Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
III.6.3. Sut qoramolchiligida qochirish va buzoq olishni rejalashtirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.6.4. Qoramollar podasini to‘ldirishni tashkiliy masalalari.
- Buqalar urug‘ini sifatini tekshirish.
- Sog‘lom buzoq olish va saqlab qolish.
- Poda tarkibi
- III.6.5. Yosh qoramollarni maqsadga muvofiq o‘stirish.
- Podani to‘ldirish uchun ajratilgan buqachalar ota-onalariga qo‘yilgan talablar.
- Maxsus elever xo‘jaliklarida buqalarni o‘stirish.
- III.7. Sut ishlab chiqarilish jarayonlari.
III.6.3. Sut qoramolchiligida qochirish va buzoq olishni rejalashtirish. Sut qoramolchiligida mahsulot ishlab chiqarish asosan g„unojin va sigirlardan buzoq olish bilan bog„liq, shuning uchun har bir fermada yil boshida qochirish va buzoq olish rejasi tuziladi, bu xo„jalikda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish rejalarini bajarishni ko„zda tutadi. Bu reja podani maqsadli juftlash natijasida uni takomillashtirish imkonini beradi. Buzoq olish va sut ishlab chiqarishni yil davomida bir me‟yorda tashkil qilishni ta‟minlaydi. Xo„jalikda qochirish va buzoq olish rejasini tuzish uchun jami qochiriladigan urg„ochi (sigir, qochirish yoshidagi tanalar) hayvonlar soni, qisir sigirlarni aniqlash, ularni obdon davolash; xo„jalikda qochirilishi lozim urg„ochi tanalarni kerakli vaqtda buzoq olish maqsadida qochirish, sigir va urg„ochi tanalarni qochgan va tug„ish muddatlari; bo„lar asosida oylar bo„yicha qochadigan va tug„adigan sigir va g„unojinlar bosh soni aniqlanadi, ular asosida yagona qochirish va tug„ish rejasi shakllanadi. Bu borada yana xo„jalik hududida borliq aholining urg„ochi tana va sigirlarni qochirish ham inobatga olinadi. Bular asosida yil davomida, oylar bo„yicha zarur urug„ soni asosida viloyat naslchilik idorasiga yil boshida so„rov berilib, shartnoma tuziladi. Tabiiy qochirish 166 hukm surgan xo„jaliklarda esa kerakli buqalar soni aniqlanadi, kerak bo„lsa qo„shimcha-sotib olinadi. Bunda albatta xo„jalikda juftlash rejasi inobatga olinadi. Juftlash xo„jalikni o„zida mutaxassislar va viloyat naslchilik idorasi xodimlari yordamida tuziladi, bunda albatta xo„jalik podasini tezroq takomillashtirish bosh masala bo„lmog„i kerak. Qochirish naslchilik xo„jaliklarida yakka juftlashni ko„zda tutib unda asosiy va qo„shiimcha buqa albatta ko„rsatiladi. Tovar xo„jaliklarida esa ushbu reja guruhlab juftlash asosida tuziladi. Yuqoridagi rejani tuzishdan asosiy maqsad sigir va g„unojinlarni tug„ishini yil davomida xo„jalik imkoniyatlarini hisobga olgan holda rejalashtirishdan iborat. Ba‟zi xo„jaliklarda tug„ish yil davomida bir maromda rejalashtiriladi, shuning uchun mahsulot ishlab chiqarish ham yil davomida bir maromda tashkil qilinadi. Agarda xo„jalik hududida sero„t bahor va yoz yaylovlari ko„p bo„lsa ulardan oqilona foydalanib ko„p va arzon sut ishlab chiqarish maqsadida tug„ish muddatlari asosan shu mavsumga rejalashtariladi. Xullas har bir muayyan sharoitda bu reja aniq maqsadni ko„zlaydi. III.6.4. Qoramollar podasini to‘ldirishni tashkiliy masalalari. Qoramollar podasini to„ldirish nozik masala bo„lib qator tashkiliy ishlarni talab qiladi. Ular jumlasiga buqalardan oqilona foydalanish va ular urug„ining sifatini tekshirib borish, sigirlarning qisir va urg„ochi tanalar qochmasligini sababini aniqlash va unga qarshi kurash, sigir va g„unajinlar bola tashlashini oldini olish, bo„g„oz hayvonlarni asrash, tug„ilgan buzoqlarni to„liq saqlash muammolarini o„z ichiga oladi. Buqalar urug‘ini sifatini tekshirish. Buqalar urug„ini sifatini tekshirib borish podani qayta tiklashda bosh masalalardan biri bo„lib hisoblanadi. Chunki bir buqa yuzlab, minglab urg„ochi hayvonlardan avlod olish taqdirini hal qiladi. Buqalar urug„ini sifati ko„p jihatdan buqaning umumiy holati va qochirish qobiliyatini ko„zgusi hisoblanadi. Sun‟iy qochirish punktlari va naslchilik idoralarida alohida tekshirishlar olib borilmaydi, chunki buqalardan olingan urug„lar albatta tekshirishdan keyin foydalaniladi. Lekin tabiiy qochirish joriy qilingan xo„jaliklarda albatta har oyda bir marta buqalar urug„ining miqdori va sifati nazorat qilinishi shart. Buning uchun buqalar urug„i sun‟iy qin yordamida olinib, unda urug„ning hajmi, sifati esa mikroskop ostida tekshirilib urug„ning quyuqligi, urug„ hujayradarining harakati mahsus andozalar asosida baholanadi. Sigirlar qisr qolishi va ularning bola tashlashiga qarshi kurash. Bu masala juda muhim bo„lib xo„jalikda poda sonini ko„paytirish, mahsulot ishlab chiqarishni bir meyorda olib borishning asosiy mezoni hisoblanadi. Urg„ochi hayvon to„liq pushtsizligi juda kam uchraydi, qisir qolish va urg„ochi tanalarning o„z vaqtida qochmasligi ko„p jihatdan oziqlantirish, saqlash sohasidagi kamchiliklar, yoki kasallik natijasi bo„lishi mumkin. Sigir va urg„ochi tanalarning 167 qisir qolishi ko„p jihatdan buqalar qochirish qobiliyatining past bo„lishi, urug„lar sifatsizligi va boshqalar bo„lishi mumkin. Qisir qolishni oldini olishda qochirish, tug„ish jarayonlarini o„z vaqtida hisob-kitob qilib borish zarur. Umuman olganda har bir qisir sigirni tekshirish, sababini aniqlash va chora ko„rish qisir hayvonlar sonini kamaytirish imkonini beradi. Xo„jaliida oziqlantirish va saqlash sharoitlari me‟yorda bo„lgan taqdirda, qisirlik sabablarini boshqa muammolardan izlash kerak. Ular asosan buqalar urug„ining„ sifatini talablar darajasida bo„lmasligi, sigirlar jinsiy a‟zolari kasalligi, hayvonlarning genetik kasalliklari sabab bo„lishi mumkin. Jinsiy a‟zolari kasallangan sigir va urg„ochi tanalar ajratib davolanishi shart. Ko„p hollarda sigirlarni tuqqandan keyin o„z vaqtida qochirilmasligi, asossiz servis davrini cho„zib yuborilishi, urg„ochi hayvonlar bo„g„ozligi erta aniqlanmaslik sigirlarni qayta qochirish va otalantirish imkoniyatini bermaydi. Shuning uchun sigirlarni tuqqandan keyin o„z vaqtida rejalar asosida qochirish, servis davrining me‟yorda bo„lishi va qochirilgan urg„ochi hayvonlarni o„z vaqtida erta bo„g„ozlikni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Qoramollar podasini qayta tiklashga sigir va g„unojinlarning bola tashlashi salbiy omil hisoblanadi. Bola tashlashning bosh sabablari bo„lib oziqlantirish, saqlash va hayvonlardan foydalanishda yo„l qo„yiladigan qo„pol hatolar sabab bo„ladi. Brusellyoz, vibrioz kabi yuqumli kasalliklar ham bola tashlash sababi bo„lishi mumkin. Bo„g„oz sigirlar va g„unojinlar to„liq ratsionlar asosida oziqlantirilishi shart, ayniqsa bo„g„ozlikning ikkinchi davrida bu omil muhim ahamiyat kasb etadi. Bo„g„oz hayvonlarni to„g„ri asrash ham bola tashlashni oldini olishda katta o„rin tutadi, buning uchun ular, quruq, yorug, issiq binolarda guruhlab saqlanadi, molxonalar poliga alohida e‟tibor beriladi. Bo„g„oz hayvonlarga muzlagan, chirigan, mog„orlagan oziqalar, muzlagan suv berilishi, yoki sovuq paytlarda muzlagan o„tli yaylovlarda boqish ham bola tashlashga sabab bo„lishi mumkin. Sog‘lom buzoq olish va saqlab qolish. Sog„lom buzoq olish va uni saqlab qolish poda bosh sonini ko„paytirish, sifatini yaxshilash va mahsulot ishlab chiqarishni ko„paytirishda muhim omil bo„lib hisoblanadi. Bu narsa dastlab hayvonlarni to„g„ri tanlash va juftlash natijasida, qolaversa qochirishni to„g„ri tashkil qilish, bo„g„oz hayvonlarni me‟yorda oziqlantirish va saqlash, ularni tug„ishga to„g„ri tayyorlash va o„tkazish, tug„ilgan buzoqlarga yaxshi sharoitlar yaratib berishdan iborat. Bo„g„oz sig„irlarni va g„unojinlarni oziqlantirish me‟yorlar asosida amalga oshirilishi kerak. Unda ularning tirik vazni, semizligi, bo„g„ozlik davriga va kelgusi laktasiyadagi sut miqdoriga qarab amalga oshiriladi. Bo„g„ozlikning ikkinchi davridan boshlab albatta homilaning o„sish va rivojlanishi uchun qo„shimcha to„yimli moddalar berilishini taqoza qiladi. Bu borada sigirlarni bo„g„ozlik davriga qarab sutdan chiqarish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sutdan chiqarish sigirning holati va sut mahsuldorligi asosida amalga oshiriladi. Bu jarayon sekin-asta sigir 168 holatiga zarar ko„rsatmagan holda o„tkaziladi. Sigirlarni tug„ishdan oldin dam olishi shart, bu davrda ular laktasiya davomida yo„qotgan, to„yimli moddalarni tanasida to„plab oladi va ularda homila yaxshi rivojlanishi uchun to„liq sharoit yaratiladi. Bu davr sigirlar mahsuldorligiga qarab 45-60 kun bo„lishi kerak, Ayniqsa oriq sigirlar uchun bu muddat 10-15 kunga o„zaytirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sigirlarni sutdan chiqarish sekin 5-10 kun davomida amalga oshiriladi. Dastlab ratsiondan sut haydovchi oziqalar (shirali va kuchli oziqalar) chiqariladi, sog„imlar soni kamaytiriladi. Dastlab 2 sog„im 1 sog„imga, keyin kun ora va xokazo, 3-4 l sut beradigan sigirlar birdan sutdan chiqarib yuborilsa bo„laveradi. Sigirlarni tug„ishdan oldin dam olish davomida ularning yelini holatini kuzatib borish kerak, chunki shu davrda u tiklanib ko„plab yangi bez hujayralari hosil bo„ladi, bu esa ular sut mahsuldorligi va sutning tarkibidagi yog„lilik darajasiga ta‟sir qiladi. Bo„g„oz sigir va g„unojinlar tug„ishiga 7-10 kun qolganda tug„ruq sexi yoki bo„limiga o„tkaziladi. Sigirlar ratsionidan hajmli va kuchli oziqalar chiqarib tashlanadi yoki kamaytiriladi. Ular bog„lamasdan saqlanib iloji boricha har kuni yayratiladi. Oziqlantirish har bir hayvon holati, tug„ish muddatiga qarab tashkil qilinadi. Sutchilik fermer xo„jaliklarida bo„g„oz sigirlar qabul qilingan texnologiya asosida oziqlantiriladi. Tug„ishdan oldin dam olish davrida noto„g„ri oziqlantirish va saqlash sigirlar tuqqanidan keyin nohush hodisalarga sabab bo„ladi (tug„ish parezi). Sigir va g„unojinlar maxsus kataklarda (dennik) tug„diriladi. Sigir tug„ib bo„lgandan keyin 1-2 kun buzog„i bilan saqlanadi, keyin buzoq profilaktoriyaga o„tkaziladi. Dastlab yangi tug„ilgan buzoqlarga alohida saqlash sharoitlari yaratib berish kerak. Dastlabki kunlar harorat 20-24°S bo„lishi kerak. 15 kundan keyin buzoklar bo„zoqxonaga o„tkazilib 10-15 boshdan guruhlab saqlanadi. Albatta buzoqlar 5-6 kun ug„iz sutini ichishi shart, keyin aralash yog„i olinmagan sut ichirishga o„tkaziladi. Poda tarkibi. Poda tarkibi chorvachilikda muhim ko„rsatkich bo„lib hisoblanadi. Podadagi turli jins va yoshdagi hayvonlarning nisbatiga uning tarkibi deyiladi. Bu ko„rsatkich xo„jalikda sut va go„sht ishlab chiqarish bilan bog„langan. Xo„jalikda poda tarkibini tahlil qilib qoramolchilikning ahvoli to„g„risida to„liq fikr yuritish mumkin. Podani qayta tiklash ham ko„p jihatdan poda tarkibini oqilona tashkil qilinganiga bog„liq. Qoramollar podasi asosan quyidagi guruhlarga bo„linadi: buqalar, sigirlar, gunojinlar, 1 yoshdan katta urg„ochi tanalar, 1 yoshgacha urg„ochi tanalar, 1 yoshdan katta novvoslar, 1 yoshgacha novvoschalar, katta yoshdagi bo„rdoqilar va hokazo. Yuqoridagi guruhlar to„la ishlab chiqarish jarayoniga ega bo„lgan xo„jaliklarda bo„lib, ixtisoslashgan xo„jaliklarda esa ularning„ bir qismi bo„ladi. Poda tarkibida sigirlar sun‟iy urug„lantirilganda buqalar bo„lmaydi, sanoat tipidagi 169 sutchilik komplekslarida sigirlar va 15 kunlikkacha buzoqlar bo„ladi, bo„rdoqichilik kompleksdarida esa turli yoshdagi novvoslar bo„ladi holos. Podaning tarkibi hayvonlarni, ayniqsa sigirlarni xo„jalikda foydalanish muddati muhim o„rin tutadi, agar sigirlar podadan ko„p puchakga chiqarilsa, podada qoldirilishi lozim urg„ochi tanalar soni ko„paytiriladi. Naslchilik xo„jaliklarida sigirlarni puchakga chiqarish 10-15 %, yoki 8-10 yil foydalaniladi. Tovar xo„jalikdarida puchak qilish 25 % ni tashkil qilib, xo„jalikda 4-5 yil foydalaniladi. Podani tezroq takomillashtirish uchun podadan sigirlarni chiqarish ko„proq bo„ladi, shuning uchun podani to„ldiruvchi urg„ochi tanalar miqdori ko„paytiriladi. Podada sigirlar nisbati xo„jalikning yo„nalishi, ixtisosiga bog„liq. Sut ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sutchilik xo„jaliklarida ularning podadagi nisbati 80-90 %, sutchilik xo„jaliklarida 50-60 %, xo„jaliklarda sigirlar podasi o„z urg„ochi tanalari hisobiga to„ldiriladi va go„sht shlab chiqariladi. Go„shtdor qoramolchilikka ixtisoslashgan xo„jaliklarda esa sigirlar nisbati 35-40 % ni tashkil qiladi. O‟zbekiston sharoitida yosh qoramollar go„shtga 15-18 oyligida topshirilish tashkil qilingan xo„jalikda podada sigirlar nisbati 40-50 % bo„lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Naslchilik xo„jaliklarida naslli yosh qoramollar qaysi yoshda sotilishiga qarab podada sigirlar nisbati o„zgaradi. Agarda yosh qoramollar erta sotilsa podada sigirlar nisbati ortadi, ular kech sotilsa sigirlar nisbati kamayadi. Xo„jalik sigirlar podasini o„z hisobiga to„ldirsa, I tug„im sigirlarni tekshirib bir qismini podadan chiqaradi, shuning uchun podadagi g„unajinlar nisbati 20-25%ga yetkazilib, shu asosida turli yoshdagi urg„ochi tanalar nisbati ham ko„paytiriladi. Naslchilik xo„jaliklarida poda tarkibi quyidagicha bo„lishi mumkin: buqalar 2-3%; sigirlar 50- 60%; g„unajinlar 15-18%; I yoshdan katta urg„ochi tanalar 18-20%; I yoshgacha urg„ochi tanalar 20-25% ni tashkil qiladi. Bu hisobga sotish uchun mo„ljallangan mollar kiritilmagan. Podani kengaytirilgan takror ishlab chiqarsh sharoitida podada turli yoshdagi urg„ochi tanalar nisbati ko„paytiriladi. Go„shtdor qoramolchilikda esa podada go„sht uchun o„stiriladigan mollar nisbati ko„p bo„lishi, tabiiy sigirlar nisbati kamayadi, yoki 35-40% ni tashkil qiladi. Bu borada go„sht uchun o„stirilgan qoramollar qaysi yoshda go„shtga topshirilishiga qarab poda tarkibi o„zgaradi. Agar 15-18 oyligida yosh qoramollar go„shtga topshirilsa, sigirlar 35-40% ,g„unojinlar 20% ni tashkil qiladi. Agar go„shtga qoramollar 24-30 oyligida topshirilsa podada sigirlar nisbati kamayadi. Naslchilik go„shtdor qoramolchilik xo„jaliklarida sigirlarning podadagi nisbati 40-50% ga yetishi mumkin, chunki yosh nasldor qoramollar boshqa xo„jaliklarga sotib yuboriladi. Har bir xo„jalikda yil boshida poda harakati tuziladi, u har bir xo„jalikning yo„nalishi, mahsulot yetishtirish rejalari, podani tiklash muammolarini o„zida aks ettiradi. 170 III.6.5. Yosh qoramollarni maqsadga muvofiq o‘stirish. Barcha hayvonlar singari qoramollarning nasl va mahsuldorlik belgilari o„sish va rivojlanish jarayonida shakllanadi. Bu belgilar irsiyat va tashqi muhit ta‟siri ostida ro„y beradi, bu borada oziqlantirish, saqlash, foydalanish va xokazolar. Maqsadga muvofiq o„stirish oziqlantirish, saqlash va foydalanish natijasida yosh hayvonlarning mahsulot yo„nalishiga zarur belgilarni shakllantirishga aytiladi. Bu borada S.I.Shteymanning kostroma zotini yaratishdagi tajribalarni eslash kifoya qiladi. Uning fikricha sigirlarni o„z vaqtida sutdan chiqarish, bo„g„ozlik davrida to„liq oziqlantirish, saqlash sog„lom buzoq olishning asosiy omili bo„lib hisoblanadi. Olingan buzoqlarda sermahsul-rekordchi bo„lishi uchun bu hayvonlarning yoshligida oshqozon-ichak, nafas olish, yurak-tomir tizimlarini kuchli rivojlantirishni taqoza qiladi. Bu jarayon ma‟lum darajada chiniqtirish bilan ham amalga oshirilib, hayvonning tashqi muhit sharoitiga va kasalliklarga chidamligini oshiradi. Yosh qoramollarni maqsadga muvofiq o„stirish yangi zot yaratish, borlarini takomillashtirish, sermahsul podalar yaratish chorvadorlarning asosiy qurollaridan biri bo„lib hisoblanadi. Bu jarayon qo„yilgan maqsad asosida, turli yo„nalishdagi xo„jaliklarda muayyan sharoitda o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„ladi. Podani to‘ldirish uchun ajratilgan buqachalar ota-onalariga qo‘yilgan talablar. Podani to„ldirish uchun ajratilgan va eleverlarda o„stirish ko„zda-tutilgan buqachalar albatta mahsus qochirish asosida olinishi shart. Buning uchun naslchilik xo„jaliklarida eng asl buqa berishi ko„zlangan buqa va sigirlar guruhi tashkil qilinadi. Bu sigirlar eng kamida 2 laktasiya davomida andoza talablari va tengdoshlari sut mahsuldorligidan 50%, sutning yog„liligi bo„yicha 0,2% yuqori bo„lishi kerak; mustahkam konstitutsiya va kamchiliksiz tana tuzilishiga ega bo„lishi, yoki 8,0 ball olishi kerak; yelin sifati kamida 4,5 ball olishi shart; yelin indeksi 43% sut berish tezligi eng kamida 1,8 kg/min bo„lishi kerak. Bu buqachalar onalari albatta eng mashhur oila va tizimlarga mansub bo„lishi inobatga olinadi. Buqachalar onalari avlodlari albatta sut mahsuldorligi bilan baholangan bo„lib yuqori ko„rsatkichlarga ega bo„lishi kerak (elita-rekord klassiga, A,B, nasl kategoriyasiga mansub bo„lishi kerak) ular tengdoshlari sut mahsuldorligidan albatta ustun bo„lishi kerak; mustahkam konstitutsiya va bekami ko„st tana tuzilishiga ega bo„lib 9 ballga; buqalar yuqori podani to„ldirish qobiliyatiga ega bo„lishi kerak. Leykoz kasalligi mavjud xo„jaliklarda albatta andoza asosida ish ko„rish kerak. Maxsus elever xo‘jaliklarida buqalarni o‘stirish. Keng miqyosda naslchilik ishlari olib borilganda buqalarga bo„lgan talab keskin ortadi. Shuning uchun buqalarni mahsuldorligi bo„yicha baholaydigan mahsus eleverlar tashkil qilinadi. 171 Bu korxonalarning asosiy vazifasi naslli buqachalar uchun meyordagi oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaratib berish natijasida ularning irsiy imkoniyatlarini to„liq ro„yobga chiqarishdan iborat. . Eleverlarga 10 kunlik, naslchilik xo„jaliklaridagi mahsuldor sigirlardan olingan buzoqlar bo„lib ular elita rekord AB, elita AB majmuiy klassiga ega bo„lib, otalari esa albatta qizlarining mahsuldorligi bo„yicha tekshirilib yaxshilovchi deb tan olingan bo„lishi shart. Tanlab olingan buqachalarga mahsus naslchilik jildi (forma-1-mol) ochiladi. Barcha buqachalar shoxsizlantiriladi, uch hafta karantin muddatini o„tgandan keyin 5-10 boshdan guruhlab saqlanadi va shu usulda 6 oygacha o„zgartirmasdan saqlaydi. 6 oylikdan keyin buqachalar bog„lab saqlanadi va har kuni 3-4 soat yayrash maydonchalarida sayr qildiriladi. Buqachalar to„liq VIJ me‟yorlari bo„yicha (kuniga 950 - 1000 g vazn qo„shish) oziqlantirilishi kerak. Ularning tirik vazn har vaqt andoza talablaridan 30 % yuqori bo„lishi ta‟minlanishi kerak. 10 oylikga yetganda buqachalar jinsiy a‟zolarining rivojlanishi, urug„inign sifati va urug„lantirish bo„yicha tekshiriladi. Jinsiy a‟zolari anatomo-morfologgik yo„l bilan o„rganiladi. Jinsiy faoliyati buqachalar shartsiz reflekslari asosida belgilanib, ularning nerv tipiga ham baho beriladi. Naslchilik maqsadlari uchun kuchli nerv faoliyatiga ega bo„lgan, nerv harakatlari faol buqachalar tanlab olinadi. Yosh buqachalarda jinsiy faollik ularning chuchelaga joydashgan su‟niy qinga urug„ berishi bilan bog„liq. Shunin uchun ular 10 oyligidan chuchilaga o„rgatiladi. Buqachalar urug„i 12-14 oyligidan baholanadi. Urug„ olish, baholash, muzlatish qabul qilingan sun‟iy qochirish andozasi asosida amalga oshiriladi. Bu buqalar urug„ini otalantirish xususiyati eng kamida 30 bosh sigirda tekshirilib ko„rilishi shart. Nazorat oxirida buqalar har taraflama tekshiriladi, unda hayvonlar o„sish jadalligi, tana tuzilishi va qochirish qobiliyati inobatga olinadi, ushbu natijalar bo„yicha 14 oylik buqalar su‟niy qochirish idoralariga o„tkazilib, avlodlari mahsuldorligi bo„yicha tekshiriladi, yomonlari esa puchak qilinadi. III.7. Sut ishlab chiqarilish jarayonlari. Bu jarayon turli mulk shaklidagi xo„jaliklarda qabul qilingan texnologiyalar asosida amalga oshiriladi. Hozir hususiy fermalar, fermer va shaxsiy yordamchi xo„jaliklarda sut ishlab chiqarish amalga oshirilmoqda. Bosh sonlari ko„p yirik fermer xo„jaliklarida sut ishlab chiqarishning uzluksiz sexlar tizimi joriy qilingan. Bu usulda sigirlar o„zlarining fiziologik holatlariga qarab guruhlarga bo„linadi. Ular: 1 sex – bo„g„oz sutdan chiqqan sigirlar guruhi; 2 sex - tug„ruq sexi; 3 sex - iydirish va otalantirish sexi; 4 sex - sut ishlab chiqarish sexi. 172 Birinchi sexda sigirlar sutdan chiqqandan keyin 45-60 kun saqlanib, ular bog„lanmasdan 50-60 boshdan guruhlab asraladi. Qish paytida sovuq paytdari molxona ichida, qolgan paytlari yayrash maydonchalarida, yozda esa asosan ayvonlar tagida saqlanadi. Ular me‟yorlar asosida oziqlantiriladi. Sigirlar tug„ishiga 10 kun qolganda 2 inchi sexga o„tkaziladi. Ular tug„ishga qadar(10 kun) guruhlab molxona ichida saqlanib, yayrash maydonchalariga chiqarib turiladi. Tug„dirish mahsus kataklarda (dennik) amalga oshiriladi. Bu katak 3 x 3 x 2 metr o„lchamda bo„lib, ular mahsus tayyorlanib, qalin to„shama bilan ta‟minlanadi. Sigir TUG „ ISH paytida unga ko„p halaqit bermagan ma‟qul. Tug„ish o„tgandan keyin buzoq 1-2 kun sigir bilan birga turadi. Keyin buzoq profilaktoriya bo„limiga o„tkazilib 15 kun davomida yakka (evers) kataklarida saqlanadi va onasi suti bilan oziqlantiriladi. Sigirlar esa 15 kun davomida bog„lab saqlanadi va vaqti–vaqti bilan yayrash maydonchalariga chiqarib turiladi. Shunday qilib bu sexda jami 25 kun turadi. Shundan keyin sigirlar 3 inchi sexga o„tkaziladi, buzoqlar esa buzoqxonaga o„tkaziladi. 3 inchi sexda sigirlar 90 kun davomida saqlanadi. Bu sexda sigirlar qo„shimcha oziqalar berish va qo„shimcha tadbirlar yordamida eng yuqori sut mahsuldorligiga erishishni taqoza etadi. Bundan tashqari bu sexda sigirlarni urug„lantirish muhim tadbir hisoblanadi. 90 kun ichida urug„lantirilmagan sigirlar qisir hisoblanadi. 4- sex - sut ishlab chiqarish sexi bo„lib, sigirlar aniqlangan sut maxsuldorligi bilan kelib 190 kun davomida ko„p miqdorda sut sog„ib olishni ta‟minlaydi. Sigirlar bog„lab saqlanadi, vaqti-vaqti bilan yayrash maydonchalarida sayr qildiriladi. Bu sexdan sigirlar sutdan chiqarilgandan keyin yana 1 - sexga o„tkaziladi. Shunday qilib yil davomida sigir 4 sexda bo„lib 1 ta buzoq berib, 305 kun sog„ish ta‟minlanadi. Kichik sut-tovar fermalarida va fermer xo„jaliklarida uzluksiz sexlar tizimida sut ishlab chiqarishni tashkil qilib bo„lmaydi. Bunday xo„jalikdarda bo„g„oz sigirlar tug„ishga 10 kun qolganida tug„ish xonalariga o„tkaziladi. Tug„ish o„tganidan keyin buzoq maxsus katak- larga(profilaktoriya) o„tkaziladi, bu yerda ular 15 kun saqlanib, onasining suti bilan boqiladi. Sigirlar 15 kundan keyin sigirxonaning sog„in sigirlar saqlanadigan tomoniga o„tkazilib bog„lab asraladi. Sigirlar kuniga 2 marta (ertalab,kechqurun) sog„iladi. Sog„ish sigirxona ichida sog„ish jihozlari yordamida amalga oshiriladi. Sog„ish oldidan sigirlar bog„lanib tanasi tozalanadi (qashlanadi), keyin yelini issiq (35-40ºS) suv bilan yuvilib quruq latta bilan artiladi, yelin yaxshilab uqalanadi va shundan keyin birinchi sut alohida idishga sog„ib olinib, sut sog„ish jihozining stakanlari yelinga kiydiriladi. Sog„ish 5-6 minut davom etadi, shundan keyin ko„rish oynasidan sut o„tishi tuxtaydi, shunda yelinni o„ng qo„l bilan uqalab turib, chap qo„l bilan sog„ish jihozining kollektoridan ushlab pastga va oldinga bir necha bor siltanadi. Natijada yelinda qolgan sut sog„ib olinadi. Qo„lda sogilganda esa 173 asosiy sut tugagandan keyin, yelin uqalanib, qolgan sut (300-400 g) sog„ib olinadi. Sog„ish tugashi bilan so„rg„ichlardagi sog„ish stakanlari olinib, yelin mahsus moy bilan surkab qo„yiladi. Moy yelinni jarohatlanishdan va mikroorganizmlardan saqlaydi. Sigirlar sog„ish davrida kuniga 2 marta oziqalantirilsa bo„ladi. Iloji boricha barcha oziqalarni qo„shib (monokorm) berish kerak. Sigirlar qish paytada kunduzi havo iliq davrida, bahor, yoz va kuz paytlarida esa sog„ishdan keyin yayrash maydonchalarida yayratilsa maqsadga muvofiqdir. Sigirlar 305 kun sog„ilgandan keyin sutdan chiqarilish kerak. Bu davrda ba‟zi sigirlar o„zi sutdan chiqib ketadi. Lekin sersut sigirlar sut berishni davom ettiradi. Bu sigirlarni sutdan chiqarish uchun ularning ratsionidagi yem va shirali oziqalar qisqartiriladi, hamda sog„imlar soni kamaytirilib, bir necha kun ichida asta-sekin chiqarib yuboriladi. Sutdan chiqqan sigirlar 50-60 kun davomida alohida guruhda boshvoqsiz saqlanadi. Ular alohida ratsionlar asosida boqilib, tug„ishga 10 kun qolganda tug„ruq bo„limiga o„tkaziladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling