Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.
#9851
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41

 
Vazni yirik  6000-7000 kg sut beradigan bo„g„oz sigirlar  13-15 oziqa birligi  
yoki  150-170  Mdj  energiya  qabul  qilishlari  kerak.  Bo„g„oz  sigirlarni  100  kg  tirik 
vazniga  o„rtacha  2,1-2,4  kg  quruq  modda  me‟yorlashtiriladi,    1  oziqa  birligi 
tarkibida  110 g hazmlanuvchi  protein talab etilib, ularga proteinni qoplash uchun 
oqsilsiz azotli birikmalar berish ta‟qiqlanadi, chunki ular bo„g„ozlikka  salbiy ta‟sir 
ko„rsatishi  mumkin.  Ratsionda    uglevod  va  qand  protein  nisbati  andoza  talabida 
bo„lishi, kletchatka  me‟yorda  bo„lishi,  kerak,  aks holda  katta  qorinda oziqa hazm 
bo„lishi bo„ziladi. 
Bo„g„oz  sigirlar  ratsionida  tuz  va  boshqa  mineral  moddalar  va  vitaminlar 
me‟yor talablariga to„liq javob berishi kerak. 

 
95 
Bug„oz sigirlarga beriladigan oziqalar sifatida alohida o„rin to„tadi, bo„zilgan, 
chirigan,  mog„orlagan,  nordon,  shur,  mo„zlagan  oziqalar  berish  homila 
rivojlanishiga salbiy ta‟str ko„rsatadi. 
Bo„g„oz  sigirlar  ratsionining  tarkibiy  qismi  sifatli  pichan,  bo„g„oz  (dag„al  
xashaklarning 20-30%) somon beriladi. 
Bo„g„ozlik davrida ko„p silos, omixta yem va mineral qo„shimchalar sigirlarni 
to„g„ish qiyinlashishiga sabab bo„ladi.. 
Bo„g„oz sigirlarning  har 100 kg tirik vazniga 2-2,5 kg pichan va somon; 100 
kg  tirik vaznga eng kamida 1 kg sifatli pichan berish kerak. 
Dag„al oziqalarga qo„shimcha har 100 kg tirik vaznga 1-1,5 kg sifatli senaj, 2-
2,5 kg sifatli silos, 1kg lavlagi, 1 boshga 1,5-2,0 kg yem beriladi. 
Eng  ma‟qul  yem  omixta  yem  hisoblanadi,  ularga  kunjara  va  shrot  berish 
tavsiya  etilmaydi,    chunki  uning  tarkibida  homila  uchun  zahar  gossipol  moddasi 
mavjud. 
Bo„g„oz  sigirlarning    2-3  marta  oziqlantirish  kifoya,  bino  va  suv  harorati  8-
10◦S  pastga tushmasligi kerak. 
Bo„g„oz sigirlarning   qishki ratsionidan yozgi ratsioniga sekin-asta o„tkazishi 
kerak. 
Yozgi  ratsion  asosan  ko„k  oziqalardan(boshoqli,  dukkakli)  tashkil  topishi 
kifoya,  faqatgina  ko„k  oziqalari  bilan  oziqlantirish  me‟yorini    qoplanmasa  biroz 
yem qo„shib berish mumkin. 
Bo„g„oz  sigirlarni  alohida  guruhlarda  ,  quruq,    issiq,  tushama  tushalgan 
binolarda  saqlab,  ularga  albatta  yayrash maydonchalari    ajratiladi, qo„shimcha har 
kuni 2-3 soat sayr qildirishi kerak. 
Faol  haydab  sayr  qildirilgan  (2-3  km)  bo„g„oz  sigirlar  homilasi  yaxshi 
rivojlanib, yelin bez to„qimalariga ijobiy ta‟sir  etib, sigir oson to„g„adi. 
Gunajinlarni oziqlantirishda yuqoridagi talablardan tashqari, ularning o„sishini 
ta‟minlashni ham inobatga olish kerak, yoki shu davrda ularning kunlik o„sishi 500-
600 g bo„lishi kerak(I.Maksudov, 1994). 
 
Sog‘in sigirlarni oziqlantirish
Sigirlarning sut mahsuldorligiga ta‟sir qiluvchi asosiy omillardan hisoblanadi.  
Sigirlarning  tirk  vazni  mahsuldorligi,  semizligi,  fiziologik  holatiga  qarab 
me‟yor  asosida  xo„jalikning  oziqa  imkoniyatlari  asosida  tuzilgan  to„laqiymatli 
ratsionlar asosida boqishni tashkil qilish kerak. 
Sigir  to„qqanidan  keyin  10-15  kungacha    to„liq  ratsionga  chiqariladi, 
to„qqanidan  keyin  birdan  to„liq  ratsionga  o„tkazish  organizmning,  ayniqsa 
yelinning zuriqishiga va kasallanishiga sabab bo„lishi mumkin. 
Ko„pincha bu holat sersut sigirlarda og„riqli kechadi.  
Sigirlar  to„qqanidan  10-15  kun  keyin  tug„im  asoratlari  ortda  qoladi.  Yelin 
shishi  qaytadi,  uni  to„liq  ratsionga  o„tkazib,  iydirish  (razdoy)  choralari  ko„riladi. 

 
96 
Iydirish  sigirlarning  mahsuldorligini  oshirishga  qaratilgan.  Zootexnikaviy  va 
tashkiliy tadbirlar majmuasi hisoblanadi. 
Sigirlarni    iydirish  2-3  oy  davomida  o„tkaziladi,  chunki  sigirlar  shu  davrda  
laktasiya  davomida    beradigan  sutini  40-50%  berib,  sutini  ko„paytirishga  moyil 
bo„ladi. 
Iydirish  uchun    sigirning  o„rtacha  sut  mahzsuldorligi  aniqlanib,  uning  asosiy 
ratsioniga  2-3  oziqa  birliga  qo„shib  beriladi,  sigir  sut  bilan  javob  bersa  yana  2-3 
oziqa birligi qo„shib beriladi, bu hol toki sigir qo„shimcha oziqaga sut bilan javob 
bermagancha    davom  ettiriladi  yoki  sigirning  eng  yuqori      imkoniyat  sut 
mahsuldorligiga  erishiladi.  2000-3000  kg  sut  beradigan  sigirlarda  iydirish  orqali 
800-1000  kg  sut  mahsuldorligini  oshirish  mumkin.  Sermahsul    5000-6000  kg  sut 
beradigan  sigirlarda    bu  jarayon  murakkabroq  kechadi,  yoki    oziqlantirishga  talab 
yanada ortadi. 
Iydirish  davomida  ko„pincha    sigirlarning  talabini    ratsion    to„lig„icha  
qondirilmasa  sigir  o„z  tanasi    oqsil,  yog„,  minerallar  va  vitaminlarini  sarflashga 
majbur bo„ladi, ko„p hollarda ozib ketadi. 
Tug„ishga me‟yorda tayyorlangan sigirlarda iydirish oson kechadi.  
Sigirlarni iydirishning qo„shimcha omillari bo„lib, sigirlarni sayr qildirish (2-3 
km ga), yelinini massaj qilish, mikroiqlim sharoitlarini yaratib berish hisoblanadi.  
Sigirlar  bog„lab  boqilgan  dag„al  va  shirali  oziqalar  umumiy,  lavlagi  va  yem 
har sigirga mahsuldorligiga qarab yediriladi. 
Sigirlarni bog„lamasdan saqlanganda ularni oziqlantirish guruhlab o„tkaziladi, 
ya‟ni    sigirlar  yoshi,  tirik  vazni,  mahsuldorligi  va  fiziologik    holatiga  qarab  oziqa 
guruhlariga  bo„linadi,  ularga  hajmi  oziqalar  umumiy  yosh  esa  sog„ish  zallarida 
sutining miqdoriga qarab me‟yorlashtiriladi.  
Sigirlar  qishki  ratsioni  pichan,  somon,  senaj,silos,  ildizmevalar,  sanoat 
chiqindilari(bor joylarda), yemdan tashkil  topadi. 
2.4.1.2. jadval  
Sigirlarni iydirish davrida qishki ratsionning tarkibi, 
to‘yimlilik bo‘yicha %. 
 
Oziqalar 
Kunlik  sogim, kg 
10 
15 
20 
30 
Dag„al oziqalar 
14-20 
16-19 
15-16 
10-11 
Shirali oziqalar 
70-75 
65-70 
60-70 
50-55 
Shu jumladan: 
silos 
60-65 
55-60 
45-50 
30-35 
Ildizmevalar 
10-15 
12-15 
13-15 
15-20 
Yem oziqalar 
10 gacha 
15 gacha 
20 gacha 
35-40 gacha. 
 
Yozgi ratsionlar asosan ko„k oziqalar va yemdan iborat bo„ladi. 
Sermahsul  sigirlarni  sog„ish  zallarida  sogilganda  6-8  minut  davomida  2,0-25 
kg yem iste‟mol qilib,ikki sog„imda 4,0-5,0 kg, uch marta sog„ilganda 6-9 kg yem 
iste‟mol qilinadi. 

 
97 
Sog„in  sigirlarni  oziqlantirganda    ratsionning  to„yimligi  va  uning  tarkibidagi 
quruq moddasi inobatga olinadi.  
Sigirlar iydirish davrida ratsionni   
to„yimli  moddalar  bilan  boyitish  maqsadida  ba‟zan  yem  nisbati  biroz 
oshiriladi. Yoki shu davrda  (100 kun) 2000-3000 kg sut beruvchi sigirlarning 1 kg 
suti  uchun  240-260  g  yem;  4000  kg  sut  beradiganlariga  290-310  g;  5000  kg  va 
undan ko„p sut beradigan sigirlarga esa 380-400 g yem beriladi. 
Ratsion albatta me‟yordagi makro va mikroelementlar, hamda vitaminlar bilan 
to„liq ta‟minlanishi shart. 
Qand  –  protein  nisbati  1:0,9-1,1  bo„lishi,  kraxmalning-  qandga  nisbati  1:1,3-
1,5 bo„lishi kerak. 
Sog„in sigirlar  ratsioni 2-3 kg sutni ko„paytirish imkoni bilan beriladi. 
Oziqlantirish  me‟yori    voyaga  yetgan,  o„rta  semizlikdagi  sigirlar  uchun 
hisoblanadi. Shu bois semizligi past sigirlarga iydirish davrida qo„shimcha 1,5-2,0 
oziqa birligi qo„shib beriladi. 
Sigirlar  ratsionidagi oziqalarni aralashtirib yedirish yaxshi natijalar beradi. 
Iydirish (100 kun) davri tugagandan keyin har oy sut 8-10% kamayib, shuning 
uchun    ratsion  to„yimliligi  3-4%  kamaytirib  boriladi.  Shu  davrda  oziqlantirish 
yuqori sut mahsuldorligi va iydirish davrida sarflangan to„yimli moddalarni o„rnini 
qoplashni  ko„zda  tutish  kerak,  chunki  iydirish  davrida    sigirlar  kuniga  500-600  g 
vazn  yo„qotishlari mumkin.  
Iydirishdan  keyin  sigirlar  ratsioni  sut  mahsuldorligiga  qarab  oyda  2-3  marta 
o„zgartirib  boriladi.  Bu  davrda  asosan    xo„jalikda  yetishtirilgan  oziqalar  ko„proq 
foydalanish yaxshi samaralar beradi. 
 
Sigirlarni yozda  boqish. 
Sigirlarni  oziqlantirish  O‟zbekiston  sharoitida  bahor,  yoz  va  ko„z  oylarida 
ko„k  oziqalar  hisobiga  amalga  oshiriladi,  chunki  respublikamizning  tabiiy  iqlim 
sharoiti  8-9  oy  ko„k  oziqalar  yetishtirish  imkonini  beradi(asosiy,  oraliq,  takroriy 
ekinlar.). 
Ko„k  oziqalar  quruq  moddasi    to„yimliligi  yuqori  o„simlik  turi,  vegetatsiya 
davri va o„simlik qismlariga bog„liq. 
Ko„k  oziqalarning 1 oziqa birligida protein bedada – 170, makkajo„xorida-60, 
javdarda- 70-80 g ni tashkil qiladi. 
Ko„k oziqalar quruq moddasi  tarkibida yog„ kam bo„lib 4% ni tashkil etadi. 
Kletchatka  miqdori  kuruq  modda  tarkibida  o„tni  yigishtirishda  uning 
vegetatsiya  fazasiga  bog„liq  va  18-30%  ni  tashkil,  ya‟ni  yosh  o„tlarda  kletchatka 
kam, davr o„tishi bilan poya qotib kletchatka ko„payib boradi. 
Ko„k  o„tlarda  azotsiz  ekstraktiv  moddalar  yuqori  bo„lib  quruq  moddasining 
40-45% ni tashkil qiladi. 
Sigirlarning mineral moddalarga talabini qondirish uchun ko„k oziqalar quruq 
moddasi tarkibida: kaliy 1,2-2,8%, kalsiy 0,4-0,8%, magniy 0,12-0,26, fosfor 0,35-

 
98 
0,40%, temir 50-100 mg/kg, marganes 40-200, mis 4-8, rux 20-80, kobalt 0,25-0,8, 
molibden 0,5-3 mg/kg bo„lishi kerak. 
Ko„k  oziqalar    tarkibida  karotinoid-provitamin  A,  tokoferol(vitaminE),  V 
guruh vitaminlar yetarlicha bo„lib, V12 va S vitamin bo„lmaydi. 
Ko„k oziqalar hazmlanish darajasi yuqori hisoblanadi, quruq moddasi 76-66; 
organiq moddalar 80-60; protein 75-65; yog„ 50-35; kletchatka 75-55;  va AEM 80-
70% ni tashkil etadi. 
Sog„in  sigirlar    ko„k  oziqalar  ularning  sut  mahsuldorligiga,  o„t  namligiga 
qarab beriladi. Bo„g„oz sigirlar ko„k oziqalar bilan 11 kg quruq modda 1 boshga: 10 
kg  sut  beradigan  sigir  14  kg; 20    16,5  va  30 kg  sut  beradigan sigir  18,5  kg  qabul 
qiladi. 
O‟rtacha har bir sigir 50-60 kg ko„k oziqa iste‟mol qiladi, uni 3-4 bo„lib berish 
mumkin, chunki ko„k oziqalar o„rilgandan keyin 3-4 soat saqlansa ular buzilmaydi.  
Ko„k  oziqalar  hayvon  tabiatni  va  tarqatish  texnikasiga  moslanib  maydalab 
yediriladi. 
Ko„k oziqalar tarkibida protein miqdorining ko„pligi hisobga olib qand protein 
nisbatini ta‟minlash uchun tarkibida protein ham oziqalarni kiritish mumkin. 
 
Buqalarni oziqlantirish
Buqalarni  oziqlantirishda  ularning  tirik  vazni  yoshi,  semizlik  darajasi, 
foydalanish  davriga  qarab  energiya,  to„yimli  moddalar,minerallar  va  vitaminlarga 
bo„lgan  me‟yor  talablarini  to„liq  qondirishni  ta‟minlash  kerak.  Buqalarga  iloji 
boricha hajmi kichik, to„yimli oziqalar berish uning jinsiy faolligiga   garov bo„ladi. 
Urug„ining  sifati  esa  buqalarni  me‟yorda  protein,  mineral  moddalar  va  vitaminlar 
bilan  ta‟minlanishiga  bog„liq.  Ularning  semizlik  darajasi  (zavod)  oziqlantirish 
orqali  nazorat  qilib  boriladi.  Shu  bois  oriq  va  yosh  buqalarga  kuniga  1-1,5  oz. 
birligi qushib beriladi. 
O‟rtacha  buqaning  100  kg  tirik  vazni  hisobiga  qochirish  mavsumidan  oldin 
0,8-1,1  oz.  birligi,  yoki  8,3  –  12,6  Mdj  almashinuvchi  energiya;  o„rtacha 
foydalanganda  0,9-0,12  oz.  birligi,yoki  8,9-  22,6  Mdj  almashinuvchi  energiya; 
jadal  foydalanganda  esa  1,0-1,3  oz.  birligi,  yoki  10,6-16,2  Mdj  almashinuvchi 
energiya beriladi. 
1  oz.  birligi  tarkibida  qochirishda  foydalanilmagan  davrda    100  g,  o„rtacha 
foydalanilganda 125 g, jadal foydalanilganda 145 g hazmlanuvchi protein beriladi. 
Ratsion  quruq  moddasi  tarkibida  qand  qochirishda  foydalanilmaganda  7%, 
o„rtacha foydalanilganda 9,4 va jadal foydalanilganda 12,4%. qandning kraxmalga 
nisbati 1:1,1-1,2, qand protein nisbati 1:0,8-1,2 bo„lishi kerak. 
Quruq modda tarkibida kletchatka 20-25 % ni tashkil etishni talab qilinadi. 
Buqalarni  oziqlantirishda  ratsionning  to„laqiymatligi  doimo  nazorat  qilib 
boriladi, kerak paytda unga o„zgartirishlar kiritiladi. 
Buqalar 100 kg  vazniga bir sutkada: qishda pichan 0,8-1,2 kg, silos yoki senaj 
0,8-1kg,  ildizmevalar  1,1,5  kg,  don  0,2-0,5  kg  va  yozda  ko„k  oziqalar  2-2,5  kg, 
pichan 0,4-0,5 kg, yem 0,2-0,5 kg berish tavsiya etiladi. 

 
99 
Yosh qoramollarni oziqlantirish
Qoramollar podasini sermahsul, baquvvat, sog„lom, mustahkam konstitusiyali 
hayvonlar  bilan  to„ldirishining  asosini  yosh  nasldor  qoramollarni  o„stirish  
hisoblanadi. Uning asosini oziqlantirish tashkil qiladi. 
 Yosh    qoramollarni  oziqlantirish  xo„jalikning  yo„nalishi,  oziqalar    bilan 
ta‟minlanganligi, iqtisodiy talablar asosida quriladi. 
 Qoramollarning  yosh  paytida  jadal  o„stirish,  oshqozon-ichak  tizimini  hajmi 
bo„lishini  ta‟minlash  samarali  hisoblanib,  kelgusida  sermahsul  hayvonlar 
yetishtirishga  garov bo„ladi. 
Yosh qoramollar vazn o„sishi tarkibi yoshi ulgayishi bilan o„zgarib boradi. Sut 
davrida  buzoq  vazni  tarkibida  ko„proq  suv,  protein  va  kam  miqdorda  yog„ 
to„planadi; keyingi davrlarda suv nisbati kamayib yog„ nisbati ortib boradi. 
Yosh qoramollarga beradigan oziqalar hayvonning hayotini saqlash  va kunlik 
o„sishni  ta‟minlashdan iborat bo„ladi. 
Yosh  qoramollarning  energiyaga  bo„lgan  talabi    yoshi,  jinsi,  o„rtacha  kunlik 
vazn  ortishiga  qarab  24  ko„rsatgich  bo„yicha  detallashtirilgan  me‟yor  asosida 
oziqlantiriladi. 
 Erkak  nasldor  tanalarining  kuniga  850-950  g  vazn    qo„shishi,  16    oyligida 
450-500 kg, urg„ochi  tanalarining  esa 500-600 g vazn qo„shishi  18   oyligida 300-
350 kg bo„lishini ta‟minlashi shart. 
Yosh  qoramollarni  yoshi  ulg„ayishi  bilan  energiyaga  bo„lgan  talabi  ortib 
boradi , 1-3  oyligida 1 kg vazn  ortishiga 3,0- 4,2 oz. birligi; 7-9 oyligida - 6,3-7,4 
oz.birligi; 13-18 oyligida esa 9,5-12,3 oz.birligi talab etiladi . 
100kg  tirik  vazniga  esa  yoshi  ulg„ayishi  bilan  quruq  modda  sarfi  kamayib 
boradi  urg„ochi  tanalarda  7-12  oyligida  2,4-3kg  ,13-18  oyligida  -2,1-2,5kg;  erkak 
tanalarda  esa  7-12  oyligida  -2,2-2,8kg,  ,13-16  oyligida  esa  2,0-2,2  kg  ni    tashkil 
etadi. 
Yosh  qoramollarning  oziqlanishi  xususiyati  yoshi  ulg„ayishi  bilan  o„zgarib    
boradi.  Yosh  qoramollarni  o„stirish  3  davrga  bo„linadi:  yangi  tug„ilganlik  davri-
hayotning birinchi 10-15 kuni; sut davri-4-5 oylikkacha ; sut davridan keyingi davr-
16-18 oyligigacha, shu davrga kelib urg„ochi tanalar jismoniy balog„atga erishadi. 
Yaxshi  rivojlangan  erkak  nasldor  buqachalarni  12-14  oyligidan  podani  qayta 
tiklashda foydalanish mumkin.  
Yosh  qoramollarni  me‟yorda  protein  bilan  ta‟minlash  ularning  o„sish  va 
rivojlanishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi . 
Hayvon  hayotini  saqlab  turish  uchun  100kg  tirik  vazniga  60g  hazmlanuvchi 
protein  ,1kg  vazn  ortishi  uchun  esa  500g  hazmlanuvchi  protein  iste‟mol    qilish 
kerak. 
Ikki oyligigacha buzoqlar asosan  sut mahsulotlari va iste‟mol qilib, keyin uni  
nisbati  kamaytirilib  o„simlik  oziqalar  ko„paytiriladi,  chunki  old  oshqozonlar 
rivojlanib  mikroorganizm  va  info„zoriyalar  o„simlik  proteinlardan  to„laqiymatli 
oqsillar sintez qila boshlaydilar. 

 
100 
3  oylikgacha  ratsion  tarkibidagi  quruq    modda  tarkibida  6-12%,  4-6  oyligida 
16-18%, 7-12 oyligida 20-22% va 13-24 oyligida 22-24% kletchatka bo„lishi talab 
etiladi. 
Quruq modda tarkibida qand 3 oyligida 15-16,5%, 6 oyligida 8,0-9,5%, 7-12 
oyligida  6,5-9,0,  13-24  oyligida  esa  6,5-8,5  %ni  tashkil  qiladi,  yoki  quruq  modda 
tarkibida kletchatka nisbati ortib qand miqdori kamayib boradi. 
Buzoqlarga  ichiriladigan  sutning  tarkibidagi  yog„ning  miqdori  3,5-4,0% 
bo„lishi kerak. 
Turli xo„jaliklarda  1 bosh bo„zoqqa sarflanadigan sut yog„ining miqdori 8-18 
kg ni tashkil qiladi. 
Buzoqlarning yoshi ulg„ayishi bilan yog„ga bo„lgan talab oshadi. Bir oyligida 
ratsion quruq moddasida 22-24% yog„ bo„lsa, 6 oyligida 5,0-5,5%. Undan keyingi 
yoshlarda esa 3% dan oshmaydi. 
Yosh qoramollar vazn oshishi tarkibida 4% mineral moddalar tashkil qiladi. 6 
oyda  buzoqlar tanasida 6, bir  yilda  9-10 kg mineral moddalar to„planadi. 
Sut tarkibidagi mineral moddalar yaxshi o„zlashtiriladi(86-97%). 
Yosh  qoramollarni  oziqlantirishda  mikroelementlar  alohida  o„rin  tutadi  ular 
modda  almashinuvi,  mahsuldorlik,  oziqalar  hazm  bo„lishi    va  o„zlashtirilishiga 
ta‟sir etadi. 
Mikroelementlarga  bo„lgan  talabini  qondirish  uchun  ratsionning  1  kg  quruq 
moddasi  hisobiga    50-80    mg  temir,  5-10  mg  mis,  30-60  mg  rux,  30-60  mg 
marganes, 0,4-0,7 mg kobalt va 0,2-0,6 mg yod to„g„ri kelishi kerak. 
Yosh qoramollarning me‟yorda o„sishi ular ratsionida yetarli miqdorda Ava D 
vitaminlari,  hamda  old  oshqozonlarida  mikroorganizmlar  faoliyati  yetarli 
bo„lmaganda B guruh vitaminlari bo„lishi talab etiladi. 
Vitaminlar manbai bo„lib sut davrida, keyin o„simlik oziqalari hisoblanadi. 6 
oylikkacha 1 kg ratsion quruq moddasi tarkibida 26-37 mg, undan keyingi davrda 
esa 22-25 mg dan kam bo„lmagan vitamin A bo„lishi kerak. 
Qo„yosh  nurida  yayratilmagan  buzoqlar  2-3  oydan  keyingi  raxit  kasalligiga 
uchraydi. Shu bois yoz oylarida 8 soatdan kam bo„lmagan yayratish, qish paytida 
esa ratsionga qo„shimcha 0,6-0,9 ming XB vitamin D 

oylikkacha, keyinchalik esa 
0,4-0,5 ming XB berib turiladi. 
Sut davrida 6-8 kun onasining ugiz suti , keyin umumiy qaymog„i olinmagan 
sut beriladi. 
Sut  davrida  o„sish    jadalligiga  qarab  urg„ochi  buzoqlarga  180-350  kg 
qaymog„i  olinmagan  va    200-600  kg  qaymogi  olingan  sut  ishlatiladi.    Iloji  bor 
xo„jaliklarda    qaymog„i  olinmagan  va  olingan  sutni  tejash  maqsadida  sun‟iy  sut 
ichirish yaxshi natijalar beradi.  Bundan tashqari buzoqlarga sut chiqindilari (ayron, 
zardob) berish ularning o„sish va  rivojlanishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. 
15-20  kunlikdan  buzoqlar  o„simlik  (sifatli  pichan),  yem  va  1  oy  oxiridan 
boshlab  shirali  oziqalar  yeyishga  o„rgatiladi.  Ular  keyichalik  o„simlik  oziqalariga 
erta  o„rgatilsa  oshqozon-ichak  tizimining  jadal  rivojlanishiga  sabab  bo„ladi. 

 
101 
Ko„proq sut va yem oziqalar berish esa  ularning rivojlanishini susaytiradi. Barvaqt 
pichan  berish  ularda  kovsh    qaytarilishini  20-25  kunda  paydo  bo„lishini 
ta‟minlaydi,  vaholanki  1,2-2  oyligida  ular  kunning  4-5  soati  kovsh  qaytarishga 
sarflaydi. 
Buzoqlarni  yoshligidan  shirali  oziqalarni  yeyishga  o„rgatish  kerak.  2-3 
oylikdan  buzoklarga  sifatli  6  oy  mobaynida  silos,  senaj,  lavlagi,  yozda  esa  ko„q  
o„tlar yediriladi. 
Buzoqlarni qat‟iy xo„jaliklarda qabul qilingan tartib asosida oziqlantiriladi. 
Sut  va  sut  oziqalari  buzoklarga  37-39  ◦S  haroratda  ichiriladi,  sovuq  holda 
ichirish oziqa hazm qilish jarayoniga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Sut oziqalari buzoq oshqozoniga kichik qismlarda tushishi kerak, birdan ko„p 
ichsa sut shirdonda ivib keyin hazmlanadi. 
Buzoqlarda oziqalar hazmlanishi yaxshi bo„lishi uchun ularni me‟yordan ko„p 
oziqlantirmaslik va yangi oziqalarni sekin – asta kiritish kerak. 
6  oy  mobaynida  urg„ochi  buzoqlarga  180  dan  350  kg  gacha  qaymog„i 
olinmagan va 200-600 kg qaymog„i olingan sut ichirish rejalashtiriladi. Ko„pchilik 
xo„jaliklarda sut o„rniga sun‟iy sut ichirish mumkin(21-24 kg quruq kukun). 
Buzoq  yoshi  ulgayishi  bilan  sut  oziqalarining  nisbati  ratsionda  kamaytirib, 
yem va hajmli oziqalar ko„paytirib boriladi. 
Sutning 1 kg quruq moddasida 2,7-2,9 oziqa birligi bo„lgani holda, yem quruq 
moddasida esa 1,1-1,3 oziqa birligi bor holos, shuning uchun ratsion to„yimliligini 
ta‟minlashda  ushbu  holni  inobatga  olish  kerak.  Dastlab  buzoqlarga  donlar 
aralashmasidan  yem  qilib  berish,  yoki  zavodlar  chiqargan  omixta  yem  berish 
mumkin. Bunday omixta  yemning 1 kg da 1,26 oziqa birligi, 180 g hazmlanuvchi 
protein bo„ladi. 
Oziqlantirish sxemasiga binoan buzoqlarga 6 oylikkacha  260 kg pichan, 400 
kg  silos  yoki  shunga  teng  to„yimlilikda  senaj,  160-180  kg  yem  sarflanadi.  Yoz 
paytida esa pichan, senaj, silos urniga ko„k oziqalar yediriladi.  
Nasldor  erkak  buzoqlarni  o„stirishda  kuniga  750-1000  g  semirishini 
ta‟minlash  kuzda    tutiladi,  6  oyda  bir  boshiga  320-450  kg    qaymog„i  olinmagan, 
600-1000  kg  qaymog„i  olingan,  220-230  kg  pichan,  200  kg  silos,  100-200  kg 
lavlagi va 195-200 kg yem;  yozda esa pichan, senaj, silos, lavlagi urniga 800-900 
kg ko„k oziqa beriladi . 
Tanalarni  sut  davridan  keyin  o‘stirish.    Bu  davrda  oziqlantirish  erkak  va 
urg„ochi  tanalarni me‟yordagi o„sish va rivojlanishini ta‟minlashga qaratiladi. 
Ratsion  tarkibi  energiya,  protein,  mineral  va  vitaminlar  bilan  ta‟minlanishi 
zotga xos tez yetiluvchanlik tanalar o„stirish imkonini beradi. 
6 oylikdan keyin detallashtirilgan ratsionlar hayvon yoshi, jinsi va kunlik vazn 
qo„shishni hisobga olib tuziladi. 
Ratsionlar har bir guruhga har oy uchun tuziladi, unda albatta o„stirilayotgan 
sigirlar vazni inobatga olinadi, 400-450; 500-550; 600-650 kg . 
 

 
102 
2.4.1.3.Jadval 
500- 550 kg tirik vazndagi sigirlar o‘stirish uchun urg‘ochi naslli 
tanalarni oziqlantirish me’yori, 1 boshga  bir kunda 
 
Ko„rsatkichlar 
Yoshi, oy 


12 
18 
Oziqa birligi 
4,0 
4,4 
5,0 
5,8 
Almashinuvchi energiya, mDj 
33,6 
38,6 
46,1 
57,9 
Quruq modda, kg 
4,5 
5,4 
6,1 
7,3 
Xom protein, g 
575 
670 
715 
800 
Hazmlanuvchi protein, g 
395  
435 
465 
520 
Xom kletchatka, g 
945 
1190 
1340 
1605 
Kraxmal, g 
510 
565 
605 
675 
Qand, g 
346 
390 
420 
470 
Xom yog„. g 
240 
255 
280 
325 
Osh tuzi, g 
23 
27 
32 
42 
Kalsiy, g 
33 
36 
41 
49 
Fosfor, g 
20 
21 
24 
30 
Magniy, g 

12 
15 
20 
Kaliy, g 
32 
39 
47 
58 
Oltingugurt, g 
13 
16 
21 
24 
Temir, mg 
270 
325 
365 
440 
Mis, mg 
36 
43 
49 
58 
Rux,mg 
200 
245 
275 
330 
Kobalt, mg 
2,9 
3,5 
4,0 
4,7 
Marganes, mg 
225 
270 
305 
365 
Yod, mg 
1,3 
1,6 
1,8 
2,2 
Karotin,mg 
115 
130 
145 
185 
Vitamin D 
(kalseferol)MingXB 
2,5 
2,8 
3,5 
5,1 
vitaminE(tokoferol), mg 
180 
215 
245 
290 
 
Urg„ochi  tanalar  7  oyligidan  18  oyligigacha  1  kg  vazn  qo„shishi  uchun 
yoshiga qarab 6 dan 11 gacha oziqa birligi sarflaydi. 
 Ug„ochi  tanalar  6-12  oyligida  100  kg  tirik  vazni  hisobiga  2,4-3  kg,  13-18 
oyligida  2,1-2,5  kg  quruq  modda  sarflaydi.  1  kg  quruq  modda  tarkibidagi  0,7-0,9 
oz.  birligi  bo„lishi  talab  etiladi,  yoshi  ulg„ayishi  bilan  energiya  nisbati  pasayib 
boradi. 
Hazmlanuvchi proteinga bo„lgan talab ham yoshiga qarab o„zgarib boradi, 7-9 
oylikda 1 oziqa birligida 100 g, 10-12 oyligida 95-100 g, 13-18 oyligida esa 90-95 
g talab etiladi. 
Yosh  qoramollar  ratsioni  quruq  moddasi  tarkibidagi  xom  kletchatka  7-12 
oyligida 21-22% bo„lgani holda, 13-18 oyligida 23-24% tashkil etadi. 
Qand-protein nisbati 0,8-1  bo„lishi kerak. 

 
103 
Ratsion quruq moddasi tarkibida yog„ 3% dan  kam bo„lmasligi kerak. 
Ayniqsa  tanalarni  o„stirishda  mineral  moddalar  va  vitaminlar  me‟yor 
talablariga  javob  berishi  kerak,  aks  holda  o„sish  va  rivojlanishga  salbiy  ta‟sir 
ko„rsatadi, ular yetishmagan qismi oziqalarga qo„shib yediriladi. 
7-8  oylik  tanalar  ratsioni  asosan  pichan,  silos  va  senajdan  tashkil  topadi, 
pichanning bir qismini sifatli somon bilan almashtirsa bo„ladi. 
Urg„ochi  tanalar  100  kg  tirik  vazni  hisobigi  2-3  kg  pichan,  5-6  kg  silos 
iste‟mol qiladi. 6-12 oyligida har bosh tana 7-8 kg senaj, bir yoshdan keyin 15 kg 
senaj iste‟mol qilish, ya‟ni silos o„rni almashtirilishi mumkin. 
Kunlik  600  g  gacha  vazn  qo„shishini  hajmli  oziqalar  hisobiga  olsa  bo„ladi, 
undan  ko„p  vazn  olish  uchun  ratsionga  albatta  yem  kiritilishi  kerak.  Yem  ratsion 
to„yimligini 15-25% ni tashkil qiladi . 
Yozda  esa  urg„ochi  hayvonlar  tanalari  yaylovlarda  yoki  ko„k  oziqa  bilan 
boqish ularning o„sish va rivojlanishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Ular  7-9  oyligida  18-20,  10-12  oyligida  22-26,  13-15  oyligida  26-30,  16-18 
oyligida 30-35 kg ko„k oziqa iste‟mol qiladi. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling