Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


jadval   Yelin o‘lchamlar quyidagidan kam  bo‘lmasligi shart, sm


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.
#9851
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41

 
3.5.1.1.jadval  
Yelin o‘lchamlar quyidagidan kam  bo‘lmasligi shart, sm: 
 
Tug„im 
I tugim 
Iii va                                                                                                  
keiyngi 
Eni  
24 
30 
Uzunligi  
25 
35 
Aylanasi  
95 
120 
Oldingi bo„lma chuqurligi  
23 
28 
Oldingi so„rg„ichlar 
Uzunligi 
6-8 
6-9 
diametri 
2,2-2,6 
2,2-2,6 
 
Sigirlarni baholashda ularning podani to„ldirish hisobga olinadi, unda sigirlar 
hayoti davomida olingan buzoqlar soni bilan belgilanadi. Bu esa xo„jalikda sut va 
go„sht yetishtirishni ko„paytirish muhim omil bo„lib hisoblanadi.  
Sigirlarni 
avlodlarining 
mahsuldorligi 
bo„yicha 
baholash 
naslchilik 
xo„jaliklari, tovar xo„jaliklarining naslchilik fermalarida hayvonlar qator va oilalar 
bo„yicha urchitganda shart hisoblanadi. 
 Ayniqsa  buqa  olish  uchun  ajratilgan  sigirlarni  baholashga  alohida  e‟tibor 
berish  kerak.  Unda  sigirlarning  kelib  chiqishi,mahsuldorligi  va  otalarning 
avlodlarining  mahsuldorligi  bo„yicha  baholanganligi  e‟tiborga  olinadi.  Bunday 

 
152 
sigirlarga alohida buqalar bilan maqsad asosida juftlanadi. 
Juftlash natijasida ma‟lum mashxur qatorlarga xos buqachalar olinishi maqsad 
qilib qo„yadi. Bunday buqachalar maxsus eleverlarda o„stirilib to„liq tekshirishdan 
o„tkazilgandan keyin kochirishda keng foydalanishi mumkin. 
Go‘sht  yo‘nalishidagi  sigirlarni  baholash.Bu  yo„nalishda  sigirlar  asosan 
podani  to„ldirish  belgilari  asosida  baholanadi.  Sigirlarni  baholashda  ularning  tana 
tuzilishi,  yo„nalishga  mosligi,  umumiy  rivojlanishi,  tanasining  mutanosibligi  va 
go„shtdorlik sifatlari inobatga olinadi. 
Go„shtdor  sigirlar  buzoqlarning  jadal  o„sishi  bilan  ham  baholanadi. 
Buzoqlarning  jadal  o„sishi  ularning  vazni  tez  ortishi  va  jinsiy  balog„at  yoshiga 
yetishi  bilan  baholanadi.  Buzoqlar  vaznini  baholashda  go„shtdor  qoramollarni 
bonitirovka qilish instruksiyasi talablaridan foydalanish mumkin. 
Go„shtdor sigirlarni baholashda ularning sutdorligiga alohida e‟tibor beriladi. 
Ularning  sutdorligi  bilan  buzoqlarning  jadal  o„sishi  o„rtasida  ijobiy  bog„lanish 
borligini  unutmaslik  kerak,  chunki  bu    sigirlar  sutining  to„liq  buzoqlari  emadi. 
Sigirlar sut mahsuldorligi naslchilik xo„jaliklarida buzoqlarning 6 oyligidagi vazni, 
oddiy xo„jaliklarda esa 8 oylikdagi tirik vazni bilan baholanadi. Go„shtdor sigirlarni 
baholashda yilida  bitta buzoq olish, transplantasiya usulini qo„llaganda 2 va undan 
ko„prok buzoq olish asosiy mezon bo„lishi kerak. 
Buqalarni baholash va tanlash.Qoramolchilikda sun‟iy urug„lantirishni keng 
joriy qilinishi har bir buqadan bir necha ming avlod olish mumkinligini e‟tiborga 
olsak, buqalarning baholashga  alohida e‟tibor berishni taqozo etadi. 
Buqalarni  baholash  murakkab  jarayon  bo„lib,  ishlab  chiqarish  sharoitlarida 
bosqichma-bosqich, kelib chiqishiga, o„zining mahsuldorligi va nasl sifatiga qarab  
amalga oshiriladi. 
Kelib  chiqishi  bo„yicha  baholashda  buqaning  ona  tomoni    mahsuldorligiga 
alohida e‟tibor beriladi. Unda onasining , otasining onasini, otalarining qizlarining 
sut mahsuldorligini inobatga olinadi. 
O‟zining  mahsuldorligi  bo„yicha  buqachaning  o„sish  jadalligi,  tirik  vazni, 
semirish  uchun  sarflangan  oziqa  birligi,  tana  tuzilishi  va  podani  to„ldirish 
xususiyatlari o„z aksini topadi. 
Uchinchi  bosqich  yakunlovchi  bo„lib  unda  buqa  avlodlarining  sifati      bilan 
baholanadi. 
Kelib  chiqishi    bo„yicha  buzoqlar  tug„ilgandan  keyin  baholanadi.  Buning 
uchun  uning  albatta  sof  zotli,  alohida  qimmatli  qatorlarga  mansub,  ajdodlari 
avlodlari  nasl  sifatlari  bilan  baholangan  bo„lishi  maqsadga  muvofiq.  Shajaraning 
birinchi qatoriga alohida e‟tibor beriladi. Chuqur baholashda 3-4 shajara qatorlariga 
e‟tibor  beriladi,  chunki  uzoq  qarindosh  urchitish  va  gomogen  juftlash 
baholanayotgan hayvonning nasl sifatlariga alohida ta‟sir o„tkazishi mumkin. 
Ayniqsa ona tomoni, hamda otasining ona tomoni mahsuldorlik ko„rsatkichlari  
baholanayotgan  buqa  mahsuldorligi  oldindan  chamalashda  muhim  o„rin  tutadi. 
Ko„pincha    ishonchli  kelib  chiqishka  mansub  buqalar  nasl  belgilarini    avlodga 

 
153 
muqim o„tkazishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun bu ko„rsatkichlar sut va sut-
go„sht yo„nalishidagi qoramollarni baholashda as qotadi. 
Buqalar  mahsuldorligi  bo„yicha  o„z  xo„jaliklarida  va  maxsus  eleverlarda 
baholanib  tanlanadi.  Bu  davrda  ular  o„sish  jadalligi,  tirik  vazni,  tana  tuzilishi  va 
podani  to„ldirish  qobiliyatiga  qarab  tanlanadi.  Bu  barcha  ko„rsatkichlar  irsiy 
belgilar ekanini yoddan chiqarmaslik kerak. 
Ko„pgina shimol mamlakatlarida buqachalar o„sish jadalligiga alohida e‟tibor 
tanlanadi,  natijada  bu  omil  sut  va  sut-go„sht  yo„nalishidagi  qoramollarni  go„sht 
mahsuldorligini  oshishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Chunki  ko„pgina mamlakatlarda 
qoramol  go„shtining  aksariy  qismi  sut  va  sut-go„sht  yo„nalishidagi  qoramollar 
hisobiga yetishtirilishini eslash kifoya qilinadi. 
Buqalarning  tirik  vazni  bo„yicha  tanlanganda  yirik  buqalardan  asosan  vazni 
yuqori  qizlar  tug„ilib,  ular  ko„pincha  vazni  yuqori  buzoqlar  tug„iladi.  Ko„pincha 
sigirlar  tirik  vazni  ularning  sut  mahsuldorligi  o„rtasida  ijobiy  korrelyasiya 
mavjudligi  ,  sut  va  sut-go„sht  yo„nalishida  seleksiyasi  davomida  ularning  vazni 
oshishi bilan sut mahsuldorligini oshirishga erishish mumkin. 
Buqalar    vaznini  yoshiga  qarab  o„zgarib  borishini  inobatga  olgan  holda  5 
yoshgacha  har  yili  aniqlab  boriladi,  sung  shu  vazn  o„zgarmas  bo„lib,  kelgusi 
bonitirovkalarda inobatga olinadi. 
Buqalarni  tana  tuzilishi  va  konstitutsiyasiga  qarab  tanlash  alohida  ahamiyat 
kasb  etadi.Chunki  bir  buqadan  minglab  avlod  olinishi,  buqa  tanasidagi  salbiy 
belgini  shu  hayvonlarga  berilish  xavfini  tug„diradi.  Shuning    uchun  har  bir  buqa 
tana tuzilishi  va konstitutsiyasi bo„yicha har taraflama baholanadi.Unda buqaning  
zot  talablariga  javob  berishi,  jinsiy  tana  belgilarining  yaxshi  rivojlanganligi 
,tananing 
mo„tanosib 
rivojlanganligi, 
konstitutsiyasining 
mustahkamligi, 
sog„ligining  yaxshiligiga  alohida  e‟tibor  beriladi.Bu  borada  ularning  buyining 
balandligi, jussasining kattaligi va fe‟lining qobil bo„lishiga alohida e‟tibor beriladi. 
Tana  to„zilishida    ko„zga  tashlanadigan  kamchilik  va  nuqsonlari  bor  buqalarni 
qochirishda  foydalanish  man  etiladi,  chunki  bu  nuqsonlar  avlodga  berilishi 
mumkin. 
Buqalarni baholashda ularning mahsuldorligiga go„sht qoramolchiligida katta 
e‟tibor  beriladi,  chunki  o„sish  jadalligi,  kunlik  vazn  qo„shilishi,  tirik  vazn  bilan  
go„sht  mahsuldorligi  o„rtasida  ijobiy  bog„lanish  (korrelyasiya)  mavjud.  Bunday 
baholash  maxsus  o„stirish  markazlarida  (elever)  buqachalar  sigirlardan  8  oyligida 
ajratilgandan  keyin  150  kun  davomida  olib  boriladi  .Davr  oxirida  o„rtacha  kunlik 
semirishi,  1kg  semirish  uchun  oziqa  birligi  sarfi,  tirik  vazni,  tana  tuzilishi  va 
go„shtdorlik shakllariga qarab tanlanadi . 
Podani to„ldirish qobiliyati buqaning faolligi, urug„ining sifati va otalantirish 
qobiliyatiga  qarab  baholanadi.  Bunda  buqaning  jinsiy  faolligidan  tashqari,  sun‟iy 
ravishda  urug„i  olinib  barcha  talablarga  rioya  qilgan  holda  baholanadi,  otalanish 
qobiliyati esa, ma‟lum bosh sigir va urg„ochi tanalar qochirilib shularning qanchasi 
otalanganiga qarab aniqlanadi. 

 
154 
Buqalarni  avlodlarining  sifatiga  qarab  tanlash  oxirgi  bosqich  bo„lib,  qiyin, 
ko„p  mehnat  talab  qiladigan  tadbir  hisoblanadi.  Sut  qoramolchiligida  buqalar 
qizlarining  sut  mahsuldorligi,  go„sht  qoramolchiligida  esa  avlodlarning  go„sht 
mahsuldorligiga  qarab  tanlanadi.  Sut  mahsuldorligida  buqalarga  qizlarining  sut 
mahsuldorligi bo„yicha (A1,A2,A3) kategoriyalari beriladi, sutdagi yog„ miqdoriga 
qarab  (B1,B2,B3)  kategoriyalari  beriladi.  Ko„pincha  buqalar  yaxshilovchi 
bo„lavermay, o„rtacha (neytral) va yomonlovchi bo„lishi mumkin, iloji boricha bu 
buqalardan  foydalanmagan  maqsadga  muvofiq  va  ular  kelgusida  podani 
to„ldirishda foydalanilmaydi. 
Podani to„ldirishda keng foydalanadigan buqalarni baholashda maxsus nazorat 
fermalari, buqalarni o„stirish va nazorat qilish stansiyalarida amalga oshiriladi. Bu 
xo„jaliklarda  sigirlar  zot  talablariga  to„liq  javob  berib,  ularning  sut  mahsuldorligi 
3000 kg kam bo„lmasligi shart, zotdorligi va klassi yuqori bo„lishi kerak. 
Naslchilik zavodlari va xo„jaliklarida buqalarni nasl sifatlariga qarab  baholash 
o„zlarida o„tkaziladi. 
Ba‟zi  vaqtlarda  nasl  sifatlariga  qarab  baholash  bonitirovka  va  zootexnika 
hisob-kitoblarini  tahlil  qilish  asosida  ham  xulosaga  kelish  kerak,  buning  uchun 
tahlil olib boriladigan xo„jaliklarda barcha hisob-kitob ishlari olib borilishi kerak va 
sigirlar klassi 1 kam bo„lmasligi kerak. Buqachalarni iloji boricha erta nazoratdan 
o„tkazish iqtisodiy samara beradi. Buning uchun ular 12-14 oyligidan qochirishda 
foydalanib, dastlab chegaralangan jinsiy faoliyat beriladi. Ulardan 20-30 ming sigir 
qochirishga yetadigan urug„ olinib urug„ banklarida mo„zlatib saqlanadi. Buqaning 
nasl sifatlariga qarab nazorat utib «Yaxshilovchi» deb tan olingandan keyin  buqa  
urug„i keng qochirishda  foydalanish mumkin. 
Buqalar  qizlarining  sut  mahsuldorligiga  qarab  baholash    uchun    ularni 
ko„rsatkichlari  onalarining,  tengdoshlarining  va  zot  andozalariga  solishtirish 
baholanadi. 
Ayniqsa  bu  borada  buqa  qizlarining  mahsuldorligini  tengdoshlari  yoki 
xo„jalikda  bir  sharoitda  o„stirilgan  boshqa  buqa  qizlarning  sutdorligi  bilan 
solishtirish  usuli  alohida    ahamiyat  kasb  etadi.  Shu  tadbirlar  asosida  naslchilik 
ishlarini samaradorligini oshirish uchun «Yaxshilovchi» buqalardan foydalaniladi. 
Buqalarni  o„stirish,  tanlash,  baholash  shu  hududdagi  qochiriladigan  urg„ochi 
hayvonlar  soni,  bitta  buqaga  to„g„ri  keladigan  hayvonlar  soni  va  buqalardan 
foydalanish  davomiyligiga  bog„liq,  bu  miqdorni  quyidagi  formula  yordamida 
topish mumkin.   
P
b
=S
k
(N
b
-P
p

P
b
  -   buqalarga bo‘lgan talab 
S
k
  -   qochiraladigan urg‘ochi hayvonlar soni  
N
b
  -   I  buqaga berkitilgan urg‘ochi hayvonlar soni  
P
p
  -    buqalardan foydalanish davomiyligi, yil. 
 

 
155 
Keyingi  yillar  tajribasi  shundan  dalolat  beradiki,  maxsus  o„stirilgan 
buqalardan faqat 25-30% yaxshilovchi bo„lib chiqmoqda, shuning uchun 1 asl buqa 
olish uchun kamida 4ta naslli buqani o„stirish va nazoratga qo„yishga to„g„ri keladi. 
Buqalarni  o„stirish,  nazorat  qilish,  asl  buqalar  olish  irsiy  va  tashqi  muhit 
omillaridan    tashkil  topadi.  Bunda  albatta  buqalarni  va  ularning  qizlarining 
oziqlantirish,  saqlash,  foydalanish  va  tug„ish  mavsumlari  meyorlar  darajasida 
bo„lishi kerak. 
 Hozirgi  davrda  buqalarning  nasl  sifatlariga  qarab  baholashda  ularning 
avlodlarining  fenotipik  va  genotipik    omillarga  EVMlar  yordamida  zarur 
o„zgartirishlar kiritish mumkin. 
Sut  yo„nalishidagi  buqalarning  avlodlarining  sifati  bilan  baholanganda,sut 
mahsuldorligidan tashqari go„shtdorlik sifatlariga ham baho beriladi. Buning uchun 
har bir nazoratdagi buqaning 10 tadan nasl uchun ahamiyati bo„lmagan buqachalari 
15  oylik  yoshigacha  o„stirilib  so„yilib,  so„yim  va  go„sht  sifatlari  bo„yicha 
baholanadi. 
Yosh qoramollarni baholash.Yosh qoramollar dastlab kelib chiqishiga qarab 
baholanadi. Buning  eng nasl  buzoqlari nasl  uchun  ajratib  olinib, qolganlari go„sht 
uchun o„stiriladi. Shundan keyin naslli yosh hayvonlar 10-24 oyligida tirik vazni va 
tana tuzilishi  va konstitutsiya asosida bonitirovka andozalariga  qarab baholanadi. 
Yosh  qoramollarni  yig„indisi  klassi  uch  ko„rsatkich,  kelib  chiqishi,  tirik  vazni  va 
tana tuzilishiga qarab o„rnatiladi. 
Qoramollarni 
bonitirovka 
qilish. 
 
Bonitirovka 
–  hayvonlarning  
mahsuldorlik  ,  nasl  sifatlari,  tirik  vazni,  tana  tuzilishi,  zotdorligi  ,  kelib  chiqishi, 
podani to„ldirish qobiliyatiga qarab yig„indi bahoga aytiladi. 
Har  yili  buqalar,  sigirlar  va  nasldor    yosh  qoramollar    barcha    davlat,  jamoa 
naslchilik idoralarida amalga oshiriladi. 
Podani  to„ldirishga  qoldirilgan  buqachalar  qochirishda  foydalangandan 
boshlab,  sigirlar  1-  va  kelgusi  laktasiyalar  natijalariga  qarab,  yosh  nasldor 
qoramollar 10 oylikdan boshlab bonitirovka qilinadi.  
Har yil bonitirovka natijalari asosida har bir qoramolga yig„indi klass beriladi. 
Bonitirovka  andozalari  asosida  qoramollar    elita-rekord,  elita,  I  va  II 
klasslarga bo„linadi. Yuqoridagi klasslar talablariga javob bera olmagan qoramollar 
nasl nuqtai-nazaridan qadrsiz bo„lib, klassiz hisoblanadi. 
Sigirlar    100  ballik  tizimda    bonitirovka  qilinib,  undan  va  60  ballgacha  sut 
mahsuldorligi,  24  ballgacha  tirik  vazni  va  tana  tuzilishiga,  16  ballgacha  kelib 
chiqishiga beriladi. 
Sigirlar sut mahsuldorligi 305 kun yoki qisqa laktasiya natijalariga qarab, unda 
sut  miqdori,  sutning  tarkibi  (  sutning  yog„lilik  darajasi),  sut  yog„ining  chiqimiga 
qarab  baholanadi.  Sigirlar  sut  berish  tezligi  laktasiyaning  2-3  oyligida  1  sutka 
davomida aniqlanadi. 
Sigirlar eksterer va konstitutsiyasi 10 ballik sistema asosida amalga oshiriladi, 
bu ish 2-3 laktasiya oyida  I va III tug„imlarda amalga oshiriladi. Agarda  I tug„im 

 
156 
bu ish o„tkazilmasa albatta  II tug„imda o„tkazish  kerak. 
Hayvonlar  kelib  chiqishi  ularning  zoti,  zotdorligi,  ota-onalarining  klassiga, 
ayniqsa  sigirning  otasi  avlodlarining  sifatiga  qarab  baholanadi,  ular  kamida  III 
kategoriyadan kam bo„lmasligi kerak. 
Sigirlar  yig„indi ballar  miqdori  80  va    undan  ko„p  bo„lsa  elita-rekord,  70-79 
ball  bo„lsa  elita,  60-69  ball    I  klass,  50-59    II  klass,  50  kam  bo„lsa  klassiz  deb 
belgilanadi. 
Elita-rekord klassiga zotdorligi kamida  III bo„g„in, elita klassiga esa kamida 
II bo„g„in hayvonlari bo„lishi kerak. Agar sigir sut mahsuldorligi bo„yicha I klass 
andoza talabini 40% oshirsa, unga berilgan klassi oldiga A harfi qo„shiladi. Agarda 
sigir  sutining  yog„  miqdori  I  klass  andoza  talabidan  0,2%    yuqori  bo„lsa  unga  
berilgan  klassi  yoniga  B  harfi  qo„shib  yoziladi.  Agarda  ikki  ko„rsatkich  bo„yicha 
ham andoza talablaridan yuqori bo„lsa klassi yoniga AB harflari qo„shib yoziladi. 
Buqalar  100  ballik  tizim  asosida  bonitirovka    qilinib  unda  70  ball  kelib  
chiqishiga  va  30  ball  tana  tuzilishi  va  tirik  vazniga  beriladi.  Bunda  ham  80  va 
undan yuqori ball to„plagan buqalar elita-rekord, 70-79 ball elita, 60-69 ball I klass, 
50-59 ball II klassga mansub bo„ladi. 
Yosh nasldor qoramollar 50 ballik sistema asosida bonitirovka qilinadi. Yosh 
qoramollar  kelib  chiqishi  uchun  30  ball,  eksterer  va  tipikligi  uchun  10  ball,  tirik 
vazni uchun 10 ball beriladi. 
Kelib  chiqishi  bo„yicha  hayvonlarni  zoti  va  zotdorligi,  ota-onasining  klassi, 
ayniqsa  ajdodlarining  nasl  sifatlari  bo„yicha  baholanib  kategoriya  olganiga  qarab 
ballar beriladi. 
Yosh  qoramollar  eksterer  va  konstitutsiyasi  B  ballik  sistema  yordamida 
baholanadi.  Hayvonning  rivojlanishi  uning  tashqi  qiyofasi  va  tirik  vazniga  qarab 
baholanadi. 
Ballar yig„indisi 40 va undan ko„p bo„lsa elita-rekord, 30-34 ball I klass; 25-
29 ball bo„lsa II klassga mansub. 
Go„shtdor qoramollar alohida andozalar asosida bonitirovka qilinadi. 
Bonitirovka  har  bir  naslchilik  xo„jaligi  uchun  majburiy  tadbir  bo„lib,  yiliga 
o„tkaziladi.  Uning  asosida  hayvonlar  naslchilik  yadrosi,  ishlab  chiqarish,  boshqa 
xo„jaliklarga  sotiladigan  va  puchak  mollar  guruhlariga  ajratiladi.  Bonitirovka 
natijalari  naslchilik  ishlarini  samaradorligini  ko„rsatadi  va  uning  yanada 
takomillashtirish yo„llarini ko‟ rsatib beradi. 
 
3.5.2.Qoramolchilikda hayvonlarni juftlash. 
Juftlashda erkak  va urg„ochi hayvonlarning sut va go„sht mahsuldorligi asosiy 
mezon  qilib  olinadi.  Juftlash  xo„jalik  yo„nalishi,  naslchilik  ishlari  rejasi  asosida, 
qo„yilgan maqsadga qarab olib boriladi.  
Juftlash  jarayonida  buqalarga    alohida  qattiq  talablar  qo„yiladi.  Juftlashda 
hayvonlar  mahsuldorligidan  ularning  yoshi  ham  muhim  o„rin  tutadi.  Sut  va  sut-
go„sht  yo„nalishidagi  qoramolchilikda  hayvonlarni  suti  tarkibidagi  sut  va  oqsil  

 
157 
miqdoriga ham e‟tibor beriladi, chunki ko„pincha sut mahsuldorligi va yuqoridagi 
ko„rsatkichlar o„rtasida salbiy bog„lanish (korrelyasiya )mavjud. 
Bu  masalani  amalga  oshirishda  avlodlarning  sifati  bo„yicha  baholanib 
yaxshilovchi  deb  tan  olingan  buqalardan  keng  foydalanish  zarur,  chunki  ularda  
sutining miqdori bilan uning tarkibidagi yog„i va oqsili o„rtasida ijobiy bog„lanish 
inobatga olinadi. 
Juftlash  jarayonida  hayvonlarning  mahsulot  tana  tuzilishi,  mosligi,  tana 
tuzilishi,  asosiy  texnologik  ko„rsatkichlari  –  yelin  shakli,  uning  sig„imi, 
bo„lmalarining  rivojlanishi,  yelin  indeksi,  so„rg„ichlar  shakli  va  o„lchamlari,  sut 
berish tezligi hisobga olinadi. 
Bu  ko„rsatkichlar  juftlanayotgan  sigirlar  va  buqalarning  avlodlarini  inobatga 
olgan    holda    o„tkaziladi.  Go„sht  qoramolchiligida  esa  hayvonlarning      tana 
tuzilishi, yo„nalishiga mosligi va go„sht sifatlari e‟tiborga olinadi. 
Juftlashni  muvaffaqiyatli  o„tkazish  uchun  yil  boshida  har  bir  naslchilik 
xo„jaligida  uning  rejasi  tuziladi.  Unda  yil  davomida  qaysi  asosiy  va  qo„shimcha 
buqa  bilan  qochirish  ko„rsatiladi,  bunda  albatta  sigir  va  buqalarning  barcha 
ko„rsatkichlari inobatga olgan holda tuziladi. 
Qoramolchilikda    boshqa  chorvachilik  sohalari  singari  yakkalab  va  guruhlab 
juftlash  qo„llaniladi.  Yakka  tanlash  asosan  naslchilik  xo„jaliklarida  ma‟lum  reja 
asosida maxsus buqalar olish jarayonida qo„llaniladi. 
Bu  juftlash  usulida  har  bir  buqaga  unga  mos  bo„lgan  qatorlar  va  oilalar 
urg„ochi  hayvonlar  juftlanadi.  Buning  uchun  har  bir  hayvon  kelib  chiqishi, 
xususiyatlari inobatga olinadi. Ayniqsa juftlashni o„tkazishda o„tgan juftlarni ijobiy 
natijalari  asosida  tashkil  qilinsa  yaxshi  bo„ladi.  Bu  juftlash  asosan  sof    zotli 
urchitishda,  kerak  bo„lsa  chatishtirish  jarayonida  ham  foydalanish  mumkin. 
Yakkalab  juftlanganda  erkak  va  urg„ochi  hayvonlarning  tana  tuzilishi  va 
konstitutsiyasi  hisobga  olib  o„tkazilishi,  avlodda  turli  tana  kamchiliklarini 
kamaytirishga va konstitutsiyasini mustahkamlashga olib keladi. 
Guruhlab tanlash ko„pincha tovar xo„jaliklarida o„tkaziladi. Bunda bitta asosiy 
va  qo„shimcha  buqaga  malum  guruh,  mos  klassdagi  sigir  va  urg„ochi  tanalar 
berkitiladi.  Bu  usulda  buqaning  tana  tuzilishi,  konstitutsiyasi  sigirlar  tipiga  mos 
bo„lishi va uning klassi sigirlar klassidan yuqori bo„lishi shart. 
Tovar  xo„jaliklarida  qarindosh  urchitishni  oldini  olish  uchun  har  2-3  yilda 
buqalar almashtirilib turiladi. 
Keng qamrovli seleksiya olib boriladigan hududlarda yakka –guruhlab juftlash 
usuli  ham  qo„llaniladi.  Bunda  xo„jalikning  urg„ochi  hayvonlari  tana  tuzilishi, 
konstitutsiyasi,  yo„nalishi,  kelib  chiqishiga  qarab  guruhlarga  bo„linib  ularga  mos 
buqalar berkitiladi. Har bir maxsus guruhga  asosiy va qo„shimcha buqa ajratiladi,  
ular klassi albatta sigirlar klassidan yuqori bo„lishi shart.  
Chorvachilikda  juftlashni ikki xil usuli qo„llaniladi  – bir xil (gomogen), har 
xil (geterogen). 
Bir  xil  (gomogen)  juftlash  ko„pincha  yuqori  mahsuldor,  naslchilik 

 
158 
xo„jaliklarida, sof zotli urchitish, tarkibiy qismi bo„lgan qatorlar va oilalar bo„yicha 
qo„llaniladi.  Bu  usul  zarur  paytda,  ayniqsa  zotlarni  takomillashtirish  va  yangi 
zotlarni  yaratilishida  as  qotadi.  Bir  xil  juftlash  xo„jalikda  hayvonlar  uchun  yaxshi 
sharoitlar    yaratilishi  shart,  uning  uchun  buzoqlar  maqsad  yo„lida  o„stirilish,    u    
juftlash    maqsadida  xizmat  qilishi  kerak,  bundan  tashqari  olingan    hayvonlar 
oziqlantirish va saqlashga alohida e‟tibor berib sigirlarni iydirish kerak. 
Har xil (geterogen) juftlash naslchilik va tovar xo„jaliklarida, sut , ham go„sht 
yo„nalishida  keng  qo„llaniladi.  Naslchilik  xo„jaliklarida  bu  usul  turli  qator  
hayvonlarni,  juftlash,  yangi  tiplar  yaratishda,  yangi  zotlar  yaratish  va  borlarini 
takomillashtirishda ishlatiladi. Tovar xo„jaliklarida esa asosan bu usul qo„llanilib u 
hayvonlar mahsuldorligini oshirishda qurol bo„lib xizmat qiladi. 
Ishlab  chiqarish  jarayonida  u  yoki  bu  usulni  qo„llash  har  bir  xo„jalikning 
yo„nalishi,  xususiyatlari,  qo„yilgan  maqsad  asosida  ikki  usul  birgalikda  ham 
qo„llanishi  mumkin.  Shuning  uchun  bir  xo„jalikda  bir  xil  va  har  xil    juftlashni 
qo„llash podani tezroq sifat jihatdan yaxshilanishiga sabab bo„ladi. 
Podani yaxshilash, yangi zot, yangi qatorlar, tiplar ,tiplar yaratishda oldin bir 
xil,  keyin  esa  har  xil  juftlash  amalga  oshiriladi.    Bir  xil  va  har  xil  juftlashni  
xo„jalikda  reja  asosida  olib  borilishi  podani  tezroq  takomillashtirish  imkonini 
beradi. 
 
3.5.3.Qoramolchilikda urchitish usullari. 
Qoramolchilikda boshqa chorvachilik sohalarida singari sof zotli, chatishtirish, 
duragaylash urchitish usullari qo„llaniladi.  
Sof  zotli  urchitish  –  bir  zotga  mansub  erkak  va  urg„ochi  hayvonlarni 
juftlashga aytiladi. Bu urchitish asosiy vazifasi  sof zotli hayvonlarni saqlab qolish 
va ularning takomillashtirishdan iborat. Bu usul asosan naslchilik va qisman tovar  
xo„jaliklarida qo„llanilib, sof   zotli hayvonlar ko„p tarqalgan hududlarda keng joriy 
qilingan.  Bu  urchitish  usuli  orqali  zotli  takomillashtirish,  unda  yangi  yo„nalish, 
qator  va  oilalar  barpo  qilishda  muhim  o„rin  tutadi.  Ushbu  tadbirlar  yosh 
qoramollarni  maqsadga  muvofiq  tarbiyalash,  oziqlantirish  va  saqlash  sharoitlarini 
me‟yorlar darajasida tashkil qilishni talab qiladi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling