Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oziqalarni yediririshga tayyorlash
- Oziqalar klassifikatsiyasi.
- Senaj
- Tuganak mevalarga
- Boshoqli donlarning kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi.
- Yog‘ sanoati chiqindilari
- Kraxmal sanoati chiqindilari
- Spirt sanoati chiqindilari
- Pivo sanoati chiqindilari
- Qand sanoatini chiqindilari
- Oziq-ovqat chiqindilari
- Hayvonot dunyosidan olingan oziqalar
- Sut va uni qayta ishlash mahsulotlari
Agrotexnika tuyimli moddalar miqdori va o„simlik hosildorligiga sezilarli ta‟sir ko„rsatadi. O‟simlik ayegetasiyasining kerakli davrlarida zarur agrotexnika tadbirlarini o„tkazish(sug„orish, yumshatish, o„g„itlash) o„simliklarda ko„proq tuyimli moddalarni tuplanishini ta‟minlaydi. 71 O‟simliklarni kimyoviy himoya vositalari oziqa tarkibida hayvonlar uchun zaharli bo„lishi mumkin. Oziqalar tarkibida pestisidlarni me‟yordan ko„payib ketishi hayvonlarni zaharlashi mumkin. O‟simliklar vegetatsiya bosqichlari ularning tarkibi va to„yimliligiga katta ta‟sir qiladi. O‟simliklar vegetatsiyasining dastlabki bosqichlarida uninig tarkibidagi suv, protein va AEM ko„proq bo„ladi, kletchatka kamroq bo„ladi, bunday oziqa kuro„q moddasi oson hazm bo„ladi. Vegetasiyaning keyingi bosqichlarida kletchatkaning ko„payishi oziqani dag„allashtiradi va hazm bo„lishini qiyinlashtiradi. Boshoqli o„simliklarni- boshoqlash, dukkaklilarni g„unchalash va gullash boshlanishida urish maqsadga muvofiq, bu muddatlarni oldinga yoki keyinga surish hosildorlikni, yoki oziqalar to„yimliligini pasayishiga olib keladi. Tayyorlash usuli. Har bir o„simlik o„zining biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, iloji boricha me‟yoriy muddatlarda, kam jarohatlarsiz yig„ishtirib olishni talab qiladi. Turli usullarda pichan tayyorlash uning tuyimliligiga turlicha ta‟sir ko„rsatadi. AEModdalarining bir qismi siloslash, senaj bostirish yoki texnik chiqindilarnini quritishda yo„qolishi mumkin. Oziqalarni saqlash. G„aramning noto„g„ri shakli, o„lchamlari, usti yopilmasligi pichan sifatiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Silos yoki senaj bosishda me‟yorlarni buzish oziqa sifatini buzilishiga olib keladi. Lavlagini muzlatib qo„yish uning tuyimli moddalarning parchalanishiga olib keladi. Oziqalarni saqlashda namlik me‟yorlariga e‟tibor berish kerak, u pichanda 15- 17%, donlar va kepakda 12-14% , kunjara va shrotda 10-12%, o„t talqonida 9-12% ni tashkil etishi lozim. Oziqalarni buzilishiga sabab buluvchi mikroblar va zamburug„larni rivojlanishiga yo„l qo„ymaslik kerak. Oziqalarni yediririshga tayyorlash orqali ularni yaxshi yeyilishi, hazm bo„lishi va sifati yaxshilanishiga erishish mumkin. Birgini dag„al oziqalarni maydalab tuz, yem va ildizmevalar bilan qo„shib yedirish oziqalarning barcha xususiyatlarini yaxshilaydi. Nordon oziqalarni ishkor – ammiak, ohak, natriy bikorbonat bilan ishlab berish yaxshi natijalar beradi. Dag„al oziqalarni (somon, pohol, quruq poya) ohak yoki ammiak eritmasi bilan ishlab yedirish ularning hazmlanishi va o„zlashtirilishini ancha yaxshilaydi. Parranda donlar qancha maydalansa shuncha yomon hazm bo„ladi; o„t talqonini esa iloji boricha maydalab berish kerak. Cho„chqalarga donlarni un holida berish, butun va yorma qilib berishga nisbatan 2 barobar hazmlanishini oshiradi. Ba‟zi oziqalarga issiqlik ishlovi berish ijobiy ta‟siri bilan ba‟zan salbiy ya‟ni uning tarkibidagi oqsillar, B va S vitaminlarini parchalanishiga olib keladi. Oziqalarni qo„shib yedirish bir-birlarini to„ldiradi, to„yimli bo„lishini ta‟minlaydi. 72 Bu borada omixta yem ishlab chiqarish alohida ahamiyatga ega. Oziqalar klassifikatsiyasi. Oziqalar olinish manbai, tarkibi va to„yimliligi bilan farqlanadi. Energetik to„yimliligi bo„yicha barcha hajmli (1 kg 0,6 oziqada oz. birligidan kam) va konsentrat oziqalarga (1 kg oziqada 0,6 oz. birligidan ko„p ) bo„linadi. Olinish manbaiga qarab o„simlik, hayvonot,mineral mikrob va kimyoviy sintez bo„lgan oziqalarga bo„linadi. O‟simlik oziqalariga hamma turdagi ko„k oziqalar va ulardan konservatsiyalash natijasida tayyorlangan(pichan, silos, senaj, o„t talqoni va maydalangan pichan); dehqonchilik(somon, pohol, mardak); ildiz va tuganak mevalar va sabzavot chiqindilari; oziqa polizi; don va yog„li ekinlar urug„i; un,yog„, konserva, pivo, spirt, qand sanoati chiqindilari. Hayvonot dunyosi oziqalariga sut va sut mahsulotlari, go„sht va baliq sanoati chiqindilari, parrandachilik va inkubator, pillachilik va charm sanoati chiqindilari. Turli sanoat tarmoqlari chorvachilik uchun mineral oziqalar, oziqa achitqilari, vitaminli preparatlar, azotli birikmalar, antibiotiklar, fermentlar, gormonlar va davolash dorilari ishlab chiqaradi. Omixta yem sanoati o„simlik, hayvonot, mikrob, kimyo sanoati mahsulotlari asosida parranda va cho„chqalar uchun to„la qiymatli omixta yemlar ishlab chiqaradi. Bundan tashqari omixta yem sanoati oziqa qo„shimchalari va oqsil- vitaminli yoki oqsil-vitamin-mineralli qo„shimchalar ishlab chiqaradi. Qishloq xo„jalik hayvonlarini oziqlantirish turli xil oziqalardan foydalanib amalga oshiriladi. Ular o„zlarining kelib chiqishi va tarkibiga qarab qo„yidagi guruhlarga bo„linadi. 1. Shirali oziqalar. 2. Dag„al oziqalar. 3. Don oziqalar. 4. Sanoat chiqindilari(kraxmal, un, spirt, yog„ sanoati). 5. Oziq-ovqat chiqindilari. 6. Havonot dunyosidan olingan oziqalar. 7. Proteinli va boshqa qo„shimchalar. 8. Vitaminli va dori qo„shimchalar. 9. Mineral oziqalar. 10. Omixta yemlar. Shirali oziqalar –o„z tarkibida suv ko„p bo„lib, hayvonlar tomonidan suyib iste‟mol qilinadi va yaxshi hazm bo„ladi, chunki hujayralarda to„yimli moddalar erigan holda bo„ladi. Shirali oziqalarga ko„k oziqalar, silos, senaj, ildiz va tuganak mevalar, hamda xashaki poliz kiradi. Ko‘k oziqalar boshoqli va dukkakli bo„lib yaylovlarda yoki sug„oriladigan maydonlarda yetishtiriladi. Ulardan bahordan boshlab kech ko„zgacha, ba‟zan 73 konveyer tashkil qilganda yil buyi foydalanish mumkin. Ko„k oziqalar ayniqsa, protein, minerallar va vitaminlarga boy bo„ladi. Silos makkajo„xori, kunbokar va jo„xorilardan konservasiyalash natijasida olingan oziqa bo„lib, kovshovchilar va boshqa hayvonlar tomonidan suyib iste‟mol qilinadi. Bostirishda massa namligi 65-70% tashkil qiladi. Senaj dukkakli o„tlardan namligi 45-55% bo„lganda xandaklarga bosib tayyorlanadigan oziqa. Ildiz mevalarga sabzi, lavlagi kirib ular tarkibida suv va uglevodlar ko„pligi bilan ajralib turadi. Qizil sabzida esa karotin ko„p. Tuganak mevalarga kartoshka va yer noki(topinambur) kirib ular kraxmalga boy. Xashaki polizga tarvuz va qovoq kiradi,ular tarkibida 90-95% suv bo„lib, yengil hazm bo„luvchi uglevodlar mavjud. Sigirlarning sut mahsuldorligiga ijobiy ta‟sir etadi. Dag‘al oziqalarga pichan, somon, pohol, qurigan poya kiradi. Pichan o„z tarkibida faqat 15% namlik saqlab ancha to„yimli. Pichanlar boshoqli va dukkakli o„simliklardan tayyorlanadi. Olinishiga qarab tabiiy va eqilgan o„tlardan olinganlariga bo„linadi. Somon boshoqli o„simliklar doni yanchib olinganidan keyingi chiqindi hisoblanadi. Uning to„yimlilik darajasi past, asosan kovshovchilar va otlar iste‟mol qilinadi. Pohol sholi yanchib olingandan keyin olingan chiqindi bo„lib oziqa qiymati past, ko„pincha tushama sifatida foydalaniladi, kovshovchilar ratsionida ko„p bo„lmagan nisbatda foydalanish mumkin. Don oziqalar. Bu oziqalar hajmi kam bo„lib tuyimliligi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Donlarning kimyoviy tarkibiga qarab uglevodlarga boy – boshoqli donlar, proteinga boy dukkakli donlar va protein hamda yog„ga boy moyli ekinlarning urug„iga bo„linadi. Shu bois har bir qishloq xo„jalik hayvoni va parrandasining biologik va fiziologik xususiyatlariga qarab u, yoki bu dondan foydalanish maqsadga muvofiq. Yog„li ekinlar urug„idan yog„ olingandan keyin ularning kunjara va shrotlari foydalaniladi. Donlarning sifati va to„yimliligi ko„p omillarga bog„liq. Donlarni baholashda tabiiylik, hidi, yaltiroqligi, ta‟mi, namligi, tozaligi, nordoligi, zararkunandalar bilan ifloslanganligi inobatga olinadi. Boshoqli donlar. Barcha hayvonlar uchun oziqa sifatida foydalaniladi. Uning tarkibi va to„yimliligi….jadvalda keltirilgan. Boshoqli donlarda protein o„rtacha 10-14%ni tashkil qiladi. Protein 85-90% oqsillar va qolgan qismi azotsiz asparagin va erkin aminokislotalardan iborat. Boshoqli donlar ichida makkajo„xori donida protein, ayniqsa lizin, triptofan va glisin kami aminokislotalari kam uchraydi. Yog„ ushbu donlarda 2-5% tashkil etadi, ular minol va olein yog„ kislotalaridan iborat trigliseridlar holida uchraydi. 74 2.3.1.jadval Boshoqli donlarning kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Donlar Tarkibi, % 1 kg oziqada suv protein yog„ kletch atka AEM kul oz. birligi hazmlanuv- chi protein, g Makka- jo„xori 13 10,4 4,1 2,2 68,7 1,6 1,34 78 Arpa 1 10,1 2,1 4,0 68,0 2,8 1,21 81 Suli 13 11,0 4,7 9,8 58,2 3,4 1,0 85 Bug„doy 13 13,1 2,3 2,7 67,2 2,2 1,18 90 jo„xori 13 11,2 3,7 9,2 56,6 9,2 0,95 79 Qobik bilan o„ralgan(suli, arpa) boshoqli donlarda kletchatka ko„proq bo„ladi. Boshoqli donlarda kul 1,5-5% ni tashkil etib, kaliy va fosfat to„zlari ko„proq, kalsiy juda kam bo„ladi. Ayniqsa boshoqli donlarda karotin kam, (1 kg 5 mg), asosan sariq makkajo„xorida bo„ladi. Dukkakli donlar. Bu guruhga barcha dukkakli oziqa donlar kiradi. Bizda asosan bu maqsadda soya doni ishlatiladi. Barcha dukkakli donlar proteinga boy bo„lib, (22,2-34,5) soyadan tashqari donlar yog„ga kambag„al bo„ladi, soyada yog„ 17,4%ni tashkil qiladi. Dukkakli donlar proteini boshoqli donlar proteiniga nisbatan qiyinroq hazm bo„ladi va ulardan oziqa hazm qilish tizimida ko„proq gazlar hosil bo„ladi. Dukkakli donlar yog„i tarkibida holesterin va letisin ko„proq uchraydi. Ushbu donlarda boshoqli donlarga nisbatan mikroelementlar (kobalt, yod, molibden, rux) ko„proq, marganes kamroq uchraydi. Sanoat chiqindilari. Asosiy mahsulot bilan ko„pgina sanoat korxonalarida chiqindilar chiqadi, ular turli qishloq xo„jalik hayvonlari uchun oziqa sifatida foydalaniladi. Un, spirt va yog„ korxonalari chiqindilari chorva hayvonlari uchun qimmatli oziqalar hisoblanadi. Qoramollar va cho„chqalar uchun qand, pivo va kraxmal olishda chiqadigan chiqindilar yaxshi oziqa bo„lib hisoblanadi. Non, meva va sabzavotni qayta ishlash, vino, konditer korxonalari chiqindilari ham chorvachilikda foydalaniladi. Un sanoati chiqindisi kepak hisoblanib u olingan doniga bog„liq. Oziqa sifatida bug„doy va javdar kepaklari yuqori baholanadi. Un naviga qarab 28% gacha kepak chiqadi. Kepak fosfor elementi va b guruh vitaminlarga boy. Kepakni hamma qishloq xo„jalik hayvonlariga berish mumkin. Shuningdek un sanoati changi ham oziqa sifatida foydalaniladi. Yog‘ sanoati chiqindilari. Bu tarmoq chorvachilik uchun oqsilga boy kunjara, shrot va fosfatid-oqsilli yemlar chiqaradi. Urug„lar va donlar sheluxasi va pusti oziqa nuqtai-nazaridan pastroq baholanadi. 75 Mamlakatimizda asosiy o„simlik moyi paxta chigitidan va kam miqdorda soya donidan olinadi. Chigitdan kunjara, shrot(texnologiyaga bog„liq) va shulxa olinadi. Kunjara va shrot oqsiliga, shulxa esa kletchatkaga boy. Kunjarada 4-10%, shrotda 1-3% yog„ bo„ladi. Turli xom ashyodan olingan kunjara va shrotlar tarkibi va to„yimliligi bilan farq qiladi. Soya shroti to„yimliligi(1,35 oz. birligi) va proteinning yuqoriligi(40,0%) bilan ajralib turadi, ko„rsatkichlar paxta shroti 1,11 va 38,3%ni tashkil etadi. Soya shroti barcha qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalariga yedirilishi mumkin, paxta shroti esa kovshovchilarga ko„proq, cho„chqalar va parrandalarga chegaralangan holda yediriladi. Kunjara va shrotlar protein – o„rni almashmaydigan aminokislotalar manbai hisoblanadi. Ayniqsa soya shrotida lizin ko„p bo„lib parrandalarni oziqlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Kunjara va shrotlarda kaliy va fosfor ko„p bo„lib, kalsiy kam bo„ladi, ular tarkibida B guruh va Ye vitaminlari bo„ladi. Kunjara va shrotlar asosan omixta yem sanoatida ishlatiladi. Paxta shroti va kunjarasi tarkibida zaharli modda gossipol bor, qoramollar uchun 0,03-0,05%, cho„chqalar uchun 0,02% zaharli hisoblanadi. Kunjarada gossipol 0,03-0,3%, shrotda esa 0,02-0,5% bo„lishi mumkin. Shu boisdan kunjara va shrotlarni yosh hayvonlarga kamroq berib, sigirlar ratsioniga to„yimliligi bo„yicha 20%, yosh qoramollar burdoqilanganda 10% qo„yish mumkin. Fosfatid yem. Yog„li donlaridan yog„ olinganda hosil bo„ladi. Kungaboqar va soya fosfatidlari tarkibida 39-42% yog„ va 56-58% fosfalipidlar bo„ladi. Fosfolipidlarda fosfor 2,1-2,2%ni tashkil qiladi. Chigitdan yog„ olishda shulxa chiqindi bo„lib chiqadi , uning to„yimliligi 1 kg da 0,13 oziqa birligi, 27 g hazmlanuvchi protein va 50% kletchatkadan iborat. Qoramollarni va qo„ylarni burdoqilashda keng ishlatiladi. Kraxmal sanoati chiqindilari. Kraxmal asosan, kartoshkadan, ba‟zan bug„doy, guruch va makkajo„xoridan olinadi. Kartoshkadan kraxmal olinganda undan tuppa chiqadi, uni xul, siloslangan va quruq holda hayvonlarga yedirilsa bo„ladi. 1 kg kartoshka tuppasida 0,11 oziqa birligi, 1 g hazmlanuvchi protein, 0,2 g kalsiy va 0,5 fosfor bor. Bunday chiqindilar qoramollar uchun yaxshi oziqa bo„lib, sigirlarga 15-20 kg, burdoqilarga 30-40 kg yedirish mumkin. Spirt sanoati chiqindilari. Builarga turli bardalar, o„zum va meva tuppalari kiradi. Barda turli donlar, kartoshka, qand lavlagisidan spirt olganda chiqadi. Barda tarkibida 88-95% namlik bo„ladi, uni qoramollar, otlar va qo„ylarga berish mumkin. Sigirlarga 20-25, burdoqilarga 70-80, qo„ylarga 8-10, otlarga 10- 15l ichirish mumkin. 76 Pivo sanoati chiqindilari. Pivo ishlab chiqarishda pivo bardasi va achitqilari olinadi. Pivo bardasi 75-80% namlikka ega bo„lib, arpaga nisbatan protein miqdori ko„p bo„ladi. 1 kg pivo bardasiga 0,21 oz. Birligi, 42 g hazmlanuvchi protein, 0,9 g kalsiy va 1,8 g fosfor mavjud. Pivo bardasini yangilay,sohin sigirlarga 10-15,yosh qoramollarga 8-12, 1 yoshgacha qoramollarga 4-5 va voyaga yetgan cho„chqalarga 4-5 kg yedirish mumkin. Ayniqsa bu oziqa qoramollarni burdoqilashda keng qo„llanilishi mumkin. Qand sanoatini chiqindilari. Bularga lavlagi tuppasi(jom) va shinnisi (patoka) kiradi. Tuppa yangi yoki siloslangan holda mollarga yediriladi . Tuppa 93% suvdan, quruq moddalari asosan oson hazm bo„luvchi uglevodlardan tashkil topgan. 1 kg yangi tuppada 0,08 oz. birligi, 6-8 g hazmlanuvchi protein mavjud. Yirik qand zavodlari presslangan va quruq tuppa chiqaradi. Lavlagi tuppasidan sohin sigirlarga 30-40 kg (ratsion tenglashtiriladi), burdoqiga boqiladigan qoramollarga 40-50 kg beriladi. Shinni(patoka) 20% suv, 9% protein, 60% AEM va 10% kuldan iborat. 1 kg shinnida 0,87 oz. birligi, 40 g hazmlanuvchi protein, 2,9 g kalsiy, 0,2 gr fosfor va 530 g qand saqlanadi. Oziq-ovqat chiqindilari. Chorvachilik uchun qo„shimcha oziqa manbai bo„lib, ular umumiy ovqatlanish shahobchalari va yashash joylardan olinadi. Shaharlarda kishi boshiga bir yilda 35-40 kg oziq-ovqat chiqindilari tashkil etadi. Ular sabzavot, meva, baliq va go„sht chiqindilari hamda ovqat qoldiqlari bo„lishi mumkin. Ularni yig„ish veterinariya qonunchiligi asosida amalga oshiriladi va hayvonlarga yediriladi. Ularni to„yimliligini oshirish va zararsizlantirish maqsadida issiqliq ishlovi beriladi, iloji boricha bunday ishlov bosim ostida o„tkazilsa yana ham samarali bo„ladi. Oziq- ovqat chiqindilari cho„chqalar uchun arzon oziqa bo„lib hisoblanadi. Oziq-ovqat chiqindilari qayta ishlab berilgandan keyin hayvon organizmi tomonidan 87-90% hazmlanadi. Taxminan cho„chqalar ratsionining 50% oziq- ovqat chiqindilaridan iborat bo„lishi mumkin. Hayvonot dunyosidan olingan oziqalar. Bu oziqalarni ayrim qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalarga berilishi ular ratsionini to„ldirib, eng zarur to„yimli moddalar, minerallar va vitaminlar bilan ta‟minlaydi. Ushbu mahsulotlarga sut va uni qayta ishlash mahsulotlari – qaymogi olingan sut, ayron va zardob kiradi. Ularni hayvonlarga tabiiy holda ichirish mumkin. Ularni oson quritish bilan qo„qun olib keyinchalik kerak paytda suvda eritib hayvonlarga ichirish yoki omixta yemlar tarkibiga qo„shish mumkin. 77 Omixta yem sanoatida kuritilgan baliq chiqindilari baliq uni holida, qo„shtxona va go„sht korxonalari chiqindilari go„sht – suyak , qon uni va texnik yog„ sifatida ishlatiladi. Shuningdek omixta yem sanoatida oqsil qo„shimchasi sifatida pat va pat uni, ipak qurtining g„umbaklari ishlatiladi. Hayvonot oziqalari o„simlik oziqalaridan ko„proq ular tarkibida kletchatka va uglevodlar bo„lmaydi, faqat sutda kamroq uglevod bo„ladi. Ayniqsa hayvonot dunyosidan olingan oziqalar hayot uchun zarur o„rni almashmaydigan lizin, metionin, triptofan kabi aminokislotalar manbai hisoblanadi. Sut va uni qayta ishlash mahsulotlari . Sut emizuvchi hayvonlar tug„ilgandan keyin ularning asosiy oziqasi sut bo„lib, uning tarkibida yosh organizm hayot uchun zarur barcha to„yimli moddalar mavjud. Dastlab ug„iz, keyinchalik sut davrida tabiiy sut asosiy hayot manbai bo„lib hayvonning tanasi tomonidan uning tarkibidagi yog„ 95% , oqsil va uglevodlar esa 98% hazmlanib, o„zlashtirib olinadi. Shu sut hisobiga bo„zoqlar hayotining birinchi oyida tirik vaznini ikki barobar cho„chqa bolalari esa 5-7 barobar ko„paytiradi. Dastlabki 7-10 kun urg„ochi sut emizuvchi hayvonlar ug„iz suti beradi , u yosh hayvonlarni tuyimli moddalarga bo„lgan talabinmi qondirish bilan ularning imun tizimini yaratadi va turli kasalliklardan saqlaydi. Uning tarkibida A va Ye vitaminlari ko„p bo„lib, kuli tarkibida esa magniy tuzi ko„p bo„lib tanadan birlamchi tezakni chiqarib, ovqat hazm qilishni me‟yorga keltiradi. Sigir suti tarkibi laktasiya davriga qarab o„zgarib boradi, laktasiya boshida va oxirida quruq moddalar ko„payib, uning o„rtasida biroz kamayib 12,5-12,4% tashkil qiladi. Sigir sutining to„yimliligi uning tarkibidagi yog„ miqdori bilan belgilanadi, ya‟ni 3% yog„li 1 kg sutda- 0,31, 4% sutda -0,36, 5% sutda esa -0,42 oziqa birligi mavjud. Sigir suti qo„shimcha barcha qishloq xo„jalik hayvonlari uchun qo„shimcha oziqa bo„lib xizmat qiladi. Yosh qishloq xo„jalik hayvonlariga birinchi oy oxiridan 2 oy boshidan boshlab sutni qayta ishlash natijasida olingan qo„shimcha mahsulotlar qaymogi olingan sut, paxta va zardob bilan boqish mumkin. Yog„li sutga nisbatan to„yimliligi qaymogi olingan sut va ayronda 2 barobar, zardobda esa 3 barobar kam, chunki ular tarkibidan energiya manbai yog„ ajratib olingan, zardobda esa oqsillar 4 marta kam bo„ladi. Barcha sut qoldiqlaridan sanoatda sutni almashtiruvchi oziqalar ishlab chiqariladi (ZUM). Ularni ishlab chiqarishda oson va keng qo„llash mumkin. Baliq uni. Ushbu mahsulot baliq sanoati chiqindilari, hamda inson yeyishi mumkin bo„lmagan baliq navlaridan quritish va ishlab berish natijasida ishlab 78 chiqariladi. 1 kg baliq unida 0,9-1,5 oziqa birligi, 480-630 g hazmlanuvchi oqsil, 20-80 g kalsiy va 15-60 g fosfor bo„ladi. Baliq uni ajoyib oqsil-mineral-vitaminli oziqa bo„lib, uni organik moddalari cho„chqalar tomonidan 85-90% o„zlashtirib olinadi. O‟zining aminokislotalar tarkibi bilan qarib tovuq tuxumiga yaqinlashadi, 1 kg baliq unida 51 g lizin, 15 g metionin va 5,7 g triptofan bor . Yangi baliqda barcha vitaminlar mavjud bo„lib, uni un qilishda bir qismi yuqoladi, ayniqsa unda B guruh vitaminlari ko„p bo„lib , yaxlit baliqni jigari bilan unga aylantirilganda vitamin D kam bo„ladi. Bu un o„z tarkibida to„la qiymatli oqsillar, kalsiy, fosfor va vitaminlarga boy bo„lgani uchun yosh hayvonlar, cho„chqalar va parrandalar omixta yemlariga qo„shiladi. Baliq uni qo„shilgan omixta yemlar cho„chqa va tovuqlarga berilganda cho„chqalar o„sishi, tovuqlar tuxumlashini 20-25% ortadi. Go‘sht-suyak uni. Go„sht korxonalarida yeyish uchun yaroqsiz go„sht, so„yim chiqindilari, suyaklar, ichki a‟zolardan, hamda o„til zavodlarida yuqumsiz kasalliklardan o„lgan hayvonlardan maydalab va quritish natijasida olinadi. 1 kg go„sht-suyak unida 0,92 oziqa birligi,350 g hazmlanuvchi protein mavjud. Agarda un tarkibida suyak 10% gacha bo„lsa u go„sht uni, undan ko„p bo„lsa go„sht-suyak uni deyiladi. Go„sht-suyak uni lizin manbai bo„lib, unda metionin va triptofan kam bo„ladi. Uning tarkibida B guruh vitaminlar ko„p. Ular cho„chqalar va parrandalar ratsionining tarkibiy qismi bo„lib hisoblanadi. Qon uni. Hayvon qoni, qonni yuvgan suvdan ko„p bo„lmagan(5% ko„p bo„lmagan) suyak qo„shish bilan tayyorlanadi. Yaxshi qon uni to„q jigarrang bo„lib bir xil kukun holida bo„ladi. 1 kg qon unida 0,92 oz. birligi, 650 g hazmlanuvchi protein bor, lekin biologik jihatdan qiymati pastroq, chunki metionin, izoleysin va glisin kabi aminokislotalar nisbati past. Asosan cho„chqa va parrandalar omixta yemlariga qo„shiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling