Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Sigirlar sut mahsuldorligiga  ta’sir  qiluvchi omillar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.
#9851
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41

Sigirlar sut mahsuldorligiga  ta’sir  qiluvchi omillar. 
Sigirlar  sut  mahsuldorligi    va  uning  xususiyatlari,    sutning  tarkibi  kabi    irsiy 
belgi hisoblanadi.  
Genotip  tomonidan  belgilangan  yuqori    sut  mahsuldorligi  genetik  imkoniy 
ko„rsatkichdir.  Sigirlarning  irsiy  belgilari  yuqori  sut    mahsuldorligi  tashqi  
muhitning qulay sharoitlarda  ro„yobga chiqadi.  
Barcha qoramol zotlarida sigirlar sut mahsuldorligi juda o„zgaruvchan bo„ladi. 
Bir  zotniig  ichida  sigirlar  sut  mahsuldorligi  4000-5000  kg  dan  27000  kg  gacha 
bo„lganini guvohimiz. 
Sigirlar sut mahsuldorligi ma‟lum darajada uning tirik vazniga bog„liq, chunki 
u rivojlanish va semizlik mezoni hisoblanadi. Ko„pincha  yirik sigirlar ko„p oziqa 
iste‟mol qilib ularni hazmlash qobiliyatiga ega, bu esa yuqori sut mahsuldorligini 
ta‟minlaydi. Bejiz emas ko„pgina rekordchi sigirlar vazni andozadan ancha yuqori 
bo„lgan. 
Sigirlar sut  mahsuldorligi urg„ochi tanalarni  qochirish  muddatiga  bog„liq.Sut 
yo„nalishidagi  urg„ochi  tanalarni  I6-I8  oyligida  qochirish  maqsadga  muvofiqdir. 
Lekin bu borada ularning vazni muayyan podadagi voyaga yettan sigirlar vaznining 
65-70% tashkil qilganda amalga oshirish kerak.  
Jadal o„stirilgan va meyorlarda qochirilib tug„ishga to„g„ri tayyorlab natijasida 
birinchi tug„ishdayoq 3000-4000 kg sut sog„ib olish mumkin.  
Birinchi  tug„im  sigirlar  sut  mahsuldorligiga  ularni  iydirish  (razdoy)    muhim 
ta‟sir  ko„rsatadi.  Agarda  birinchi  tug„im  natijalariga  ko„ra    sigirning  sut 
mahsuldorligi  podaning  o„rtacha  ko„rsatkichidan  30%  kam  bo„lsa,  ular  sigirlar 
podasiga ko„chirilmay puchak qilinadi. 
Sigirlar  sut  mahsuldorligi  ularning  yoshida  o„z  aksini  topadi.  Aksariyat  I-II 
ba‟zan III tug„im sigirlari voyaga yetgan sigirlar sut mahsuldorligi kam bo„ladi. 
 Ko„pincha  I  tug„im  sigirlarning  sut  mahsuldorligi  voyaga  yetgan  sigirlar 
sutining 75%, II tug„imda 85-87%, uchinchi tug„imda 95-98% ini tashkil qiladi.  
Keyinchalik 2-Z tug„imda sigirlar sut mahsuldorligi yuqori darajada saqlanadi, 
so„nggi  tug„imlarda  bu  ko„rsatkich  asta-sekin  kamayib  boradi.  Sigirlardan 
xo„jalikda  8-10  yil  foydalanish  ko„proq  samara  beradi,  ayrim  hollarda  yuqori 
mahsuldor, qiymatli sigirlar mutaxassislar tomonidan  uzoq vaqt podalarda saqlanib 
qoladi. 
Sigirlarning    sut  mahsuldorligini    oshirishning  asosiy  kaliti  ularning    tanlash 
va  saralash  hisoblanadi.  Sigirlar  sut  mahsuldorligi  I  tug„im  natijalariga  qarab 
baholanadi  va  tanlanadi.  Shuning    uchun  barcha  sutchilik  fermalarida  nazorat 

 
135 
sigirxonalari tashkil qilinib, har bir I tug„im sigir shu  joyda tekshirilib keyin asosiy 
sigirxonaga o„tkaziladi. 
Mahsuldorligi  past,  mashinada  sog„ishga  yaroqsiz  sigilar  podadan  chiqarib 
olinadi. 
Xo„jalikda    sigirlardan    iloji  boricha  uzoq  vaqt  foydalanish,  ayniqsa  bozor 
iqtisodiyoti  sharoitida  alohida    kasb  etadi.  Chunki    sigirlarni  o„stirish  uchun 
sarflangan harajatlar faqat  IV tug„imdan keyin koplanadi. Agarda sigir II yoki III 
tug„imdayoq    podadan  chiqarib  yuborilsa,  ularni  o„stirishga    ketgan  harajatlarni 
qoplamaydi. 
 Ayniqsa  naslchilik  xo„jaliklarida  sigirlarni  uzoq  vaqt  saqlash  yuqori  sifatli 
sigirlardan ko„proq podani to„ldiruvchi  yosh hayvonlar  olish imkonini  beradi. 
Eng  muhim  sutdorlik  omili  bo„lib  sigirlarni  oziqlantirish    darajasi  va 
xususiyatlari hisoblanadi, chunki bu omilsiz sigirning irsiy imkoniyatlari ro„yobga 
chiqmaydi. 
Ayniqsa    yangi  tuqqan  va  sermahsul  sigirlar  oziqlantirish  darajasiga  juda 
talabchan  bo„ladi.  Sigirlarni  yuqori    va  to„la  qiymatli  oziqalar    bilan  ta‟minlab, 
yaxshi asramasa ulardan yuqori  sut mahsuldorligini  kutib bo„lmaydi. 
Sigirlar  sut  mahsuldorligi    ular  laktasiya    davrining    davomiyligiga  bog„liq 
bo„lib, u servis va quruqlik davrlarining natijasi hisoblanadi. 
Sigirlar  bo„g„ozligining  ikkinchi  davrida  bez  hujayralarining  jadal  tiklanishi 
kuzatiladi,  unda  eski  alveolalar  so„rilib  yangi    bez  to„qimalari    paydo  bo„lishni  
boshlaydi. Bu jarayon tug„ishga 1,5-2 oy qolganda jadal kechadi, shuning uchun bu 
davrda sigirni sutdan chiqarish talab qilinadi.  
Bu tadbir sigir qornida homilani yaxshi rivojlanishiga ham ijobiy ta‟sir qiladi.  
Sigirlar sut mahsuldorligi ularning tug„im fasllariga ham bog„liq. O‟zbekiston 
sharoitida  qish oxiri va erta bahorda tuqqan sigirlar yozda tuqqan sigirlar  nisbatan 
300-500 kg ko„p sut beradi.  
Sigirlarning  sut  mahsuldorligi  ularning  salomatligiga  bog„liq  bo„lib,  yelin 
kasalliklari salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 
 
Sutning  tarkibi va to‘yimligiga ta’sir qiluvchi omillar. 
Sigirlar sutining to„yimli  moddalari tarkibi, ayniqsa uning yog„i va oqsilining 
miqdori  o„zgarib  turadi,  ularga  sigirning    zoti,  yoshi,  laktasiya  davri,  bo„g„ozlik, 
oziqlantirish,  saqlash  sharoitlari,  sog„ish  mahali,  hayvonning  salomatligi  va  yana 
qator omillar ta‟sir qiladi. 2- jadvalda turli zotga mansub sigirlar sutining tarkibi va 
to„yimliligi keltirilgan. 
 
 
 
 
 
 

 
136 
3.3.1.2.-jadval 
Turli zotlarga mansub sigirlar sutining tarkibi 
 va to„yimliligi (K.V. Markova ma‟lumoti)  
 
Zoti 
305 kun 
laktasiya 
davrida-gi 
suti,  kg 
Sut tarkibi, % 
100 
gramm 
to„g„ri 
keladi-gan 
yog„, g 
1litr 
sutning 
to„yim-
liligi, 
Kdj 
Yog„ 
Oq-
sil 
Qand 
Quruq 
moddalar 
Qora-ola 
4250 
3,62 
3,25 
4,90 
12,18 
95,0 
2957 
Qizil cho„l 
3386 
3,82 
3,48 
4,66 
12,68 
91,0 
3125 
Golshtin 
6510 
3,60 
3,25 




Kostroma 
4960 
3,88 
3,56 
5,12 
13,09 
91,6 
3251 
Jersey 
3038 
5,87 
4,08 
4,48 
15,40 
69,5 
4120 
 
Barcha zotlarda sigirlar  sutining tarkibida yog„ miqdori o„zgarib turadi. Qora-
ola  zotli  sigirlarda  2,8%  dan  5,42%  bo„lib,  simmental  zotida-3,0%  dan  6,04% 
gacha.  Jersey  zotida  8,0  %  bo„ladi.  Shuning  uchun  qoramolchilikda      naslchilik 
ishlari  olib   borilganda sutning yog„lilik  va oqsil darajasi muhim ishlab chiqarish  
ahamiyatiga bog„liq bo„lib, alohida samaraga ega. 
Sut  tarkibining  bo„g„ozlik,  laktasiya,  sog„ishlar  soniga  qarab  o„zgarishi 
tananing fiziologik faoliyatiga  taalluqli omildir. 
 Sutning  tarkibi    oziqlantirish  va  saqlash    sharoitlariga  bog„liq,  lekin  me‟yor 
sharoitlarida yuqoridagi ko„rsatkichlar irsiy belgi hisoblanadi. 
 To„yimli  moddalar  yetishmasligi  sutning  tarkibiga  salbiy  ta‟sir  qilib,  sigirlar 
irsiy imkoniyatlarini ro„yobga chiqarishga imkon bermaydi. 
Sigirlar ratsioni tarkibida kletchatka moddasini yetishmasligi uni suti tarkibida 
yog„ning kamayib ketishiga sabab bo„ladi. 
 Sutning  ta‟mi,  texnik  xususiyatlari  ko„p  jihatdan  sigir  yeydigan  oziqalar 
tarkibiga  bog„liq,  ba‟zi  oziqalar  ijobiy,  ba‟zilari  salbiy  ta‟sir  ko„rsatadi.  Sutning  
tarkibiga ob-havo sharoitlari- harorat, namlik sezilarli ta‟sir ko„rsatadi. 
Sutning  tarkibiga    sigirlar  salomatligi  katta  ta‟sir  ko„rsatadi.,  namlik  sezilarli 
ta‟sir  ko„rsatadi,  ayniqsa  yelin  va  oshqozon-ichak  kasalliklari  salbiy  ta‟sir  
ko„rsatadi. 
 
Sigirlar sut mahsuldorligini hisoblash va baholash. 
Barcha  turdagi  xo„jaliklarda  sigirlar  sut  mahsuldorligini  muntazam  hisobga 
olib  borilishi  kerak,  bu  asl  sigirlarni  urchitib,  sut  yetishtirishda  yuqori 
samaradorlikni ta‟minlaydi. 
Sigirlar sut mahsuldorligi hisobi, turli xo„jaliklarda turlicha amalga oshiriladi. 
 Naslchilik xo„jaliklarida har bir sigir suti yakka  hisobga olib  boriladi. Lekin 
bu usul ko„p harajat talab qiladi. 
Nazorat  sog„imlar  usulida  sigirlar  sut  mahsuldorligi    10  kunda    bir  marta 
hisobga  olib boriladi. Bu usul naslchilik va oddiy xo„jaliklarda amalga oshirilishi 

 
137 
mumkin. 
Sigirlar  sut  mahsuldorligini  solishtirish  maqsadida  305  kunlik  suti  inobatga 
olinadi, unda albatta sog„im kunlari soni inobatga olinadi. 
Sut  qoramolchiligida    naslchilik  ishlarida:  asosiy  ko„rsatkichlardan  
sigirlarning   eng yuqori  laktasiyada bergan suti miqdori  va hayoti davomidagi suti 
hisobga olinadi. Bu borada sigirning eng yuqori bir kecha-kunduzdagi sut miqdori 
ham hisobga  olinadi,  chunki  bu belgi yelinning imkoniyatini ko„rsatadi.  
Sutchilik  xo„jaligida  sigirlar  sut  mahsuldorligining  asosiy  ko„rsatkichi  I  furaj 
sigirdan    sog„ib  olingan  sut  hisoblanadi.  Uni    xo„jalikda    yil  davomida  sog„ib  
olingan sutni o„rtacha furaj sigirlar soniga bo„lish  bilan chiqariladi. 
Go„shtdor  qoramolchilikda  sigirlar  sut  mahsuldorligi    muhim  ko„rsatkich 
hisoblaniladi.  Bu  ko„rsatkich  bilan  buzoqlarni  o„sish  va  rivojlanishi  uzviy 
bog„langandir.  Shuning  uchun  ushbu  ko„rsatkich  bo„yicha  sirgirlar  seleksiya 
qilinadi.  
Go„tshdor  sigirlar  sutni  ular  yelinining  bir  tomonidan  sutni  sog„ib  olib 
o„lchanadi, ikkinchi tomonini buzog„i emadi, sog„ib olingan sut 2 ga ko„paytirilib  
bir  kecha-kunduzdagi  sut  miqdori  aniqlanadi.  Naslchilik  xo„jaliklarda    sigirlar  sut 
mahsuldorligi  buzoqlar    tirik  vazniniig  6  oylikdagi,  oddiy  xo„jaliklarda  8  oylikda 
ko„rsatkichlari andoza talablariga solishtirilib baholanadi.  Birinchi tug„im sigirlar 
uchun andoza talablari 10 %, ikkinchi  tug„imda esa 5 % kamaytiriladi. 
Sigirlar sutining tarkibidagi yog„ miqdori bir oyda bir marta aniqlanadi, uning 
uchun  2  kunlik  sutdan  namuna  olinib  o„rtacha  yog„  miqdori  aniqlanadi.  Sigirlar 
laktasiyasi  davomidagi  o„rtacha  sutning    yog„liligini  aniqlash  uchun    sut  1  % 
yog„likdagi  sutga    aylantirilib,  haqiqiy  sog„ib  olingan  sutga  bo„lish  bilan 
aniqlanadi. 
Davlatga  sut  sotish.  Sut  ishlab  chiqaruvchilar  sutni  o„zlari  qayta  ishlashlari, 
sut tayyorlov idoralari tomonidan sifati va xossalariga qarab qabul qilinadi. Sutning 
tarkibidagi yog„ning miqdori, nordonligi, tozaligi, bakteriyalar bilan ifloslanganligi  
qarab sut navlari asosida qabul qilinadi. Qabul qilingan sut miqdori bazis yog„lilik 
asosida belgiliniladi. Bazis yog„lilik har bar viloyat uchun urchitilayotgan zotlarga 
qarab mamlakat hukumati tomonidan 5 yilda bir marta belgilanadi. 
 
3.1.2. Qoramollarning go‘sht mahsuldorligi. 
Qoramol  go„shti  yuqori  to„yimligi  va  oziq-ovqat  sifatlari  bilan    boshqa 
go„shtlardan    o„larok,  jahon  miqyosida  barcha  xalqlar  tomonidan  so„yib  iste‟mol 
qiliniladi.  Ayniqsa  maxsus  boqilgan  go„shtdor  qoramollar  go„shti  o„zining 
“marmarsimon” tuzilishi, xushta‟mligi bilan ajralib turadi. 
Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mol go„shti asosan sut yo„nalishidagi yosh 
va puchak qilingan mollar hisobiga to„g„ri keladi. Go„sht yo„nalishidagi mollardan 
olinadigan  go„sht  nisbat  jihatdan  juda  kam,  chunki  ushbu  soha  mamlakatimizda  
keng tarqalmagan.  
Jami ishlab chiqarilayotgan qoramol go„shtining   70% yosh va 30% puchak 

 
138 
qilingan mollarga to„g„ri keladi.  
Qoramol go„shti boshqa  go„shtlardan muskul va yog„ to„qimalarining nisbati 
bilan  farqlanib, uning   tarkibida    muskul to„qimasi    ko„proq  bo„lishi   bilan ajralib 
turadi.  Unig  tarkibida    xolestirin  modda    qo„y  yoki  cho„chqa    go„shtiga  nisbatan  
ancha kam. Qoramol  go„shti to„yimliligi  uning tarkibida almashtirib bo„lmaydigan  
aminokislotalarga  boyligi  bilan  ajralib  turadi.  Unda  arginin,  lizin,  metionin, 
triptofan, sistin, tirozin, gistidin kabi aminokislotalarga boy. Bundan tashqari uniig 
tarkibi  yog„  kislotalari  mineral    va  vitaminlarga  boy.  Shuning  uchun  ham  uning  
inson tanasi tomonidan  95%  hazmlanadi.  
Go„shtning    sifat  ko„rsatkichlari    belgisi  bo„lgan    uning  morfologik  va 
kimyoviy  tarkibi  hayvonning    zotiga,  jinsiga,  yoshiga,  semizlik  darajasi, 
oziqlantirish va saqlash sharoitlariga bog„liq bo„ladi.  
Qoramol nimta go„shti tarkibida       turli omilar natijasida muskul to„qimasi 
42-68%,   yog„  14-30%,   suyak  13-20%  va  biriktiruvchi  to„qima, pay  va  tog„aylar 
10-14% bo„ladi.  
O‟rtacha semizlikdagi voyaga yetgan qoramol go„shtining tarkibi quyidagicha 
bo„ladi; suv 66%, oqsil 20%, yog„ 23%, madanli moddalar 1,0%, 1 kg shu sifatdagi 
qoramol go„shtining to„yililik darajasi 7560 Kdj. Buzoq go„shtida suv miqdori ko„p 
bo„lib  (72%),  yog„ning  (15%)  va  biriktiruvchi  to„qimaning  miqdori  ancha  kam 
bo„ladi. 
 
Qoramollar go‘sht mahsuldorligiga ta’sir qiluvchi omillar 
Qoramolning  go„sht  mahsuldorligiga  ta‟sir  qiluvchi  asosiy  omil  hayvonning 
zoti  hisoblanadi.  Ayniqsa  go„sht  yo„nalishidagi  qoramollar  yuqori  go„sht 
mahsuldorligiga  ega  bo„ladi.  Ular  o„zlarining  tez  yetiluvchanligi,  so„yim 
chiqimining yuqori bo„lishi va ajoyib go„sht sifati bilan ajralib  turadi. 
Ularnig  tirik  vazni  600-1000  kg,  so„yim  chiqimi  65%  bo„lib,  yaxshi 
bo„rdoqilanib, 1kg vazn ortishi uchun kam oziqa sarflaydi. 
O‟zbekistonda  asosiy  go„sht  yo„nalishidagi  zotlar  qozoqi  oqbosh,  santa-
gertruda,  aberdin  anguss  zotlari    bo„lib    ularning  go„shtining  to„yimliligi  yuqori 
bo„lib mazaligi jihatdan yuqori baholanadi. 
Ko„pgina sut va ayniqsa sut-go„sht yo„nalishidagi qoramollarning ham yuqori 
go„shtdorlik imkoniyatlari borligi aniqlangan. 
Jadal o„stirilgan yosh qoramollar 15 oyligida 450-500kg vaznga ega bo„lishi 
va 1kg tirik  vazni ortishiga 6,5-7,0 oziqa birligi sarflaydi.     Bu  imkoniyatlardan 
oqilona  foydalanish  go„sht  yetishtirishni  ko„paytirishda    asosiy  omil  bo„lib 
hisoblanadi. 
Qoramollarning  go„sht  mahsuldorligiga  ularnint  yoshi  ta‟sir  qiladi.  Buzoqlar 
nimta  go„shti  tarkibida  suyak  va  biriktiruvchi  to„qimalar    nisbati  yuqori    bo„lib, 
muskul  to„qimasi    kamroq  bo„ladi,  yosh  ortishi  bilan  bu  nisbati  muskul  va  yog„ 
to„qimasi    foydasiga  hal  bo„ladi.  Bundan      tashqari  voyaga  yetgan  hayvonlar 
go„shtining  tarkibida  suv  kam  bo„lib  yog„ning  ko„p  bo„lishi    uning    to„yimlilik  

 
139 
darajasi yuqori bo„lishini  ta‟minlaydi. Yosh qoramollar 12- 15 oyligigacha muskul 
to„qimalari  yaxshi rivojlanadi, shu davrda  jadal o„stirilib, bo„rdoqilanib  so„yilgan 
hayvonlar  muskul va yog„ to„qimalarining  nisbati talablar darajasida bo„ladi. Yosh 
ulg„ayishi  bilan  muskul  to„qimasi    nisbati  kamayib,  yog„  to„qimasi  nisbati  ortib 
boradi, bu esa go„sht sifatiga salbiy ta‟sir ko„rsatib,  1 kg semirish uchun ko„proq  
oziqa  sarflashga olib keladi. 
Qoramollar    go„sht  mahsuldorligiga  oziqlantirish  va  saqlash  sezilarli  ta‟sir  
qiladi.  Yetarli  oziqlantirilmagan,  yomon  saqlangan  hayvonlar  o„sishdan  qoladi, 
yaxshi  rivojlanmaydi  bo„rdoqilash  muddati    uzayib,  1kg  semirishga  oziqa  sarfi 
keskin ortib boradi. 
Jadal o„stirilgan  yosh qoramollar  tez yetilib ular yuqori go„sht mahsuldorliga 
ega  bo„libgina  qolmay,  go„sht  tarkibida  ijobiy  nisbatga,  kimyoviy  tarkibga  ega 
bo„ladi, hamda nimtada qimmatli bo„laklar ko„payadi. 
Yosh  qoramollarni    yoshligidan  hajmli  oziqalar-  dag„al,  shirali  oziqalarga 
o„rgatish ulardan ko„proq samara olish,  sifatli qoramol go„shti olishni ta‟minlaydi. 
Bu  holda  qoramollarning  18-20  oyligiga  bo„rdoqilab  vaznini  500-550  kg  ga 
yetkazib go„shtga so„yish maqsadga muvofiq. 
Yem oziqlarni   ko„p foydalanib go„shtga  boqish hayvonlarni yetilish davrini 
qisqartiradi,  bu  usulda  ularni  14-15  oyligida  go„sht  uchun  so„yish  mumkin. 
Qoramol  go„shti  yetishtirishda  hayvonlarni  yaylovda  semirtirish  alohida  o„rin 
tutadi. Bunday hayvon go„shti sifati bilan ajralib turadi va u ancha arzonga tushadi. 
Ko„pchilik  hollarda  qoramollar  go„sht  mahsuldoligiga  biostimulyatorlar   
ta‟sir  qiladi.  Ular  asosan    su‟niy  erkak  gormoni  mahsulotlari,  insulin  va  to„qima  
preparatlari  hisoblanadi.  Bunday  moddalarni  qo„llash  albatta  to„la-to„kis 
oziqlantirish  bilan    olib  borilishi  shart.  Qoramol  go„shti  sifati  ularning    jinsiga 
bog„liq. Go„sht yetishtirish uchun  podani to„ldirishdan ortiqcha yosh qoramollar va 
puchaklangan 
hayvonlar 
foydalaniladi. 
Sifat 
jihatdan 
 
axtalangan  
novvoslar(bichmalar) go„shti ancha sifatli bo„ladi,  chunki ular go„shtining muskul 
tolalari nozik va mazali bo„ladi. 
Ko„pgina  tajriba  va  ishlab  chiqarish  jarayoni  bichilmagan  novvoslar 
axtalanganlariga nisbatan 10-15% ko„p tirik vaznga ega bo„ladi.  Agarda xo„jalikda 
go„sht uchun qoramolarni guruhlab, yaylov sharoitida o„stiriladigan bo„lsa ularning 
3-5  oyligida  bichish  maqsadga  muvofiq.  Bichilmagan  novvoslar  albatta  bog„lab 
bo„rdoqilash tavsiya etiladi. 
 
Qoramollar go‘sht mahsuldorligining hisob-kitobi. 
Qoramollar  go„sht  mahsuldorligi  hayotlik  davrida  tirik  vazn,  tez 
yetiluvchanlik va I kg vazn ortishiga sarflangan oziqa birligi bilan inobatga olinadi. 
So„yim  ko„rsatkichlari  nimta  og„irligi,  so„yim  chiqimi,  go„shtning  morfologik, 
kimyoviy  tarkibi  va  mazaligi  bilan  belgilanadi.  Qoramollar  go„sht  mahsuldorligi 
nazorat  so„yim  o„tkazilishi  bilan  aniqlanadi,  uning  natijalari  naslchilik  ishlarida 
foydalaniladi. 

 
140 
Qoramollar tirik vazni (nimta og„irligi, uiing sifatiga) jinsi, yoshi, semizligiga 
qarab  harid  idoralari  tomonidan  qabul  qilib  olinadi.  Ular  qo„yidagi  yosh  va  jins 
guruhlariga bo„linadi:  
I-xo‘kizlar, sigirlar, buqalar; 
II- 3 yoshgacha bir tuqqan sigirlar
III-3 oydan 3 yoshgacha yosh qoramollar; 
IV- 14 kunlikdan 3 oygacha bo‘zoklar. 
Qoramollar  semizligi  ularning  tirikligida  tanasining  tuzilishi,  mushaklarning 
rivojlanishi, teri ostida yog„ning to„planishi, so„ygandan keyin esa gavda go„shtiga, 
ichki  a‟zolar  atrofida  to„plangan  yog„  va  muskul  tolalar  orasidagi  yog„  qatlamiga 
qarab baholanadi.  Sigirlar, xo„kizlar va yosh qoramollar  o„rtadan yuqori, o„rta va  
o„rtada  past  semizlikga  bo„linadi.  Buqalar  va  buzoqlar  semizligi  faqat  2 
kategoriyaga bo„linadi 1 va II kategoriya.  
Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan hayvonlar oriq hisoblanadi.  
Voyaga  yetgan  qoramollar  gavda  go„shti  12  qismga,  buzoqlar  go„shti  esa  9 
qismga bo„linadi.Turli qism go„shtlari tarkibi va to„yimligi bilan farq qiladi, chunki 
ular tarkibidagi to„qimalar nisbati har xil bo„ladi. 
 
III.4. Qoramol zotlari. 
 O‟zbekistonda  sut  yo„nalishidagi  qora-ola,  qizil  cho„l,  bushuyev  sut-go„sht 
yo„nalishidagi  shvis,  go„sht  yo„nalishidagi  qozoqi  oqbosh,  santa-gertruda,  va 
aberdin anguss  zotlari rejalashtirilgan.  
Qora-ola  zoti.    Bu  zot  sobiq  SSSR  hududida  1930  yildan  boshlab    mahalliy 
qoramollarni golland kelib chiqishiga mansub qoramollar bilan chatirish natijasida 
keltirib  chiqarilib,  1959  yilda    mustaqil  zot  sifatida  tan  olingan.  O‟zbekistonda 
ushbu  zotli  qoramollar  Rossiya  va  Boltiq  bo„yi    respublikalaridan  keltirib  qator 
yillar    davomida  urchitilishi  natijasida  qora-ola  zotniig  O‟zbekiston  xili  yaratildi. 
Bu  qoramollar  O‟zbekiston  tabiiy    iqlim  sharoitlariga    yaxshi  moslashadigan 
bo„lib,Toshkent,  Sirdaryo,  Samarqand  va  Fargona  vodiysi  viloyatlari  uchun  rejali 
zot  bo„lib  hisoblanadi.  Bu  zotli  qoramollar  hozir  respublikamizning  boshqa 
viloyatlarida ham urchitilmoqda.  
Bu  zotli  qoramollar  ixtisoslashgan  sut  yo„nalishidagi  qoramollar  tana 
tuzilishiga ega bo„lib, mustahkam tana  tuzilishiga va asosan qora-ola tusda bo„ladi. 
Ushbu  zot  sigirlarining  o„rtacha  vazni  450-550kg,  buqalarning    vazni  850-
950kg, ba‟zi yirik buqalar 1100 kg ni tashkil qiladi. Buzoqlarning   tug„ilgandagi  
vazni  32-40kg  bo„ladi.  Yosh  qoramollar  jadal  o„sadi  va  kuniga  800-1000  g 
semiradi, 15-16 oyligida 420-480 kg vaznga erishishi mumkin. Sut  mahsuldorligi 
3000-3500 kg, sutning yog„lilik darajasi 3,6%. 
Bu  zot  qoramollari  qoniqarli  go„sht  mahsuldorligiga  ega  bo„lib  50-55% 
so„yim chiqimiga ega.  
 

 
141 
 
 
3.4.1.-rasm. Qora-ola zotli sigir. 
 
Qora-ola  zotli  qoramollarni  urchitishda  ularni  sharoitga  moslashganligi 
inobatga  olgan  holda  ularning    sut  mahsuldorligini  oshirish,  sutning  yog„liligini 
ko„tarish,  go„sht  mahsuldorligini  yaxshilash  bo„yicha  naslchilik  ishlari  tashkil 
qilish kerak. 
Qizil  cho‘l  zoti.  Bu  zot  Ukrainaning    janubida  mahalliy  qo„ngir  Ukraina 
qoramollarini  dastlab    ostfrisiyand,  keyinchalik  angeln,  vilstermarsh,  shortgorn  va  
angeln  zotli qoramollar bilan chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan. 
 Ushbu  zotli  qoramollar  Ukrainaning    janubida  keltirib  chiqarilgani      uchun 
issiq  sharoitlarga  yaxshi  moslashgan,  shuning    uchun  respublikamizning  janubiy 
hududlarga  rejali  zot  bo„lib  hisoblaniladi.  Ular  Samarqand,  Navoiy,  Buxoro, 
Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm  viloyatlari va Qoraqalpog„iston Respublikasi 
fermer xo„jaliklarida keng tarqalagan. 
Qizil  cho„l    zotli  qoramollar  qizil  tusga  ega  bo„lib,  u  och  qizildan    to„q 
qizilgacha bo„ladi. Ba‟zi hayvonlarda boshida va qornida oq ranglar uchraydi.  
Qoramollar  sut  yo„nalishidagi  tana  tuzilishiga  ega.  Ularning    vazni  480-520 
kg, buqalarining vazni 800-850kg ni tashkil qiladi.  
Buzoqlar 25-34 kg tug„iladi.  Yaxshi o„stirilgan yosh qoramollar 18 oyliligida 
380-400  kg  vaznga  erishadi.  Jadal  ustirilsa  qoramollar  850-900  g  semiradi  va 
so„yim chiqimi 54-55%, voyaga yetib semirtirilib so„yilgan qoramollarda 60% ga 
yetadi. 
Sigirlar  sut  mahsuldorligi  3000-3500  kg,  sutining  yog„lilik    darajasi    3,7% 
tashkil qiladi. 
O‟zbekistonda qizil cho„l zotli qoramollarni sof holda va qizil daniya, angler  
zotlari bilan chatishtirib takomillashtirish ishlari olib borilmoqda..  

 
142 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling