Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.
#9851
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41

V.1. Mahsuldor yilqichilik. 
 
Otlarning  go„shti  to„yimli  oziq-ovqat  hisoblanib  tarkibi  oqsillar,  yog„lar, 
vitaminlar    va  mineral  moddalarga  boy  hisoblanadi.  Uni  ayniqsa  sharq  xalqlari 
suyib  iste‟mol  qiladilar.  Ot  go„shti  aksariyat  hollarda  qazi  sifatida  iste‟mol  
qilinadi. 
Shu  boisdan  mamlakat  va  jahon  bozorida  ot  go„shtiga  bo„lgan  talab  ortib 
bormoqda.  Hozirgi  davrda  kelib  Yevropaning  ayrim    mamlakatlarida  ham  ot 
go„shtini iste‟mol qilish nisbati ortib bormoqda, shu boisdan ot go„shti harid narxi 
ortib bormoqda. 
Otlarning  go„sht  mahsuldorligi  ularning  tirik  og„irligi,  tez  yetiluvchanligi, 
so„yim    mahsulotlarini    chiqimi,  yoshi  va  yilqidagi  biyalar  nisbatiga  bog„liq. 
Otlarning  yoshi ortib  borishi  bilan  so„yim  chiqimi, go„shtidagi  suyakning  miqdori 
kam, yog„ miqdori ko„payib boradi. 
Ot  go„shtining  tarkibida  17-21%  oqsil  bo„ladi.  Ot  yog„i  asosan  to„yinmagan 
yog„  kislotalaridan  tashkil  topib  uning  20%  almashtirib  bo„lmaydigan  yog„ 
kislotalaridan iborat. 
Ayniqsa  ot  go„shti  inson  uchun  zarur  mikroelementlar,  yod,kobalt  va  misga 
boy. 
To„yinmagan yog„ kislotalari ko„p bo„lgani uchun ularning erish darajasi past 
28,6-32S.  Go„sht  tarkibida  yog„  miqdori  16-23%  bo„lganda  uning  kaloriyaligi 
2100-2700Kkalni tashkil qiladi. 

 
213 
Yuqori  go„sht  mahsuldorligiga  qozoq,boshqird,  buryat  otlari  ega  bo„lib,  ular 
o„rtacha semizlikda 48-52%, oliy semizlikda 60% so„yim chiqimiga ega. 
2,5  yoshlik  toy  go„shtining  tarkibida  67,0%muskul,  16%yog„,  17%  suyak 
tashkil  qiladi.  Otlar  go„shtidan  qazi,  xasip(kolbasa),  dudlamalar  va  konservalar 
qilinadi. 
Otlarda go„shtdorlik belgilari umumiy qonuniyat asosida rivojlanadi. 
 
5.1.1.Jadval 
V.Z.Borkum va Yu.V.Kuranovlar tajribalari asosida urchitilgan otlar 
go‘shtdorligini rivojlantirishi. 
 
 
Otlar semizligiga qarab uch kategoriyaga bo„linadi: oliy,  o„rta va oriq. Yuqori 
semizlikka yog„li va oliy semizlik kiradi. 
Oliy  semizlikdagi    otlarning  muskulaturasi  yaxshi  rivojlangan,  tanasi 
bochkasimon,  ko„kragi  to„lishgan,  qobirg„alari  go„sht  bilan  yaxshi  qoplangan, 
bo„yin  toji  yaxshi  rivojlangan.  O‟rta  semizlikdagi  otlarning  tanasi  uncha 
bochkasimon  emas,  muskullari  qoniqarli  rivojlangan.  Oriq  otlarning  tanasi 
burchaksimon bo„lib, muskullari qoniqarli  rivojlanmagan.  Otlar go„shtining sifati 
ham semizlik darajasiga bog„liq. Masalan: oriq go„shtda 1%, o„rtacha semizlikdagi 
go„shtda  2-3%,  oliy  semizlikdagi  go„shtda  3-6%,  yog„li  go„shtda  esa  8%  yog„ 
bo„ladi.  Lekin  oqsil  miqdori  har  doim  ham  semizlikka  bog„liq  bo„lmay,  oriq 
go„shtida ham elastin va kollogen hisobiga yuqori bo„lishi mumkin. 
Otlarni suyganda go„sht va yog„dan tashqari teri, miya, til, yurak, jigar, buyrak, 
diafragma kabi oziq-ovqat ahamiyatiga ega bo„lgan mahsulotlar hamda ichki devorlari 
yog„ bilan  to„lgan to„q ichak olinadi.  Suyganda olinadigan qon , o„pka,traxeya, dum, 
oyoq,  ichak  va  oshqozondan  oziqa  uni  tayyorlanib,texnik  maqsadlarda 
foydalaniladi.Otlarning terisi xom-ashyo sifatida muhim ahamiyatga ega. 
Ot go„shtining kimyoviy tarkibi uni zoti va semizligiga qarab o„zgaradi, suv 
69-75%,  oqsil19,25-22,6%,  yog„  1,02-8,30%,  kul  0,93-1,4  va  kaloriyaliligi  943-
1561 Kkalni tashkil qiladi. 
Ot go„shtining kimyoviy tarkibi uning nimtaning qaysi qismidan olinganligiga 
bog„liq,  ya‟ni  nimtadan  yog„  topografik    tarqalishi  turlicha  bo„ladi.  Yog„ 
nimtalarining  ustida,  teri  ostida,  buyining  ustki  qismida  7-10  sm  qalinlikda 
to„planib,  biriktiruvchi  to„qima  va  85-90%yog„dan  iborat  bo„ladi.  Burdoqiga 
boqilgan otlarda asosiy yog„ ichki organlarning devorlarida 7 chi qobirg„adan to 17 
Otlarning 
yoshi 
Ot 
soni 
So„yishdan 
oldingi tirik 
vazni, kg 
Nimtalarning 
og„irligi, kg 
So„yim 
chiqimi, 

Laxm va  
yog„ 
chiqimi,kg 

5-8 oylik 
17 
171 
90 
52,6 
63 
70,00 
1,5 yosh 

252 
131 
52,0 
95 
72,5 
2,5 yosh 

392 
203 
51,8 
145 
71,4 
3,5 yosh va 
undan katta 
24 
417 
214 
54,3 
___ 
73,3 

 
214 
qobirg„a  ustilarida  tuplanadi.  Oxirgi  11  juft  qobirg„a  ichki  go„shtlari  bilan  qirqib 
olinib,  undan  qazi  tayyorlanadi.  Go„shtning  bu  qismi  jo„ja  yog„li  bo„lib,  boshqa 
qismlaridan yuqori kaloriyaga ega ekanligi bilan farq qiladi. 
              5.1.2.  Jadval 
Nimtalardan chiqqan laxmning kimyoviy tarkibi 
 
Go„sht qismlari 
suv 
Yog„  Oqsil 
Kul 
1 kg laxmning 
kaloriyasi, 
Kkal 
1 nav filey son, dumg„oza, 
yonbosh 
71,8 
7,6 
18,2 
0,85 
1453 
II nav buyin, tush, ko„krak 
67,8 
11,6 
18,1 
1,06 
1820 
Qazi 11 juft oxirgi qobirg„a 
(7-17) va ichki go„shtlar 
37,8 
47,3 
13,2 
0,08 
4940 
 
Go„shtning bo„g„izloq, oyoq bo„g„im qismlarida III navga kiradi. 
Ot  go„shtida  almashtirilib  bo„lmaydigan  arginin,  lizin,  metionin  va  triptofan 
aminokislotalar  miqdori  boshqa  qishloq  xo„jalik  hayvonlari  go„shtiga  nisbatan 
yuqori bo„ladi  va tuxumga yaqin turadi. 
Ot  yog„ining  kimyoviy  tarkibi,  xususiyatlari  bilan  boshqa    qishloq  xo„jalik 
hayvonlari yog„laridan farq qiladi. U tez eriydigan bo„lib, sifati jihattan parranda va 
o„simlik yog„iga yaqin  turadi. 
Ot yog„ining tarkibida to„yinmagan yog„ nisbatlari yuqori bo„lib 65,5% tashkil 
etib, bu ko„rsatkich mol yog„ida 38,5%ni,cho„chqa yog„ida 50%ni tashkil etadi. 
Mamlakatimizda  ot  go„shtini  turli  hududlarda,  yil  fasllarida  va    saqlash 
usullari ishlab chiqarish bo„yicha boy ma‟lumotlar mavjud. 
Professor  D.X.Holmirzayev  tomonidan  tog„  oldi  hududida  bahorgi-yozgi 
yaylovda, bahorgi- yozgi va kuzgi yaylovda semirtirishlar bo„yicha ijobiy natijalar 
olingan. 
5.1.3 Jadval 
 
Bahorgi-yozgi yaylovda semirtirishdan keyingi 
 nazorat so‘yim natijalari.(p-3) 
 
 
Otlar 
guruhlari 
Semizlik   
katego-
riyasi 
So„yim oldin 
tirik vazn,  
kg 
Nimta vazn, 
kg 
Ichki yog„ 
vazni,  
kg 
So„yim 
chiqimi  

Toylar 

262,0 ± 7,26 
144,0 ± 5,52 
3,54 ± 0,45 
55,0 
II 
235,0 ± 4,10 
126,0 ± 2,44 
2,00 ± 0,17 
53,6 
Voyaga 
yetgan 
otlar 

419,0 ± 7,55 
234, 7± 5,40 
7,38  ± 0,55 
56,0 
II 
348,0 ± 8,62 
187,0 ± 6,21  4,50  ±  0,23 
 
53,7 

 
215 
Semizlik  darajasining  ortishi  so„yim  chiqimi  va  go„shtning  sifatiga  ijobiy 
ta‟sirini e‟tirof etish kerak. 
Xuddi shuningdek ijobiy ko„rsatkichlar kuzgi yaylovda semirtirishi natijasida 
ham erishilgan, unda so„yim chiqimi 54,1-54,%ni tashkil etgan. 
Muallif  tomonidan  shunday  natijalar  tog„  va  yarim  sahro  hududlarida  ham 
olingan, kerakli tavsiyalar berilgan. 
Otlarni  saqlash  usullarining  go„sht  mahsuldorligiga  ta‟siri  A.A.Nurmatov 
tomonidan  o„rganilib  yaylovda  o„stirilib  semirtirilgan  otlar  otxonada  o„stirilib 
bo„rdoqilanganlariga  nisbatan  tirik  vazni  ustun  ekanligidan  qat‟iy    nazar  so„yim 
chiqimi kamligi bilan ta‟riflangan . 
 
     5.1.4.  - Jadval 
Toylarning go‘sht mahsuldorligi.    
 
 
Biyalarning sut mahsuldorligi. 
Biyalarni sog„ish va undan qimiz tayyorlash qadim zamonlardan urf bo„lgan. 
Shu boisdan chorvadorlar biyalarning sersut bo„lishiga harakat qilishgan.  
Biyalar ancha sersut bo„ladi, bir laktasiyada 1500-3000 kg, rekordchilari 6000 
kg  gacha    sut  beradi.  Biya  suti  suyuq  sut  hisoblanadi.  uning  tarkibida  hammasi 
bo„lib  11%  quruq  moddasi  bor.  Ayniqsa  sut  tarkibidagi  yog„(15%),  oqsil  (1,5-
2,0%)  kam  bo„lib,  sut  qandi  (6,5%)ko„p  bo„ladi.  Biya  suti  oqsilining  85%  zardob 
oqsillaridan  tashkil  topib    albuminli  sut  deyilib,  uning  nordonligi  oshganda  ham 
uvib qolmaydi. 
Biyalardan  ko„p  sut    sog„ib  olish  uchun  ularning  sut  berish  fiziologiyasini, 
yelinning  anatomik  va  morfologik  tuzilishini,  laktasiyasining  qanday  o„tish 
xususiyatini va sut mahsuldorligiga ta‟sir qiluvchi omillarni bilib olish kerak.  
Biyalar  yelinini  boshqa  qishloq  xo„jalik  hayvonlari  yelinidan  farq  qilib  ikki 
palladan iborat, ikkalasi qo„shib o„lchanganda aylanasi 45-60 sm, balandligi 10-15 
sm,  so„rg„ichlarining  uzunligi  3-5  sm,  aylanasi  9-11  sm  keladi.  Pallalar 
biriktiruvchi  to„qimalar  bilan  ajralgan  bo„ladi  .  Har  bir  palla  oldingi  va  keyingi 
bo„laklardan iborat bo„lib, ularning sut yo„llari alohida bo„lib tutashmaydi. Shuning 
uchun  biya  yelini  ikki  so„rg„ich,  har  bir    so„rg„ichda  esa  ikkitadan  sut  ajralish 
teshigi mavjud.  
 
Ko„rsatkichlar 
Guruhlar 

II 
X±SX 
X±SX 
So„yimdan oldingi vazn, kg 
309,0±8,6 
284,7±9,8 
Nimta og„irligi, kg 
155,17±7,2 
148,33±7,3 
Nimta chiqimi, %  
50,22 
52,1 
Ichki yog„ og„irligi, kg 
2,5±0,4 
2,83±0,2 
So„yim og„irligi, kg 
157,67±7,5 
151,16±7,5 
So„yim chiqimi, % 
51,03 
53,09 

 
216 
Yelinning  har  bir  bo„lagi  mustaqil  ishlaydi  va  oldingi  bo„lagi  yaxshiroq 
taraqqiy etgan bo„ladi. Biyalar yelinining sut idishlari kichik bo„lib, kam (3-4l)  sut 
sig„adi.  Biyalarning  sut  mahsuldorligi  yelin  hajmining  katta  bo„lishiga  bog„liq. 
Ya‟ni  yelinda  idish,  sut  yo„llari  kanallari,  kanalchalari,  sut  alveolalari  va  uning 
mioepiteliyalarining rivojlanishiga bog„liq. 
Sut  yo„llarini atrofi   silliq    muskul tolalaridan   iborat,   sog„ish    yoki    emish  
paytida  ular  qisqaradi  va  sut  oson  ajraladi. 
          Biyalarning  yelin  hajmi  kichik  bo„lgani  bilan  sut  ishlovchi  bezlari  
ko„pligi  evaziga  tez-tez  sog„ib  turilsa   bir  sigirning  sutini  berishi   mumkin. 
Yelin    hajmi    sutga    to„lgandan    keyin    sut    hosil    bo„lishi    to„xtaydi,    shuning  
uchun    uni    bo„shatish    lozim.    Sutkasiga    necha  marta    sog„ish    kerakligi  
laktasiyaning    oyiga    qarab    anaqlanib    u    har    2-2,5    soatda    amalga  oshirilgani 
ma‟qul. Biyalar qo„lda va DA-3M sog„ish apparatlari yordamida sog„iladi. 
          Biyalarning  laktasiyasining  davomiyligi  6-8  oyni  tashkil  qiladi  va 
quyidagicha ta‟riflanadi 
                                      1 oy    -    100% bo„lganda; 
                                      2 oy    -    95-99% 
                                      3 oy    -    90-94% 
                                      4 oy    -    85-90% 
                                      5 oy    -    70-80% 
                                      6 oy    -    40-50% 
                                      7 oy    -    30-35% 
                                      8  oy        -        5-15%  ni    tashkil  qiladi,  yoki  biyalar  eng 
ko„p sutni tuqqandan keyingi birinchi oyda beradi. Biyalarning sut mahsuldorligi7-
10 yoshgacha ortib boradi. 
Biyalarning  sut  mahsuldorligi  qulunlarini  vaqti-vaqti  bilan  tortib  turish 
natijasida  aniqlanadi,  unda    1  kg  tirik  vazn  uchun  10  kg  biya  suti  sarflanishi 
hisobga olinadi. 
Biyalarning  sut    mahsuldorligini  aniqlashda  professor  S.I.Saygin  formulasi 
qo„l keladi.  
Us    =  
   Uf×24
 
                                                                     T 
Us     -  sutkalik sut, kg  
Uf   -  haqiqatda sog„ib olingan sut, kg 
T      -  sog„ish vaqti, soat    
 
Biyalar  tuqqanidan  bir  oy  o„tgandan  keyin  ma‟lum  vaqtgacha  qulunlaridan 
ajratib sog„iladi. Qulunlarga esa ajratgan paytda qo„shimcha oziqalar beriladi.  
Biya  sutidan  qimiz  tayyorlanadi,  u    aralash  spirt-sut  bijg„ish  jarayoni  bo„lib, 
sut  qandining  parchalanishi  natijasida  3,5%  etil  spirti  va  1  %  sut  kislotasi  hosil 

 
217 
bo„ladi,    undan  tashqari  korbanat  angidrid  gazi,  uchuvchi    kislotalar    xushta‟m 
moddalar va fermentlar hosil bo„ladi.  
Uvitqi bo„lib maxsus qimiz uvitqisi(donador), yoki kuchli qimiz xizmat qiladi.  
Qimiz  uch  xil  bo„ladi:  kuchsiz  qimiz  nordonligi  70-90ºT,  spirt  miqdori  1%; 
o„rta qimiz nordonligi 100-110ºT, spirt miqdori 2,0%; kuchli qimiz nordonligi 110-
120ºT, spirt miqdori 3,0% oshiq. 
Biyalarning sut mahsuldorligini oshirishga yilqichilik fermalarida otlar naslini 
yaxshilash  va  tuqqanidan  keyin  iydirish  evaziga  erishish  mumkin.  Buning  uchun 
to„liq  zootexniya  hisob-kitoblarini  yuritish  hisobiga  sersut  biyalarni  aniqlash  va 
ular bilan alohida ishlash ijobiy natijalar beradi.  
Birinchi  navbatda  biyalarni  laktasiya  davomida  to„yimli  va  sifatli  oziqalar 
bilan  ta‟minlash  muhim  o„rin  tutadi.  Oriq  biyalar  semiz  biyalarga  nisbatan 
laktasiyaning  birinchi  2  oyida  kam  sut  beradi.  Shu  boyisdan  oriq  biyalarga 
qo„shimcha  oziqalar  berish  yaxshi  natijalar  beradi.  Biyalarni  bo„g„ozlik  davrida 
tuqqanga   qadar me‟yorlar asosida boqish yangi laktasiyada  ko„p sut berish garovi 
hisoblanadi. 
Biyalarni  yaylov  va  otxonalarda  saqlash,  oziqlantirish  tipi  ularning  sut 
mahsuldorligiga  ta‟sirini  A.A.Nurmatov  tajribalari  orqali  ishonch  hosil  qilish 
mumkin.       
5.1.5.jadval 
Biyalar sut mahsuldorligi, kg 
 
 
Laktasiya oylari 
 
Guruhlar 
Yaylov guruhi 
Otxona guruhi 
X±SX 
Sv, % 
X±SX 
Sv, % 

332±23,4 
10,0 
300±21,2 
10,0 
II 
366±26,2 
12,6 
330±23,4 
12,0 
III 
300±29,4 
13,9 
288±30,6 
15,0 
IV 
240±18,5 
10,9 
225±18,9 
11,9 

195±10,7 
7,8 
198±11,2 
8,0 
VI 
135±12,2 
13,3 
114±22,4 
27,9 
Jami : 
1568±106,7 
10,7 
1455±98,1  12,4 
 
Iydirish,  ya‟ni  yelinini  mashq  qildirish    asosida  sut  bezlari  faoliyatini   
faollashtirish    natijasida  ko„proq  sut  sog„ib  olishni  ta‟minlaydi,  yoki  bu  jarayon 
qulunning emishi, sifatli oziqalar bilan ta‟minlash, sog„imlar oralig„ining tengligi, 
vaqtida sug„orish, iydirish shartlari hisoblanadi.  
Yosh  biyalar  voyaga  yetgan(6-8  yosh)  biyalarga  nisbatan  kamroq  sut  beradi. 
Biyalar  qarishi  davomida    sut  mahsuldorligini  kam  miqdorda  kamaytiradi,  15-18 
yoshlaridan keyin sut mahsuldorligi kamayib ketadi. 
Biyalarning  sut  mahsuldorligini  oshirish  va  sersut  biyalar  yilqilarini  tashkil 
qilish  sersut  biyalardan  olingan  ayg„irlarini  to„g„ri  o„stirish  va  tanlash,  ulardan 

 
218 
oqilona foydalanish, barcha zootexnika hujjatlarini o„z vaqtida yuritish va nasldor 
otlarni bonitirovka qilish taqozo etadi. 
 
3.
 
Ot  zotlari. 
 
Qorabair ot zoti – O‟zbekistonni yagona ot zoti, yuz yillar davomida urchitib 
kelinmoqda, keng maqsadda foydalanish mumkin bo„lgan zotdir. 
Bu  zot  O‟zbekistonning    qadim  zoti  bo„lib,  u  mahalliy  otlarni  mo„g„ul, 
turkman,  arab  va  fors  ayg„irlari  uzoq  muddatli  murakkab  chatishtirish  mahsuli 
hisoblanadi.  
Bu  O‟zbeksitonning  o„ziga  ijtimoiy-iqtisodiy  va  tabiiy  iqlim  sharoitlari 
ta‟sirida paydo bo„lgan bo„lib, o„ziga xos eksterer, konsitutsiya xususiyatlariga ega,  
qimmatli xo„jalik foydali belgilari avloddan-avlodga berib kelinmoqda. Undan salt 
minishda, xurjun ortib foydalanishda va aravaga qo„shib  yuk tashish mumkin. 
 
 
 
5.2.1-rasm. Qorabayir oti. 
 
Zotda  salt  miniladigan,    xurjun  ortib  miniladigan  va  aravaga  qo„shadigan 
xillari mavjud bo„lib, umuman olganda ko„p maqsadli ot bo„lib hisoblanadi. 
Ayniqsa  uning  ko„pkari  uchun  mosligi  maqsadga  sazovordir.  Chunki  uning 
tanasining tuzilishi, chidamliligi, baquvvatligi ko„pkari uchun juda mosdir. 
Bu  zot  O„rta  Osiyoning  qadim  zotlaridan  hisoblanadi.  O„zbekistonda  
urchitalayotgan otlarning 65% ushbu  zotga to„g„ri keladi. 
Qorabair  otlari  har  xil  tusda  bo„ladi.  Qorabair  otlari  faqat  ish  oti  bo„lib 
qolmasdan  ulardan  yaxshi  sport  otlari  ham  yetishtirsa    bo„ladi.  Buning        uchun 
hozir  respublikamizda  qorabair  salt  miniluvchi  sof  zotli  duragaylar      yetishtirilib 
ular  juda yaxshi  natijalar bermoqda. 

 
219 
Zotning  eksterer  xususiyatlari,  ularni  boshi  o„rtacha  kattalikda      bo„lib  usti 
to„g„ri; quloqlari kichik va harakatchan; ko„zlari katta; bo„yni kalta, to„g„ri, baland 
qo„yilgan;   qarchig„ayi aniq bo„rtib chiqqan; ko„kragi chuqur; bel va biqini to„g„ri; 
sag„rini  keng  biroz  suyri;  oyoqlari  quruq;  tuyoqlari  qattiq.  Fe‟li  yuvvosh.  Otlar 
ko„k, to„riq, saman, qo„ng„ir, buril, qora va chovkar tusda bo„ladi. 
Qorabair otlari juda chidamli bo„lib issiq iqlimga yaxshi moslashgan, tog„ va 
tog„  yonbag„ri  tumanlarida  keng  tarqalgan.  Aravada  ishlashga  jussasi  mos  bo„lib 
salt  minishga  xos  zot  va  quruqlik  belgisi  rivojlangan  bo„lib,  universallik  bo„rtib, 
barcha iщlarda foydalanish imkonini beradi. 
Qorabair  otlari  ajoyib  go„sht  va  sut  mahsuldorligiga  ega  bo„lib,  ular  yaylov 
sharoitida arzon mahsulot yetishtirish imkonini beradi. 
Proffessor  D.X.Holmirzayev  va  A.A.Nurmatovlar  o„z  ilmiy  ishlarida  ushbu 
zot otlaridan O‟zbekistonning turli hududlarida, saqlash usullarida yuqori  va sifatli 
go„sht yetishtirish imkoniyatlari ochib berilgan. 
O‟zbekistonnig  tog„  va  tog„  yonbag„ri  hududlarida  biyalardan  1500-2000  kg 
sut  sog„ib  olish  mumkinligi  proffessor    D.X.Holmirzayev  va  fan  nomzodlari 
E.Holmurodov, M.Soxtayevlar tomonidan isbotlangan. 
Hozirgi  payda  mamlakatimizda  Jizzax  va  Xisor  ot  zavodlarida  zotni 
takommillashtirish uchun ishlar olib borilmoqda. 
Ushbu  zot  O‟zbekiston  Respublikasi  uchun  rejali  bo„lib,  Qozog„iston  va 
Tojikiston Respublikalarida  keng   tarqalgan. 
Ahaltaka  zoti-  Turkmanistonning  ot  zoti  bo„lib,  milliy  faxri  hisoblanadi.  Bu 
ot  jahonda  mashhur  bo„lib,  qator  ot  zotlari  keltirib  chiqarishda  qatnashgan,  ish 
jumladan dunyoda yagona bo„lgan sof zotli  salt miniluvchi ot  zotdir. 
 
 
 
5.2.2rasm. Axaltaka zotli ayg‘ir. 
 

 
220 
Bu    otning  shakllanishi  ming  yillar  davomida  issiq  iqlim  sharoitida  maqsadli 
tanlash va juftlash asosida amalga oshirilgan. 
Ushbu zot otlari   o„z vaqtida Hindiston, Afg„oniston, Olmoniya va Angliya 
davlatlariga  olib  ketilgan  va  u  Eron,  Qorabog„,    Angliya  va      Traken  zotlarini  
yaratishda  qatnashgan.  Ahaltaka  oti  yengil,  abjir  boshga  ega  bo„lib  ustki  qismi 
to„g„ri, bo„yni uzun, yupqa va tik qo„yilgan, qarchig„ayi uzun va  baland bo„ladi. 
Lekin  beli  uzun  va  nozik,  sag„ri  biroz  yassi,  ko„kragi  uzun,  lekin  tor,  oyoqlari 
ingichka mustahkam bo„lib, paylari bo„rtib turadi. 
Asosan  to„riq,  saman  va  ko„k  tusda  bo„ladi.  Biyalarining  yag„rin  balandligi 
154 sm bo„lib, tana uzunligi 172 sm va kaft aylanasi 18,7 sm bo„ladi. 
Ushbu  zotga mansub otlar rejali bo„lib asosan ot sportida foydalaniladi.  
Sof  zotli  salt  miniluvchi  ot  zoti  -    XVII-XVIII    asrlar  davomida  Angliyada 
mahalliy biyalarni arab, turk, turkman va varvar otlari bilan chatishtirish natijasida 
keltirib  chiqarilgan.  Uning  keltirib  chiqarishda  asosan  chopqir  otlarga    bo„lgan 
talab sabab  bo„lgan. Bu zotli otlar hozirgi kunda jahonning  barcha mamlakatlarida 
muvaffaqiyat bilan urchitiladi. Ushbu zot ayg„irlari Ovro„pa va Amerikada  qator ot 
zotlarini yaratishda qatnashgan. Tusi asosan saman va to„riq bo„ladi. 
 
 
 
5.2.3-rasm. Sof qonli salt miniluvchi zotiga mansub ayg‘ir. 
 
Eksterer  xususiyatlari:  jussasi  yirik,  quruq-zich  konstitutsiyaga    mansub, 
mushaklari  yaxshi  rivojlangan  bo„lib,  tez  chopish    imkonini  beradi.  Boshi  yengil, 
quruq, ko„zlari chaqnab turadi. Buyni yupqa, uzun va to„g„ri; qarchig„ayi baland va 
uzun;  ko„kragi  chuqur;  kuraklari    uzun  bo„lib,  qiyshiq  qo„yilgan;  sag„rini  uzun, 
asosan to„g„ri ba‟zan  suyri bo„ladi.  Oyoqlari quruq, bo„g„inlari  yaxshi  rivojlangan 
bo„lib, paylari bo„rtib turadi. Biyalari o„rtacha yag„rin balandligi 158-160 sm, tana 

 
221 
uzunligi 177-183 sm, kaft aylanasi 18,6-19,6 smni tashkil etadi. Fe‟li harakatchan, 
tez qo„zg„aluvchan hisoblanadi.  
Bu  zot  mamlakatimiz  uchun    rejali  hisoblanib,  asosan  sport  maqsadalarida 
foydalaniladi. Ushbu zotni urchitish bilan Toshkent ot zavodi shug„ullannadi.  
 
5.3.Otlarni urchitish texnikasi. 
 
Otlarni  bosh  sonini  ko„paytirish    birinchi  navbatda  biyalardan  qulun  olish 
bilan bog„liq. Turli xil sabablarga ko„ra respublikada  bu ko„rsatkich 35-36 qulunni 
tashkil qilib, yiliga 65 biya qisir qolmoqda. 
Otlarni  urchitish  asosan  3  omildan  shakllanadi,  ya‟ni  biyalarni  otalantirish, 
ularni tug„dirish va qulunlarni o„stirishdan iborat. 
Buning  uchun  otlarni  ko„payish    biologiyasini  va  urchitish,  hamda  o„stirish 
texnoligiyalarini obdon bilish kerak. 
Biyalarning  jinsiy  kuyukishi  144  soat  davom  etadi,  shuning  uchun  kuyukish 
bilan  qochirishni  moslashtirish  juda  qiyin,  chunki  7  kun  mobaynida  qaysi  paytda 
tuxum  hujayrasining  ajralib  chiqishini  bilish  qiyin,  natijada  ko„pincha  qochirish 
samarali  bo„lmay  biya  qisir  qoladi.  Shuning  uchun  ko„p  hollarda  biyalar  har  kuni 
kuyukish so„ngunga qadar qochirib boriladi.  
Biyalarning  tuxumdonida      aksariyat  1ta  tuxum  hujayrasi  ajralib  chiqadi. 
Egizaklar 1,5% uchrab   bu salbiy holat hisoblanadi.  
Tuxum  hujayrasi  ajralib  chiqqandan  keyin  5-6  soat  ichida  otalanadi,  hosil 
bo„lgan  zigota    biyaning  jinsiy  azolarida  ko„chib  yuradi.  Dastlabki  paytda  zigota 
bachadon  shilliq  qavatiga  mustahkam    yopishmaydi,  shuning  uchun  ko„pincha 
yashirin homila yo„qotishlar ro„y beradi.  
Ko„pincha  biyalarda  jinsiy  moyillik  mavsumiy  ro„y  berib  -  bahorda  kechadi. 
Yaxshi oziqlantirilgan biyalarda bu holat yil davomida ham qaytarilishi mumkin.  
Biyalar  tuqqanidan  8-10  kundan  keyin  dastlab    kuyukadi.  Kuyukkan  biyalar 
har  24-48  soatda  1  marta  ayg„ir  bilan  qochiriladi,  yoki  sun‟iy  urug„lantiriladi. 
Otalanmagan biyalar yana 20-23 kundan keyin  qayta kuyukadi. 
O‟zbekiston sharoitida qochirishga to„g„ri tayyorlash, qochirishni meyorlarida 
tashkil  qilsa  D.X.Holmirzayev  ma‟lumotlariga  qaraganda  biyalarning  yuqori  
bo„g„ozlik darajasiga erishish va 100 bosh biyadan ko„proq qulun olish imkoniyati 
bor.  Mu‟allif  ma‟lumotlariga  ko„ra  tog„li  xududlarida      5-6  yoshli  biyalarning 
bug„ozlik  darajasi  82,2-84,4%  bo„lib,  har  100  bosh  biyadan  80-82,2  bosh  qulun 
olingan  bo„lsa  8-10  yoshlik  biyalar  guruhida  esa  bu  ko„rsatgich  96,0  -  97,3%ni 
tashkil egan. 
Xuddi  shunday  holat  tog„  hududida  ham  kuzatilib  8-10  yoshlik  biyalarning 
otalanishi 89,3-96,0% bo„lib, 100 bosh biyadan olingan qulun – 88 - 96%ni tashkil 
qilgan bo„lsa, yarim sahro hududida ushbu yoshdagi biyalarda otalanish 88,0%, 100 
bosh biyaga 86,7 bosh qulun to„g„ri kelgan. 

 
222 
Otlarda  jinsiy  balog„at  yoshi  1  yoshdan  2  yoshgacha    ro„y  beradi.  Erkak 
toylarda  bu kechroq  ro„y beradi. Lekin bu toylardan hali urchitishda foydalanish 
mumkin emas.  
Jismoniy balog„at yoshi – qochirish yoshi salt miniluvchi otlarda 4-5 yoshida 
va og„ir yuk tortuvchi otlarda esa 3-5 yoshida erishiladi.  
Biyalarni  uyurda,  to„siqlar  ichida,  qo„ldan  ayg„irlar  bilan  qochirish,  yoki 
su‟niy urug„lantirish usullari mavjud. 
O‟zbekiston  sharoitida  asosan  uyurda  qochirish  usuli  keng  qo„llaniladi,  unda 
har bir 30-35 kunda biyaga bir ayg„ir ajratiladi va u biyalarni qochirish  mavsumida  
otalantiradi.             
Otchilik  zavodlarida  esa  qo„ldan  va  to„siqlar  ichida  qochirish  usullari  
qo„llaniladi.  Qo„ldan  qochirganda  mavsumda  yosh  ayg„irlarga  15-20  biya  voyaga 
yetgan ayg„irlarga 35-40 biya to„g„ri keladi. 
Qochirish  mavsumining  asosiy  vazifasi  100%  biyalarning  otalanishini 
ta‟minlashdan  iborat.  Biyalarga  ayg„irlar  tanlaganda  biyaga  nisbatan  ayg„ir  eng 
kamida  1  klassga  ustun  bo„lishiga  erishish,  asl    biyalarning  asl  ayg„irlar  bilan 
qochirish qarindosh juftlashishiga yo„l qo„ymaslik kerak. 
Biyalarning  bo„g„ozlik  davri  11  oy  yoki  310  kundan  370  kungacha  davom 
etib, o„rtacha 320-345 kunni tashkil etadi. 
Biyalarni  bo„g„ozlik  davrida  to„g„ri  oziqlantirib,  saqlash  ularni  oson 
tug„ishining garovi hisoblanadi. Biyalarning bo„g„ozlik davrida vazni o„rtacha 100-
120 kg ortadi, shuning uchun ham ularning oziqalarga bo„lgan talabi ancha ortadi.  
Biyalar  bo„g„ozligining  ikkinchi  davrida  ularning  ratsioni  1-2  oziqa  birligiga 
kuchaytiriladi. Bo„g„oz biyalar ratsioniga ko„p miqdorda hajmli oziqalar kiritilishi 
tavsiya etilmaydi. Ularning ratsioniga to„yimli, tez hazm bo„ladigan, sifatli har xil 
oziqalar  kiritiladi.  Bo„g„oz  biyalar  uchun  pichan,  o„t  talqoni,  kepak,  so„li, 
o„stirilgan don va ildizmevalar kiritiladi.  
Biyalar tug„ishini muvaffaqiyatli o„tkazish uchun uni qachon kechishini bilish 
kerak.  Tug„ishiga  2  hafta  qolganda  u  kuzatib  boriladi.    Tug„ish      maxsus  3x3x3 
metr xonalarda amalga oshiriladi.  
To„lg„oq  tutgan  biyalar  bezovtalanadi.  Goh  yotadi,  goh  turadi.  Tug„ish 
ko„pincha kechasi kechadi, u 10-30 minut davom etadi va tashqaridan aralashuvsiz 
kechadi. Tug„ib bo„lgandan 10-30 minutdan keyin  yo„ldosh ajraladi.   
Tuqqan  biyalarni  yaxshi  oziqlantirib  saqlash  kerak,  chunki  qulun  faqat  biya 
suti evaziga oziqlanadi. Biya tug„ib bo„lgandan keyin 1 soat ichida uning yelinini 
tozalab qulunni 1chi bor emdirish kerak, keyinchalik esa qulun o„zi emaveradi. 3 
kundan keyin  biya va qulunni yayrashga chiqarish mumkin.  
Biyalar otxonalarda saqlanganda ularning ratsioniga 10 kg pichan, 3,5 kg yem 
va 8-10 kg shirali oziqalar kiritiladi. Yirik biyalarga esa 15 kg pichan,  3,5kg yem, 
5-10  kg  shirali  oziqalar  beriladi.  Emizakli-bo„g„oz  biyalar  ratsioniga  esa    16  kg 
pichan, 4 kg yem va 10-15 kg shirali oziqalar kiritiladi. 

 
223 
Qulunlarni me‟yorlar darajasida o„stirish sog„lom, jussasi yirik-baquvvat otlar 
o„stirish imkonini beradi. 
Qulun  tug„ilgandan  to  3-4  haftagacha  faqat  biya  suti  bilan  har  0,5-1  soatda 
oziqlanadi. Biya 3 kungacha og„iz suti ajratib qulun uni to„liq iste‟mol qilishi shart, 
u qulun sog„lomligining garovi hisoblanadi. 
Dastlabki 1chi oyda qulunning vazni sutkasiga 1-1,75 kg atrofida ortib boradi, 
bunday  jadal o„sishga  2 oydan boshlab  biya  suti  yetarli bo„lmay  1  kg  yanchilgan 
arpa  yoki  suli  yediriladi.  Yem  miqdori  qulunning  yoshi  ulg„ayishi  bilan    ortib 
borishi  kerak.  Beriladigan  yemning    1/3  qismini  kepak  tashkil  qilishi  maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. 
Qulun  sut  davrida  har  doim  onasi  bilan  bo„lishi  shart.  Ishchi  biyalarni  erta 
qulundan  ajratib  ishlatish  qulun  salomatligi  va    rivojlanishiga  salbiy  ta‟sir 
ko„rsatadi.  Qulunlar  biya  bilan  saqlanganda  2  oylikdan  o„t  yeyishga  o„rgana 
boshlaydi. Agar qulunlar biyadan ajratib saqlansa 2 oydan oxurdan mustaqil o„t va 
yem yeyishga o„tadi. 
Qimizchilik  fermalari  sharoitida  qulunlarni  biyalardan  ajratilgan  paytlarda 
qaymog„i  olingan  sigir  suti  bilan  oziqlantirish  ularning  jadal  rivojlanishiga  ijobiy 
ta‟sir ko„rsatadi. 
Qulunlar  holati  rivojlanishiga  qarab  6-8  oyligida  onasidan  ajratiladi.  Ba‟zi 
qoloq  xo„jaliklarda  qulunlar  qish  paytida  ham  onasi  bilan  qolib  ketadi,  bu  hol 
biyalarning bo„g„ozligini kechishi va tug„ishga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Qulunlar onasidan ajratilgandan  keyin alohida quralarga jinsi bo„yicha ajratib 
saqlanadi.  Har  guruhda  bittadan  yuvvosh  ot  (axta)  ot  qo„shib  qo„yiladi,  bu  ot 
qulunlarni boshlab yuradi. 
Onasidan  ajratilgan  qulunlarga  sifatli  va  to„yimli  oziqalar  berish  tavsiya 
etiladi. Ularga sutkasiga 4-5 kg pichan, 2-3 kg maydalangan so„li, 0,5 kepak va 1,5-
2  kg qizil sabzi beriladi va bir haftadan so„ng  sabzi berish to„xtatiladi. 
Qulunlar bir kecha-kunduzda 3-4 marta oziqlantiriladi, ular dastlab sug„orilib, 
so„ng dag„al, shirali va yem oziqalar beriladi. 
Sutkalik ratsionining 55-60% ni yem tashkil qilishi kerak. 
Qulunlarni yaylovlarda boqish yaxshi natijalar beradi, ular uchun eng sero„t va 
sifatli  yaylovlarni  ajratgan  ma‟qul.  Yaylov  o„tlarining  ko„p,  kamligiga  qarab  yem 
miqdori o„zgartirib boriladi. 
Toylarning  2  yoshidan  bosh  tanasi  eni  va  uzunligiga  jadal  o„sa  boshlaydi. 
Ularga  bu  davrda  jadal  o„sishni  ta‟minlaydigan  to„yimli  moddalarni  yetarlicha 
berish va erkak toylarni tez o„sishini inobatga olish shart, natijada ular o„z vaqtida 
jismoniy balog„atga erishadi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling