G’o’za, bug’doy, soya o’simliklarida chatishtirish o’tkazish tartibi Mashg’ulotning maqsadi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1421232
  1   2   3   4
Bog'liq
2-Mavzu



G’o’za, bug’doy, soya o’simliklarida chatishtirish o’tkazish tartibi 
Mashg’ulotning maqsadi: dala ekinlar gullarining tuzilishi, xususiyatlariga 
qarab chatishtirish tartibi bilan tanishtirish. 
Mashg’ulotning qisqacha mazmuni Chatishtirish zimmasida turgan vazifasi 
– ona o’simlik gullarini maxsus tanlab olingan ota gulining changlari bilan 
changlantirishda va ko’zda tutilgan natijani olishdan iborat. Chatishtirish tartibi 
birinchi navbatda o’simlik gulining tuzilishiga (bir jinsli va ikki jinsli), gullash 
biologiyasiga (ochiq gulli va yopiq gulli) changlanish jinsiga (o’zidan changlanish va 
chetdan changlanish) bog’liq bo’ladi. Chatishtirishda o’simliklarda gullash davrining 
qancha davom etishini, to’pgul miqyosida gullarning ochilish xususiyatini, kun 
davomida gullarni ochilish paytini, changchi va urug’ning xayotchanligini, qancha 
vaqt saqlanishini va boshqalarni xisobga olish lozim.
Sun’iy chatishtirishni yozib borishda qulaylik yaratish maqsadida quyidagi belgilar 
qabul qilingan: 
P – chatishtirish uchun olingan ota-ona o’simliklari. 
♀ – ona o’simligi (Zuxra yulduzining ko’zgusi) 
♂ – ota o’simligi (Mars yulduzini o’q yoyi). 
X – chatishtirish
F – (lotincha Filial – bola chaqa) chatishtirish natijasida olingan duragay naslni 
ko’rsatadi. 
G’o’zada chatishtirish o’tkazish tartibi
Chatishtirishga kirishishdan oldin ilgaridan belgilab qo’yilgan reja asosida 
chatishtirish ro’yxati tuziladi. Chatishtirish yaxshi rivojlangan, sog’lom g’o’za 
tuplarining 2-7 hosil shoxlarining birinchi bo’g’imidagi gulida o’tkaziladi.
G’o’zada chatishtirish o’tkazish tartibi quyidagicha: 
1. 
Gulni bichish;
2. 
Chang yig’ish; 
3. 
Changlash.
Chatishtirish yaxshi rivojlangan, sog’lom g’o’za tu’larining 2-7 ta hosil 
shoxlarining birinchi bo’g’imidagi gulida o’tkaziladi. Chatishtirishga kirishishdan 
oldin ilgaridan belgilab qo’yilgan reja asosida chatishtirish ro’yxati tuziladi.


Gulni bichish. G’o’zaning guli ikki jinsli va asosan o’zidan changlanadigan 
bo’lganligi sababli asl duragay urug’ olish uchun ona o’simliklarning guli voyaga 
yetmasdan oldin bichilish, ya’ni gulning otaliklari (changdonlari) olib tashlanishi 
lozim. Gulni bichish kechki ‘aytda o’tkaziladi. Buning uchun ertasiga ertalab 
ochilishiga tayyor bo’lgan shonani to’ib, uni ikki qo’l bilan ushlab ehtiyotlik bilan 
gultojibargi orqaga qaytariladi, keyin bosh barmoqniig tirnog’ini tugunchaning ustiga 
biroz botirib gul kosachaning bir qismini, gultojisini va otaliklar birga sindirib olib 
tashlanadi. Gulda gultojibargi, gulkosachasining bir qismi va onaligi qoladi. Gulning 
onalik tumshuqchasiga begona chang tushib qolmasligi uchun uni bichib bo’lgandan 
keyin cheklagich xaltachasi bilan o’rab qo’yiladi. Cheklagich xaltacha yorug’lik va 
havoni yaxshi o’tkazadigan yu’qa ‘ergament qog’ozdan oldindan tayyorlab qo’yiladi.
Uning bir tomoniga ota o’simlik turgan qator raqami, chatishtirish juftlari (ota-ona 
o’simlik nomi) chatishtirish muddati yozib quyiladi. Gul bichilganda uning 
gulyonligini va onalik qismlarini shikastlanishiga yo’l qo’ymaslik kerak.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling