Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.
#9851
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41

 
3.4.2.-rasm. Qizil cho‘l zotli sigir. 
 
Bushuyev  zoti.  Ushbu  zotli  qoramollar  Mirzacho„lda  mahalliy    zebusimon 
qoramollarni  dastlab  Golland  zotli  keyinchalik  Shvis    zotli  qoramollar  bilan 
chatishtirish natijasida iqlim sharoitga moslashgan zot yaratilgan. 
Bu  zotga  mansub  qoramollar  suvsar  tusda  bo„lib,  ularning  tana  tuzilishi 
mustahkam, ko„proq sut yo„nalishidagi qoramollar tana tuzilishini eslatadi. 
 
 
 
3.4.3.-rasm. Bushuyev zotli sigir. 

 
143 
Sigirlarning  vazni 400-450kg, buqalarning vazni 700-800kg bo„lib, buzoqlari 
25-30  kg  tug„iladi.  Buqalari  jadal  o„stirilganda  800-900gramm  kunlik  semirishga 
erishadi. Yosh qoramollar 18 oyligida jadal o„stirilib bo„rdoqilanganda 400-450kg 
vaznga ega bo„ladi.  
Sigirlar  sut  mahsuldorligi  2500-3000  kg,  sutning  yog„lilik  darajasi  3,8% 
tashkil qiladi. 
Bushuyev  zotli  qoramollar  asosan  Sirdaryo  va  Toshkent  viloyatlarida 
urchitilmoqda.  
Bushuyev  zotli  qoramollarni    hozirgi  kunda  Golland  zotli  qoramollar  bilan 
chatishtirish asosida takomillashtirilmoqda. 
Shvis  zoti.  Jahonning  eng  qadim  zotlaridan  biri  bo„lib  hisoblanadi. 
Shveysariyada  mahalliy  qoramollarni yaxshilash natijasida keltirib  chiqarilgan. 
Shvis  zotli  qoramollar  sut-go„sht  yo„nalishida  bo„lib,  yuqori  sut 
mahsuldorligiga ega, bundan tashqari turli iqlim sharoitlariga yaxshi moslashadi.   
Bu  zotli    qoramollar  O‟zbekitonda  sut-go„sht  yo„nalishidagi  xiliga  ega. 
Hayvonlar mustahkam mutanosib, tana tuzilishiga ega va qo„ngir  tusda bo„ladi. 
 
 
 
3.4.4.-rasm. Shvis zotli sigir. 
 
Sigirlarning  o„rtacha  tirik    vazni  500-550kg,  buqalarning  vazni  800-950kg 
bo„ladi.  Buzoqlari  35-38kg  tug„ilib,  yaxshi  o„stirilgan  18  oyligida  400-450  kg  ga 
yetadi. O‟rtacha 900-1100 g semirishi mumkin.   
Sigirlar  sut  mahsuldorligi  mamlakatimizda  3000-3500  kg,  sutning  yog„lilik 
darajasi 3,7-3,8% bo„ladi. 
Shvis  zotli  qoramollar  respublikamizning  tog„  va  tog„  yonbag„ri  hududlarida 

 
144 
rejali bo„lib hisoblanadi. Shvis zotli qoramollar  hozirgi kunda Amerika va Avstriya 
shvis  qoramollari bilan takomillashtirilmoqda.  
Qozoqi  oqbosh  zoti.  Bu  zot  Qozog„iston  va  Rossiyaning  janubiy  sharqiy 
hududlarida  keltirib  chiqarilgan.  Quyi  Volga  hududi  va  Qozog„istonda  go„shtdor 
qoramolchilikni  rivojlantirish  maqsadida  qozoq  va  qalmiq  mahalliy  qoramollari 
gereford  zotli  mollar  bilan  chatishtirilgan  bu  ish  II  va  III  bo„g„ingacha  davom 
ettirilib,olingan  duragaylar  o„z  ichida  urchitilgan.  Ushbu  zot  gereford  zotining 
go„sht sifatlarini mahalliy mollarning chidamligi, sharoitga moslashganligini o„zida 
mujassamlashtirgan. 
 Ushbu  zot  qoramollarining  shakllanishida  tanlash,  juftlash  ishlarini  yo„lga 
qo„yish,  hamda  oziqlantirish  va  saqlash  sharoitlarini  keskin  yaxshilash  natijasida 
erishilgan. 
Podalarda  buzoqlar  to„liq  sigirni  emib,  hayvonlar  yoz  paytida  yaylovlarda, 
qishda esa og„illarda saqlanib asosan dag„al va kam  miqdorda silos va yem bilan 
oziqlantirilgan. Bu zotning sut-go„sht tipidagi sigirlari sog„ilib, buzoqlariga qo„ldan 
sut  ichiriladi.  Bu  zotli  qoramollar  yaylov  sharoitiga  yaxshi  moslashgan,  tez 
semiradi, issiq va sovuqqa chidamli. 
Tana  tuzilishi  va  tusi  bo„yicha  gereford  zotli  qoramollarni  eslatadi.Bu 
qoramollar  jussasi  juda  katta  bo„lmasdan  (yag„rin  balandligi  123-125  sm) 
gavdasining  chuqurligi 70-73  sm  va  kengligi 42-45  sm, tanasi  uncha  uzun  emas  ( 
tananing qiya uzunligi 150-155 sm), suyagi yengil va qattiq (pocha aylanasi 18-19 
sm)  tanasi  yaxshi  to„lishgan,  keng,  mushaklari  yaxshi  rivojlangan,  Qish  paytiga 
kelib ular uzun jun bilan qoplanadi. 
 
 
 
3.4.5.-rasm. Qozoqi oqbosh zotli buqa. 
 
Buzoqlari tug„ilganda 27-30 kg vaznga ega bo„lib, 8 oyligida sigirdan ajratish 
paytida  220-240  kg  tosh  bosadi.  Sigirlari  500-550  kg,  buqalari  800-900  kg,  ba‟zi 

 
145 
sigirlar  780  kg,  buqalar  esa  1100  kg  gacha  yetadi.  Yaylov  sharoitida  yosh 
qoramollar  800-900  g  o„rtacha  kunlik  o„sishga  erishadi.  Yosh  novvoslarni  jadal 
boqib,  burdoqilaganda  1,5  yoshda  540  kg  vaznga  erishish  mumkin.  Sigirlar 
yaylovda  bo„rdoqilangandan  keyin  52-58  %  so„yim  chiqimiga  ega  bo„lib, 
bo„rdoqilangan bichmalarda esa 63-67 % ga yetadi. 
Sigirlar sut mahsuldorligi go„sht-sut tipida 1800-2500 kg bo„lib, yog„liligi 3,8-
4,0% ni tashkil qiladi. Bu zotli qoramollar  O‟zbekiston uchun rejali zot bo„lib sof 
holda  va  chatishtirishda  qo„llaniladi.  O‟zbekiston  tog„,  tog„  yonbag„rlari  cho„l 
yaylovlari  mavjud  ho„jaliklarda  urchitish  mumkin,  hamda  sut  yo„nalishidagi 
sigirlar bilan chatishtirilib duragaylar go„sht uchun boqilsa bo„ladi.  
Baxmal  tumanining  naslchilik  fermer  xo„jaligida  kerakli  miqdorda  naslli 
hayvonlar o„stirilmoqda.  
Aberdin  anguss  zoti.  Ushbu  zot  qishloq  xo„jaligi  uchun  juda  qulay  bo„lgan 
Shotlandiyaning  shimoliy-sharqiy  hududlarida  keltirib  chiqarilgan.  Bu  zotning 
asosi  bo„lib  mahalliy  shoxsiz  (to„qol)  qoramollar  hisoblanadi.  Zot  yaratish  ishlari 
XYIII  asrda  boshlanib,  yaqin  qarindosh  urchitishni  qo„llash  natijasida  tez 
yetiluvchan, go„shtdor, to„qol, qora tusdagi hayvonlar guruhi yaratilgan. 
 
 
 
3.4.6.-rasm. Aberdin anguss zotli sigir. 
 
Aberdin  anguss  zotli  qoramollar  O‟zbekistonning  tog„  va  tog„  yonbag„ri 
hududlariga mos keladi. 
Buzoqlarining tirik vazni 24-27 kg, sutdan chiqish paytida 190-210 kg sigirlari 

 
146 
450-550 kg ba‟zilari 600 kg, buqalari 750-850 kg. Go„sht sifati yaxshi rivojlangan, 
go„shti nozik tolali marmar hisoblanadi, Go„sht chiqimi 65-70% ni tashkil qiladi. 
Bu 
zotli 
qoramollar 
O‟zbekistonning 
Qashqadaryo, 
Surxondaryo 
viloyatlarining  ba‟zi  fermer  xo„jaliklarida  sof  holda  va  mahalliy  qoramollarni 
yaxshilashda ishlatilmoqda. 
Bu  zot  buqalari  sut  yo„nalishidagi  qoramollar  sigirlari  bilan  chatishtirilib 
olingan duragaylarini go„shtga o„stirishda keng foydalanish mumkin. 
Santa-gertruda  zoti.  Bu  zot  AQSh  ning  Texas  shtatida  shortgorn  sigirlarini  
zebu buqalari bilan chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan eng yaxshi hayvonlar 
shortgorn  bo„yicha  5/8  va  zebu  bo„yicha  3/8  hisoblanadi.  Bu  ish  1910  yilda 
boshlanib  1940  yilda  yakunlangan.  Hayvonlar  juda  chidamli  quruq  iqlimda 
chiqarilgani  uchun  issiqqa  chidamli,  yashash  sharoitiga  o„ta  talabchan  emas,  qon 
so„ruvchi  hasharotlarga  chidamli.  Ular  dag„al  poyali  o„tlarni  yeyish  qobiliyatini 
alohida ta‟kidlab o„tish kerak ( qamish va dag„al poyali oziqalar). 
Hayvonlar  qizil  tusli  bo„lib,  u  har  xil  kuchda  bo„ladi,  ba‟zi  paytlarda 
hayvonlar qornining ost qismi oq rangda bo„lishi mumkin.  
 
 
 
3.4.7.-rasm. Santa – gertruda zotli sigir. 
 
Buzoqlar tug„ilganda 29-30 kg bo„lib 8 oyligida 220-240 kg, 1,5 yoshida 400 
kg ga yetadi. Sigirlarining vazni 560-620 kg, ba‟zilari 780 kg bo„ladi, buqalari 830-
1180  kg  tosh  bosadi.  Santa-gertruda  qoramollarining  go„sht  sifati  yaxshi 
rivojlangan.  Buqachalar  jadal  boqilganda  12  oyligigacha  kuniga  1000-1200  g 
semiradi. So„yim chiqimi  60-66% ni tashkil qiladi. Sut mahsuldorligi past, kunlik 
sog„im 5-10 kg, sutining yog„liligi 3,6% bo„ladi. 
O‟zbekistonda  ushbu  zotni  urchitishda,  uning  nasldor  podalarini  tashkil 
qilishda professor U.N.Nosirovning katta xizmatlari bor.  

 
147 
Hozirgi  kunda  ushbu  zotga  mansub  qoramollar  Baxmal  tumanining  fermer 
xo„jaliklarida urchitilmoqda. 
Bu  zotli  qoramollarni  O‟zbekistonning  dag„al  poyali  o„tlar  serob  yaylov 
hududlarida  keng  miqyosda  urchitish  arzon  qoramol  go„shti  ishlab  chiqarishni 
ko„paytirishni ta‟minlaydi.        
         
III.5. Qoramolchilikda naslchilik ishlari. 
Naslchilik  ishlarining  ahamiyati  va  vazifalari  qishloq  xo„jaligida  hayvonlar 
ishlab  chiqarish  vositasi  sifatida  xizmat  qiladi,  shuning  uchun  uning  sifati 
samaradorlik 
omili 
bo„lib 
hisoblanadi. 
Qishloq 
xo„jalik 
hayvonlari 
takomillashtirish,  ulardan  oliniadigan  mahsulot  miqdorini  ko„paytirish  va  sifatini 
yaxshilashning asosi bo„ladi..Nasldor hayvonlar to„g„ri  oziqlantirilib, saqlanganda 
yuqori mahsulot berish imkoniyatiga ega.  
Ko„pchilik  hollarda qoramollar  mahsuldorligining pastligi faqatgina oziqalar 
miqdori  va  sifatining  talab  darajasida  bo„lmasligi,  ikkinchidan  esa  ularniig  nasl 
sifatlarining  pastligi  bilan  bog„liqdir.  Ayniqsa  ko„pchilik  zotli  hayvonlarning 
mahalliy  sharoitlarga  to„liq  mos  kelmasligi,    qabul  qilingan  ishlab  chiqarish 
jarayonlari talablariga javob bermasligi bilan izohlash mumkin. 
 Sutchilik  qoramolchiligida  naslchilik  ishlariniig  asosiy  yo„nalishi  sigirlar  sut 
mahsuldorligini  oshirish,  sut  tarkibini  yaxshilash  va  ularning  texnologik 
ko„rsatkichlarini  talablar  darajasiga  yetkazish  bilan  baholanadi.  Bundan    tashqari 
naslchilik  ishlarida  ularning  tanasining  mustahkamligi  kasalliklarga  chidamligi, 
mahalliy oziqalarga moslashganligi e‟tibordan chetda qolmasligi  kerak.  
Har  bir  muayyan  xo„jalikda  naslchilik  ishlarining  tizimi,  aniq  maqsadga 
qaratilmog„i  kerak. 
Qoramolchiliklarni  yaxshilash  jarayonida  birinchi  navbatda  ularning  miqdor 
ko„rsatkichlari inobatga olinib, sifat ko„rsatkichlarini esdan chiqarmagan holda olib 
boriladi. 
Sut qoramolchiligida:   sigirlar tirik vazni, sut miqdori,  sut tarkibidagi  yog„ 
va  oqsil  miqdori,  sut  berish  tezligi;  go„shtdor  qoramolchiligida  esa  tirik  vazn,  tez 
yetiluvchanlik va 1 kg vazn oshishiga sarflangan oziqa birligi asosiy mezonlar qilib 
olinadi. 
 Sut  qoramolchiligida  seleksiya  natijalari  genetik  omillar  hisoblangan  asosiy 
belgilarning  o„zgaruvchanligi,  hamda  belgilarning  nasldan  naslga  berilishi, 
qaytarilishi va korrelyasiya koeffitsientlari  ko„rsatkichlariga bog„liq. 
Qator  belgilarning  nasldan  naslga    muqim  berilishi  hayvonlarni  yoppa 
seleksiya qilganda ham ijobiy natijalar berishiga sabab bo„ladi. Ko„pchilik hollarda 
esa,  belgining  nasldan-naslga  berilish  koeffitsienti  bilan  tanlash  samaradorligiga 
erishish orasida farq bo„ladi. 
 Tajribalar  natijasi  shundan  dalolat  beradiki,  ba‟zi  podalarda  o„zgaruvchanlik 
koeffitsienti kichik bo„lgan hollarda ijobiy natijalarga erishilgan. Ba‟zi hollarda esa 
o„zgaruvchanlik  va  tanlash  jadalligi  bir  xil  bo„lgan  podalarda  turli  seleksiya 

 
148 
samaradorliga    guvoh  bo„lamiz.  Shuning  uchun  muayyan  sharoitda  u  yoki  bu 
tanlash va juftlash usullaridan foydalanishni taqozo qiladi.  
Sut  yo„nalishidagi  qoramollarda  o„zgaruvchanlik  o„rtacha  quyidagicha 
bo„ladi: sigirlar tirik vazni 12-15%; 305 kunlik sut  20-30%  sut tarkibidagi  yog„ 
miqdori 5-9%; oqsil 4-8%; sut berish tezligi 10-15%. 
Sutning  sifat  ko„rsatkichlari  bo„lgan  uning  tarkibidagi  yog„,  oqsil 
ko„rsatgichlarining  irsiyat  koeffitsienti  0,5-0,8  ni  tashkil  qiladi.  Bu  ko„rsatkich 
sutning miqdori  bo„yicha yuqori bo„lmay 0,3-0,4, tirik vazni bo„yicha 0,37, sutga 
oziqa  bilan  javob  berish  0,2-0,48  tashkil  qiladi.  Sigirlarning  yelin  ko„rsatkichlari 
(sut berish tezligi, yelin bo„lmalarining rivojlanish indeksi, bir sogim davomiyligi) 
kabilarda yuqoridagi ko„rsatkich 0,2-0,3 tashkil qilishi,bu borada yuqori mahsuldor
sut sog„ishda zarur ko„rsatkichlarni shakllanishida tashqi muhit ta‟siri alohida o„rin 
tutishini  e‟tiborga  olishini  talab  qiladi.  Shuning  uchun  irsiyat  kooffitsienti 
sigirlarning 
oziqlantirish, 
saqlash 
naslchilik 
ishlarining 
tashkil 
qilish, 
hayvonlarning  yakka  xususiyatlari  inobatga  olinadi,  amalda  irsiyat  koffitsienti  har 
bir xo„jalik uchun aniq raqamlardan foydalangan ma‟qul. 
Qoramollarda    belgilarning  qaytarilish    koeffitsienti,  katta  o„zgarishlarga 
moyil.  Bu  ko„rsatkich  ma‟lum  fenotipik  belgilarning  turli  yoshda  oziqlantirish, 
saqlash ta‟sirida o„zgarishini belgilaydi. 
Belgilarning  qaytarilish    koffitsienti  sutdorlik  bo„yicha  0,59-0,73;  sutning 
yog„liligi  0,49-0,74;  oqsil  bo„yicha  0,54-0,79;  sigirlar  sog„imining  dastlabki  100 
kunligidagi  laktasiya    davomida  sutdorligi  0,8I-0,90;  tug„ilgandagi  va  voyaga 
yetgandagi tirik vazni- 0,19; go„shtdor buzoqlarni sutdan chiqarganda I3 oylikdagi 
tirik vazni - 0,48 ni tashkil qiladi. 
Qoramolchilikda 
 
naslchilik 
ishlari 
tashkil 
qilishda 
korrelyativ 
o„zgaruvchanlikni  inobatga  oliish alohida  ahamiyat kasb etadi, chunki barcha belgi 
va  xususiyatlarni  hisobga    olgan  holda  ish  yurish  kerak,  hayvonlar  baholanganda  
barcha belgilar inobatga olinib, bonitirovka natijalariga ham ta‟sir qiladi. 
Ayniqsa  belgilarning  bir-biriga  bog„liq  naslchilik  ishida    muhim  ahamiyat 
kasb  etadi,  chunki  tirik  vazn  va  sut  mahsuldorligi,  sut  va  uning  tarkibidagi  yog„ 
miqdori,  yog„  va  oqsil,    sut  miqdori  va  uning  oqsili,  yelin  rivojlanishi  va  sut 
mahsuldorligi o„rtasidagi munosabatlarni inobatga olish kerak. 
Sigirlarni  tirik  vazni  va  sut  mahsuldorligi  o„rtasida  ko„pincha  vazni  yirik 
sigirlar ko„proq  sut berishi tan olingan. Lekin bu ko„rsatkich turli zotlarda ma‟lum  
vazngacha  ijobiy  ta‟sir  qiladi.  Undai  keyin  tirik  vaznning  ortishi  sut 
mahsuldorligiga  ijobiy  ta‟sir  qilavermaydi.  Meyordan  ortiq  vaznga    ega  sigirlar 
ko„pincha 1 kg sut ishlab chiqarish uchun ko„proq oziqa birligi  sarflashi kuzatiladi. 
Amalda  sigirlar  sutining  miqdori  va  uning  yog„liligi  o„rtasida  salbiy 
korrelyasiya  bo„lib  u  -0,01-0,405,  oqsil  miqdori  bilan  -0,2-0,3  ni    tashkil  qiladi. 
Ko„pincha  naslchilik  xo„jaliklarida    sutning  miqdori  va  yog„i  bo„yicha  seleksiya 
ishlari olib borilganda ular o„rtasida ijobiy korrelyasiya mavjud bo„lib u 0,41 gacha 
bo„lishi mumkin. 

 
149 
Asosan  sutning  yog„liligi  va  oqsil  miqdori  o„rtasida  ijobiy  korrelyasiya  
mavjud.  Lekin  yuqori  mahsuldor  sigirlardan  iborat  podalarda      har  doim  ham 
yog„ning ko„payishi  bilan oqsilning ko„payishi kuzatilmaydi. Shuning  uchun  bu 
xo„jaliklarda  sutning  yog„i  va  oqsil  miqdori    bo„yicha,  alohida    nazorat  olib 
borishni taqozo qiladi. 
Sigirlarning    sut  mahsuldorligi  va  uning  yog„liligi  bo„yicha  bir  taraflama 
seleksiya  olib  borish  bu  ko„rsatkichlar  o„rtasida  salbiy  korrelyasiya  nisbatini 
kamaytiradi. 
Sigirlarning  uzoq  yashashi  va  sut  mahsuldorligi  o„rtasida  doim  yuqori  ijobiy 
korrelyasiya  kuzatilmay  0,107-0,175  ni  tashkil  qiladi.  Har  doim  sigirlar  yelining 
rivojlanishi va sut mahsuldorligi o„rtasida ijobiy korrelyasiya kuzatiladi. 
Qoramollar  go„sht  mahsuldorligi  ko„rsatkichlari  o„rtasida  qo„yidagicha 
korrelyativ  bog„lanish  mavjud:  tug„ilganidagi  va  sutdan  chiqqandagi  vazn  0,46; 
tirik  vazn  va  nimtalar  vazni  0,45-0,55;  o„rtacha  kunlik  semirish  va  yakuniy  vazn 
0,77; onasidan  ajratgandagi  vazn  va sigir  sut mahsuldorligi  0,7. 
Yuqoridagi    xulosa  qilib  korrelyativ  bog„lanishlar  har  doim  ham  bir  xil 
bo„lmay,  muayyan    sharoitda  o„z  xususiyatlariga  ega  bo„lib  seleksiya  davomida 
inobatga olishni taqozo  qiladi. 
Qoramolchilik  seleksiyasida  jadal  natijalarga  erishish  maqsadga  fan  va 
texnikaning  oxirgi  yutuqlari  bo„lgan  gen  injeneriyasi,    immunnogenetika, 
sitogenetika,  homilani  ko„chirib  o„tkazish  va  biotexnologiyaning  boshqa  usullari 
qo„llanilmoqda. 
 
3.5.1.Qoramolni tanlash. 
 Tanlash  xususiyati  va  ahamiyati.  Hayvonlarning  mahsuldorlik  va  nasl 
xususiyatlarini  sun‟iy  uslubiy  tanlash  asosiy  omil  bo„lib  xizmat  qiladi,  u  aniq 
vazifalarni  hal  qilishda  rejali  va  maqsadga    muvofiq  qilib  olib  boriladi.  Umuman 
olganda sun‟iy va tabiiy tanlash uzviy bog„liq, chunki sun‟iy tanlash najatilari ko„p 
jihatdan  tabiiy  tashlashga  chambarchas  bo„lib,  uni  ta‟sirida  ro„yobga  chiqadi. 
Shuning  uchun  ba‟zi  vaqtda  tabiiy  tashlashga  ijobiy  ta‟sir  qilsa,  qolgan  paytlarda 
salbiy ta‟sir qilishi mumkin. 
 Sutchilik  qoramolchiligida  tanlash  sigirlar  sut  mahsuldorligi,  sut  tarkibidagi 
yog„ va oqsil, laktasiya egri chizig„ining ravonligi, sigirlar  yelinining tuzilishi va 
sut bepush tezligi, 1 kg sut uchun oziqa sarfi, tirik vazn, urchish qobiliyati, ularnint 
uzoq yashashi hamda kasalliklarga chidamligi inobatga olinadi. 
 Ko„p hollarda sigirlar sutdorligi, sutining yog„liligi va oqsil miqdori bilangina 
baholanadi.  Lekin  bunday  sharoitda  sigirlarning  tana  tuzilishining  benuqsonligi, 
konstitutsiyasining  mustahkamligi  e‟tiborga  olinishi  shart,  bunday  hayvonlar 
hayotchan bo„lib o„z belgilarini avlodlariga yaxshi o„tkazadi. 
 Go„shtdor  qoramolchilikda  esa  o„sish  jadalligi,  go„sht  sifatlarining 
shakllanishi, semirish uchun sarflangan oziqa birligi, tirik vazniga qarab tanlanadi. 
Iqtisodiy jihatdan jussasi katta  hayvonlar samarali bo„lib, ularda muskullar yaxshi 

 
150 
rivojlangan bo„lib, yuqori go„sht mahsuldorligiga ega bo„lishi kerak. 
Hayvonlarni  tanlash  muayyan  sharoitda  o„z  reja  va  maqsadlariga  ega  bo„lib,  
alohida  poda yoki  zotni takomillashtirishni maqsad  qilib qo„yish kerak, bu borada 
hayvonlarni  oziqlantirish  va  saqlash,  yosh  qoramollarni  maqsadli  o„stirishda 
alohida o„rin tutadi.  
Hayvonlar  yoshlariga  qarab  tanlash  jarayonida  yoshi  bilan  bog„liq, 
o„zgarishlar  inobatta  olinib,  bu  ko„rsatkichlar  qayta  takrorlab  ko„rilishi  shart. 
Ayniqsa bu omillar qoramollarni bonitirovka qilganda e‟tiborga olinishi shart.  
  Sutdor    sigirlarni    baholash va  tanlash.Naslchilik  fermalarida  sigirlar  o„z 
mahsuldorligini,  tana  tuzilishi  xususiyatlaridan      kelib  chiqishi  va  avlodlarning 
mahsuldorli  ko„rsatkichlari  yig„indisiga  qarab    baholanadi.  Shu  ko„rsatkichlar  
asosida  sigirlar bonitirovka qilinadi.Tovar xo„jalikda tanlash asosiy ko„rsatkich sut 
mahsuldorligi olinib, kerak bo„lsa qolgan belgilar ham inobatga olinadi. 
 Bu borada sigirlar sutining miqdori, sut tarkibi yog„ va oqsil miqdoriga qarab 
tanlanadi.  Sigirlar  sut  mahsuldorligiga  qarab  baholanganda  ularning  bir  necha 
laktasiyalarining o„rtacha ko„rsatkichini olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
 Sanoat  komplekslari  va  shaxsiy,  fermer  xo„jaliklarda  sigirlar    birinchi 
tug„imdagi  sutdorligiga  qarab  tanlanadi,  chunki    bu  ko„rsatkich    bilan  ularning 
keyingi laktasiyalardagi sut mahsuldorligi bilan yuqori  korrelyativ bog„lanish bor. 
Ko„pincha  bunday tanlash maxsus seleksiya fermalarida olib bopilsa yuqori natija 
beradi.  Bunday  tanlashni  turli  mulk  shaklidagi  sutchilik  xo„jaliklarida 
o„tkazishining to„liq imkoniyati mavjud. 
Bozor  iqtisodiyoti    jarayonida  sigirlarni  oziqaga  sut  bilan  javob  berishiga 
qarab  tanlash  alohida    ahamiyat  kasb    etadi.  Chunki    bu  sohada  sigirlar  o„rtasida 
farq  30-40%  ni  tashkil  qilib,  ularning  sutdorligi  va  oziqa  sarfi  o„rtasida  yuqori  
korrelyativ  (0,8-0,9) bog„lanish  mavjud. Ko„pincha    sersut  sigirlar  1  kg sut uchun 
kamroq oziqa birligi sarflaydi. Bu esa sutning tannarxini kamaytirishga ijobiy ta‟sir 
o„tkazadi.  Yuqoridagi  ko„rsatkichni  avloddan-avlodga    muqim  berilishi  e‟tiborga 
olinsa asosiy belgilardan biriga aylanadi. 
Buqalar  yetishtirish  uchun  belgilangan  sigirlar  yuqoridagi  ko„rsatkichlarga 
alohida  e‟tiborga  olinib,  irsiy  belgilari  bilan  bir  qatorda  turadi.  Bunday  sigirlarda 
albatta sersutlik, kam oziqa sarfi bilan uygunlanishi kerak. 
Naslchilik  ishlarida  eng  ko„p  sut  bergan  laktasiya,  hayoti  davomida  bergan 
suti bilan birgalikda hisobga olinadi.  
Naslchilik  ishlarida  rekordchi  sigirlardan  zotni  takomillashtirishda,  yangi 
qator va oilalar tuzishda keng foydalanishni taqozo qiladi. Lekin bu borada  juftlik 
maqsadga muvofiq bo„lmog„i kerak. 
 
Sigirlarni sutining tarkibidagi yog‘ va oqsil miqdoriga qarab baholash. 
 Laktasiya tahlili, sut  miqdorini uning tarkibidagi yog„ va oqsil  darajasi bilan 
bog„lanishga  e‟tibor  beriladi.  Sigirlarning  sut  mahsuldorligi  bilan  ularning  tirik 
vazni diqqat e‟tiborda bo„lib, bu ko„rsatkich zot talablari darajasida bo„lishi kerak.  

 
151 
Sigirlarni    ularning  tana  tuzilishiga  ham  alohida    etibor  beriladi,  chunki 
ko„pincha sut miqdori va uning tarkibiga qarab baholash sigirlar  konstitutsiyasini 
noziklashishiga, bir qator tana  kamchliklariga va salomatligini susayishiga  sabab 
bo„ladi.  Shuning  uchun  bu  ko„rsatkichlarni  baholash  bir-biri  bilan  bog„liq    holda 
olib borilishi shart. 
Tana  tuzilishini  baholashda  sigirlar  sut  belgilarini    yaxshi  rivojlanishi  bilan, 
ularning  suyaklarining  mustahkamiligi,  muskullarining  yetarli  rivojlanishi  va 
tanasining sut yo„nalishi hayvonlari talablariga to„liq javob berishi kerak. Ayniqsa 
sanoat  texnologiyasi  sharoitida  sigirlarning  tuyoqlari  yaxshi  rivojlanishiga  alohida  
e‟tibor  beriladi.  Tana  tuzilishida  qo„pol  kamchiliklar  mavjud  bo„lsa  bunday 
hayvonlarni naslchilik ishida foydalanish man  etiladi. 
 Hozirgi  davrda  sigirlarni  mashinada  sog„ishga  moslashganligi  bo„yicha 
alohida  baholanadi.  Bu  borada  sigirlarniig  yelin  tuzilishi,  uning  bo„lmalarining 
rivojlanishi,  yelin  so„rg„ichlarining  shakli  va  katta-kichikligi,  sut  berish  tezligi, 
yelin  bo„lmalarining  sog„ilish  vaqti,  yelin  indeksi  kabilar  inobatga  olinadi.  Yelin 
indeksi (oldingi bo„lmalar sutini keyingi bo„lmalar sutiga nisbati 42-45%) bo„lishi  
kerak, yoki sut berish tezligi I,6-I,8 kg/min (1 minutda bergan sut miqdori, kg/min) 
bo„lgani  maqsadga muvofiq. 
 Sigirlar 
yelini 
baholash 
naslchilik 
xo„jaliklarida, 
avlodlarning 
mahsuldorligiga qarab nazorat qiluvchi fermalarda majburiy  hisoblanadi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling