Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon singdirish chatishtirishi
- Galma-gal chatishtirishda
- Zot yaratish chatishtirishi
- Sanoat chatishtirishi
- O’zbekistonda qoramolchilikda naslchilik ishlarini tashkil qilish xususiyatlari.
- Davlat naslchilik zavodlari
- Naslchilik xo‘jaliklari
- III.6. Podani to‘ldirish va yosh qoramollarni o‘stirish asoslari.
- III.6.1.Qoramollarni urchitish biologiyasining xususiyatlari.
- Jinsiy balog‘at yoshi va dastlabki qochirish.
- Urg‘ochi hayvonlar jinsiy faoliyati.
- Buqalar jinsiy faoliyati.
- III.6.2.Podani qayta tiklashning biotexnolok usullari.
Chatishtirish. Qoramolchilikda xo„jalikning yo„nalishi, iqlim va oziqa sharoiti, qo„yilgan maqsadlarga qarab qon quyish, qon singdirish, zot yaratish, galma-gal va sanoat chatishtirish usullari qo„llaniladi. Qon quyish chatishtirish qoramolchilikda hayvonlarning alohida olingan bir belgisini yaxshilash uchun qo„llaniladi. Bir zotning sigirlari ikkinchi zotning buqasi bilan qochiriladi, keyingi 3-4 bo„g„inda esa yana asosiy zot buqalari bilan qochiriladi. Birinchi bo„g„in duragaylarida belgi yaxshilanadi, lekin keyingi bo„g„inlarda so„nib boradi. Shuning uchun har 4-5 bo„g„inda yaxshilovchi zotning qoni quyib boriladi. Qon singdirish chatishtirishi bu usul ko„proq bir zotni ikkinchi zot bilan to„liq qayta qurishni taqozo qiladi. Bir zot sigirlari 4 – 5 bo„g„in davomida ikkinchi 159 zot buqalari bilan qochiriladi. Natijada birincha zot qoni avlodga kamayib, ikkinchi zot qoni ko„payib boradi, yoki u bo„g„in duragaylarida 31/32 tashkil qiladi, yoki bunday hayvonlar toza qonli qabul qilinadi. Bu usul ko„proq mahalliy zotlarni tubdan yaxshilashda yoki o„zini oqlamagan zotlarni qayta tiklashda ko„proq qo„llaniladi. Ko„pincha III-IY bo„g„in hayvonlariga yaxshi oziqlantirish va saqlash sharoitlari yaratib berilganda sof zotli hayvonlar sifatlariga ega bo„lib chatishtirish cheklanishi mumkin. Galma-gal chatishtirishda birinchi va ikkinchi zot buqalari almashib keladi. Birinchi yili birinchi zot buqalari bilan chatishtiriladi, ikkinchi yil esa olingan duragaylar birinchi zot buqalar bilan chatishtiriladi, kerak bo„lsa bu tadbir shu navbat bilan davom etadi. Bu chatishtirish usuli ma‟lum sharoitda ijobiy natijalar bergan xo„jaliklarda keng foydalanish mumkin. Zot yaratish chatishtirishi bu usul ko„proq ma‟lum sharoitlarda reja asosida zot yoki zot guruhlarini yaratishda ishlatiladi. Bu usulda 2 va undan ko„p bir-biriga mos zotlar qatnashib, qo„yilgan maqsadga bosqichma-bosqich erishiladi. Ba‟zi paytlarda ko„zlangan maqsadga erishilganda chatishtirish II yoki III to„xtatilib duragaylar asosan o„zaro urchitiladi. Sanoat chatishtirishi asosan geterozisga asoslanib ikki zot hayvonlari chatishtirilib, olingan duragaylar 100% go„sht uchun o„stiriladi. Ayniqsa bu usul go„shtdor qoramolchilikda ishlatiladi. Sut qoramolchiligida podani to„ldirish uchun yaroqsiz urg„ochi hayvonlar go„shtdor buqalar bilan chatishtirilib olingan duragaylar go„sht uchun boqiladi. Bu hayvonlar asosiy zotga nisbatan 8-10 % oziqani kam sarflab, 10- 15 ko„proq qo„shimcha vazn qo„shadi. Duragaylash (turlararo chatishtirish) qoramollarni boshqa turdagi yovvoyi ajdodlari bilan chatishtirishda ro„y beradi.Ayniqsa bu usul qoramollarni zebu bilan chatishtirishda yorqin namoyon bo„ladi, chunki bu duragaylar to„liq urchish yorqin qobiliyatiga ega, boshqa duragaylar qoramol x qo„tos, qoramol x bizon, qoramol x buyvol juftlashlari hozir ijobiy natijalarini bergani yo„q. Ko„pincha duragaylar bir jinsi naslsiz hisoblanadi, chet ellarda bu usul natijasida unlab qoramol zotlari yaratilgan. Shulardan santa-gertruda zoti AQSh da bo„lib O‟zbekiston uchun rejali zot hisoblanadi. O’zbekistonda qoramolchilikda naslchilik ishlarini tashkil qilish xususiyatlari. O‟zbekiston Respublikasida naslchilik ishlarini Davlat naslchilik idorasi boshqarib, ularning viloyatlarda bo„limlari bo„lib, joylarda ish tashkil qiladilar. Davlat naslchilik ishlarining tashkil qilishni Davlat naslchilik inspeksiyasi nazorat qilib boradi, u Vazirlar Mahkamasi qoshida tashkil qilingan. Davlat naslchilik idorasi qoramolchilikda uzoq va bir yillik naslchilik rejalari va ularning bajarilishi, xo„jaliklarda naslchilik ishlarini tashkil qilish, bonitirovka, nasllik urug„ bilan ta‟minlash, yosh hayvonlarni to„g„ri o„stirish, nasllik mollarni 160 yetishtirish va sotish ishlari bilan shug„ullanadi. Bu idora yana Respublikada urchitilayotgan rejali zotlarning ahvoli va ularni saqlash va takomillashtirish yo„l-yo„riqlari bilan ham shug„ullanadi. Davlat naslchilik idorasi respublika qishloq xo„jalik va boshqa daxldor vazirlik idoralar bilan o„z ishlarini muvofiqlashtirib olib boradi. Davlat naslchilik zavodlari o„zi urchitilayotgan zotni takomillashtirish bilan shug„ullanadi. Ular yagona reja bo„yicha ishlab dastlab o„z xo„jaligini, keyin naslchilik xo„jaliklarini nasldor yosh qoramollar bilan ta‟minlaydi. Bu xo„jaliklar faqat sof zotli urchitish bilan shug„ullanadi, yuqori naslchilik va k/x idoralari ruxsati bilangina chatishtirishni qo„llab yangi qator, oilalar yaratadilar. Naslchilik xo‘jaliklari asosan sof zotli urchitish, hamda qon singdirish chatishtirishi(sof zotli mollar sonini ko„paytirish uchun) usullaridan qo„llab, naslchilik zavodlaridan olgan nasldor hayvonlarni ko„paytirib jamoa va boshqa turdagi xo„jaliklarda, Davlat naslchilik idoralariga yetkazib berish bilan shug„ullanadilar. Bu xo„jaliklar shu hududda joylashgan naslchilik zavodlari bilan yagona dastur asosida ishlaydilar. Naslchilik fermalarida asosan o„zini podasini to„ldirish, qolaversa tovar xo„jaliklariga sotish uchun yosh nasldor qoramollar yetishtiriladi. Nasldor buqalar yetishtirish uchun maxsus davlat eleverlari, nazorat stansiyalari tashkil qilishni, yoki naslchilik xo„jaliklarini o„zida o„stirilishi mumkin. III.6. Podani to‘ldirish va yosh qoramollarni o‘stirish asoslari. Podani qayta to„ldirish va chorvachilikni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Ko„p va arzon chorva mahsulotlari ishlab chiqarish asosan podani to„ldirish qay darajada tashkil qilinganligiga bog„liq. Bu jarayon o„z ichiga har bir muayyan xo„jalikda qator tadbirlar majmuasi o„z ichiga oladi. To„g„ri zootexnika- veterinariya tadbirlari, ya‟ni urg„ochi hayvonlarni o„z vaqtida qochirish, bug„oz hayvonlarni asrash, tug„dirish, yosh hayvonlarni risoladagidek o„stirishni o„z ichiga oladi. Bu tadbirlarning asosiy maqsadi har bir sigirdan yilida kamida bitta buzoq olishni ta‟minlashdan iborat bo„lmogi kerak. III.6.1.Qoramollarni urchitish biologiyasining xususiyatlari. Bu xususiyatlar boshqa qishloq xo„jalik hayvonlaridan farq qilib jinsiy va balog„at yoshi, urg„ochi hayvonlar kuyukishi, uni davomiyligi va davriyligi bilan ajralib turadi. Jinsiy balog‘at yoshi va dastlabki qochirish. Jinsiy balog„at yoshi qator omillarga bog„liq. Ular hayvonning zoti, mahsulot yo„nalishi, oziqlantirish va saqlash sharoitlariga ko„p jihatdan bog„liq. Yirik zotlarda, o„rta va kichik sut yo„nalishidagi zotlarga nisbatan biroz kechroq, go„sht yo„nalishidagi qoramollarda esa sut va sut-go„sht yo„nalishidagi hayvonlarga naisbatan 2-3 oy erta, jadal o„stirilgan, yaxshi sharoitlarda saqlangan urg„ochi tanalarda jinsiy balog„at oldin 161 kuzatiladi. Buzoqlar va urg„ochi tanalar yetarli oziqlantirilmaganda va noto„g„ri saqlanganda ular asossiz o„sishdan qolib, jinsiy balog„at yoshi kechikib ketadi. Ko„pgina hollarda hayvonlar jinsiy yetilishiga iqlim, namlik, harorat, quyosh nuri ham o„z ta‟sirini ko„rsatadi. Janubiy hududlarda shimolga nisbatan bu jarayon erta ro„y beradi. O‟rtacha urg„ochi tanalarda jinsiy faoliyat va keyinchalik uyg„onish 7-8 oyligida, buqachalarda esa 6-9 oyligida kuzatiladi. Lekin bu davrda ularning qochirish qat‟iyan man etiladi. Chunki yosh hayvonlar hali jinsiy faoliyat uchun tayyor emas. Yosh qochirilgan hayvonlar o„sish va rivojlanishdan qolib, bo„g„ozlik qiyin kechadi, tug„ish og„ir bo„ladi, buzoqlar jussasi kichik, sigirlar sut mahsuldorligi kam bo„ladi. Shuning uchun barcha xo„jaliklarda favqulotda bo„g„ozlikni oldini olish uchun urg„ochi va erkak buzoqlar 6 oyligidan ajratilib alohida saqlanishi shart. Tanalardan podani to„ldirishda foydalanish ular jismoniy balog„at yoshiga yetgandan keyin amalga oshiriladi. Bu davrga kelib urg„ochi va erkak tanalar ularning sog„ligi va jismiga zarar keltirmagan holda podani to„ldirishda to„liq foydalanish mumkin. Bu davr buqachalar uchun 14-15 oy bo„lib, bunda ular vazni andoza talablariga javob berishi kerak. Urg„ochi tanalar esa 15-18 oyligida, mayda zotlar uchun 290-320 kg, yirik zotlar uchun 340-350 kg ga yetganda qochirilish kerak. Yoki mezon qilib urg„ochi tanalar xo„jalikdagi voyaga yetgan sigirlar vaznini 65-70% ini tashkil qilish kerak. Urg„ochi tanalarni vaqtida(15-18oy) qochirilishi birinchidan ularning samarali otalanishini 90-95% ta‟minlasa, ikkinchidan iqtisodiy jihatdan foydali yoki bu davrda 3000-3500 oziqa birligi sarflanadi. Agar urg„ochi tanalar 24 oyligida qochirilsa otalanish darajasi 70-75% tashkil qilib, ularga bir bosh o„stirishga 4000- 4500 oziqa birligi sarflanadi. Bu degani yoshi katta bo„lib borishi bilan urg„ochi tanalarining jinsiy faoliyati susayib, otalanish darajasi pasayib boradi va o„zini iqtisodiy tomondan oqlamaydi. Erta (15-18 oy) qochirilgan tanalar 25-28 oyligida tug„adi, bu sigirlar hayotining har yili va hayoti davomida beradigan suti, ancha kech tuqqan(35-36 oy) sigirlarga nisbatan ko„p bo„ladi. 24 oyligida tuqqan sigirlar 10 yil ichida avlodlari bilan birga hisoblanganda 36 oyda tuqqan sigirlarga nisbatan 60% ko„p sut va 50% go„shtni ko„p beradi. Urg‘ochi hayvonlar jinsiy faoliyati. Urg„ochi hayvonlar urchish imkoniyati ular faqat kuyukkan paytda ro„y beradi. Bu holat davriy bo„lib, qaytarilib turadi. Kuyukish urg„ochi hayvonlarda jinsiy yaqinlashishga moyillikda aks etadi. Kuyukish oldidan tashqi jinsiy a‟zolardan suyuqlik oqib qizaradi. Kuyukish davrida tuxumdondan tuxum hujayrasi ajralib chiqadi. Urg„ochi tanalarda jinsiy balog„at yoshiga yetgandan keyin, sigirlar tuqqanidan keyin 21-28 kundan keyin kuyukish ro„y beradi, bu holat har 19-21 kunda qaytarilib turadi. Bu muddat jinsiy davr deb ataladi. Bu holat qoramollarda otalanish ro„y bermasa yil davomida qaytarilib turadi . Ushbu holat sut va go„sht qoramolchiligida buzoq olishni yilning xohlagan mavsumiga xo„jalik imkoniyatiga 162 qarab rejalashtirish imkonini beradi. Jinsiy a‟zolardan suyuqlik oqishi kuyukishdan 10-15 soat oldin boshlanib 30 soatlar chamasida davom etadi. Jinsiy kuyukish (moillik) 18-24 soat davom etadi.Bu muddatning qaysi davrida jinsiy a‟zolarga tuxum hujayrasining ajralib chiqishi noma‟lum. Shuning uchun bir kuyukish davomida urg„ochi hayvonlar 2 marta qochirilsa otalanish imkoni ortadi. Shu boisdan birinchi qochirish moyillik ro„y berganda, ikkinchi marta esa 10-12 soatdan keyin qaytarilsa maqsadga muvofiq bo„ladi, chunki urg„ochi hayvonlar jinsiy a‟zolarida urug„ hujayrasi 8-24 soat yashash qobiliyatiga ega. 3 marta qochirish natijasida otalanmagan hayvonlar qisir hisoblanib, tekshiriladi, ijobiy o„zgarish bermaganlari podadan chiqariladi. Otalanish jarayoniga ko„p jihatdan sigir va urg„ochi tanalarning bu jarayonga tayyorlanishga bog„liq. Sigir va urg„ochi tanalar to„laqiymatli oziqalar bilan ta‟minlanib, to„g„ri asralib, ular zavod semizligida bo„lishi ijobiy natijalar beradi. Ayniqsa urg„ochi hayvonlarni qochirish jarayonida yaylovda boqish, xech bo„lmaganda ularga faol yayratish ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Urg„ochi tanalar 16-18 oyligida, sigirlar tuqqanidan keyin sigirning oriq- semizligi, mahsuldorliiigi, jinsiy a‟zolar sog„ligiga qarab turlicha bo„lishi mumkin. Sermahsul sigirlar ataylab kechroq qochiriladi, kam maxsul sigirlar esa 1yoki 2 kuyukishdayoq qochirilishi mumkin. Bu borada sigirlar tug„imlari orasi 12 oyida,bo„lishi e‟tiborga olinadi. Sigirlar holati me‟yorda bo„lsa ular laktasiyaning 2 oyida, juda sermahsul sigirlar esa 70-90 kundan keyin qochirilishi ko„proq sut sog„ib olish imkoniyatini yaratadi. Bo„g„ozlik 270-300 kun davom etib, o„rtacha 285 kunni tashkil qiladi. Bu jarayon qoramolning zotiga, tug„iladigan buzoqni jinsiga, iqlim, oziqlantirish, saqlash sharoitlari va boshqa omillarga bog„liq. Urg„ochi hayvonlarning qisir qolishini oldini olish muhim tadbir bo„lib hisoblanadi. Buning qochirish, buzoq olish muddatlari o„z vaqtida hisob-kitob qilinib maxsus daftarlarga yozib borilishi kerak. Albatta urg„ochi tanalar va sigirlar qochirilgan 2-3 oy o„tgandan keyin rektal, yoki vaginal usul bilan bo„g„ozligi tasdiqlanishi kerak. Undan ertaroq esa urg„ochi hayvonlar qoni va suti tarkibidagi jinsiy gormonlar nisbatiga qarab aniqlash mumkin. Bu usul bilan 97-100% natijaga erishish mumkin. Buqalar jinsiy faoliyati.Buqalardan oqilona foydalanish ulardan uzoq muddat davomida, ko„proq nasl olish imkoniyatlarini yaratib beradi. Ayniqsa yuqori mahsuldor, nasldor, yaxshilovchi buqalardan 15-20 yil foydalanish ulardan olinadigan avlodlar miqdorini ko„paytiradi. Buqalarda jinsiy faoliyat balog„at yoshiga erishgandan boshlab to„xtovsiz davom etadi. Ularning jinsiy faoliyatini saqlab turish uchun to„g„ri oziqlantirish va saqlashni tashkil qilish kerak. Buqalarning jinsiy faolligi, urug„ining sifati, urug„ni otalantirish qobiliyatini doim nazorat qilib borish kerak vaqtlarda choralar ko„rishni taqozo qiladi. Buqalarga berkitilgan sigirlar sonini uning holatiga qarab rejalashtirilib boriladi. Sut va sut-go„sht qoramolchiligida sun‟iy urug„lantirish muhim o„rin tutadi. Bu 163 usul urg„ochi hayvonlarni qochirishda o„zining ijobiy tomonlari qachonlardir tasdiqlangan. Bu usuldan keng foydalanilganda asl buqalar avlodlarini tezroq ko„paytirish bilan, foydalanilgan buqalar sonini keskin kamaytirib katta iqtisodiy samara va turli qoramollarning yuqumli kasalliklarini tarqalishini oldini olish mumkin. Go„sht qoramolchiligida ko„proq tabiiy qochirish amalga oshirilib, sigirlar va urg„ochi tanalar erkin yoki qo„ldan qochiriladi. Tabiiy qochirish ko„p hollarda salbiy tomonlari bilan ajralib turadi, unda buqalar talab qilinadi bu esa iqtisodiy jihatdan o„zini oqlamaydi, ko„p buqalar talab qilinishi natijasida sifati past buqalardan ham foydalanishga to„g„ri keladi, bu esa avlodning sifatiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi, ayniqsa bu usul keng foydalanilganda hayvonlar o„rtasida jinsiy va yuqumli kasalliklarni tarqalish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari bu usulda ba‟zi hollarda urg„ochi hayvonlar jismoniy jarohat oladi, podada bir qancha buqa ishlaganligi naslchilik ishlari hisob-kitobini to„g„ri yuritish imkonini bermaydi va qochirish-tug„ish jarayonini to„liq rejalashtirishdan mahrum qiladi. Yana bu usul hayvonlarning kelib chiqishi, tana tuzilishi, konstitutsiyasi va mahsuldorligiga qarab yakka juftlashni puchga chiqaradi, bu esa podani tezroq takomillashtirishni orqaga suradi. Qo„ldan qochirish erkak va urg„ochi hayvonlarni alohida saqlashni taqozo etadi. Har kuni ertalab va kechqurun urg„ochi hayvonlar podasi tekshirilib kuyga kelganlari ajratiladi va buqalar turgan xonaga keltirilib maxsus qochirish moslamalarga (qochirish stanogi ) kirgiziladi va juftlash rejasidagi buqa bilan qochiriladi. Bu ish har kuni kuyukishda 2 marta qaytariladi, bu davr ichida sigir buqaxonada ajratilgan maxsus joyda saqlanadi, uning kuyukishi so„ngandan keyin podaga qo„shiladi. Bu usul bilan zootexnika va naslchilik hisob-kitoblarini to„g„ri olib borish, bir buqaga berkitilgan sigirlar sonini ko„paytirish va jinsiy yuqumli kasalliklarni oldini olishni osonlashtiradi. Su‟niy qochirish eng samarali podani to„ldirish usuli bo„lib, podalarni qisqa vaqt ichida takomillashtirishning quroli bo„lib xizmat qiladi. Bu usulda asl – avlodlarning maxsuldoligi bilan tekshirilgan buqalardan keng miqyosda foydalanish imkoniyatlari yaratadi. Bu usulda bir yilda bitta buqa urug„i bilan o„rtacha 1500-2000 bosh urg„ochi hayvonni qochirish mumkin, ma‟lumotlarga qaraganda mashhur buqalar urug„i bilan bir yilda 20000 sigir, urg„ochi tanalar qochirilgan. Bu raqamlar shundan dalolat beradiki, buqalar sonini ishlab chiqarishda keskin kamaytirish mumkin. Bu usulning afzalligi yana shundan iboratkim, bunda buqalar urug„ini olib, muzlatib xohlagan vaqtda, xohlagan hududda foydalanish mumkin. Su‟niy qochirish natijasida turli qoramol kasalliklarini jinsiy yo„l bilan tarqalish zanjirini o„zib tashlaydi. Buqalar jinsiy faoliyatini yaxshi saqlab turishi uchun ulardan me‟yorlar darajasida foydalanish kerak. Ko„pincha buqalardan bir haftada 1-2 marta urug„ olish ulardan uzoq va samarali foydalanishni ta‟minlaydi. 164 Urug„larni muzlatish usuli bilan uzoq muddat saqlash 40-50 yillarda ishlab chiqarishga joriy qilindi, 70- yillarga kelib esa murtakni (zarodish) muzlatib saqlash usulini joriy qilishni podolarni tezroq takomillashtirish imkoniyatlarini yaratib berdi. III.6.2.Podani qayta tiklashning biotexnolok usullari. Hayvonlarni urchitishni takomillashtirish va boshqarish borasida chorvachilikda biotexnologiya usullaridan foydalanishni taqozo qiladi. Bu usullardan foydalanish sun‟iy qochirish, jinsiy jarayonni garmonlar yordamida tartibga solish, murtaklarni qo„chirib o„tkazish yangi istiqbollarni ochib berdi. Jahonda hozirgi davrda bir buqadan bir yilda 2-50 ming, yoki hayoti davomida 400 ming dozagacha urug„ olib ularni urug„ banklarida muzlatib saqlash, bu borada katta imkoniyatlar yaratadi. Urg„ochi hayvonlar jinsiy siklini boshqarishda progesteron, prostogladin kabi gonodotrop gormonlardan foydalaniladi. Bu yo„l bilan urg„ochi hayvonlar kuyukishini bir vaqtda to„g„irlab ularni su‟niy urug„lantirib ko„plab avlod olish imkonini beradi. Gormonli preparatlarning urg„ochi hayvonlarga berilishi ularning serpushtligini oshirishga ijobiy ta‟sir etganligini uzoq davrlardan qayd qilingan. Su‟niy jinsiy jarayonini chaqirish natijasida tuxumdondan ko„proq tuxum hujayralari ajralib chiqishga sabab bo„ladi. Bu yul bilan tuxumdon bir yilda ajralib chiqadigan tuxum hujayralarining sonini 28-30 marta ko„paytirish mumkin, bu son sigir va qo„ylarda 25 ta, cho„chqalarda 80 taga yetishi mumkin. Bu usul asosan yosh sermahsul sigirlardan ko„proq otalangan tuxumlarni boshqa kam mahsuldor sigirlarni qo„chirib o„tkazishni taqozo qiladi. Buni amalga oshirish uchun urug„langan tuxum hujayrasi donor sigir jinsiy a‟zolaridan yuvib olinib, resepiyent sigirlar jinsiy a‟zolariga shpris-katetr yordamida jo„natiladi. Buning uchun resepiyent sigir jinsiy a‟zolari va uning fiziologik holati embrionning rivojlanishiga tayyor bo„lishi kerak. Buning uchun resepiyent sigir jinsiy a‟zolari gormonlar yordamida tayyorlanadi. Bu borada embrionlarni kriokonervasiya (chuqur muzlatish) usuli ularni xohlagan vaqtda tayyor sigirlarga qo„chirib o„tkazish imkonini beradi va ko„p hayvonlarda, turli masofadagi hududlarda o„tkazish mumkin. Buning uchun ilg„or mamlakatlardan shunday embrionlar banki tashkil qilingan. O‟zbekistonda ham qoramollarni seleksiya markazida shunday laboratoriya faoliyat ko„rsatmoqda. Bu yillar keng miqyosda joriy qilish uchun xo„jaliklarda imkoniyatlar yaratilmagan. Shuning uchun respublikada bu ishni hayotga tatbiq qilish uchun maxsus dastur asosida ishlar majmuasi amalga oshirilishi kerak. Hozirgi muzlatilgan embrionlarning yashashi 50% ni tashkil qilmoqda, shuning uchun bu usulni keng joriy qilish iqtisodiy jihatdan o„zini oqlagani yo„q. O‟rtacha gormonlar yordamida olingan tuxum hujayralaridan faqat 3-4 buzoq olish isbotlangan. Donor sigirlardan 3 oyda bir marta otalangan tuxum hujayralar, 165 bir yilda 15-18 bosh avlod olish mumkin. Imkoniy jihatdan bir resipiyent sigirdan 75-80 buzoq olish mumkin. Oddiy sharoitda 7-8 bosh buzoq olish mumkin. Shuning uchun yangi usul mashhur sigirlardan avlod olishni 10 barobar ko„paytirish mumkin. AQSh, Kanada kabi mamlakatlarda shu usul yordamida minglab buzoq olinib, minglab muzlatilgan embrionlarni boshqa davlatlarga jo„natgan. Uirkraft Model Doris ( 11 yoshida laktasiyasida bergan suti 9646 kg bo„lib, yog„liligi 4,43% bo„lgan) golshtin zotli sigirdan 75 bosh buzoq olingan, bu usul qo„llanilmaganda undan faqat 8 bosh buzoq olish mumkin edi. Ko„pchilik laboratoriyalarda minglab embrionni qo„chirish amalga oshirilmoqda. Bu borada embrionni muzlatish va murtakni bo„lib qo„chirish usuli kelgusida asosiy yo„nalishlardan biri bo„lib qoladi. Mutaxassislar kuzatishi bo„yicha muzlatilgan embrionlar, muzlatilgan tuxum hujayrasi kabi uzoq saqlanishi mumkin. Lekin muzlatilgan embrion eritilib resipiyent sigirlarga o„tkazilganda 3 tadan bittasi yashashi isbotlangan. Bu tabiiy imkoniyatni yarimini tashkil qiladi. Tajribalar asosida gen injeneriya yordamida genetik tomonidan o„xshash avlodlar olish mumkinligi isbotlagan. Tajribada 4 hujayrali embrionni gen injeneriyasi yordamida 8 hujayraga bo„lib, 2 hujayradan 4 embrion qo„chirib o„tkazilib avlod olinganligi qoramolchilikda isbot qilingan. Bu usulni ishlab chiqarishda osonlikcha qo„llash mumkin emas. Ishlab chiqarishda ko„pincha blastosistlarni bo„lib,1 blastosistdan 2 ta olib o„tkazish yordamida 2 avlod olish mumkin. Bu usul yordamida jahonda o„nlab egizaklar olingan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling