7-mashg‘ulot: sigirlarni sut mahsuldorligini hisobga olish. Darsning maqsadi
Download 29.89 Kb.
|
7-Amaliy mashg\'ulot
7-MASHG‘ULOT: SIGIRLARNI SUT MAHSULDORLIGINI HISOBGA OLISH. Darsning maqsadi: sigirlarning laktatsiya davri mobaynida laktatsiyaning 305 kunidagi, kalendar yilidagi sut mahsuldorligi va uning yog‘liligini hisobga olish usullarini o‘rganishdan iborat. Dars mazmuni: Mahsulot ishlab chiqarish podalarida sut mahsuldorligini hisobga olib borish, sigirlarni baholash va tanlashda buqalarning irsiy sifatlarini aniqlashda, qoramollarni nasl kitoblariga yozib borishda, sutchilik fermalarida qoramollarni tog‘ri parvarishlash, mehnatni tashkil etishda, hisobot ma’lumotlarini tuzishda muhim o‘rin tutadi. Qoramollarni tanlashda ularning mahsuldorlik bo‘yicha yo‘nalishini eksterer va konstitusiyasiga qarab aniqlash mumkin. Ammo bu belgilar ularning mutloq mahsuldorligini aniqlashga imkon bermaydi. Ushbu maqsadda sigirlarning sut mahsuldorligini va sutining yog‘liligini aniqlash uchun maxsus hisob – kitob ishlari yuritiladi. Sigirlar sut mahsuldorligini hisobga olishda amaliyotda quyidagi usullardan foydalaniladi: A) Sutni kunlik hisobga olish. Bunda sigir bir kun davomida necha marotaba (ikki yoki uch) sog‘ilsa, har bir sog‘in suti alohida o‘lchanib boriladi va ularning kunlik yig‘indisi chiqariladi. B) Sutni nazorat sog‘in natijasiga qarab hisobga olish. Bu usulda har 10 kunlikda ya’ni har oyda uch marta nazorat kunlarida sog‘iladi. Kun davomida ikki yoki uch marotaba sog‘ilsa, sog‘ilgan sut miqdorlari jamlanib, kunlik yig‘indisi chiqariladi. 30 kunlikdagi sog‘im miqdorini aniqlashda har 10 kunlikda o‘tkazilgan nazorat sog‘imlari (uch marotaba) ning yig‘indisi 3 ga bo‘linib,chiqqan o‘rtacha miqdor raqami 30 (oydagi kunlar soni) soniga ko‘paytiriladi (misol uchun nazorat kunlik sog‘imlari uch o‘n kunlikda –10,11 va 12 litr, o‘rtacha kunlik miqdorini topamiz 10 +11 + 12 = 33 : 3 = 11 litr, 30 kunlik miqdori esa 11 x 30 = 330 litr bo‘ladi). 300 kunlik (10 oy) laktasiya davrida sog‘ilgan sut miqdori har 30 kunda olingan sut miqdorlari yig‘indisi bilan chiqariladi (misol uchun: 330 x 10 = 3300 litrga teng). Download 29.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling