Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Siloslanadigan massaning bir tonnasiga konservantlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.
#9851
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41

Siloslanadigan massaning bir tonnasiga konservantlar  
qo‘shish me’yori. 
 
Konservantlar 
Konservantlar me‟yori 
Oson 
siloslanadigan 
Qiyin 
siloslanadigan 
Siloslanmaydigan 
Chumoli kislotasi,kg 



Benzoy kislotasi, kg 



Propion kislotasi,l 



Uksus kisotasi, l 



Natriy piosulfat, kg 



Past molekulyar 
kislotalar, kg 



 
Senaj    tayyorlash    -  buning  uchun  dukkakli  o„simliklar(beda,  yunguchka, 
tabiiiy  o„tlar  )  namligi  45-55%  bo„lganda  maydalab  xandaklarga  bosiladi.  O„tlar 
me‟yordagi vegetatsiya davrida o„riladi. 
O‟tlar  kosilka  yoki  jatkalarda  O‟rib  qoldiriladi,  namligi  45-55%  ular  marza 
qilib  (valyok)  uchun  qilib  to„planadi  va  kombaynlar  («moral-17»)  tomonidan  2-3 
sm  qilib  maydalanadi  va  telejkalarga  ortiladi.  Telejka  xandakka  ag„daradi,  u 
tekislanib  og„ir  zanjirli  traktorlar  bilan  to„xtovsiz  shibbalanadi,  qaysiki 
maydalangan o„t orasida havo qolmasin. 
O‟simlik  tanasida  namlik    45-55%  bo„lganda  bog„langan  namlik  hisoblanib 
undan  mikroblar  foydalana  olmaydilar,  natijada  na  mikrob,na  zamburuq„ 
rivojlanadi,  natijada  o„t  o„zining  xususiyatlarini  va  to„yimliligini  saqlaydi.  Senaj 
xandaki to„lgandan keyin xuddi silosdek kumiladi.  
Ildiz  va  tuganak    mevali  oziqalar      maxsus  omborlarda  saqlanib,  u  yerda 
mu‟tadil harorat va namlik yaratib beriladi. 
Bunday  omborxonalar  bo„lmagan  xo„jaliklarda  lavlagi  uralar  yoki  burtlarda 
saqlanadi. 
2.3.5.Jadval   
Tayyorlangan turli sifatidagi oziqalar to‘yimligi 
 
S
ifa
t kl
assi
 
O‟t talqoni 
Pichan 
Senaj  
Silos  
Ozuqa 
birligi 
Hazmla-
nuvchi 
protein, g 
Ozuqa 
birligi 
Hazmla-
nuvchi 
protein, g 
Ozuqa 
birligi 
Hazmla-
nuvchi 
protein, g 
Ozuqa 
birligi 
Hazmla
nuvchi 
protein, 


0,71 
115,2 
0,49 
42,5 
0,33 
34,0 
0,19 
15,0 
II 
0,60 
99,1 
0,40 
34,7 
0,27 
27,8 
0,15 
11,8 
III 
0,50 
81,8 
0,30 
26,0 
0,20 
20,6 
0,10 
7,9 
Klas 
siz 
0,35 
57,6 
0,20 
17,3 
0,14 
14,4 
0,07 
5,5 
 

 
88 
Burtlarga    lavlagi    eni  3-5  m,  balandligi  2-3  m    qilib  terib  taxlanadi,  har  3-4 
metrda havo kirish moslamalari qo„yiladi, usti somon, pohol yoki chang„aloq bilan 
yopib qo„yiladi.  
Sifat  bo„yicha  klassi  pasayib  borishi  bilan  oziqalarda  to„yimlik  nisbati  ham 
kamayib boradi. 
 Oziqalarni  yedirishga  tayyorlash.    Har  bir  hayvon  yoki  parranda  turiga 
beriladigan  oziqa  uning  biologik  xususiyatlarini  inobatga  olgan  holda  yedirishdan 
oldin  tayyorlanishi  shart,bu  tadbir  oziqalarni  xushxo„r  bo„lishi  bilan,  ularning 
hazmlanishini yaxshilaydi. 
Dag„al oziqalar albatta maydalanib, ba‟zilari esa qo„shimcha ishlovdan keyin 
yediriladi.  Chunki  bu  oziqalarning  ko„pchilik  qismini  kletchatka  (yog„ochsimon) 
moddasi tashkil  qilib hayvonlar tomonidan qiyin hazm qilinadi. 
Shuning    uchun  somon  va  pohol  albatta  ishlovdan    keyin    hayvonlarga 
yedirilishi kerak. Ular asosan kovshovchi hayvonlarga yediriladi. Somon va pohol 
dastlab  2-3  sm    qilib  maydalanadi,  sung  yuviladi  undan  keyin  1%  sungdirilgan 
oxak, yoki osh tuzi eritmasi qo„shiladi va xandaklarda 10-12 soat mobaynida(KV-
200, KV-300) quruq par bilan usti yopilgan holda parlanadi va 3-4 soat qoldiriladi. 
Mexaniq  va  kimyoviy  jarayon  natijasida  kletchatka  ancha  yumshaydi,  oziqa 
yeyish uchun qulay va xushxo„r bo„ladi. Buning uchun  har bir fermer xo„jaligida 
dag„al xashaklarni ishlab  beradigan kichik sexlar qurilishi taqozo etiladi.  
Somon va poholni ishlab  berilsa, ular hayvonlar tomonidan to„liq yeyilmaydi  
( nushxur chiqadi) hamda hayvon oshqozoni uni hazm qilish uchun ko„p energiya 
sarflaydi,  shuning  uchun  bunday  davrlarda  sigirlar  oziq  ,  mahsuldorligi  pasayib 
ketadi. 
Silos, senaj 2-3 sm uzunlikda maydalanib hayvonlarga yediriladi. 
Ko„k oziqalar esa dalada 2-3 sm uzunlikda  o„t urish mashinalari yordamida 
maydalanib tashib, keltirilib hayvonlarga yediriladi. 
Ildiz  va  tuganak  mevali  oziqalar  qoramollar  uchun  (PRK-5.)  qurilmalirida 
yuvib, maydalanib yediriladi. Sigirlarga tozalangan lavlagini butunlay bermasa ham 
yaxshi  iste‟mol qiladi.  
Cho„chqalarga tuganak mevalar( kartoshka ) albatta pishirib beriladi. 
Oziqa polizi hayvonlarga maxsus qurilmalarda maydalanib yediriladi. 
Don  oziqalar  asosan  maydalanib  yediriladi    faqat  cho„chqalarga  donlar 
maydalanib, pishirib beriladi. 
Kichik  parrandachilik  korxonalari  va  fermer  xo„jaliklarida  parrandalar 
namlangan oziqalar bilan oziqlantiriladi. 
Fermer xo„jaliklarida qoramollarga yaxshi sharoit va mehnatni oqilona tashkil 
qilish  maqsadida  monokorm  (bir  xil)  oziqa    berish  yaxshi  natijalar  bermoqda. 
Buning  uchun  oziqalar  yem,  silos,  senaj,  pichan,  somon  ,  lavlagi 
maydalanib(Volgar-5)  yem  bilan  aralashtirilib  5-6  soat  urab  qo„yiladi.  Natijada  
dag„al  oziqalar  yumshab,  mayinlashib  xushxo„r  bo„ladi.  Bunday  oziqalar  
hayvonlar tomonidan suyib iste‟mol qilinadi va yaxshi hazmlanadi. 

 
89 
Mehnatni  tashkil  qilish  osonlashadi,  har  bir  oziqani  alohida  tarqatish  o„rniga 
monokormni  bir  kunda  2  marta  yedirish    mehnat  va  transport  harajatlarini 
kamaytiradi. 
Qishloq  xo„jalik  hayvonlari  parrandalarini  meyorda  oziqlantirish  ularning 
(salomatligini)    ko„payish  qobiliyatini  va  mahsuldorligini    ta‟minlashning  garovi 
hisoblanadi. 
Hayvon va parrandalarni yetarlicha oziqlantirmaslik ularning ozib, ko„payish 
va  mahsuldorligiga, salomatligiga  salbiy ta‟sir etadi. 
Me‟yordan  oshiqcha    oziqlantirish  ularni  ortiqcha  semirishga  sabab  bo„lib, 
ko„payish qobiliyati va mahsuldorligini pasaytirib yuboradi. 
Zootexnikaviy  va  iqtisodiy  nuqtai  nazardan  me‟yorda  oziqlantirish 
hayvonlarning salomatligi, mahsuldorligi garovi hisoblanadi. 
Oziqlantirish    me‟yori hayvonning sog„lom bo„lishi, ko„payish qobiliyati va 
mahsuldorligini ta‟minlash uchun zarur to„yimli moddalarga talabiga aytiladi. 
Me‟yor hayvon yoki parranda turi,yoshi, mahsuldorligi va fiziologik holatiga 
ko„ra o„rnatiladi. 
Hayvon  va  parrandalar  talabi    detallashtirilgan  me‟yorlar  22-30  gacha  
ko„rsatkichga ko„paytirilgan. 
Oziqlantirish me‟yorlari hayvonlar ratsionini majmua  baholashni talab etadi. 
Ratsion  –  hayvonlar  salomatligi,  yuqori  mahsuldorligini  va  sifatini 
ta‟minlovchi,  ularning  to‟yimli  va  biologik  faol  moddalarga  talabini  qondiruvchi 
oziqa miqdori va sifatidir. 
Me‟yorda  oziqlantirish    hayvonlar  turi,  jinsi,  yoshi,  fiziologik  holati, 
mahsuldorligiga  ko„ra  energiya,  asosiy  to„yimli  protein,  ayrim  aminokislotalar, 
uglevod,  yog„lar,  mineral  va  vitaminlarni  quruq  moddalar  tarkibida  belgilangan 
miqdorda bo„lishini ta‟minlash.  
Turli  tur,  jins,yosh,  mahsuldorligi  ishlatish    va  saqlash    sharoitlariga  qarab 
energiyaga bo„lgan talabi har xil bo„ladi.  
Oziqalar  energetik  qiymati  1  kg  oziqa  quruq  moddasining    tarkibidagi 
almashinuvchi energiya, yoki oziqa birligi bilan ifodalanadi . 
Oziqalardan  olgan  energiyani  hayvonlar  va  parrandalar  modda  almashinuvi  , 
tana harorati saqlash a‟zolari faoliyati va mahsulot ishlab  chiqarishga sarflaydi. 
Oziqlantirish  me‟yorlarida  energiyaga  talab  umumiy  qilib  berilgan,  aslida 
hayvonlarni    hayotini  saqlab  turishi  va  mahsuldorligiga  bo„linadi.  Bir  xil 
hayvonlarning    turli  mahsuldorligiga  qarab  energiyaga  talabi  o„zgaradi  .  Yuqori 
mahsuldorlik    ko„p  energiyani  talab  etadi.  Sigirni  hayotini  saqlashi  uchun  kuniga 
4,7  oz.  birligi  kifoya,  1  kg  sut    uchun  0,5  oz.  birligi  sarflanganda  10  kg    sut 
beradigan sigirga 9,7 oz. birligi, 20 kg sut beruvchi  sigirga esa 14,7 oz. birligi talab 
etiladi.  
Sigirlar  mahsuldorligi    ortishi  bilan  hayotini  saqlab  turishi  va  mahsuldorligi 
uchun sarflangan energiya 1:1 dan 1:3 gacha ortishi mumkin.  

 
90 
Hayotini  saqlab  turish  bo„lgan  energiya  asosan  tirik  vaznga    bog„liq,  vazni 
kichik hayvonlar kamroq energiya sarflaydi,shuning uchun sutdor qoramolchilikda 
bu  ko„rsatkichga  e‟tibor beriladi(sutdorlik koeffitsienti). 
Hayvonlar  energiya  bo„lgan  talabi  ,  ob-havo,  oziqlantirish,  saqlash 
foydalanishga qarab o„zgarishi  mumkin. 
Hayvon  va  parrandalar  me‟yoriy  mikroiqlim  sharoitlarini  yaratib  berish 
energiya sarfini kamaytiradi va ijobiy  samara beradi. 
 Sigirlar  1  kg  4%  yog„ligidagi  sut  ishlab,  chiqarishlari  uchun  0,5  oz.  birligi, 
5,7  mDj  almashinuvi  energiya,  yosh  qoramollar  esa  1  kg  vazn  qushishiga  5  oz.  
birligi yoki 57 mDj sarflaydi. 
 Qishloq  xo„jalik  hayvonlarini  oziqlantirishda  quruq  modda  va  uning  sifati 
muhim  o„rin  to„tadi.  Quruq  modda  iste‟mol  qilinishiga  oziqa  sifati  va  uning 
yedirishga  tayyorlash,  hayvonning  mahsuldorligi  va  fiziologik  holati,  quruq 
moddada  almashinuvchi energiyaning yigindisi    va ratsion turiga bog„liq bo„ladi. 
Ratsion  tarkibi  –  alohida  va  bir  guruh  oziqalarning    to„yimligi  bo„yicha    
foizdagi   ifodasiga aytiladi . 
Hayvonlarning  quruq moddalarga talabi bir oziqa birligiga yoki 100 kg tirik 
vazniga keladigan miqdori bilan belgilanadi. 
Oziqalar  tarkibida  kletchatkani  mo„l  bo„lishi  uning  hazmlanishini 
qiyinlashtiradi, energiya miqdorini kamaytiradi. 
Kletchatka  miqdorini  kam  bo„lishi  kovshovchilarga  oziqa  hazm  qilish 
jarayoniga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Kletchatka  miqdori  talablar  darajasida  hayvonning  oshqozon-ichak  tuzilish 
biologik  xususiyatlariga  yoshi,  mahsuldorligi  va  fiziologik  holatiga  mos  tushishi 
kerak. 
Oziqalardagi almashinuvchi  energiya va kletchatka o„rtasida uzviy bog„lanish 
bor.  Eng muhim  ko„rsatkich oziqa quruq moddasi tarkibidagi  protein miqdoriga 
bog„liq. 
Ratsionda  uning  yetishmasligi  to„yimli  moddalar  samaradorligini 
ta‟minlamaydi, oziqalar sarfi 20-50% ortib ketadi proteinga talab turli hayvonlarda 
yoshda va  fiziologik holatda o„zgaradi. Sogin va  bug„oz sigirlar,  nasldor erkak 
hayvonlarining qochirish mavsumida proteinga talabi ortadi. 
Qishloq  xo„jalik  hayvonlari  ratsioni  xom  va  almashinuvchi  protein  , 
parrandalarda esa xom protein bo„yicha tenglashtiriladi. Protein 1 kg oziqa yoki 1 
oz. birligi tarkibidagi miqdori bilan belgilanadi. 
Kovshovchi          hayvonlarda  protein  va  uning  katta  qorinda  erishi    oqsilsiz 
azotsiz  birikmalari  nisbati  inobatga    olinadi.  Katta  qorinda  bakterial  oqsil  hosil 
bo„lishi,  kovshovchilarda  ratsionlarni  aminokislotalar  bilan  tenglashtirish  shart 
emas. 
Kovshovchilarda  ratsion  barcha  to„yimli  moddalar  bilan  tenglashtirilganda 
proteinga  bo„lgan    talabni  25-30%  oqsilsiz  azotli  birikmalar  hisobida  qondirilishi 
mumkin. 

 
91 
Cho„chqalarda    xom  va  hazmlanuvchi  proteindan  tashqari  lizin,metionin  va 
sistin nazorat qilinadi. 
Parrandalar  ratsioni  protein  bilan  birga  asosiy  o„rindi  almashmaydigan 
aminokislotalar  lizin,  metionin,  triptofan,  arginin,  gistidin,  leysin,  izoleysin, 
fenilalanin, treonin, valin va  glisin bo„yicha tenglashtirilishi shart.  
 Kovshovchilar qand va kraxmal protein bilan ma‟lum nisbatda bo„lishi kerak, 
yoki qand  - protein nisbati 0,8-1,0 ni tashkil qiladi. 
Xom  yog„  qoramollarda  20  kg  gacha,  yosh  cho„chqalarda    va  parrandalarda 
tenglashtiriladi.  Parrandalarda  albatta  o„rni  almashmaydigan  yog„  kislotalari  ham  
nazorat qilinadi.  
Mineral moddalar hayvonlar ratsionida ularning turi,yoshi, jinsi, mahsuldorligi 
va  fiziologik  holatiga  qarab  tenglashtiriladi,  makro  va  mikro  elementlar 
me‟yorlashtiriladi. 
Barcha  qishlok  xo„jalik  hayvonlari  ratsionlari  osh  tuzi  ,  kaliy  va  fosfor, 
qoramollar ratsioni qo„shimcha magniy,kaliy, oltingugurt, qo„ylar ratsioni  magniy 
va oltingugurt, otlarda magniy bilan tenglashtiriladi.  
Mikroelementlardan temir, mis, rux, kobalt, marganes va yod inobatga olinadi. 
Barcha mineral moddalar me‟yor talablari darajasida bo„lishi shart, uning kam 
yoki ko„p bo„lishi modda almashinuviga salbiy ta‟sir qilib hayvonlar mahsuldorligi 
va  salomatligini pasaytirib yuboradi.  
Turli  qishloq  xo„jalik  hayvonlarining    vitaminlarga    talabi  farqlanadi. 
Qoramollarda  –  karotin,  vitamin  D,  Ye;  qo„ylarda  –  karotin,  vitamin 
D,ko„chkorlarga  qushimcha  Ye  vitamini;    cho„chqalarda  karotin  A,  D,  Ye  va  B 
guruh  vitaminlari;    otlarda  –  karotin,  A,  D
3
,  Ye,  B
1
,  B
2
,B
3
,  B
4
,  B5,  B
6
,  Bs,  B
12
 
vitaminlari;  parrandalarda    A,  D,  Ye,  K,  B
1
,  B
2
,B
3
,  B
4
,  B
5
,  B
6
,  B
s
,  B
12
  va  S  
vitaminlari me‟yorlashtiriladi. 
Har  bir    jins  va  yoshdagi  hayvonlar    guruhlariga  me‟yor  chegarasida  hafta 
yoki 10 kunga  ratsion tuziladi,  chunki shartlar ish  muddatda o„zgarishi    mumkin, 
ya‟ni hayvon holati,  yoki oziqa  turi. 
 Qishloq  xo„jalik  hayvonlari  uchun  muayyan  sharoitda  tenglashtirilgan  va 
tenglashtirilmagan  ratsionlar tuziladi. 
Tenglashtirilgan    ratsion  barcha  me‟yor  ko„rsatkichlarini  ta‟minlab, 
belgilangan mahsuldorlikka erishadi.  
Ratsion  tuzganda oziqalar sifati va yeyilishini inobatga  olish kerak, aks holda 
hayvonlar mahsuldorligi pasayib ketadi. 
Ratsionda  ayrim  tur  oziqalar  nisbati  uning  tipi  deyiladi.  Ratsion  tipi,  hayvon 
turi,yoshi,  fiziologik  holati  va  mahsuldorligi  hamda  mahalliy  oziqalarni  inobatga 
olgan  holda  belgilanadi.  Qaysi  oziqa  nisbati  ko„p  bo„lsa  shu  oziqa  nomi  bilan 
nomlanadi. Sigirlarda silos-senaj, silos-ildizmeva va hokazo. 
Turli  hududlarda  iqlim,  tuproq,  oziqalar  turi,  hayvonlar  turi  va 
mahsuldorligiga  qarab  aniq  oziqlantirish  tizimi  yaratilishi  kerak,  unda  asosan 
xo„jalikda yetishtirilgan arzon oziqalardan foydalanishni  ko„zda  tutish kerak. 

 
92 
Me‟yorlashtirilgan  oziqlantirishning  asosiy  maqsadi  har  bir  guruh  hayvonni 
me‟yorlar    asosida  oqilona  oziqlantirish  bilan  yuqori  mahsuldorlikka    erishish, 
hamda ularni turli yuqumsiz kasalliklarga chalinishini oldini olishni taqozo etadi. 
Oziqalar sifati andozalar hamda laboratoriya tahlillari asosida belgilanadi. Shu 
bois  har  bir  katta  guruh(g„aram,  xandak)  oziqalarni  yedirish  boshlanishidan  oldin 
laborator tahlilidan o„tkazish  tavsiya etiladi. 
Oziqalar  to„laqiymatliligi  hayvonlarning  yuqori  mahsuldorligi,  sog„ligi  va 
yuqori darajadagi ko„payish qobiliyatida o„z aksini topadi. 
Oziqlantirishning    to„laqiymatligi  yana  hayvonlarning    ushbu  oziqalarni 
ishtaha  bilan  yeyishiga  bog„liq,  hayvonlarga  suv  ,tuz  yetishmaganda  ishtahasi 
yomonlashadi va mahsuldorligini pasayishiga sabab bo„ladi. 
Ratsion  to„laqiymatliligini  hayvonlar  qoni  chiqindilari  va  mahsulotlarini 
bioximik  tahlili  asosida  xulosalar  qilishi  mumkin.    Hayvonlarda  protein 
almashinuvi buzilishining belgisi qonda oqsil va uning fraksiyalari, gemoglobin va 
metagemoglobin, mochevina paydo bulishidan anglash mumkin. 
Qonda glyukoza va glikogenning kamayishi uglevod almashinuvi buzilishidan 
dalolat  bo„ladi.  Yog„  almashinuvi  buzilishi  qonda  keton  tanalarini  sonini 
me‟yoridan ko„payib ketishiga sabab bo„ladi. 
Mineral moddalar me‟yori buzilishini qonning kislota-ishqor nisbatidan  bilib 
olsa bo„ladi. 
A-  vitamin  bilan  ta‟minlanganlikni  qonda,  sutda  va  tuxumda  karotin  va  A 
vitamini borligiga qarab aniqlanadi.  
Urg„ochi  hayvonlarda  A  vitaminni  yetishmovchiligi  jinsiy  faoliyatga  salbiy 
ta‟sir ko„rsatib, otalanish qiyinlashadi. 
Erkak  hayvonlarda  A  va  Ye  vitaminning  yetishmasligi  jinsiy  faoliyatining 
susayishi, urug„ hajmining kamayishi va urug„da patologik jarayonlarda kuzatiladi. 
Yosh  hayvonlarda  karotin  va  V vitamini  yetishmaschligi oziqa hazm  qilishni 
buzadi.  
Tuxumlaydigan    tovuqlar  ratsionida  vitaminlar  yetishmasligi  tuxumning 
inkubatsiyalanish sifatlariga, jo„ja  chiqishi va saqlanuvchiligiga salbiy ta‟sir qiladi. 
Ratsionlarni    doimiy  tahlil  qilib  borish  uchun  hayvonlar  qoni  va 
mahsulotlarining  muntazam  biokimyoviy  tahlil  qilib  borish,  zarur  hollarda  tezkor 
choralar, ya‟ni ratsionlarga o„zgartirishlar kiritish talab etiladi. 
 
II.4 Turli qishloq xo’jalik hayvonlari va parrandalarni oziqlantirish 
II.4.1.Qoramollarni oziqlantirish. 
Qoramollar  kovshovchi  hayvon  bo„lgani  uchun  hajmli  tarkibida  kletchatka 
moddasi  ko„k  oziqalardan  samarali  foydalanib  arzon  va  sifatli  mahsulot  berish 
qobiliyatiga ega. 
Mamlakatimizda  sut,  sut-go„sht  va  kam  go„sht  yo„nalishdagi    qoramollar 
urchitiladi ularning mahsuldorligi asosan oziqlantirish darajasiga bog„liq. 

 
93 
Sigirlarning  sut  mahsuldorligi  ularning  oziqlantirish  ,  saqlash  va  o„stirish 
sharoitlariga bog„liq bo„ladi.  
Mashhur  sut  yo„nalishidagi  zotga  mansub  sigirlar  har  100  kg  tirik  vazniga 
1000 kg , rekordchi sigirlar esa 3000 kg gacha sut berish  qobiliyatiga ega. 6000 kg 
sut  beradigan  sigir  o„rtacha  laktasiyasi  davomida  sut  bilan  15000  Mdj    energiya, 
760 kg dan ko„proq  quruq moddalar, shu jumladan 200-210 kg oqsil, 210-230 kg 
yog„, 270-290 kg sut qandi va 35 kg ko„prok mineral moddalarni ajratib chiqaradi. 
Shu boisdan sigirlarni oziqlantirishda ushbu raqamlarni inobatga olish kerak. 
Qoramollarni  oziqlantirish  me‟yorlari    ularning  tirik  vazni,  yoshi, 
mahsuldorlik darajasi va fiziologik holatiga qarab o„rnatiladi. 
Keyingi  paytlarda  qoramollar  detallashtirilgan  ratsionlarini  nazorat  qilish  6 
ko„rsatkichdan  24  ko„rsatgichgacha  ko„paytirilishi,  qoramollarni  barcha  to„yimli 
moddalar,  minvitaminlar  va  mineral  moddalar  bilan  ta‟minlanishini  yaxshilaydi, 
ularning mahsuldorligiga ijobiy ta‟sir qiladi. 
 
Bo‘g‘oz sigirlarni oziqlantirish. 
Bo„g„oz  sigirlarni  to„laqiymatli  oziqlantirish  sog„lom,  yirik  buzok  olish  va 
navbatdagi laktasiyada yuqori sut mahsuldorligini ta‟minlaydi. 
Sigirlarning  bo„g„ozlik  davrida  to„yimli  moddalarga  bo„lgan  talabi  ortadi, 
ya‟ni modda almashinuvi kuchayadi, plasenta va homila shakllanadi. 
Bo„g„ozlik  bosqichlarida    homilaning    rivojlanishi  bir  xilda  kechmaydi.  3 
oylik  homila  vazni  20-30  g  bo„lib,  asosiy  ratsion  hisobidan  o„sishi    ta‟minlanishi, 
yoki 5% energiya va to„yimli moddalarning  ko„paytirish mumkin. Bo„g„ozlikning 
dastlabki  davrida  sigirlarni    protein,  vitamin  va  mineral  moddalar  bilan  me‟yorlar 
darajasida ta‟minlash kerak, aks holda homilani surilib ketish hollari uchraydi. 
Bo„g„ozlikni  6  oyiga  kelib  homila  5-6  kg  vazniga  ega  bo„lib,  energiya  va 
to„yimli  moddalarga  talab  15%  ga  ortishi  talab  etiladi.  Ayniqsa  homila 
bo„g„ozlikning  oxirgi  2  oyida  jadal  o„sadi(kuniga  300-400  g),  shuning  uchun 
sigirlar sutdan  chiqarilib,  dam(60  kun)   beriladi. Shu davr ichida sigirlar laktasiya 
davomida yo„qotgan - sut bilan chiqarib yuborgan zahira to„yimli modda to„plash 
va homilani me‟yorda o„sishini ta‟minlash kerak. 
Bo„g„oz  sigirlarni  sutdan  chiqarish  xo„jalikda  qabul  qilingan  texnologiya 
asosida  ratsionni  to„yimligi  va  sog„imlar  soni  kamaytirilib,  asta-sekin  sog„ish 
to„xtatiladi. Bo„g„oz sigirlarning dam olish davrining   birinchi 10 kunligida ratsion 
to„yimligi  biroz  kamaytiriladi(  yelin  zuriqmasligi  uchun),  ikkinchi  10  kunlikda 
to„liq  ratsion,  3-4  10  kunlikda  ratsion  to„yimligi  20%  kuchaytiriladi.    Bo„g„ozlik 
davrida  sigirlar  vazni  o„rtacha  10-15%  oriq  sigirlarda  ko„proq  ortadi,  shu  bois 
oziqlantirishda  semizlik  darajasi  inobatga  olish  foydadan  holi  emas,  yoki  har  bir 
bo„g„oz sigir tug„ish oldidan albatta o„rta semizlikda bo„lishi kerak. Oriq bo„g„oz 
sigirlarning  1  kg  vazni  ortishi  uchun  5  oz.  birligi  va  500  g  hazmlanuvchi  protein 
qo„shib berish kerak. 

 
94 
Bo„g„oz  sigirlarni  oziqlantirish  me‟yori  ularning  tirik  vazni  va  navbatdagi 
laktasiyada olinishi lozim  sut miqdoriga  qarab belgilanadi.(rejalashtirilgan jadval). 
 
2.4.1.1. Jadval. 
 Bo‘g‘oz sigirlar ratsioni 
 
Ko„rsatkichlar 
Rejalashtirilgan yillik sut miqdori, kg 
3000 
4000 
5000 
6000 
Oziqa birligi 
7,7 
8,8 
9,9 
11,5 
Almashinuvchi energiya, mDj 
89 
105 
116 
132 
Quruq modda, kg 
11 
11 
11,6 
12,1 
Xom protein, g 
1310 
1490 
1675 
1945 
Hazmlanuvchi protein,g 
850 
970 
1090 
1265 
Xom kletchatka,g 
2750 
2640 
2670 
2260 
Kraxmal,g 
750 
850 
1175 
1370 
Qand,g 
680 
775 
980 
1140 
Osh tuzi, g 
50 
55 
60 
65 
Kalsiy,g 
80 
90 
95 
105 
Fosfor,g 
45 
50 
60 
65 
Magniy, g 
18,5 
19,8 
20,9 
21,6 
Kaliy,g 
62 
66 
70 
81 
Oltingugurt,g 
21 
22 
23 
27 
Temir ,mg 
540 
615 
695 
805 
Mis,mg 
75 
90 
100 
115 
Rux,mg 
385 
440 
495 
575 
Kobalt, mg 
5,4 
6,2 
6,9 
8,1 
Marganes, mg 
385 
440 
495 
575 
Yod, mg 
5,4 
6,2 
6,9 
8,1 
Karotin,mg 
345 
440 
495 
575 
Vitamin D, ming XB 
7,7 
8,8 
10,9 
12,7 
Vitamin E, mg 
310 
350 
395 
460 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling