7-mashg‘ulot: sigirlarni sut mahsuldorligini hisobga olish. Darsning maqsadi


Laktasiyaning turg‘unlik koeffitsiyenti


Download 29.89 Kb.
bet2/3
Sana01.04.2023
Hajmi29.89 Kb.
#1316239
1   2   3
Bog'liq
7-Amaliy mashg\'ulot

Laktasiyaning turg‘unlik koeffitsiyenti deb laktatsiyaning 2 chi 100 kunidagi sut miqdorini birinchi 100 kunidagi sut miqdoriga bo‘lgan nisbatining foizdagi ifodasiga aytiladi.
Sutni litrdan kg ga va kg dan litrga aylantirish uchun uni zichligi aniqlanadi. Litrdan kg ga aylantirish uchun miqdor zichlik ko‘rsatkichiga ko‘paytiriladi. Masalan: 100 l x 1,030= 103 kg. 103 kg / 1,030 = 100 litr.

    • 1% yog‘li sutni miqdorini (kg) topish uchun – sog‘ib olingan haqiqiy sut miqdori uning yog‘lilik darajasiga (%) ko‘paytiriladi;

    • sutning o‘rtacha yog‘lilik darajasini (%) topish uchun 1% yog‘li sut miqdori sog‘ib olingan haqiqiy sut miqdoriga taqsimlanadi;

    • yog‘ chiqimini (kg) topish uchun 1% yog‘li sut miqdori 100 ga bo‘linadi.

Sutning tarkibidagi yog‘ va oqsil miqdori laktasiya boshlangandan so‘ng har oyda bir marta aniqlanib boriladi. 300 kunda laktasiya davomida 10 marotaba (har 30 kunda bir marta) sutdan o‘rtacha namuna olinib, yog‘ va oqsil miqdorlari aniqlanadi. Olingan ma’lumotlar asosida yuqoridagi qoidalarga binoan 1 % yog‘li sut (kg), sutning o‘rtacha yog‘ligi (%), yog‘ chiqimi (kg) miqdorlari va xuddi shunday hisoblash yo‘li bilan oqsil ko‘rsatkichlari ham aniqlanadi.

Mb-bazis yog‘ lilikdagi (hisobga olinadigan sut) sut, kg; M-haqiqatda topshirilgan sut, kg; J-haqiyi yog‘ lilik, %; Jb-bazis yog‘ lilik, %
Misol: Fermer xo‘ jaligi ertalab qo‘ shni fermerga sutni qayta ishlash sexiga 680 kg yog‘ liligi 4,2 % sut topshirdi. Bazis yog‘lilidagi suv miqdorini topamiz.

Fermerga 680 kg uchun emas, balki 793,3 kg bazis yog‘lilikdagi sut uchun haq to‘ lanadi.
Sigirlardan xo‘jalikda foydalanishning jadalligiga baho berishda ularning sutdorlik koeffisienti aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanib har 100 kg vaznga sog‘ib olingan sut miqdori topiladi.



SM kg x 100
SKkg = -------------------
TV kg

Bunda:

SK – sutdorlik koeffisienti, kg
SM – Laktasiyadagi sut miqdori, kg
TV – sigirning tirik vazni, kg

Sigirlarning sut mahsuldorligini quyidagi usullar bilan ham aniqlash mumkin:

  1. Sutni kunlik hisobga olish

  2. Sutni nazorat sog‘imga qarab hisobga olish

Xo‘jaliklarda 305 kunlik laktatsiya davrida sog‘ilgan sut miqdoriga qarab sigirlarga baho beriladi.
Sigirning 305 kunlik laktatsiya davri davomida sut miqdori har kuni sog‘ilgan sutni o‘lchash yoki ma’lum vaqtda masalan 5, 10, 15 20, 30 kun oralatib nazorat sog‘ish yo‘li bilan aniqlash mumkin. Ayrim davrlar mobaynida sog‘ilgan sut yig‘indisi laktatsiya davomidagi sut miqdorini tashkil etadi.
1-topshiriq.


Download 29.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling