakat, yuvvosh bo„lib, xurkaklik va g„araz fe‟llarini, hamda yovvoyi hayvonlar ba‟zi shartli va shartsiz reflekslarini yo„qotgan. Xonakilashtirish jarayonida ro„y bergan o„zgarishlarning sababi quyidagilar hisoblanadi: 1. Harakatlanishning chegaralanishi. Hayvonlarning erkinlikni yo„qotishi(chegaralangan joyda saqlash) organizmdagi o„zgarishlarga sabab bo„lgan, muskullar ishi susayganligi uchun ko„proq yog‟ 2. to‟planadi, skelet bo„shashdi, yurak, upka va boshqa a‟zolar faoliyatining pasayishiga sabab bo„ldi. 3. Oziqlantirish sharoitining o„zgarishi. Oziqlantirish me‟yori va xilining hayvon talablariga to„liq javob berishi ularning mo„tanosib rivojlanishi va yuqori mahsuldorligiga sabab bo„ldi. 4. Hayvonlarni odamlar o„z himoyasiga olishi, ularning bo„shashishiga, tabiiy tanlash ta‟sirining yo„qolishiga olib keldi. 5. Insonlar hayvonlarni tanlash natijasida o„zi uchun kerakli hayvonlarga erishdi. 6. Hayvonlarni bir jug„rofiy xududdan boshqa xududga, bir qit‟adan ikkinchi qit‟aga olib o„tilishi ularning evolutsion jarayoniga sezilarli ta‟sir ko„rsatadi. 7. Hayvonlarni favqulodda turli tur, zot, xillarini chatishtirish ularning shakllanishiga sabab bo„ldi. 12 8. Oxirgi XIX asr oxiri va XX asrda hayvonlarni ongli tanlash va juftlash, yosh hayvonlarni maqsadli o„stirish ularning shakllanishida asosiy o„rin to„tadi. Hayvonlar evolutsion jarayonida inson harakatlantiruvchi kuch bo„lib maydonga tushgan. Yer yuzidagi 1500 mingdan ortiq turdagi mavjudoddan inson faqat qishloq xo„jalik ishlab chiqarishga faqat 60 turinigina jalb qila oldi xolos, shularga ipak qurti, asalari va karp balig„i ham kiradi. Xonakilashtirilgan hayvonlar ikki tipga mansub: A) Xordalilar tipi, umurtqalilar kenja tipi; sut emizuvchilar, qushlar va baliqlar sinfi, sut emizuvchilar sinfidan. Jufttuyoqlilar turkumiga(qoramol, qo„tos, gayal, banteng, buyvol, shimol bug„isi, echki, tuya, lama, qo„y va cho„chqa); Yirtqichlar turkumi (it, mushuk); kemiruvchilar otryadi (quyonlar); qushlar sinfidan (tovuq, tovus, tustovuq, sesarka, kurka). Suvda suzuvchi parrandalar turkumidan (o„rdak va g„oz). Kaptardoshlar turkumidan (kaptar). B) Bug„inoyoqlilar tipi, hashoratlar sinfi, pardaqanotlilar turkimi(asalari); tangacha qanotlilar turkumi (ipak qurti). Tabiatda hali foydalanilmagan hayvonot olami vakillari mavjud, shu boisdan xonakilshtirish jarayoni tugallangan deyish qiyin. Bu jarayon ba‟zi mo„ynali hayvonlar, bug„ular, loslar, tuyaqushlar, bedonalar va boshqalarda davom etmoqda. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling